Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Qadimgi Sparta va uning davlat tuzilishi


Download 1.03 Mb.
bet7/83
Sana15.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1480184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

3. Qadimgi Sparta va uning davlat tuzilishi. Sparta davlati Peloponnesning janubida joylashgan. Bu davlatning poytaxti Sparta deb atalgan, mamlakatning o'zi esa Lakoniya deb nom olgan. Fukidid, Ksenofont, Aristotel va Plutarx asarlari hamda spartalik shoir Tirteyning she'rlari Sparta davlatining tarixiga oid manbalardir.
Sparta mil.av. IX asrda doriy qabilalarining ko'chishining so'nggi davrida paydo bo'lgan ko'chmanchi doriy qabilalari urug'doshlik tuzumi buzilishi bosqichida turgan. mahalliy aholi o'z manzilida qolgan-u, ammo kelgindilar uchun ishlashi lozim bo'lgan. ammo, tub joy aholining hayoti qullarning hayotiga ham qadrlanmagan.
Serhosil vodiylarda yashagan mahalliy aholi huquqsiz ilotlarga aylantirilgan. Ilot nomining o'zi hozirgacha ravshan emas. Doriylar zabt etgan Gelos shahri nomidan kelib chiqqan degan taxminlar bor. Istilochilar - doriylar - o'zlarini o'z bosh shahri Sparta nomi bilan spartaliklar deb atay boshlaganlar. Peloponnes territoriyasidagi tog'li joylarda yashovchi qabilalar doriylarga bo'ysungan. Axayyaliklar, perieklar deb ataluvchi qabilalar qo'shnilar deb atalgan, ular asoratga solinmagan10.
Sparta aholisining asosiy sinflari, tabaqalari spartaliklar, perieklar, ilotlar shu tariqa paydo bo'lgan.
Lakoniya iqtisodiyoti kam rivojlangan, ibtidoiy darajada edi. Asosiy mashg'ulot dehqonchilik edi. Qadimgi Spartada yer xususiy mulk bo'lmagan. Yer vaqtincha berilar, u sotilmas va ijaraga berilmas edi. Yer jamoani bo'lgan. Yerga omoch, motiga bilan ishlashgan. Suli, arpa, palba, bug'doy bo'lib ekishgan. Sabzavot o'stirilgan. Spartaliklarning o'zi va oilasi o'z uchastkasida ishlamas edi. Uning uchastkasini unga berkitib qo'yilgan ilotlar ishlab ekin-tekin qilar edilar. Spartaliklar ilotlardan qo'rqqan, kechasi bitta ham ilot Sparta territoriyasida bo'lmasligi lozim edi.
Ilotlar yer egasi spartalikka hosil miqdoridan qat'iy nazar natural obrok to'lagan. Ya'ni, don, qoramol, o'simlik moyi va boshqa mahsulotlar topshirishi kerak edi. Bu obrok katta bo'lgani uchun ilotlar qashshoq yashaganlar.
Spartada hunarmandchilik kam rivojlangan va perieklar shug'illanganlar. Uylar arra va bolta yordamida qurilgan. Mehnat qurollarini takomillashtirish ta'qiqlangan. Sparta davlati har qanday tashqi savdoni ham ta'qiqlagan. Ajnabiy savdogarlar kiritilmagan. Savdo-sotiq ichki bozorlarda qilingan. Sparta pullari noqulay bo'lib, og'ir temirdan qo'yilgan. Pullar hamyonlarda emas, omborlarda saqlangan. Bozorga borayotgan odam pullarini aravaga yuklab borgan. Yunonistonda kumush pul bo'lgan, lekin Spartada kumush pulga ruxsat berilmagan. Spartaliklar chet el ta'siridan saqlanish, ibtidoiy jamoa tartiblarini qo'riqlashga uringanlar. Ilotlarni ekspluatatsiya qilib, o'z moddiy faravonligini ta'minlash bilan qanoatlanar edi.
Spartaning imtiyozli sinfi bo'lgan spartaliklar “tenglar jamoasi” deb ataladigan jamoatni tashkil etardilar. Bu harbiy demokratiyaning qoldig'i edi. Bu jamoa Sparta quldorlik davlatida ilotlar va perieklarni bostirib turish uchun hukmron sinfning harbiy birlashmasi edi. Spartaliklar harbiy ish bilan shug'ullanganlar. Spartada kuchli va mustahkam jangchilar tarbiyalab yetishtirishning maxsus tarbiya sistemasi bo'lgan.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling