Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Mavzuni mustaqil oʼzlashtirish


Download 1.03 Mb.
bet58/83
Sana15.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1480184
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

Mavzuni mustaqil oʼzlashtirish.
Fannning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi oʼquv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda oʼzlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga eʼtibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini koʼrsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda oʼquv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (oʼzlashtirish qiyin boʼlsa, savollar paydo boʼlsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) oʼqituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil oʼzlashtirilgan mavzu boʼyicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
Referat tayyorlash.
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq boʼlgan biror mavzu boʼyicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qoʼshimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan maʼlumotlar, elektron kutubxona materiallar va h.k.) foydalanib materiallar yigʼadi, taxlil qiladi, tizimga soladi va mavzu boʼyicha imkon darajasida toʼliq, keng maʼlumot berishga harakat qiladi. Zurur hollarda oʼqituvchidan maslahat va koʼrsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Koʼrgazmali vositalar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq oʼzlashtirish uchun yordam beradigan koʼrgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu oʼqituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga maʼlum koʼrsatmalar, yoʼl-yoʼriqlar beriladi. Koʼrgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu boʼyicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Talaba koʼrgazmali materiallardan foydalanish boʼyicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling