Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
Download 1.03 Mb.
|
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ikkinchi triumvirat.
- 3. Rimda imperiya tuzumining o’rnatilishi
- 4. Oktavian Avgust hukmronligi davri
- Xulosa qiladigan bo’lsak
1. Rimda fuqarolar urushi. Miloddan avvalgi 44 yilning 17 martida Senat majlisi yig'ilgan. Fitnachilardan ba'zilari Sezarni davlat dushmani deb e'lon qilish, u chiqargan qarorlarni bekor qilish, jasadini qatl qilingan jinoyatchi sifatida Tibr daryosiga tashlashni takilif etgan. Ammo ko'pchilik senatorlar bu taklifga qo'shilishmagan. Natijada Sezerionning murosali taklifi qabul qilingan: Sezarni o'lgan deb hisoblash, fitnachilar to'la avf etish, Sezarning farmonlarini o'z kuchida qoldirish.
Senatning bu qarori Sezarning yaqin do'stlari Mark Antoniy va Emiliy Lepidni ruhlantirgan. Antoniy konsul lavozimini saqlab qolgan. Dafn marosimida Antoniy nutq so'zlab, Sezarning vasiyatini o'qib bergan, unga ko'ra Rimdagi barcha kambag'al grajdanlar va veteranlarning har biri 3000 dinariydan pul olgan. Sezarning jasadi Forumda kuydirilgan, keyin mehrobga qo'yilgan, u ilohiy zot deb e'lon qilingan, qurbonlik berilgan. Fitnachilar Rim aholisining kayfiyatidan qo'rqib ko'chib ketishgan. Senatda Sitseron respublikachilarga bosh bo'lib qolgan. Mark Antoniy esa sezarchilarga bosh bo'lib qolgan. Ikki kuchli guruh o'rtasida tez orada nizo chiqqan. Shu paytda Ispaniyada Pompeyning o'g'li Sekst Pompey qo'zg'olon qilib, g'alaba qilib, katta xavfga aylangan72. Sitseron Sezarning uzoq qarindoshi (jiyan navarasi) Gay Oktaviyning Sezarning asrandi o'g'li va vorisi bo'lishi to'g'risidagi da'vosini qo'llab-quvvatlab sezarchilarni bo'lib yuborgan. Antoniy Gay Sezarga vasiyat qilingan mablag'ni unga bermagan edi. Oktavian haqiqatan ham Sezarning asrandi o'g'li va Sezar mulkining qonuniy vorisi degan Senat qarorini chiqartirgan. Oktavian meros mablag'ini xalqqa tarqatgan va o'z obro'sini oshirgan. Antoniy o'z mavqeyini oshirish uchun Sizalp Galliyasiga ketgan. Sitseron undan xavfsiragan. Sitseron Oktavianga armiya tuzishga yordam berish uchun yosh senzini buzib 19 yoshli yigitni pretor deb e'lon qildirgan. Oktavian tuzgan armiya Antoniyga qarshi yuborilgan. Jangda Gay Oktavian g'olib chiqqan. Oktavian Rimni ishg'ol qilgan. 2. Ikkinchi triumvirat. Miloddan avvalgi 43-yilda Gay Oktavian Antoniy bilan yashargan. Oktavian, Antoniy va Lenid ikkinchi triumvianni tuzgan. Ikkinchi triumvrat rasmiy davlat organi, favqulodda huquqlarga ega bo'lishi bilan ajralib turgan. Triumvirlar proskripsiyalar o'tkazgan. Sezar qotillarga berilgan avfni bekor qilgan. Shu vaqtda Sekstning mavqei va harbiy kuchi oshib borgan. Respublika tarafdorlari Mark Brut va Gay Kassiy boshchiligidagi kuchlarning xavfi ortgan. Gay Oktavian, Antoniy armiyasi respublikachilar bilan mil.avv. 42-yilda Filippa (Italiyadan g'arbda) shahridagi jangda g'alaba qilgan. Bu g'alabadan so'ng Antoniy Afrikaga ketgan. Oktavian Rimda qolgan. Mil.avv. 30-yillarning o'rtasida Sekst Pompey kuchlari Sitsiliyada tor- mor qilingan. Antoniy Sharqdagi Tars shahrini qarorgoh qilib olib, ko'p yerlarni bosib olgan. U Misr malikasi Kleopatraga uylangan. Rim xalqi senati Kleopatraga qarshi urush e'lon qilgan. Mil.avv. 31- yilda Oktavian va Antoniy qo'shinlar o'rtasida jang bo'lgan. Antoniy askarlari Oktavian tomoniga qochib o'ta boshlagan. Antoniy o'zini–o'zi o'ldirgan. Kleopatra ham shunday qilgan. Antoniy va Kleopatra halokatidan keyin Rim Misrni zabt etgan. Oktavian Rim davlatining birdan-bir hokimi bo'lib qolgan, u Rim tarixida yangi davrni – Rim imperiyasi davrini boshlab bergan73. Antoniy va Kleopatraga qarshi olib borilgan urush Misrni istilo qilish bilan tugagandan so'ng (mil.avv. 30 yil) Oktavian Avgust Rim mulkining yagona hokimi bo'lib qolgan. U miloddan avvalgi 29 yilda Rimga qaytib kelib, g'oyat katta dabdabali zafar bayramini o'tkazgan. So'ng Rimdagi xudo Yanus ibodatxonasi yopib qo'yilgan, bu rimliklar davlatida osoyishtalik o'rnatilganligining nishonasi bo'lgan. Oktavian o'zining triumvir lavozimini tantanali suratda topshirib, senat va komissiyalardan umrbod imperator unvonini olgan. Oktavian dastlab senatni va armiyani dushmanlardan tozalagan. Legionerlarning ko'p qismini bo'shatib yuborgan, ularga musodara qilingan yerlardan ulush bo'lib bergan. 3. Rimda imperiya tuzumining o’rnatilishi. Oktavian o'z hokimiyatini qonunlashtirishga bir yil tayyorgarlik ko'rgan. Miloddan avvalgi 28 yilda Oktavian o'zini qattiq betob bo'lib qolganligini ma'lum qilgan. Sog'ayib ketgach esa Senatning puxta tayyorgarlik ko'rgan majlisini (27 yil 23 yanvarda) chaqishgan. Majlisda Oktavian mamlakatni qanday idora qilayotganligi, grajdanlar urushi tugaganligi va butun Rimda osoyishtalik o'rnatilganligi haqida axborot beradi. So'ngra Senatdan sog'ligi yomonlashganligi tufayli barcha vazifalardan ozod qilishni so'ragan. Ammo Senat Oktavianga hokimiyatdan ketmaslik buyurilsin deb qaror chiqargan. Oktavian Senatning prinsepsi, yagona prokonsuli, legionlarning bosh qo'mondoni deb e'lon qilingan. Unga avvallar xudoga qilingan murojaatlarda tilga olingan Avgust laqabi berilgan. Senat Oktaviandan – Galliya, Illiriya, Makedoniya, Suriyani boshqarishni davom ettirishni talab qilgan. Misr Oktavian mulki deb e'lon qilingan. Bu viloyatlarning hammasini Avgust tayinlab qo'ygan noiblar – imperator legatlari idora qilgan. Ayrim kichikroq viloyatlarni imperator prokuratorlari boshqargan. Legatlar ham, prokuratorlar ham imperatorga bo'ysungan. Ularni imperator ishga tayinlagan va bo'shatgan. Avgust yagona prokonsul sifatida legionlarga qo'mondonlik, ularni to'lg'azish , askar to'plash,qo'shni davlatlar bilan muzokaralar olib borish, urush e'lon qilish va sulh tuzish huquqini olgan. Harbiy chiqimlarni ta'minlash, jangchilarga oylik va mukofotlar to'lash uchun Avgust imperiya xazinasini tuzish huquqini olgan, g'azna oltin va kumush pullar chiqarishga haqli bo'lgan74. Shunday qilib, Avgust harbiy va grajdan hokimiyatining muhim ishlarini o'z qo'liga olgan. 4. Oktavian Avgust hukmronligi davri. Cheksiz hokimiyatga ega bo'lgan Avgust Sezar qismatini unitmagan, hech qanday xususiyati bilan boy rimliklardan farq qilmaslikka uringan, u kuchga va jamoat yig'ilishlariga uyda to'qilgan xonaki gazmoldan tikilgan kiyim kiyib chiqqan, hech qanday belgilar taqmagan, kamdan-kam nutq so'zlagan, bu ishni yaqin do'stlariga topshirgan. Avgust obro'sining tayanchi prinseps qo'lidagi qoyat katta moddiy resurslar, birinchi navbatda o'zi tashkil etgan juda katta armiya ustidan hokimligi bo'lgan. Legionlar soni miloddan avvalgi 30-yilga kelib, 75 tadan 28 tagacha qisqartirilgan. Har bir legionda 10 ta kogorta, jami 10 000 jangchi bo'lgan. Legionlarning o'z nomeri va nomi bo'lgan, legion qo'mondoni – legatni imperatorning o'zi tayinlagan. Yaxshi uyushtirilgan, texnika jihatidan yaxshi qurollantirilgan legionlar guruh-guruh qilib, harbiy va iqtisodiy jihatdan eng muhim viloyatlarga joylashtirilgan. Avgust Italiyada o'z hukmronligini saqlash va shaxsiy muhofazasi uchun 9 ta kogorta tashkil etgan. Ulardan 3 tasi Rimda, qolganlar Shimoliy Italiya shaharlariga joylashtirilgan. Mazkur pretoriy kagortasida xizmat qiluvchilar oddiy legionlardan 3 barobar ko'p maosh olishgan. Legioner 20 yil, pretorian 16 yil xizmat qilgan. O'rta yer dengizida tinchlikni saqlash uchun 2 eskadra flot saqlangan. Avgust davrida qurolli kuchlarning umumiy soni 300 000 kishiga yetgan. Bu tarixda eng birinchi muntazam yirik qo’shin bo'lgan75. Avgustning ichki siyosati sinf xarakterida bo'lgan. Qul sotib olingandan so'ng 20 yil ichida egasi tomonidan ozod qilinishi mumkin bo'lgan. Agar qul o'z egasini o'ldirsa, o'sha paytda uyda bo'lgan barcha qullar va ozod qilingan sobiq qullarning hammasi qatl qilinishi lozim bo'lgan. Senat a'zolari soni 600 taga yetkazilgan. Provinsiyalardan soliqlarni suvoriylar to'plab borgan. Avgust tekin g'alla tarqatish, pulli sovg'alar berish, gladiatorlarning o'yinlarini o'tkazish bilan Rim plebsining ko'nglini olib borgan. Rimda osoyishtalik va tartib saqlash uchun 3 ta soqchilik kogortasini tuzgan, yong'indan saqlash ishlarini ham shu kogorta bajargan. Bundan tashqari alohida soqchilar tunggi soqchilik qilishgan. Avgust Italiy shaharlari aholini ayniqsa ko'p himoya qilgan. Apenin Rimda va davlatlik boshha qismlarida katta qurilish ishlari olib borilgan. Rimda 82 ta ibodatxona tiklangan va qurilgan. Forum yonida Avgust forumi, Avgustning jiyani Marsell nomiga muhtasham teatr binosi, hamma xudolarga atalgan Panteon ibodatxonasi, g'oyat go'zal «jahon qurbongohi» qurilgan. Romul Rimga asos solgan Palatin tepaligida Avgust bir hashamatli uy qurdirgan. Bu uy Palatiy bo’lib, imperator qasri so'zining sinonimi bo'lib qolgan. Avgust davrida bir necha yuz ming aholi yashaydigan Rim shahri suv va g'alla bilan yaxshi ta'minlangan, yangi osma quvurlar o'tkazilgan. Shaharni idora qilish uchun shahar prefekti tayinlangan. Avgust o'z hukmronligini faqat zo'ravonlik bilan saqlab turmagan. Avgust ijodkorlarga homiylik qilgan. Avgust ko'p ibodatxonalarni, ko'plab bayramlarni tiklagan. Rimda Yuliy kulti o'rnatilgan. Ko'p viloyatlarda Avgustning donoligi izzat qilingan. Odob-axloq yuksak darajaga ko'tarishga e'tibor berilgan. Avvalo nikohsizlikka qarshi kampaniya olib borilgan, oilada vafodorlikni buzgan, axloqsizlik qilgan kishilarga jazo berish haqida senat qarorlari chiqarilgan. So'ngra uch va undan ortiq bolasi bo'lgan grajdanlarga turli imtiyozlar berilgan. Avgustning tashqi siyosati Rimga tobe hududlarni kengaytirish, ko'plab tutqunlar hisobiga qullar safini to'ldirib turish maqsadini ko'zlagan76. Xulosa qiladigan bo’lsak, Rimga tobe qilingan yerlarda tez- tez qo'zg'olonlar bo'lib turgan. Avgust umrining so'nggi yillari notinch o'tgan. Ketma-ket harbiy va siyosiy muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shaxsan o'z oilasida ham chinakam fojea hukm surgan. Sevimli o'gay o'g'li Druz o'lgan. Keninchalik keksa prinseps o'ziga voris qilmoqchi bo'lgan 2 ta nevarasi ham vafot etgan. Milodiy 14 yilda keksa prinseps Rimga yaqin Nole shahrida vafot etgan. Ahvol shu qadar xavfli bo'lganki, xotini Liviya Druzilla erining o'limini o'gay o'g'li Tiberiy Italiyaning shimolidan yetib kelguncha bir necha kun bekitgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling