Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
II. Seminar mashg’ulotlari
Download 1.03 Mb.
|
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Ilovalar
- Tayanch so’zlar
- 1. Yunonistonning geografik o’rni, tabiiy sharoitlari va aholisi.
II. Seminar mashg’ulotlari………..……………………………………….…..123
III. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari…………………………………………....131 IV. Glossariy……………………………………………………………………135 V. Ilovalar………..………..……………………………………………………138 I. Ma’ruza mashg’ulotlari 1-mavzu. Qadimgi Yunoniston tarixi, Yunon polislarining paydo bo’lishi. Yunon koloniyalari, Miloddan avvalgi IХ asr oxiri –VI asrlarda Attika, Yunon-fors urushlari, Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston. Polis tizimining inqirozi Reja 1 . Yunonistonning geografik o’rni, tabiiy sharoitlari. 2. Qadimgi Yunonistonning tarixiy davrlari. 3. Qadimgi Yunoniston manbalari va tarixshunosligi. 4. Krit-Miken davrida Yunoniston. 5. Mil.avv. XI-IX asrlarda Yunoniston. Tayanch so’zlar: Qadimgi Yunoniston manbalari va tarixshunosligi, Krit-Mikena jamiyati, doriylar, Gomer. Asosiy adabiyotlar 1. Jahon tarixi (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi). O’quv qo’llanma. T.: “NAVROZ”, 2018. –304 b 2. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. –T., 2009. 3. Qadimgi dunyo tarixi. Yu.S. Krushkol tahriri ostida. 2-jild. –T., 1975. 4. Суриков И.Е. Древняя Греция: история и култура. –М., 2005 5. Карпюк С.Г. Лекции по истории Древней Греции. – М.: Ладомир, 1997 6. Трухина Н.Н., Смышляев A.Л. Хрестоматия по истории Древней Греции для средней школы. –М., 2000. 7. Хрестоматия по истории Древнего мира: Эллинизм. Рим. Под ред. В.Г. Боруховича и др. –М., 1998. 1. Yunonistonning geografik o’rni, tabiiy sharoitlari va aholisi. Yunoniston Bolqon yarim orolining janubida va Kichik Osiyoning g'arbiy sohilida joylashgan. Yunoniston qirg'oqlari nihoyatda notekis, past-baland bo'lib, uning hamma joyi qirg'oqqa yaqin, bu kemachilik va baliqchilikka qulay. Makedoniy, Frakiyadagi tog'lar eng baland tog'lardir. Shimoldagi Paney daryosi bo'ylab ketgan Fessaliya vodiysi va janubdagi Evrat daryosi bo'ylab ketgan Lakoniya vodiysi - Bolqon yarim orolining janubida serhosil tuproqqa ega bo'lgan birdan-bir katta tekislikdir. Yunoniston Bolqon yarim orolining janubida joylashgan, shimoli tog'lar bilan yarim orol bilan tutashgan. Uning sharqida Egey dengizi, janubida O'rta yer dengizi, g'arbida Ioniya dengizi joylashgan. Yunonlar Qora dengizni Pont (dengiz) deb atagan. Marmar dengizini Propontida deb atashgan. Bu dengizlarni Bosfor va Dardanell (Gellespont) bo'g'ozlari bog'lagan1. Egey dengizida Bolqon yarim oroli yaqinida hamda Kichik Osiyo sohilida ham ko'plab orollar bor. Egeyning shimolida Fasos, janubiy-sharqida Samofrakiya va Imbers orollari bor. Kichik Osiyo sohillarida Sporada orollari qator cho'zilib ketgan. Bu to'daga Lesbos, Xios, Samos va Rodos orollari kiradi. Bolqon yarim orolida Kichik Osiyoga qadar cho'zilib ketgan. Kiklada (doira) deb ataluvchi qator orollar joylashgan. Paros, Keos, Delos orollari shular jumlasidandir. Bolqon yarim orolining janubida Kifera oroli joylashgan. Attikaning shimoliy sharqida eng katta orol Evbeya joylashgan. Yunonistonning g'arbida Zakinf, Kefalleniya, Itaka va Karkira orollari bor. Xalkida va Peloponnes degan yirik yarim orollar Bolqon yarim orolining tarkibiga kiradi. Yunoniston uch qismga bo'linadi: Shimoliy Yunoniston, O'rta Yunoniston va Janubiy Yunoniston - Peloponnesga bo'linadi. Shimoliy Yunonistonda ikkita viloyat: g'arbda yirik tog'li joydan iborat Epir viloyati va Fessaliya (Epirning sharqida) viloyatlaridan iborat. Shimoliy Yunoniston va rta Yunoniston o'zaro baland tizma tog' bilan ajralgan. Oralarida tog' dara yoo'li Fermopiliya bor. O'rta Yunoniston: Akarnaniya, Etoliya, Fokida, Dorida, Opunt Lokridasi, Ozol Lokridasi, Beotiya, Attika va Evbeya oroli viloyatlariga bo'linadi. Bulardan eng kattasi Attika va Beotildir. Peloponnes: O'rta Yunoniston bilan torgina Istli bo'yini orqali bog'langan. Axayya, Elida, Arkadiya, Korinf, Argolida, Lakoniya, messeniya viloyatlaridan iborat. Attika va Lokoniya viloyatlari Yunoniston tarixida juda katta rol uynaganlar. Axayya, Arkadiya viloyatlari qishloq xo'jaligi rayonlari bo'lgan. Yunonistonning iqlimi subtropikdir. Yozi uncha issiq emas, qishi iliq, seryomg'ir. Yunonistonda dehqonchilik asosan uzumchilik va bog'dorchilik rivojlangan. Ikki vodiyda donchilik bilan shug'ullanish mumkin. O'simlik moyi va vino ko'p tayyorlanadi. Vinoga suv qo'shib ichiladi. Yunoniston qazilma rudalarga boy. Frakiyada (shimolda) boy oltin konlari bor edi. Attikada va O'rta Yunonistonda mashhur kumush-qo'rg'oshin konlari mavjud. Mis Evbey va Xalkida yarim orolidan qazib olinadi. Temir Peloponnes va Lakoniyadan qazib olingan. Yunoniston qurilish materiallariga, asosan ohaktosh va marmarga boy. Paros orolidan oppoq marmar qazib olingan. Attikadan ham oq marmar qazib olingan. Marmar faqat haykallar va bezaklar uchungina emas, imoratlar qurilishiga ham ishlatilgan. Yunon ibodatxonalari va boshqa jamoat binolari ohaktosh, marmardan qurilgan. Yunonistonning qadimgi aholisi haqida yetarli ma'lumotlar yo'q. Gomer va yunon tarixchilari asarlarida tilga olingan eng qadimgi aholining salmoqlisi pelastlar qabilasidir. Gerodot ularni yunonlarning qarindoshlari deb hisoblagan. Krit oroli aholisi eng qadimgi qabila bo'lib, lekin qaysi etnik gruppaga mansubligi noma'lum. Mil.av. III yillik oxirlari arxeologik ma'lumotlarga ko'ra axavliklar Bolqon yarim orolining eng qadimgi yunon qabilalaridir. Bu qabilalar eramizdan burungi II ming yillik mobaynida sinfiy tuzilish jarayonlarini boshidan kechirganlar. Mil.av. XII asrda yunon doriy qabilalarining Bolqon yarim orolining janubiga ko'chishi boshlangan. Bu qabilalar ilk sinfiy axayya davlatlarini tor-mor keltirganlar. Mil.av. 1 ming yillikda qadimgi yunon qabilalari quyidagicha tarkib topib joylashgan. Yunonistonning shimolida Fessaliyada va O'rta Yunonistonda Beotiyada eoliyaliklar yashaganlar. Xuddi shu qabilalar Egey dengizining shimoliy qismidagi orollarni, Lesbos orolini, hamda Kichik Osiyoning shimoliy g'arbiy sohilini ishg'ol qilganlar. O'rta Yunonistonning sharqiy qismidagi Attikani, Evbeya orolini, Egey dengizining Markaziy qismidagi orollarni ioniylar ishg'ol qilganlar. Axayyaliklar Peloponnesning shimolida va markazida - Axayyada va Arkadiyada saqlanib qolganlar. Peloponnesning qolgan qismida - Lokoniya, Messeniya, Argolida, Korinf viloyati va Elmadada doriylar yashaganlar. Xuddi shu doriylar Rodos, Krit va Kisich Osiyo sohilining janubiy qismida joylashib olganlar. Yunonlar uzoq vaqtgacha umumiy bir tilga ega bo'lmaganlar va ko'pdan-ko'p sheva-dealektlarda so'zlashganlar. Bu dealektlar ko'pchillikka bab-baravar tushinarli bo'lgan. Uch asosiy dialekt: ioniy, eoliy, doriy dialektlarini ajratib ko'rsatish kerak. Gerodot ioniy, Fukidid attika shevasida o'z asarlarini yaratganlar. Pindor o'z gimnlarini doriycha dialektda yozgan. Umumiy yunon koyne (umumiy) tili faqat ellinizm davrida tarkib topgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling