Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
Mil.avv. XI-IX asrlarda Yunoniston
Download 1.03 Mb.
|
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi
5. Mil.avv. XI-IX asrlarda Yunoniston. Bolqon Yunonistoni va uning yaqinida joylashgan orollar doriylar istilosidan keyin sotsial jihatdan tanazzullashib hamma joyda urug'doshlik munosabatlarini joriy qilish tomonga yuz tutdi. Axayya davlatlari yo'qoldi. Bo'g'inli yozuv unutildi.
Yunon doriy qabilalari axayya ilk quldorlik davlatlarini tor-mor qilib, zabt etdilar. Qaytadan ibtidoiy jamoa munosabatlari ma'lum muddat tiklandi. Ilgari axayya quldorlik davlatlari hukmdorlariga qaram bo'lgan viloyatlar hokimlari (pasirevelar endi mustaqil patriarxal qabilalarining boshliqlari - basilevslar bo'lib qoldilar. Bronza davridan temir davriga o'tish yuz berdi. Ilgari krit-mikena davrida sinfiy jamiyat faqat sohil bo'yi rayonlarida mavjud bo'lgan bo'lsa, endilikda doriylar istilosidan so'ng tarixan qisqa muddatda qadimgi Yunonistonning butun territoriyasida sinfiy jamiyatning paydo bo'lish jarayoni yuz berdi. Qadimgi Yunoniston tarixining mil.av. XI-IX asrlar davomi davri an'anaga ko'ra Gomer davri deb ataladi. Bu nom afsonaviy ko'r baxshi Gomer nomidan olingan bo'lib, uni qadimgi yunonlar “Iliada” va “Odisseya” dostonlarining avtori deb hisoblaydilar. Lekin hozirgi vaqtda mil.av. XI-IX asrlarga oid katta arxeologik ma'lumotlar topildi. Har ikkala doston mazmunini sinchiklab o'rganish natijasida bu dostonlar turli vaqtda va uzoq muddatda yaratilganligi isbot etildi, dostonlarning turli xususiyatlari turli davrlarni aks ettirishi isbotlandi. Shunday qilib “Gomer Yunonistoni” atamasi eskirdi. Ibtidoiy patriarxal munosabatlar keskin buzilgan, sinflar paydo bo'lishi boshlangan bu davrni xronologik sanalar mil.av. XI-IX asrlarda Yunoniston deb atash qulayroqdir. Bu masala antik davrdayoq boshlangan. Milodimizning XVII asrida Italiyada J.Viko, XVIII asrda Germaniyada F.Volf Gomer dostonlarining kelib chiqishni yangidan o'rtaga qo'ydi. Bu ikki olim dostonlarining xalq ijodidan kelib chiqqanligini e'tirof etganlar. Lekin Gomer masalasi hozircha oydin emas. Gomer masalasi yuzasidan g'oyat ko'p adabiyot paydo bo'lgan. Bu adabiyotni uch asosiy gruppaga bo'lish mumkin. individual ijod nazariyalari, xalq dostonlari nazariyalari, sintetik nazariyalar. Har ikkala dostonning syujetlari krit-mikena davriga borib taqaladiki, buni arxeologik ma'lumotlar tasdiqlamoqda. Bu dostonlar asrlar davomida yaratilganligi sababli, ularda kamida turli-turli uch davr: krit-mikena davri, mil.av. XI-IX asrlar davri yoki Gomer davri, ilk arxaik davr; mil.av. VIII-VII asrlar o'z aksini topgan. “Iliada”ning syujeti: fessaliyalik qahramon Axill Troyani qamal qilgan yunon qo'shinlarining sardori Agamemnan uning go'zal asirasini tortib olgani uchun g'azablanadi. Dostondagi voqea bir necha kungina davom etadi, lekin dostonga ulangan hikoyalar orqali biz undan oldin va keyin bo'lib o'tgan voqealarni bilib olamiz. “Odisseya”ning syujeti: yunonlar Troyani vayron qilganlaridan keyin Yunonistonning g'arbiy sohilida joylashgan kichkina Itaka orolining zukko podshosi Odissey o'z vataniga qaytib keladi. Odissey qaytib kelayotganida dengizlar xudosi Poseydonni g'azablantiradi. va uning tomonidan o'n yil sarson-sargardon bo'lib yurishga mahkum etiladi. Odisseyning sarson bo'lib yurgan oxirgi yilidan bir necha kunlik voqea tasvirlanadi. Odissey bu voqeani o'z saroyidan unga joy bergan afsonaviy Sxeriya orolining podshosiga hikoya qilib beradi. Doston Odisseyning Itaka oroliga qaytib kelishi bilan tomomlanadi. Gomer dostonlari materiallari asosida mil.av. II va I ming yilliklar sarhadida yer jamoasi bo'lib, unda yerdan teng foydalanganlar va yer doimo qayta-qayta bo'linib turgan. Jamoa a'zolari yerlarni chek tashlab olganlar. Yer uchastkasi “kler” yunoncha “chek” deb atalgani bejiz emas. Biroq jamoa a'zolari orasida mulkiy tabaqalanish boshlangan bo'lib, urug' aristokratiyasi ajralib chiqayotgan edi. Qabila boshliqlari Mikena davrida “basileylar” deb atalar edi. Ular jamoa yeridan katta-katta kesik yer uchastkalarini, ya'ni - temenlarni (bu termin ham Mikena davridan) o'z qarindoshlariga ajratib bera boshladi. Temenlarda aristokratlar arpa, bug'doy, jar, poliz, bog', tokzorlar yaratar edilar. Aristokratlar chorva mollarining katta-katta podasiga egalik qilar edi. Rassomning Axill qalqoniga chizgan tasvirida jamoa yeridagi qishloq xo'jaligi ishlari, so'ng basiley tomonidagi qishloq xo'jalik ishlari tasvirlangan7. Mulkiy tabaqalanish: Bu vaqtda boy xo'jayinlarga batrak bo'lib ishlaydigan kambag'allar - fetlar va o'z urug' jamoasidan ajralib qolgan, zo'rg'a kun ko'ruvchi motanostlar paydo bo'lgan. O'tmishdagi ko'chishlar va istilolardan zarar ko'rgan jamoa asta-sekin parchalanib ketgan. Jamoasidan ajrab ketgan ko'p darbadar hunarmandlar bo'lgan. Hunarmandlarni xo'jayinlar yollaganlar. Avval kasblar ko'p tarmoqli bo'lmagan, keyinchalik temirchilik, duradgorlik, kulollik, ko'nchilik, to'quvchilik, zargarlik kabi kasblar rivoj topdi. Savdo-sotiq kam rivojlangan. Basileylar ortiqcha mollarini dengiz ortidan kelganlarga almashtirganlar. Qoramol-buqalar ayriboshlash tovari bo'lib qolgan. Gomer dostonlarida hunarmandlarga izzat-ikrom bilan savdogarlarga yomon ko'z bilan qaralgan. Savdogarlik qaroqchilik bog'liq bo'lgan. Gomer davrida xo'jalik natural xarakterda bo'lgan. Qabilalararo urushlar tez-tez bo'lib turgan, natijada ular qo'shilib ketganlar. Qabila boshliqlari asta-sekin qabilani emas, muayyan territoriyani idora qiluvchi, qo'shinlarga qo'mondonlik qiluvchi basileylarga aylandilar. Urug' va qabila xalq yig'inlarida asta-sekin jangchilar katta rol uynaydigan bo'lgan. Oqsaqollar kengashi ham o'z rolini saqlab qolgan, u basiley huzuridagi kengashga aylangan, uning qarorlari xalq yig'iniga qo'yilgan. Vaqt o'tishi bilan mulkiy tabaqalanish, asosiy aholi ommasining birlashuvi, urug', aristokratiyasining boyishi, kambag'allarning boy qo'shnilariga iqtisodiy qaramligi tobora orta borgan sari, patriarxat davrida paydo bo'lgan qo'llik rivojlana borgan sari xalq yig'inlarining roli kamayib borgan. Masalan? Troya qamalini o'n yilga cho'zilgani muhokama qilingan jangchilar yig'inida oddiy jangchilar fikrini ifoda etib nutq so'zlagan Tersiy basileylarni fosh qiladi. Basileylar uchun bu noxush nutqini Odissey to'xtatgan va Tersiyni urgan. Doriy qabilalarining ko'chishi yunon qabilalarining eng katta ko'chishi edi. Shunday keyin shimoliy Yunonistonda va Kichiy Osiyoning shimoliy-g'arbiy sohilida Eoliylar o'rnashganlar. Egey dengizining ko'pchilik orollarida va Kichik Osiyo yarim orolining g'arbiy sohili o'rtalarida ioniylar, Peloponnes, Krit oroli, Egey dengizining Janubiy orollari, Kichik Osiyo oroli g'arbiy sohili janubida doriylar o'rnashib olganlar. Qadimgi axayyaliklar Peloponnesning shimoliy-markaziy qismida va Kiprda o'rnashib qolganlar. Gomer davrida qadimgi yunon dinining asosiy belgilari tarkib topgan. Bu dinni Olimp tog'i nomi bilan olimp deb ataydilar. Qadimgi yunonlar bu tog'larning qorli cho'qqilarini xudolar maskani deb bilganlar. Ularning diniy tasavvurlariga ko'ra xudolarning uch avlodi mavjud bo'lgan. Keksa avlodlarni kichik avlodlar ag'darib tashlaganlar. Uchinchi avlodga mansub xudolarning boshlig'i Zevs bo'lib, u momaqaldiroq va chaqmoq xudosi, hamda xudolarning va odamlarni otasi hisoblangan. Xulosa. Sinfiy jamiyat rivojlangach, olimp xudolari quldorlarning himoyachilari bo'lib qolganlar. Zevs bosh basiley sifatida dunyoni idora qilgan, u boshqa olimp xudolari bilan kengashsada, lekin uning fikri hal qiluvchi rol uynagan. Sirtdan qaraganda olimp xudolari aristokratlarga o'xshash bo'lganlar. Bu din o'z ildizlarini bilan Krit-Mikena davriga borib taqaladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling