Tarix fakulteti “O’zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi 70220302-Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi mutaxassisligi


Download 117.58 Kb.
bet3/5
Sana28.01.2023
Hajmi117.58 Kb.
#1136186
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dilshod aprel hisoboti

3. Ilmiy-pedagogik ishlar.


“Oʼzbekistonning eng yangi tarixi” kafedra o’qtuvchisi PhD. R.X. Xomitov rahbarligida “Ijtimoiy fanlar” fakultetida “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha ilmiy seminarda qatnashdim.
Kafedramiz oʼqituvchilaridan dars mashgʼulotlarini oʼtish boʼyicha konsultatsiya oldim. Ularning dars oʼtish uslublari bilan tanishib, oʼzim uchun kerakli jihatlarini belgilab qoʼydim.
Oʼquv jarayonini tashkil qilish bilan bogʼliq meʼyoriy hujjatlar: Davlat ta’lim standartarti, oʼquv rejalari, ishchi oʼquv rejalari bilan tanishdim. Dars jarayonini toʼgʼri va samarali tashkil etish boʼyicha yangi pedagogik metod va texnologiyalarni oʼrganib kelmoqdaman.

4. Ilmiy-seminar ishlari.


Ilmiy rahbar PhD R.X. Xomitovning maʼlumotlari asosida “O’zbekistonning millatlararo barqarorlikni taminlashga qaratilgan davlat siyosati” magistrlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida mavzuga aloqador boʼlgan axborotlar bazasini shakllantirish qoidalari, ilmiy va amaliy maʼlumotlarni mustahkamlash va tartibga solish maqsadida tadqiqot ishiga doir maʼlumotlar tayyorlanmoqda.
10-11.05.2022 sanada o’tkaziladigan xalqaro konferensiyada “Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenlik O’zbek xalqining yuksak qadriyatidir” mavzusida maqola ham nashir etishni belgilab oldik.

5. Magistrlik dissertatsiyasi bajarilishi.

5.1. Tadqiqot oʼtkazishga tayyorgarlik.


“O’zbekistonning millatlararo barqarorlikni taminlashga qaratilgan davlat siyosati” mavzusini aniq va asosli yoritish maqsadida Ilmiy rahbar PhD. R.X. Xomitovning koʼrsatma va tavsiyalari asosida ish olib boryapman. Mavzuga doir ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid quyidagi adabiyotlardan adabiyotlar roʼyxati tuzildi:
I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarorlari:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev,“Millatlararo munosabatlarda sohasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” PF-5876-sonli farmoni.[Elektron resurs] - kirish rejimi: https://lex.uz.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning,”Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy strategiyani tasdiqlash to’g’risida”gi PF-6012- sonli farmoni.[Elektron resurs] - kirish rejimi: https://lex.uz.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi farmoni.-Toshkent:<>, 2017.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika baynalmilal madaniyati markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag’ishlangan uchrashuvidagi nutqi // Xalq so’zi. 2017.25-yanvar. №18
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “ Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so’zlagan nutqi //Xalq so’zi. 2017-yil, 11-noyabr



Download 117.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling