Tarix fakulteti "tarix" kafedrasi


Download 0.89 Mb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1541100
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahon tarixi kurs ishi

1.2. O'rta maktablarda tarix darslari jarayonida o'quvchilarda tadqiqotchilikni shaklantirish tarix fani mazmuni.
Uzluksiz ta’limning bir bosqichi hisoblangan o'rta maktablarda tarix darslari jarayonida o'quvchilarga tadqiqotchilikni shaklantirish tarix fanida ta’lim sifatini oshirish, ta’lim berishda yangi pedagogik texnologiyalardan , zamonaviy o`qitish vositalaridan foydalanib, mustaqil fikrlovchi, o`z fikrini erkin ifoda eta oladigan, keng dunyoqarashga, chuqur bilimga ega yoshlarni tarbiyalash uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O`quv rejalari bo`yicha hozirgi davrda tarix fani uchun o'rta maktablarda tarix darslari jarayonida o'quvchilarga tadqiqotchilikni shaklantirish tarix fani yani o'rta maktablarda tarix darslari jarayonida o'quvchilarga tadqiqotchilikni shaklantirish tarix fani ta’lim tizimining 9-10-sinflarida tarix kursi quyidagi ketma-ketlikda o`qitish ko`zda tutilgan:
9-10-sinflarida O`zbekiston va jahon tarixining 1917-1991yillardagi davri o`rganiladi. Ushbu kursda o`quvchilar Turkistonda sho`rolar istibdodining o`rnatilishi, Turkiston Muxtoriyati, milliy ozodlik harakatlari, sovet hokimiyatining 1929-30 yillarda yuritgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy siyosatini qiyosiy tahlil qila olish va uning mustamlakachilik mohiyati, O`zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun kurash, Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning mohiyati haqida tarixiy bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar.Jahon tarixi kursida esa o`quvchilar Birinchi jahon urushi, uning mohiyati, 1917-1939-yillardagi G`arb va Sharqning asosiy davlatlari taraqqiyoti, Jahon iqtisodiy inqirozi, ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari va uning oqibatlarini o`rganadilar va kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar.
9-10-sinflarida tarix fanini o`rganishda O`zbekiston va tarixining 1991-2010 yillardagi voqealar bilan tanishadilar. O`zbekiston davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi, O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyot yo`li, O`zbekiston Respublikasi Prezidetining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid asarlarida ilgari surilgan g`oyalar, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil O`zbekiston Respublikasi rivojlanishining umumiy xususiyatlari, dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, hozirgi davrda O`zbekistonning madaniy-ma’maviy taraqqiyoti, O`zbekistonda demokratik davlat qurish, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etish, ma`naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish masalalarini o`rganib kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar.
Jahon tarixining 9-10-sinflarida uchun mo`ljallangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllantirish qonuniyatlari va turli mafkuralar kurashi, G`arb va Sharqdagi ozodlik harakatlari, 1945-1991-yillardagi dunyo tarixi, “sovuq urush”ning mohiyati, mustabid, totalitar tuzum halokati, 1991-2010- yillardagi yangi demokratik davr.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-mayda qabul qilgan “Ozbekiston Respublikasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora - tadbirlari to’g’risida”gi qaroridan kelib chiqib, 9-10-sinflarida mazkur fan chuqurlashtirilgan holda o’rganib kelinmoqda. O’quv rejalari bo’yicha hozirgi davrda “jahon tarixi” faniga 9-10-sinflarida tarix fani chuqurlashtirilib o’tiladigan guruhlar uchun 428 soat ajratilgan[10,5].
9-10-sinflarida tarix fani chuqurlashtirilgan jahon tarixi fani jahonning eng qadimgi davridan boshlab to bugungi istiqlol yillarigacha bo`lgan davrni qamrab olgan.
9-10-sinflarida jahon tarixi fanida jahon hududida eng qadimgi davrdan to 1917-yilgacha bo`lgan davri o`rganiladi. Bu davrni o`rganish jarayonida o`quvchilar maktabda 5-sinfdan 9-sinfgacha o`rgangan jahon tarixi fanidan olgan bilimlarini takrorlab, mustahkamlab boradilar. 9-10-sinflarida o`quvchilar:
- O’rta Osiyo hududida eng qadimgi davr - Qadimgi tarixning davr va bosqichlari. O’zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. Zardushtiylik. O’rta Osiyoga eron – ahamoniylari va yunon–makedon qo’shinlarining bostirib kirishi va ularga qarshi xalq kurashi. Buyuk ipak yo’li va uning tarixiy ahamiyati
- O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi. Ilk o’rta asr davlatlari. VI – VII asrlarda madaniy hayot.
- O’rta Osiyoning arab xalifaligi tomonidan fatx etilishi. Movarounnahr fatx etilishining iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari. Xalq harakatlari.
- Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil davlatlarning shakllana boshlashi. Ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy hayot.
- IX – XIII asr boshlarida madaniy hayot. Etnik jarayonlar va jahon xalqining shakllanishi 
- Mamlakatimiz hududi mo’g’ullar istilosi davrida. Xalq harakatlari. Chig’atoy ulusi.
- Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi. Buxoro xonligida siyosiy tarqoqlikning kuchayishi va uning oqibatlari. Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi.
- XIX asr o’rtalarida dunyo davlatlarining hududi, aholisi, ma’muriy – boshqaruv tizimi, ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayoti.
Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoning bosib olishi va Turkistondagi mustamlakachilik siyosati. Turkiston general – gubernatorligi.
O`zbekiston tarixining: 1985-2012-yillar ya`ni Mustaqillik arafasi va istiqlol yillarini o`z ichiga olgan davrini o`quvchilar 3-kursda o`rganadilar. Unda:
O’zbekistonda sovet mustabid tuzumining inqirozga yuz tutuishi, mustaqillik uchun harakatlarning boshlanishi (1985-1991-yillar). “Qayta qurish” siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz. Iqtisodiyotda turg’unlik jarayonlarining chuqurlashuvi. Xalq milliy ongining oshishi. Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning mohiyati. O’zbekistonning mustaqillik yo’lidagi dastlabki qadamlar. Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi haqida;
- O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakklanishi. Ikki palatali parlamentning joriy etilishi va uning mohiyati. Davlat ramzlari, konstitutsiyaning qabul qilinishi. Mahhalliy davlat boshqaruv tizimidagi tub o’zgarishlar. Kadrlar siyosatida yangicha yo’l va uning mohiyati haqida;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid asarlarida ilgari surilgang’oyalar. Bozor iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil O’zbekiston Respublikasi rivojlanishining umumiy xususiyatlari haqida;
- O’zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi haqida;
- Demokratik va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash. Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi. Milliy o’zlikni anglash. Hozirgi kunda O’zbekistonning madaniy-ma’naviy sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida;
- O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligi haqida, dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari va bu borada O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan, amalga oshirilayotgan ishlar haqida kerakli bilim va ko`nikmalarga ega boladilar.Tarix fani jamiyat siyosatida o’ziga xos o’ringa egadir. O’zbekiston tarixi bilan bir qatorda jahon tarixi faniga ham e’tibor kuchaymoqda. Hozirgi kunda “O’zbekiston tarixi” va “Jahon taixi” fanlari alohida fan sifatida o’qitilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda “O’zbekiston tarixi” va “Jahon taixi” fanlari yonma-yon va muqobil tarzda o’rganilmoqda. Chunki ikkala tarixning yonma–yon o’qitilishi bir-birini to’ldiradi va O’zbekistonning tarixda, jahon miqyosida egallagan o’rnini anglashga yordam beradi.
Jahon taixini o’qitishning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadi – xorijiy mamlakatlar tarixi, ijtimoiy hayotini chuqur o’rganib solishtirish orqali mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini teranroq anglash va zarur ilmiy, g’oyaviy, tarbiyaviy xulosalar chiqarish hamda milliy g’oya va milliy mafkurasining shakllanishiga yordam beradi2.
O‘qitish metodikasi tarix fanining ba’zi bir tekshirish metodlaridan foydalanar ekan, o‘quvchilarning bilimlarini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini va ularni tarix fanining ba’zi tadqiqot metodlari bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilarning yangi faktlarni tahlil etish va ulardan zarur xulosalarni chiqarish paytida o‘rgangan bilimlari juda ham mustahkam va ishonarli bo‘ladi, shuningdek, o‘quvchilar mustaqil fikrlashga o‘rganadi, bu ularni tadqiqot olib borishning dastlabki usullari bilan tanishtirishga yordam beradi. Shunday qilib, o‘z predmeti, vazifalari va tadqiq etish metodlariga ega bo‘lgan tarix o‘qitish metodikasini tarix fanlari qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Tarix o‘qitishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman psixik faoliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o‘quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo‘lmaydi. Shu sababli metodika psixologiya fani bilan chambarchas bog‘liqdir. Tarix o‘qitish jaraѐnida ustod va shogirdlar o‘rtasida ma’naviy yaqinlik, sog‘lom va estetik kayfiyat vujudga keltirishi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini faollashtiradi, darsning samaradorligini oshiradi. Psixologiya fani o‘quvchilardagi psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi, metodika esa o‘quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materialni o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarinigina tadqiq qiladi. Shuningdek, uning o‘quvchilardagi psixik faoliyatni tadqiq etish metodlaridan ham qisman foydalanadi. Demak, har ikkala predmetning o‘rganadigan ob’ektlari qisman o‘xshash bo‘lsa-da, vazifalari boshqa-boshqadir. Shunday qilib, tarix o‘qitish metodikasi o‘qitishda yaxshi natijalarga erishish, o‘quvchilarning tarixiy materialni puxta o‘zlashtirishi bilan faoliyati o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlarni ham o‘rganadi, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda psixologiya faniga suyanadi, o‘quvchilarning psixik faoliyatini o‘rganishda psixologik tekshirish metodlaridan foydalanish yo‘llarni ham ko‘rsatib beradi.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling