Xalifalikning zaiflashuvi mavzusini o’qitish metodikasi


Download 41.03 Kb.
bet1/11
Sana14.02.2023
Hajmi41.03 Kb.
#1198431
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu


3-ma’ruza: 7-sinf O’zbekiston tarixi maktab darsligida Movarounnahrda mustaqil davlatlarning tashkil topishi hamda Ajdodlarimizning ilmiy merosi abadiyatga daxldor ma’naviy xazinaga qo’shgan hissasi» mavzularining yoritilishi muommolari va o’qitishning samarali usullari.
REJA:

  1. Xalifalikning zaiflashuvi mavzusini o’qitish metodikasi.

  2. Tohiriylar davlati mavzusini o’qitish metodikasi.

  3. Somoniylar davlati mavzusini o’qitish metodikasi.

  4. G’aznaviylar hukmronligi mavzusini o’qitish metodikasi.

  5. Qoraxoniylar davlatning tashkil topishi mavzusini o’qitish metodikasi.

  6. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi mavzusini o’qitish metodikasi.

  7. Ajdodlarimizning ilmiy merosi abadiyatga daxldor ma’naviy xazinaga qo’shgan hissasi



Tayanch so’z va iboralar: Tohiriylar. Somoniylar. Davlat boshqaruvi. Qoraxoniylar. G’aznaviylar. Saljuqiylar. Xorazmshohlar. Uyg’onish. Ilm-fan. Badiiy adabiyot. Hadisshunoslik. Tasavvuf ta’limoti.
Xalifalikning zaiflashuvi. 8-asr oxiri 9-asr boshlarida Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo’ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo’lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turishi, uzluksiz davom etgan o’zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Tohiriylar davlati. 8-asr oxiri 9-asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o’zgartirishga majbur etdi. Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o’z tasarruflariga o’tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko’proq rol o’ynaydigan bo’lib qoldilar. Bunga, ayniqsa, xalifa Horun ar-Rashid (786-809) vafotidan so’ng uning o’g’illari Ma’mun bilan Amin o’rtasida 809-813-yillarda taxt uchun bo’lgan kurash katta yo’l ochib berdi.
Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko’taradilar. Bundan norozi bo’lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular Bag’dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo’lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o’tiradi. Buning evaziga Tohir 821-yilda Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma’mun Movarounnahr zodagonlarining ham yordamini unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg’ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag’ini tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar.
Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida 822-yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib yuboradi.
Bu amalda Bag’dod bilan aloqani uzish va o’zini mustaqil deb e’lon qilish edi. Biroq ko’p vaqt o’tmay u to’satdan vafot etadi. Tohirning o’g’illari Talxa va Abul Abbos Abdulloh otasining o’rniga birin-ketin noiblik qiladilar. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros bo’lib qoladi. Abul Abbos Abdulloh noibligi (830-844) davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko’chiriladi.
Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi tohiriylar tomonidan tan olinadi. Somoniylar esa, o’z navbatida, tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etadilar. Bu, shubhasiz, Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmronligining tugaganligini bildirardi.
Tohiriylar hokimiyatining barham topishi. Tohiriylar zamonida ham mehnat ahlining ahvoli nihoyatda og’irligicha qolaverdi. Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmidan, davlatning og’ir soliqlaridan bezor bo’lgan xalq qo’zg’olon ko’taradi. Ularga «g’oziylar» ham qo’shiladilar. Qo’zg’olonga safforiylar miskar hunarmand aka-uka Ya’qub va Amr ibn Layslar boshchilik qiladilar. 873-yilda Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat safforiylar qo’liga o’tadi.

Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling