Tarix fakulteti "tarix" kafedrasi


Download 0.89 Mb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1541100
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahon tarixi kurs ishi

I bob. Tarix o’qitish metodikasining predmeti va uning vazifalari.

    1. Tarix o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi aloqalar.

1Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni,o‘qitishning metod va usullari, natijalari) o‘rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha namoyon bo‘ladi: ta’lim tizimi maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o‘qitishning mazmuniga,g‘oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo‘lishiga bog‘liq bo‘lganidek,o‘quvchilarning tarix kursini o‘zlashtirish darajasi ham o‘z navbatida o‘qitishning o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari,mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, o‘qitish metod va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog‘liqdir.
Shuningdek, o‘qitishni natijalari o‘qituvchining o‘qitishdan ko‘zlagan maqsadi, uning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va usullardan ilmiy asosda foydalana bilishiga bog‘liqdir. Tarix o‘qitish jaraѐnining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bu o‘zaro dialektik bog‘lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta’sir ko‘rsatib boradi. Tarix o‘qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e’tiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tarix o‘qitish deganda, tarixiy material vositasida o‘quvchilarga bilim berish, ularni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo‘lgan jarayon, o‘qituvchi va o‘quvchilarning aqliy (ichki) hamda o‘quv harakatlari (tashqi) jaraѐni tushuniladi.
Tarix kursining mazmuni deganda, tarix dasturida belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko‘lami, o‘quv materiali, uning mazmuni, o‘quvchilarning tarixiy materiallarni o‘zlashtirishi natijasida olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o‘quv usullari, ko‘nikma va malakalari tizimi,shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining shakllarini egallashni ko‘zda tutadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling