A2+
fanga oid tanlovlarda ishtirok etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2, A2+
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2, A2+
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2, A2+
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shartsharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
Kirish (A2 1, A2+ 1 soat).
8-sinf O‘zbekiston tarixi qaysi davrlarni o‘rgatadi? Darslik bilan ishlash.
I BOB. XV ASRNING OXIRI – XVI ASRNING BOSHLARIDA
MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA SIYOSIY VAZIYAT
(A2 4 soat; A2+ 6 soat)
1-mavzu. Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat (A2 1, A2+ 1 soat).
Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil topishi. Abulxayrxon vafotidan keyin Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat va Muhammad Shayboniyning siyoiy-maydonga chiqishi. Dashti Qipchoqda Shayboniyxon hukmronligining o‘rnatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |