V BOB. JAHON DINLARI
(A2 8 soat)
16- mavzu. Buddaviylik tarixi (1 soat).
Buddaviylik dinining asoschisi, muqaddas manbalari, tarqalishi, yo‘nalishlari. Mamlakatimiz tarixida buddaviylik dini.
17- mavzu. Buddaviylik ta’limoti va yo‘nalishlari (1 soat).
Buddaviylikning jahon diniga aylanishi. Buddaviylik ta’limoti va marosimlari. Bugungi kundagi ko‘rinishlari.
18- mavzu. Xristianlik dini tarixi (1 soat).
Xristianlikning vujudga kelishi. Iso Masih hayoti va faoliyati. Xristianlikning muqaddas kitoblari, xristianlik diniy marosimlari va bayramlari ta’limoti. Bibliya.
19- mavzu. Xristianlik dini ta’limoti va yo‘nalishlari (1 soat).
Xristianlikning katolik va pravoslav cherkovlariga bo‘linishi. Katolik va pravoslav ta’limotlari.-martin Lyuter ta’limoti va protestantlikning kelib chiqishi.
20-mavzu. Islom dini tarixi (1 soat).
Milodiy VI asrigacha Arabiston yarim orolidagi ijtimoiy hayot. Muhammad payg‘ambar hayoti va faoliyati. Islom dini ta’limoti va bayramlari.
21-mavzu. Islom dini ta’limoti va yo‘nalishlari (1 soat).
Qur’onning tarkibiy tuzilishi, jamlanishi. Hadislar. Shariat. Islomdagi mazhablar va yo‘nalishlar. Mazhablar va ularning shakllanishi.
22-mavzu. Mustamlaka va sovet davrida dindorlarga munosabat (1 soat)
Rossiya o‘lkalarida dinga munosabat. Turkiston o‘lkasini Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining diniy-ma’rifiy muhitga ta’siri. Mustamlakachilarning din va dindorlarga munosabati.
23-mavzu. Sovet davrida diniy siyosat (1 soat).
Sovet hukumatining dinga munosabati. Qatag‘on-yillaridagi diniy muassasalarning ta’qib etilishi. Ikkinchi jahon urushi-yillarida dinga munosabatning mo‘tadillashuvi. Urushdan keyingi-yillarda dinga munosabatning keskinlashuvi.
VI BOB. DIN VA KIBERMAKON
(A2 2 soat)
24-mavzu. Internet va din (1 soat).
Inson ongi uchun kurash. Global tarmoqlardagi tahdidlar. Terrorchilarning internetdan foydalanish yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |