Tarix fanidan
VII-IX asrlarda choy bahosida har bir otning bahosi qancha miqdor oliy navli choyga teng bo’lgan? * 56 kg 244
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix savol-javob 1
243. VII-IX asrlarda choy bahosida har bir otning bahosi qancha miqdor oliy navli choyga teng bo’lgan? * 56 kg 244. VII-IX asrlarda bir necha «jin» (600 g) choyga ... * bir bosh qo’y almashtirilgan. 245. Qachondan choy asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan? * VII-VIII asrlarda 246. Xitoycha «cha» yoki «ming» deb yuritilgan xushbo’y choy o’simligi va uning seleksiyasi qaysi davrda Sharqiy Turkiston orqqli Turkiston diyoriga, so’ngra esa boshqa mamlakatlarga keng tarqalib, aholining maishiy hayotida kundalik iste’mol etiladigan chanqovbosdi benazir ichimlikka aylangan? * VII-VIII asrlarda 247. Choy qaysi o’lka orqali Turkiston diyoriga, so’ngra esa boshqa mamlakatlarga keng tarqalgan? *Sharqiy Turkiston 248. Mamlakatda sodir bo’lgan og’ir davrda Somoniylar davlatining kimlarning siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi? * turk hojiblari saroy gvardiyasining
Nima uchun mamlakatda sodir bo’lgan og’ir davrda Somoniylar davlatining turk hojiblari saroy gvardiyasining siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi? *chunki harbiy va mudofaa ishlari to’la ular qo’lida edi.
10 250. Qaysi yillarda G’azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan? * 962-963 yillarda 251. Kim G’azna va Qabul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G’aznaviylar davlatiga asos solgan? *Alptegin 252. G’aznaviylarning siyosiy nufuzi kimning davrida ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan? *Sobuqtegin 253. 977-997 yillarda G’aznaviylar davlatida kim hukmronlik qilgan? * Sobuqtegin 254. Mahmud G’aznaviy qaysi yillarda hukmronlik qilgan? * 997-1030 yillarda 255. G’aznaviylar davlati kimning davrida hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan? * Mahmud G’aznaviy
Mahmud G’aznaviy hukmronligi davrida G’aznaviylar davlatining chegarasi g’arbda .... shimoli g’arbda ... cho’zilgan, sharqda esa ... o’z ichiga olgan va ... yetgan edi. 1) g’arbda; 2) shimoli g’arbda; 3) sharqda a) Ray va Isfahan shaharlari, Kaspiy dengizi; b) Xorazm va Oral dengizigacha; v) Shimoliy Hindistonning kattagina qismini, Janubiy Balujistongacha *1-a; 2-b; 3-v 257. Somoniylar sulolasi barham topgach G’aznaviylar davlatining qaysi hukmdori ularning Xurosondagi hududini, so’ng Xorazm davlatini ham o’z saltanatiga qo’shib olgan? * Mahmud G’aznaviy
Mas’ud G’aznaviy davrida ... * mamlakat viloyatlari birin-ketin qo’ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. 259. Mas’ud G’aznaviy qaysi yillarda hukmronlik qilgan? * 1030-1041 yillarda 260. Qaysi yilda G’aznaviylar davlati butunlay tugatilgan? * 1186-yilda 261. G’aznaviylar davlatining Bosh vazir tizimida qaysi devonlar faoliyat ko’rsatgan? * harbiy, elchilik va rasmiy tadbirlar, moliya va xabar-pochta
G’aznaviylar davlatida viloyat hukmdori qaysi nom bilan yuritilgan? * voliy 263. G’aznaviylar davlatida shahar hokimi ... deb yuritilgan. * rais 264. G’aznaviylar davlatida viloyatda boshqaruv ishlari ..., shaharlarda esa ... tomonidan amalga oshirilgan. *amid, kutvol 265. G’aznaviylar davlatida Bosh qo’mondon - ..., lashkarboshi - ..., harbiy qismlar esa ... deb atalgan. *sipohsolor, solor. sarxang 266. G’aznaviylar davlatining qaysi hukmdori turkiy ona till bilan bir qatorda fors, arab va pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan, she’r bitgan? * Mahmud G’aznaviy
G’aznaviylar davlatining poytaxt saroyida qancha olim, shoir va son’atkorlar ijod qilgan? * 400 dan ortiq 268. Quyidagi ko’rsatilgan buyuk mutafakkirlardan qay birlari G’aznada yashaganlar? * Abu-Rayhon Beruniy, Nosir Xusrov, Gardiyziy va Bayhaqiy
Buyuk mutafakkirlardan qay birlari o’z asarlarini sulton Mas’udga bag’ishlaganlar? * Abu Rayhon Beruniy va Bayhaqiy 270. G’aznaviylar davlatining qaysi shaharlarida ko’plab madrasalar, masjid, xonaqo va saroylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat ko’rsatgan? G’azna, Bah, Nishopur, Lohur
«Qonuni Mas’udiy» asar kim tomonidan yozyilgan? * Abu Rayhon Beruniy 272. Bayhaqiy tomonidan yozib qoldirilgan asarni qayd eting. * «Tarixi Mas’udiy» 273. Qaysi asrlarda «Xoqoniya» rivoj topib kuchaygach, u «Qarluq-Qoraxoniylar» davlati nomini olgan? *XI-XII asrlarda 274. Xorazmshohlar davlati IX-X asrlarda qaysi davlatlar qo’l ostida bo’lgan? * tohiriy, safforiy va somoniylar 275. Qachondan Xorazm iqtisodiy jihatdan yana tez rivojlana boshlagan? * Xasr oxirlarida 276. X asrning oxiriga borganda Xorazm shaharlarining soni nechtaga yetgan? * 32 taga 277. VIII asr boshlaridagi Xorazmda qancha shaharlar mavjud bo’lgan? * 3 ta 278. X-XI asrlarda Xorazm ... * mintaqadagi yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. 279. X-XI asrlarda Xorazm savdogarlari kimlar bilan savdo-sotiq olib borganlar? * chorvadorlar (hozirgi Turkmaniston va Qozog’iston) hamda Itil (Volga) bo’yidagi Xazar va Bulg’or podsholiklari, Sharqiy Yevropaning slavyan aholisi bilan
Qaysi yilda Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ldi? * 995-yilda
Qay tariqa afrig’iylar sulolasi barham topib, Ma’muniylar hukmronligi boshlandi? * Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirishi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’lishi natijasida
Ma’muniylar hukmronligi davrida qayer Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylandi? * Ko’hna Urganch 283. Ma’muniylar hukmronligi davrida mamlakat nimalarga ajratilib boshqarildi? * viloyat, shahar va qishloq (qal’a)larga 284. Xorazmshoh davlatida devonxona tarkibida qanday mahkamalar faoliyat ko’rsatgan? * ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar bilan shug’ullanadigan
Xorazmshoh davlatning eng yuqori lavozimlaridan qay biri devonxona ishlariga mas’ul bo’lgan, harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan? * xo’jayi buzruk
11 286. Sosoniylar shohi Pero’z (459-484) Eftaliylarga qarshi necha martayurish qiladi va necha marta g’alaba qozonadi? * 3 marta yurish qiladi, ammo har galgisida mag’lubiyatga uchraydi
Sosoniylar shohi Pero’zning eftaliylarga qarshi 484-yilgi yurishi qanday oqibatga olib keladi?* Pero’zning halokati, eftaliylar tomonidan Marvning ishg’ol qilinishi, Eron ustigajuda og’ir o’lpon yuklanishiga
Eftaliylarda davlat boshqaruvida qonun va qoidalarning qaror topishiga asosiy sabab nima edi? *aholining tabaqalanishi, mulkiy tengsizlikning kuchayib borishi
Nima sababdan turklarning eftaliylar bilan to’qnashishi arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi? * eftaliylar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo’lishidan manfaatdor edi
Ma’lumki, 395-yil qudratli Rim imperiyasi Sharqiy va G’arbiy qismlarga bo’linib ketadi. Xuddi shunday bo’linish yana qaysi davlatga xos? * Turk xoqonligi
Quyidagi qaysi voqeadan so’ng arablar Termiz shahrini egallaydilar? * arablarning turli xil o’ljalar bilan Buxorodan Marvga tomon qaytishi
Milodiy V asr oxiridan - XI asr o’rtalariga qadar yuz bergan voqealarni qayd eting? * yangi feodal jamiyatiga o’tish; Yer egaligining yangi turlari shakllanishi; G’arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot - xristianlikning keng tarqalishi; Sharqda islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi; yirik feodal davlatlarning paydo bo’lishi. 293. Qachon Yevropada yirik yer egalari-feodallar, qaram dehqonlar toifalari shakllandi? * milodiy V asr oxiri - XI asr o’rtalari 294. Yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi, o’z-o’zini ta’minlovchi - natural xo’jalikdan, bozor uchun mahsulot yetishtiruvchi xo’jalikka o’tilishi qaysi davrda bo’lib o’tdi? * XI asrning o’rtalaridan - XV asr oxiri
XI asrning o’rtalaridan - XV asr oxiriga qadar yuz bermagan voqealarni qayd eting? * O’rta asrlarda shaharlarning va hunarmandchilik sexlarining taraqqiyoti; savdoning yuksalishi: xalqaro savdo, bozor, yarmarka va birjalar; Yevropa shaharlarining senorlar hukmronligidan ozod bo’lish uchun kurashi; shaharlar, shahar respublikalar va yirik markazlashgan davlatlarning shakllanishi.
O’rta asrlar tarixiga aid quyidagi qaysi yozma manbalar kiradi? * tarixiy yilnoma va solnomalar; rasmiy hujjatlar; soliq, jarima, sud, oldi-sotdi, qarz majburiyatlari bilan bog’liq; imperator, qirol va sultonlarning farmonlari, farmoyishlari.
O’rta asrlarda dastlab barcha hujjat va Kitoblar kimlar tomonidan bitilgan? * xattotlar 298. Qachon Xitoyda kitob bosish dastgohi yaratildi? * XI asrda 299. XVasr o’rtalarida Yevropada ... * kitob bosish dastgohi yaratildi. 300. «Xalqlarning buyuk ko’chishlari» jarayoniga qanday sabablar turtki bo’lgan? * yangi yerlarga bo’lgan talabning oshishi; mulkiy tabaqalanishning kuchayishi; xunnlarning Sharqdan hujumlari ko’plab varvar qabilalarini o’z makonlaridan siljishga majbur etishi; Yevropada iqlimning soviy boshlashi. 301. Nimaning natijasida german qabilalarida yangi yerlarga bo’lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishiga olib keladi? * aholi sonining ko’payib borishi
Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi qachonga kelib ekinzorlarni qo’riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantiradi? * V asrga
Qaysi omillar milodiy IV-VI asrlarda xalqlarni yashash va xo’jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo’ladi? * aholi sonining ko’payib borishi; yangi yerlarga bo’lgan talabning oshishi; mulkiy tabaqalanishning kuchayishi; xunnlarning Sharqdan hujumlari ko’plab varvar qabilalarini o’z makonlaridan siljishga majbur etishi; Yevropada iqlimning soviy boshlashi.
Quyidagi ko’rsatilgan qabilalardan qay birlari qadimgi german qabilalariga mansub? * franklar; vestgotlar; ostgotlar; vandallar; burgundlar; langobardlar.
Germanlarda nimaning natijasida xo’jalikda dehqonchilikning ahamiyati oshadi? * aholi sonining ko’payishi 306. Germanlar chorvadan tashqari qaysi mashg’ulot bilan shug’ullanganlar? * parranda boqqanlar, ov va baliqchilik 307. Germanlarda yerga ishlov berish kimlarning yumushi sanalgan? * ayollar va qariyalarning 308. Germanlarda jangdan bo’sh paytlarda erkaklar ... * ovqilganlar. 309. Germanlarda nimaning natijasida mehnat unumdorligi va olinadigan hosil oshgan? * omochdan temir plugga o’tilishi 310. Germanlarda nima sababdan ekinzorlari kuchsizlanib 2-3 yildan so’ng hosil keskin kamayishiga olib kelgan? * yerga oddiy yog’och soqa bilan ishlov berilishi, yerni o’g’itlanmasligi
Germanlarda ichki savdoda eng muhim ashyo nima hisoblangan? * temir buyumlar 312. Germanlar hayotida milodning dastlabki asrlarida qanday tartiblar ustun bo’lgan? * urug’jamoasi 313. Ma’lumki, germanlarda oila boshliqlari jamoaning erkin vakili hisoblangan. Ular qanday yumushlarni va vazifalarni bajarishar edi? * dehqonchilik va chorvachilik; jangchi; xalq yig’ini a’zosi; urug’ qabila udumlari, an’analarini yosh avlodga yetkazish uchun ma’sul. 314. Norman qabilalarida harbiy yo’lboshchi nima deb atalgan? * konung 12 315. Qaysi qabilalar germanlarning eng katta qabilalaridan bo’lgan? * alemann, got, fraaklar 316. Germanlar oliy organi hisoblangan xalq yig ‘inlari setin-asta o’z ahamiyatini yo’qota boshlagach asosan qanday vazifalarini bajargan? * urush va tinchlik, konunglarni saylash
Nechanchi asrdan chegara hududlaridagi ayrim german qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy xizmatga o’ta boshlaydilar? * milodiy IV asrdan
Nimaning natijasida germanlarning ijtimoiy taraqqiyoti yanada tezlashgan? * xristianlik dini tarqala boshlashi natijasida 319. German qabilalari qayerlarda o’z davlatlarini tuzganlar? * Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida; Shimoliy Afrikada; Italiyada; Galliyada; Britaniyada.
German qabilalari tuzgan o’z davlatlari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. 1) Vestgot; 2) vandallar; 3) ostgotlar; 4) franklar; 5) angl-sakslar a) Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismi; b) Shimoliy Afrika; v) Italiya; g) Galliya; d) Britaniya. * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d 321. German qabilalarining Rimga bosqini qanday oqibatlarga olib keldi? * G’arbiy Rim-imperiyasining qulashiga 322. Franklarda qabila yo’lboshchilari kimlardan saylab qo’yilgan? * harbiy ishda alohida jasorat ko’rsatgan kishilardan 323. Ma’lumki, rim-gallar bilan yaqin qo’shnichilik munosabatlarida bo’lgan franklarning tashqi ko’rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan. Quyidagi ko’rsatilgan xolatlardan qay birifranklar tashqi ko’rinishiga to’g’ri keladi? * franklar matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan 324. Franklar tuzgan davlat dastlab kimlar nomi bilan atalgan? * sulolalar 325. Nechanchi asrdan II de Frans davlat nomiga asos bo’ladi va u Fransiya deb atala boshlandi? * X asrdan 326. II de Frans viloyati Fransiyaning qayerida joylashgan? * Parij atrofida 327. Kim tomonidan xristianlikni qabul qilinishi natijasida rimliklar «sizning yangi diningiz, bu bizning g’alabamiz!» - deb yozgan edi? * Xlodvig
Xlodvig Rim cherkovi ... * uning sodiq ittifoqchisi bo’lishi mumkinligini anglagan. 329. Qaysi paytdan franklar va rimliklar asta-sekin yaqinlashib yagona xalqqa aylana boshlaydi? *Xlodvigning xristian dinini qabul qilgan paytda.
Qaysi hodisa frank qirolini kuchaytirib, o’z qabiladoshlari orasida yangi cho’qqilarga ko’taradi? *xristianlikning qabul qilinishi 331. Franklar davlatida mahalliy aholining asosiy qismini kimlar tashkil qilgan? * rim-gallar 332. Franklar mamlakatining Luara daryosidan shimolida qaysi qabilalar yashagan? * german qabilalari 333. Franklar mamlakatidagi son jihatidan german qabilalaridan ustun bo’lgan gallar mamlakatining qaysi qismida yashagan? * janubida
Senorning o’z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulk nima deb nomlangan? * benefitsiy 335. Qaysi tarixiy atamalar o’zaro mos keladi? * benefitsiy - iqto 336. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayday feodal-vassallari bo’lgan yer egasi qaysi nom bilan atalgan? * senor
Lotinchadan qaysi atama «katta» ma’nosini beradi? *senor 338. Qay tariqa franklarda yangi yirik yer egalari-feodallar toifasi vujudga keladi? * qirollarning alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga benefitsiylar taqdim etishi tufayli
Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida qayerlarni istilo qiladi? *Burgundiya va Provansni
Franklar germanlarning qaysi qabilalarini bo’ysundirib, ularni haryili o’lpon to’lashga majbur etadilar? *tyuring, alemann, bavar
Franklar dalatida graf qanday vazifalarni bajargan? * o’z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig’ib olish; harbiy qo’shinga boshchilik qilish; sud qilish.
Franklar davlatida urug’-jamoachilik an’analari qayerda saqlanib qoladi? * har yili o’tkaziladigan harbiy ko’rik va mahalliy boshqaruvda
Franklar davlatida tungin kim bo’lgan? * erkin franklarning yuzlik yig’inlari boshlig’i, yuzboshisi 344. G’arbiy Yevropa feudal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan yer-mulk qanday nom bilan atalgan? * allod 345. Allod nima? * yerga to’la egalik qilish 346. Franklar davlatida nimaning natijasida dehqonlar o’z yerlaridan ajralishiga, so’ng feodaldan ijaraga yer olib ishlashga majbur etadi? * tabiiy ofatlar, qurg’oqchilik, hosilsizlikning tez-tez takrorlanib turishi
Yerni bir xo’jayindan boshqa xo’jayinga o’tishida franklar guvohlar huzurida qanday udum - marosim o’tkazganlar? *»sotuvchi»ning yeridagi daraxt shoxidan bir bo’lagini «oluvchi» maydoniga berilgan.
13 348. Buyuk Karl yashab o’tgan yillarni qayd eting. * 742-814 yillar 349. Franklar davlatining qaysi huhndori 714-768 yillarda yashab o’tgan? * Pipin Pakana 350. Karlning ismidan qanday unvon kelib chiqqan? * korol 351. Ilk o’rta asrlarda Yevropada uzun soch nimaning ramzi bo’lgan? * toj-u taxt egaligi 352. 778-yili Karl qayerga qarshi dastlabki muvaffaqiyatsiz yurish qiladi? * Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga 353. Karlning keyingi yurishlar davomida Pireneya yarim orolining arablardan tortib olingan hududlarida tuzilgan Ispan markasi ... * franklar davlatining chegara viloyatiga aylantiriladi.
Buyuk Karlning saks qabilalariga qarshi urushlari bo’lgan davrni eslang. Saks qabilalari o’sha davrda qayerda yashagan? *Reyn daryosining o’ng sohilida
Buyuk Karl sakslarni bo’ysundirish uchun nimaga intilgan? * xristian diniga o’tkazishga 356. Ma’lumki Buyuk Karlning maslahatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlid qilib, imperator deb e’lon qilish g’oyasi tug’iladi. Sunday imkoniyat qaysi voqea sabab vujudga keladi? * 800-yili Rim mahalliy zodagonlarining papa Lev III ga qarshi isyon ko’tarishi orqali 357. Karlning muhrida qanday so’zlar zarb qilinadi? * «Yangi Rim imperiyasi» 358. Buyuk Karl franklar imperiyasining mutlaq huhndoriga aylanib, uning farmonlari faqat qayerda qabul qilingan? * yirik zodagonlar, yer egalarining yilda ikki marta chaqiriladigan yig’inida.
Buyuk Karlning doimiy poytaxtini aniqlang. * Buyuk Karlning doimiy poytaxti bo’lmagan 360. Buyuk Karl davrida franklarda an’anaviy xalq lashkari o’rnida qanday qo’shin vujudga keladi? * otliq ritsarlar 361. Buyuk Karl davrida hukmdorlar ritsarlarga nima uchun feod in’om etgan? * ot, qurol-aslahasini tartibda saqlashi, urushlar paytida oilasini ta’minlashi uchun
Nemischadan qo’rg’on, mulk ma’nolarini anglatuvchi so’zni aniqlang. * feod 363. Ritsarlarga hukmdorlar tomonidan harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik merosiy mulkka aylangan yer-mulk nima deb atalgan? * feod
Yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayday feodalga nima taqdim etilishi mumkin edi? * ma’lum qishloq yoki uning bir qismi
Quyidagilardan qaysi birlari Franklar davlatidagi muhim lavozimlar bo’lgan? * moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig’i
Nemischadan saylangan harbiy yo’lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig’i ma’nosini beruvchi so’zni toping. * gersog 367. Buyuk Karl davrida yirik bo’lmagan hududlarni qaysi amaldor boshqaradi? * graflar 368. Qaysi so’z nemischadan «qirol tayinlagan amaldor» ma’nosini beradi? * graf 369. Buyuk Karl davrida chegara viloyati hokimi... * markgraflar deb atalgan. 370. Buyuk Karl davrida kimlar imperatorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajargan? *yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari
Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? * sud 372. Rivojlangan o’rta asrlarda Fransiyada ijtimoiy munosabatlar qanday bo’lgan? * hukmron toifa vakillarining shaxsiy erkinliklari amalda cheksiz bo’lgan; qirol o’z domenida ham to’la xo’jayin emasdi; qirol hukmida hisoblangan gersog va graflar xalqni uning nomidan boshqarar, zarur paytda sud qilar va jazolar edi; ko’pchilik muammolarning yagona yechimi urush bo’lib qolgan.
Feodal tarqoqlik davrida Fransiyada qirol ... * o’z domenida to’la xo’jayin emasdi va uning na qo’shini va na ishonchli amaldorlari bo’lgan.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling