Tarix fanidan
Qaysi knyaz davrida Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat beriladi? * Oleg 638
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix savol-javob 1
637. Qaysi knyaz davrida Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat beriladi? * Oleg 638. Igor qaysi yillarda hukmronlik qilgan? * 912-945 yillari 22 639. Igor knyazligini nimadan boshlaydi? * ko’chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan 640. Nima sababdan Igor X asrning 40-yillarida Vizantiyaga qarshi ikki marta yurish tashkil qiladi? *Konstantinopol tuzilgan shartnomani bajarmagani tufayli
Qaysi Rus knyazi Rus mavqeini harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diplomatiya orqali yuksaltirishga intilgan? *Olgatt
Qaysi Rus knyazi X asrning 50-yillari o’rtalarida Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qiladi? * Olga 643. Qaysi Rus hukmdori xristianlikni qabul qilishdan bosh tortib «agar men bir o’zim boshqa dinga o’tsam, drujinam ustimdan kuladi» - degan edi? * Svyatoslav
Svyatoslav necha yoshda knyaz bo’ladi? * 22 yoshida 645. Xazar xoqonligi qaysi hududlarda tashkil topgan? * Itil (Volga) va Don daryolari oralig’ida 646. Qaysi shahar Xazar xoqonligining poytaxti edi? * Itil shahri 647. Svyatoslav kimlarga qarshi urushlar olib boradi? * xazarlarga, Bolgariya, ko’chmanchi bijanaklarga, Vizantiyaga 648. Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash qaysi yillarda bo’lib o’tadi? * 972-980 yillari 649. Rus knyazi Vladimir oldida qanday vazifa turar edi? * mamlakatdagi boshboshdoqlikni bartaraf etish 650. Qaysi voqeadan so’ng knyaz Vladimir Dunay bo’ylarida yashagan bulg’orlarga qarshi harbiy yurish uyushtiradi? * slavyan qabilalarining isyonini bostirib, Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdirganidan so’ng
Kimning boshqaruvi davrida mahalliy knyazlar sulolalari tugatilib, knyazning o’g’illari noiblikka tayinlanadi? * Vladimirning 652. Kimning boshqaruvi davri Kiyev Rusining gullab-yashnagan davri hisoblanadi? * Yaroslav 653. Nechanchi yili Kiyev ostonalarida paydo bo’lgan bijanak qabilalari uzil-kesil mag’lub etiladi? * 1036-yili 654. Qaysi voqea sharafiga Kiyevda avliyo Soflya ibodatxonasi bunyod etiladi? * bijanak qabilalari uzil-kesil mag’lub etilishi 655. Avliyo Soflya ibodatxonasi Kiyeydan tashqariyana qaysi shaharlarda ham quriladi? * Polosk va Novgorodda 656. Kim davrida Kiyev xristian dunyosining eng yirik shaharlaridan biriga aylanadi? * Yaroslav 657. Kim davrida Rusda maorif yuksaladi? * Yaroslav 658. Kim davrida xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o’quv yurti Kiyevda tashkil etilgan? * Vladimir 659. Kimning hukmronlik davrida poytaxt Kiyevda Vizantiyadan keltirilgan yunon tilidagi kitoblarni ruschaga tarjima qilish yo’lga qo’yiladi? * Yaroslav
Kiyev Rusi knyazi Yaroslav davrida amalga oshirililgan qaysi voqealar xos? * Kiyev Rusi gullab-yashnaydi; bijanak qabilalari uzil-kesil mag’lub etiladi; Kiyev, Polosk va Novgorodda avliyo Soflya ibodatxonasi bunyod etiladi; Kiyev xristian dunyosining eng yirik shaharlaridan biriga aylanadi; Rusda maorifyuksaladi; Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini ochiladi; avval Kiyevda so’ng Novgorodda yilnomalar tuzila boshlanadi; Poytaxt Kiyevda Vizantiyadan keltirilgan yunon tilidagi kitoblarni ruschaga tarjima qilish yo’lga qo’yiladi; Rusning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlangan; «Rus haqiqati» tuziladi.
Yevropa davlatlarining hukmdorlaridan qay birlari yilnomalar yozib borishni buyurgan edi? * Buyuk Alfred, Yaroslav Donishmand
Yevropa davlatlarining hukmdorlaridan qay birlari davrida qonunlar to’plam tuzilgan? * Xlodvig, Buyuk Alfred, Yaroslav Donishmand
Kimning davrida Rusning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlangan? *Yaroslav 664. Kimning davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to’plami - «Rus haqiqati»-tuzilgan? *Yaroslav 665. «Rus haqiqati»dagi ko’pchilik moddalarda qilingan jinoyatlar uchun nimalar ko’zda tutilgan? *jarima to’lash 666. Yaroslav Donishmand vorislariga turli knyazliklar noibligini berar ekan nimalgrni ko’zda tutar edi? * ular orasida hokimiyat uchun kurashishni oldini olishni
Nechanchi asrlarda ko’chmanchi qipchoq qabilalari Yoyiq daryosidan Dunaygacha hududlarni egallab, ularning ayrimlari harbiy ittifoqlarga birlashgan? * XI asrning o’rtalarida
O’rta asrlarda Rus yerlarining fojiasi nimada edi? * o’zaro qonli urushlarda 669. Vladimir Monomaxning 1097-yili Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi nimaga mo’ljallandi? * o’zaro urushlarga chek qo’yishga
Lyubech shahrida bo’lib o’tgan syezddan so’ng Kiyev knyazining mavqei pasayadi. U qanday huquqidan voz kechishga majbur bo’ladi? * ilgarigidek rus yerlarini o’g’illariga istaganicha bo’lib berish
Monomax va Mstislavning vafotidan so’ng Rusda qancha mustaqil knyazlik bo’lgan? * 15 ta 672. Botuxon bosqinlari arafasida Rusda qancha mustaqil knyazlik bo’lgan? * 50 ta 23 673. Qay tariqa Novgorod boyarlar respublikasiga aylana boradi? * mahalliy boyarlar ta’siri kuchayib, ular knyaz hokimiyatini cheklay boshlashi natijasida
XII asrda Vladimir Monomaxning o’g’li Yuriy Dolgorukiy qayerda giyerlarni boshqarar edi? * Volga va Oka daryolari havzasidagi
XI-XIII asrlarda Yuriy Dolgorukiy boshqargan knyazlikda qanday shaharlarga asos solinadi? * Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir, Yurev
Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Vladimir knyazligini kimga qadar boshqaradi? * Ivan Grozniyga 677. Chingizxon qayerlarni istilo qilganidan so’ng rus yerlariga bostirib kiradi? * O’rta Osiyo va Eronning shimolini 678. Mo’g’ul qo’shinlari rus askarlariga qanday harbiy hiyla ishlatib tor-mor qiladi? * rus askarlarini otliq qo’shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, so’ng hujumda tor-mor qiladi.
Botuxon nima uchun rus knyazlariga nisbatan himmat ko’rsatadi? * bo’ysundirilgan aholidan soliq va to’lovlarni tezroq to’lay boshlashi uchun
Rus knyazlardan kim «knyazlar oqsoqoli» deb tan olinib, Vladimir knyazligini boshqarishga yorliq oladi? * Yaroslav 681. Rus knyazlardan kim mo’g’ul bosqinchilar talabini qabul qilishni istamagan, ularning joriy etgan tartiblarini bajarishdan bosh tortgan? * Chernigov knyazi Mixail Vsevolodovich
Mo’g’ullar istilosi rus davlati uchun qanday oqibatga olib keldi? * rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir o’tkazib, uning taraqqiyotini susaytirdi.
Livoniya ordeni ritsarlari kimlarning yerlarini egallaganidan so’ng Novgorod-Pskov chegaralariga yaqinlashadi? * estlar 684. Shahar hokimi Tverdilaning xoinligi tufayli qayer nemislarga o’tadi? * Pskov 685. Qaysi jang Rus tarixida «Muz ustida jang» nomi bilan ataladi? * Chud ko’lidagi jang 686. Rusda markazlashish omillari nimalardan iborat bo’lgan? * hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi; turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi; qishloq xo’jaligidagi siljishlar; tashqi dushmanlarga, Oltin O’rda xonlari zulmiga qarshi kurash zaruriyati. 687. Qaysi shaharlar XIV asrning boshlarida rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi? *Tver va Moskva 688. Moskva knyazi Yuriy Danilovichning O’zbekxonga o’z sadoqatini ko’rsatishi qaysi knyazning halokati bilan tugaydi? * Tver knyazi Mixailning
Knyaz Dmitriy Ivanovich taxtga kelganida necha yoshda edi? * 10 690. Knyaz Dmitriy Ivanovich balog’at yoshiga yetguncha Moskva knyazligi siyosatini kim boshchiligidagi boyarlar kengashi oqilona olib boradi? * mitropolit Aleksiy
Qaysi yili Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich Voje daryosi bo’yida mo’g’ullarga qarshi kurashdagi dastlabki g’alabaga erishadi? * 1378-yili
Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich qaysi yillari hukmronlik qilgan? * 1359-1389 yillar 693. 1480-yili qaysi knyaz davrida Moskva Oltin O’rdaga boj-yasoq to’lashdan bosh tortadi? * Ivan III 694. Moskva knyazligida Oltin O’rdaga qarshi kurashish uchun qanday qulay vaziyat vujudga keladi? * Oltin O’rda siyosiy nizolar davriga kirishi, Moskva knyazlarining ancha kuch to’plashi
Somiylarga qaysi xalqlar mansub bo’lgan? * arablar, yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar 696. Qaysi xalqlar xalqlar Qadimgi Sharqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tuzishgan? * yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar
Arabistonning qayerida aholi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanganlar? * janubi va g’arbida 698. Arabistonning qaysi viloyati arabcha «haq», «baxtli» ma’nosini bergan? * «Yaman» 699. Arablarga taqlidqilgan rim tarixchilari Arabistonning qaysi viloyatini «Baxtli Arabiston» (Arabiafelix) deb nomlaganlar? *Yamanni
Qaysi jarayon arablarda shayxlarning shakllanishiga olib keladi? * urushlarda olingan harbiy o’ljalar qabila sardorlari, harbiy yo’lboshchilarning boyib borishi;
Nechanchi yili Eron shohi Xisrav I Yamanni istilo qilishi bilan karvon yo’li eronliklarga qarashli Ikki daryo oralig’iga siljiydi? * 570-yili
Quraysh qabilasi asosan qaysi viloyatda yashardi? * Hijozda 703. Qaysi voqea hijrat (ko’chish) nomini olib, musulmonyil hisobining boshlanish sanasi hisoblanadi? *Muhammad (s.a.v.) o’z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga kelishi
Arablarda davlat vujudga kelguniga qadar yashagan tuzum bilan Yevropa xalqlaridan qay biriniki o’xshash bo’lgan? * german qabilalari, slavyanlar
24 705. Kimning boshqaruvi paytida Arabiston yarim oroli aholisi islomni to’liq qabul qildi? * Abu Bakr 706. Qaysi xalifa islom dunyosida o’zining sahiyligi, adolatparvarligi va din masalalarida qat’iyligi bilan shuhrat qozongan? * xalifa Umar
637-yili Quddusga yaqinlashgan xalifa Umarni qarshilash uchun kimlar chiqishadi? * shahar hokimlari Xuaydod va yepiskop Sqfroniy
Ma’lumki, 135-yili rimliklar yahudiylarni Quddusdan haydagan. Qaysi xalifa keyinchalik yahudiylarni shaharga qaytishiga ruxsat beradi? * xalifa Umar :
709. Xalifa Umar Quddusga kirganida yepiskop Safroniy in’omini olishni istamay hech kimdan hech narsa olishi mumkin emasligini uqtiradi. Yepiskop Safroniy qanday sovg’a keltirgan edi? * yangi kiyim-bosh
Xalifa Umarpalma barglaridanyelpig’ichyasab, unisotishga berar va shu mablag’i hisobidan nima sotib olardi? * kiyim-kechak 711. Usmon xalifaligi davrida qayerlar egallanadi? * Eron va Dog’iston 712. Dastlabki xalifalarni hukmronlik qilgan yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Abu Bakr; 2) Umar; 3) Usmon; 4) Ali a) 632-634 yillar; b) 634-644 yillar; v) 644-656 yillar; g) 656-661 yillar * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g
Xalifalik qo’shinlarining Yevropaga yurishlari qayerga qadar davom etadi? * Bordo shahri bo’sag’alariga 714. Qaysi jangda va qachon franklar huhndori Karl Martell arablarni yengib, ularning Fransiyaga yurishlariga chek qo’yadi? *Puate jangi. 732-yili
Suriya va Eron istilo etilgach, arab zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qilganlarda xalifa Umar ... * yerni egalarida qoldirishni buyuradi.
Arablarga qarshi bo’lib o’tgan xalq qo’zg’olonlarini sanalari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating. 1) Kufa shahrida; 2) Abu Muslim boshchiligidagi qo’zg’olon; 3) Muqanna boshchiligidagi qo’zg’olon; 4) Bobek boshchiligidagi qo’zg’olon a) 685- 687 yillar; b) 747-yili; v) 769-783 yillari; g) 815-yili * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g 717. Arablarga qarshi Iroqning Kufa shahrida ko’tarilgan qo’zg’olonda kimlar qatnashgan? * arab va forslar - shahar kambag’allari va hunarmandlar
Arablarga qarshi qaysi qo’zg’olon 20 yildan ortiq davom etadi? * Bobek boshchiligidagi qo’zg’olon 719. Tarixda qaysi qo’zg’olon «qizil ko’ylaklilar» nomini olgan? * Bobek boshchiligidagi qo’zg’olon 720. Tarixda qaysi qo’zg’olon qatnashchilari shiori: «Qirq yil qul bo’lib yashagandan bir kun ozod bo’lib yashagan ma’qull»- bo’lgan? * Bobek boshchiligidagi qo’zg’olon
Qaysi omillar xalifalikning siyosiy inqiroziga sabab bo’lgan? * xalq qo’zg’olonlari, hokimiyat uchun kurashlar 722. Qachondan Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka erishadi? * IX asrdan 723. Abbosiylar qo’lida IX asrda qaysi hududlar qoladi? * Yaqin Sharq va Arabiston yarim oroli 724. Arab sivilizatsiyasi vujudga kelishiga nimaning ahamiyati nihoyatda katta edi? * islom dini 725. Kimning davrida «Bayt ul-hikma» o’ziga xos ilmiy maktabga aylangan? * xalifa Ma’mun 726. «Bayt ul hikma»da olimlar nimaga katta hissa qo’shdilar? * chet tildagi murakkab tushunchalarni ifodalashga qodir arab atamashunosligini yaratishga va uni boyitishga
«Bayt ul hikma»ni nima bilan qiyoslash mumkin? * Platan akademiyasi 728. Zamonlar o’tib xalifalikda ixtiro qilingan qaysi asboblardan barcha mamlakatlarda foydalana boshlanadi? * globus va usturlob 729. Qaysi arab sayyohlari yevropaliklardan bir necha asr aval Hindiston va Xitoyda, Afrika va Sharqiy Yevropaning eng chekka rayonlarida bo’lib, ushbu o’lkalar haqida asarlar yozib, xaritalarini tuzganlar? *Al-Ma’sudiy, Ibn Dost, Ibn Fadlan, Ibn Battuta
Musulmon she’riyati qanday turlari shakllanadi? * afsonaviy qahramonlar haqidagi dostonlar; saroy she’riyati; sevgi haqida qissalar; diniy she’riyat; marosimlar.
Musulmonlar qanday hikoyalarni yoqtirganlar? * qisqa hayotiy 732. Xalifalikda son’atning barcha sohalariga nisbatan qaysi soha yuksak taraqqiy etgan? * me’morchilik 733. Musulmon tasviriy san’ati qaysi sohasida o’zining yuksak cho’qqisiga erishadi? * kitoblarni bezash sohasida 734. Agar xristianlar uchun eng muqaddas tasvir xochdagi xudo siymosi bo’lsa, musulmonlar uni ... *xudoning so’zida tasvirlaganlar.
Arab yozuvi qayerda va qachon yaratilgan? * Suriyada VI asrda 736. Arab yozuvi kimlar alifbosi asosida yaratilgan? * oromiy 737. Arab yozuvini kimlar ixtiro qilgan? * oromiylar yoki arab xristianlari 738. Musiqachi va qo’shiqchi Ziriyab Bag’dodda qaysi xalifa saroyida xizmat qilgan? * Horun ar-Rashid 25 739. Musiqachi va qo’shiqchi Ziriyab qanday tartiblarni kiritadi? * turli fasllarda mavsumga qarab kiyinish tartibini; oltin va kumush idishlarga nisbatan yupqa shishadan buyumlarning nafisligi va qulayligiga bazm tashkilotchilarini ishontira oladi; bazmda taomlarni: dastlab suyuq sho’rvalar, so’ng go’shtli taomlar, undan keyin qush go’shti va nihoyat eng oxirida shirinliklarni tortish tartibini.
Yunonistonda qaysi asrlarda xususiy, davlat va ommaviy hammomlar bo’lgan * mil. av. V-IV asrlarda 741. Musulmonlar qaysi odatni Rim va Vizantiyadan o’zlashtirib, o’z hukmronliklarini o’rnatgan barcha o’lkalarga tarqatganlar? *hammomlarda yuvinishni
Guptalar davlatining poytaxti qaysi shahar edi? * Pataliputra 743. Qaysi asrlarda Guptalar imperiyasi gullab-yashnaydi? * IVasrning oxiri - V asr boshlarida 744. Qaysi paytdan Hindistonda mulkchilik munosabatlari vujudga keladi? *IV asrning oxiri-V asr boshlarida 745. Nimaning natijasida Hindistonda yirik yer egalari tabaqasi shakllanadi? * hukmdorlar o’z yaqinlari- amaldorlari, harbiy boshliqlariga yer-mulklar in’om etishi natijasida
Ilk o’rta asrlarda Hindistonda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko’rinishda bo’lmasdan ... ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. * qulchilik udumlari
Nima sababdan Guptalar imperiyasi parchalanib, mamlakatning katta qismi istilochilar qo’liga o’tadi? *Hindistonning shimoli- g’arbidan VI asrda bostirib kirgan eftaliylar hujumlari sababli
Qaysi so’z «bo’lak» yoki «qultum» ma’nolarini beradi? * grass 749. Qaysi so’z «yorliq» yoki «yorliqqa olingan yer» ma’nolarini beradi? * patta 750. Hind dehqonlari o’zlashtirgan yangi yerlardan yiliga necha marta hosil olganlar? * 2-3 marta 751. Ajanta ibodatxonalari majmuasi qaysi asrlarga oid? * mil.av. II asrdan - milodiy VII asrlarga 752. Ajanta ibodatxonalari majmuasi Hindistonning qayerida joylashgan? * Markaziy Hindiston 753. Dehli sultonligi qaysi yillarda faoliyat ko’rsatgan? * 1206-1526 yillarda 754. Dehli sultonligining ilk hukmdorining qo’shini asosini kimlar tashtil qilgan? * turkiy qabilalardan tuzilgan suvoriylar 755. Dehli sultoni Qutbiddin Oyboq viloyatlar noibligiga kimlarni tayinlagan? * harbiylar, qo’shin boshliqlarini 756. Qaysi asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o’rnatiladi? * XII-XII asrlar 757. Kimning boshqaruvi paytida Panjob, Sind va Bengaliyalar bo’ysundiriladi? * Shamsiddin Eltutmish 758. Qaysi Dehli sultoni haqida Dehli shahrining atrofidagi qishloqlarni shaxsiy gvardiyasining 2000 suvoriysiga iqtoga bo’lib bergani manbalarda yozilgan? * Eltutmish
Dehli sultonligida yer egaligining qanday turlari mavjud bo’lgan? * iqto, xolisa, vaqf yerlari va sulton hadya etgan yerlar 760. Dehli sultoni Alouddin Xiljiy qanday tadbirlarni o’tkazadi? * islohotlar o’tkazib, davlat xazinasi daromadlarini oshiradi; kuchli qo’shin tuzib, o’zboshimcha feodallarni bo’ysundiradi.
Dehli sultonligida qaysi omil shimoldan mo’g’ullar hujumlarini qaytarish imkonini beradi? * kuchli va intizomli qo’shini bo’lishi
Dehli sultonlaridan kim o’zini «Iskandar Zulqarnaynning davomchisi» deb nomlagan? * Muhammad Tug’luq 763. Qaysi Dehli sultoni davrida Hindiston yarim oroli to’liq birlashtirildi? * Muhammad.Tug’luq 764. Feruzshoh Tug’luq davriga oid voqealarni qayd eting? * soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo’lib beriladi; qishloq xo’jaligi, hunarmandchilikning yuksaldi; oqilona boshqaruvi sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi.
Dehli sultonligining hududida XIV asrda qanday islohotlar o’tkazildi? * davlat xazinasi daromadlari oshiriladi; kuchli qo’shin tuzilib, o’zboshimcha feodallarni bo’ysundiriladi; poytaxt Davlatobodga ko’chiriladi; oltin va kumush pullar bilan teng muomalada bo’lishi mo’ljallangan mis tangalar zarb qilinadi; soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo’lib beriladi.
Qadimgi Xan quldorlik imperiyasi III asrda inqirozga uchrab, uning o’rnida qanday davlatlari vujudga keladi? * Vey, Shu va Li 767. Qaysi paytdan Xitoyda yerga egalik munosabatlari shakllana boshlaydi? * III asrda 768. Suy sulolasi davrida Xitoy ... * markazlashgan, o’zaro urushlarga barham berilib, iqtisod va madaniyat yana rivoj topa boshlagan.
Nima maqsadda Buyuk kanal quriladi? * mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Xuanxe va Yanszi daryolari ora-lig’idagi hududlarni savdo-sotiq munosabatlariga tortish
Buyuk kanal barpo etilishi nimaga sharoit yaratadi? * mamlakat miqyosida yagona suv yo’lining barpo etilishiga va sharqiy viloyatlarni dengizga chiqishiga
VII asrdan Xanchjou, Kayfin, Yanchjou shaharlarining yuksalishi nima bilan bog’liq edi? * savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi
bilan 26 772. Xitoyda qaysi sulola hukmdorlari shaharlarda kechasi ko’chaga chiqishni taqiqlaydi? * Tan imperatorlari 773. Quyidagi qaysi holat ilk o’rta asrlarda Xitoyda savdo-sotiqning yuksalishini ta’minlaydi? * Xitoyning markazlashuvi va iqtisodiy taraqqiyot
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling