Tarix fanidan
Nima uchun Xitoyda zarb qilingan tangalarning o’rtasida to’rtburchak teshigi bo’lgan? * u pulni ipga tizishga mo’ljallangan 775
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix savol-javob 1
774. Nima uchun Xitoyda zarb qilingan tangalarning o’rtasida to’rtburchak teshigi bo’lgan? * u pulni ipga tizishga mo’ljallangan 775. Tan sulolasi qayerlarga qarshi urushlar olib boradi? * Gaochan davlati, uyg’urlar, G’arbiy Turk xoqonligi, Koreya 776. Xitoy imperatori qo’shinlari 640-yili Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan qaysi davlatni mag’lub etadi? *Gaochan 777. Xitoy VII-VIII asrlarda qaysi davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan? * Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Vizantiya, Yaponiya va Hindiston
Sun sulolasi davrida qaysi davlatlar bilan savdo olib boriladi? * O’rta Osiyo, Hindiston, Hindixitoy, Yaponiya va Indoneziya 779. Ilk o’rta asrlarda Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalarning yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Suy; 2) Tan; 3) Li Day; 4) Sun a) 589-618 yillar; b) 618-907 yillar; v) 907-960 yillar; g) 960-1279 yillar. * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g
Ilk o’rta asrlarda Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalarning ketma-ketligi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. * Suy, Tan, Li Day, Sun
Xitoyning yirik shaharlarida tashkil etilgan maktablarida o’quvchilardan qaysi fanlarni bilish talab etilgan? * matematika, grammatika, falsafa va adabiyotni
O’rta asrlarda Xitoyning qaysi qismida shakarqamish yetishtirish, pilla qurti boqish tobora keng tus ola boshlaydi? * janubida shakarqamish yetishtirish, shimoliy viloyatlarda pilla qurti boqish
O’rta asrlarda Xitoyda nima sababdan otlar kam bo’lgan? * otlardan asosan harbiy maqsadlarda foydalanilgani sababli 784. Rivojlangan o’rta asrlarda Xitoyda nimaning hisobiga zamindorlarning xususiy yerjari tobora ko’payib boradi? * yangi o’zlashtirilayotgan qo’riq va tog’ oldi hududlari hisobiga, kambag’allarning qarzlari evaziga yerlarini tortib olinishi natijasida
Rivojlangan o’rta asrlarda Xitoyda davlat qanday dehqon tabaqasini qo’llashga intilgan? * 30-40 mu yeri bo’lgan erkin dehqonlarni
Rivojlangan o’rta asrlarda qaysi shaharlar Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi? *Kayfln, Chendu va Uchan shaharlari
Xitoyda ko’pchilik shaharlar qayerlarda vujudga kelgan? * dengiz yoki daryo bo’ylarida, suv va quruqlikdagi savdo yo’llari kesishganjoylarda
Qachondan Xitoyda paxtachilikdan gazlama tayyorlash rivojlana boradi? * XIV asrdan 789. Rivojlangan o’rta asrlarda Xitoyda chinnining qanday ranglilari tayyorlana boshlanadi? * nim yashil, nim kulrang va nim havorang
Rivojlangan o’rta asrlarda Xitoyda qanday pullar muomalada bo’lgan? * mis, temir, kumush, oltin va qog’oz pullar 791. Rivojlangan o’rta asrlarda Xitoyning qaysi port shaharlari Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan faol savdo olib borishgan? * Ninbo, Xanchjou va Guanchjou
Yuan sulolasi qaysi yillarda Xitoyda faoliyat ko’rsatgan? * 1279-1368 yillarda 793. Mo’g’ullar davrida pulning qadrsizlanishiga, mahsulot va hunarmandchilik buyumlarining qimmatlashishiga nima sabab bo’ladi? * qo’shimcha qog’oz pul chiqarilishi
Xubilay mamlakatni boshqarishning xitoycha usulini qo’llab, mahalliy amaldorlar ... * xizmatidan voz kechadi. 795. Min imperiyasi dastlab tashkil topganda mamlakat xo’jaligini tiklash uchun qanday tadbirlarni amalga oshiriladi? *hunarmand va savdogarlardan olinadigan to’lovlar kamaytirilib, qullarni ozodqilish haqida qonun qabul qilinadi; sun’iy sug’orish inshootlari, kanallar, to’g’onlar va suv omborlari tiklanadi. 796. Qaysi omil Xitoyga 1406-yili Vyetnamni, keyinchalik Mo’g’ulistonni istilo qilishiga yo’l ochadi? * Amir Temurning qo’qqisdan vafot etishi
Min qo’shinlari mo’g’ullarni ta’qib etib ularning poytaxti Qoraqurumni egallab, yondirib yuboradi. Shu tariqa ko’chmanchilarning Xitoyga hujumlariga chek qo’yiladi. Bunda xitoyliklarga nimalardan keng foydalanishi qo’l keladi? * o’q- dori (porox) va zambaraklardan 798. Yaponiyada yirik yer egalarining eng nufuzlilari qanday nom bilan atalgan? * xanke 799. Ryokalar kimlarning vassallari bo’lgan? * xanke 800. Yaponiyada kimlarga xo’jayinlari harbiy xizmat evaziga yer-mulk berganlar? * samuraylarga 801. Yaponiyada o’z yerlariga ega bo’lmagan jangchilar nima hisobidan kun kechirganlar? * harbiy o’ljalar yoki o’z senorlari hisobiga
Mikado kim? * imperator 803. Minamoto davlatni qayerdan turib boshqaradi? * o’zining Kamakuradagi qal’a - saroyidan 27 804. O’rta asrlarda yaponlar xitoyliklardan nimalar ishlab chiqarishni o’zlashtirib olganlar? * shoyi ipak, metallar, lak 805. O’rta asrlarda yapon hunarmandlari yasagan qaysi buyum o’zining sifati bilan shuhrat qozongan? *qilichlar 806. Yaponlar o’rta asrlarda qaysi davlatlar bilan qizg’in savdo olib borganlar? * Koreya, Xitoy, Vyetnam, Tailand, Filippin 807. O’rta asrlarda Yaponiyada qanday yirik, aholi zich yashaydigan port shaharlari bar edil * Sakai, Xyogo, Xakata, Nagasaki 808. Mo’g’ullarda qadimgi udumlardan qaysinisi yaxshi saqlanib qolgan? * xun olish 809. Mo’g’ul urug’-qabilalarda shakllana borgan boy xonadonlar, bo’lajak mo’g’ul zodagonlarning qayd eting. *no’yonlar, bahodirlar, botirlar
Mo’g’ul urug’-qabilalarda kimlar o’z urug’doshlaridan navkarlar olib harbiy bo’linmalar tuzadilar? *no’yonlar 811. Mo’g’ul harbiy qabila ittifoqlariga kimlar boshqargan? * xonlar 812. Tinch paytda chorvachilik bilan shug’ullangan mo’g’ullar urush boshlanishi bilan necha tizimdan iborat muntazam qo’shinga aylanar edi? * o’nlik
Kimlar mo’g’ul harbiy zodagonlarini tashkil etgan? * bahodir, botir, mergan, sechan, no’yonlar 814. Har bir ko’chmanchi mo’g’ullarning kundalik hayotida ham, jang paytida, albatta, nimasi bo’lishi lozim edi? * arqoni 815. Mo’g’ul qo’shini qanday qismlarga bo’lingan? * markaz va ikki qanot 816. Asosiy qo’shindan tashqari Chingizxon ixtiyorida tashkil etilgan maxsus gvardiyani aniqlang. * «keshik» 817. Quyidagi qaysi omillar mo’g’ullarga g’alaba keltirgan? * jangni mohirona boshqarish, kuchli va intizomli otliq qo’shinning bo’lishi, qo’shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik
Mo’g’ullarning qanday udumlari bo’lgan? * mo’g’ullar xoni qarorgohiga kelgan elchilar, ularning sovg’a-in’omlari ham turli duo, yovuzliklardan «tozalanishi» uchun shomonlarning qattiq nazoratida ikki katta gulxan orasidan o’tilardi; shomonlar aravadagi buyumlardan ayrimlarini olib olovga - ilohlarga qurbonlik sifatida tashlaganlar; yog’och va jundan yasalgan qator qilib qo’yilgan but ya sanamlar orasidan o’tayotib, ularga ham to’zim qilib hurmat bajo keltirilgan.
Mo’g’ullarda nima ularning o’zlarini va hukmdorlarni asrovchi omillarni mujassamlashtirgan qudratli kuch hisoblangan? *olov 820. Malumki, mo’g’ullar xoni huzuriga kirish istagidagi barcha kishilarning o’zlarigina emas, ularning sovg’a-in’omlari ham turli duo, yovuzliklardan «tozalanishi» lozim edi. Bunga nima orqali erishilgan? *shomonlarning qattiq nazoratida ikki katta gulxan orasidan o’tish orqali 821. Afg’oniston, Sharqiy Eron egallanib, mo’g’ul qo’shini qayer orqali Dashti Qipchoqqa chiqadi? * Kavkaz 822. Kalka daryosi bo’yida qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan kimlarning qo’shini mo’g’ullardan mag’lub etiladi? * ruslar
Mo’g’ullarning 1235-yilgi qurultoyida ... * O’qtoy qoon (xon) Chingizxonning Rus va Shimoliy Kavkazyerlarini bosib olish haqidagi vasiyatini eslatib, to’planadigan qo’shinga Botuxon yetakchilik qilishini e’lon qiladi.
Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish uchun to’planadigan qo’shinga ulardan qancha askardan ajratilishi belgilanadi? *o’nta askardan bittasining ajratilishi
1238-1240 yillarda mo’g’ullar Rusdagi qaysi shaharlarni bosib olishadi? * Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin 826. Rusdagi qanday holat mo’g’ullarga yetarlicha qarshilik ko’rsatish imkonini bermasdi? * siyosiy tarqoqlik 827. Mo’g’ullar tomonidan 1241-1242 yillari qayerlar egallanadi? * Chexiya, Vengriya, Polshaning bir qismi 828. Oltin O’rdada muhim masalalar qanday hal etilgan? * qurultoy orqali 829. Oltin O’rdada ijro hokimiyati boshlig’i kim bo’lgan? * beklarbegi 830. Oltin O’rdada devon ishlarini kim boshqargan? * vazir 831. Mahalliy boshqaruv Oltin O’rdada kimlar qo’lida bo’lgan? * dorug’a va bosqoqlar 832. Mo’g’ullar istilosi davrida Rusda barcha knyazlar qayerdan boshqaruv yorlig’i oladi? * Oltin O’rdadan 833. Mo’g’ullar istilosi davrida Rusda kim barcha knyazlarning «ulug’i» deb tan olinadi? *Vladimir knyazi Yaroslav 834. Mo’g’ullar istilo qilgan hududlar qancha suvoriy saflay oladigan tumanlarga bo’linadi? * 10 ming 835. Oltin O’rdaning ulusbegisi qanday vazifalarni bajargan? * qo’shin boshlig’i, o’ziga tegishli hududdagi boshqaruvga oid barcha masalalarni hal etgan
Oltin O’rda qo’shinini kim boshqargan? * beklarbegi 837. Oltin O’rdada kim ko’chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba’zida xondan ham ko’proq mavqega erishgan? *beklarbegi
Oltin O’rda xonligida davlat boshqaruvining taraqqiyoti kimlarning kuchayishiga olib keladi? *amaldorlarni 28 839. Nimaning natijasida Oltin O’rdada xon yonida vazir lavozimi joriy etilib u mamlakatda harbiy bo’lmagan barcha sohaga mutasaddi edi? * O’rta Osiyodagi musulmon davlatlari ma’muriyati olinishi
Oltin O’rda xonligida qanday soliq va majburiyatlar joriy etilgan? * chiqim, talab, yomlarga xizmat ko’rsatish 841. Mo’g’ullar nima maqsadda Rus knyazliklarida aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazadi? * aholini o’nlik tizimiga bo’lish 842. Mo’g’ullarning Rus knyazliklarida aholini ro’yxatga olish tadbiri qachon qaysi knyazliklardan boshlanadi? * 1248-yili janubiy knyazliklardan
Mo’g’ullarning Rus knyazliklarida aholini ro’yxatga olishning yakunida mamlakat aholisi qanday to’lovga tortiladi? *«chiqim» 844. Oltin O’rdada soliq va bojlarni to’lanishini kimlar nazorat etishgan? * bosqoqlar 845. Ma’lumki, Rus yerlari Mo’g’ullar imperiyasi bo’ylab tashkil etilgan yomlarga xizmat ko’rsatishda qatnashganlar. Bu tizim qaysi davlatdan qabul qilingan? * Xitoydan
Tarixchilarning hisobicha, XIII asrning ikkinchi yarmida dushman rus yerlariga necha marta talonchilik hujumlarini tashkil qilgan? * 14
Nima uchun mo’g’ullar rus yerlariga bir necha martalab bosqinlar uyushtirardi? * Rus yerlarini qaramlikda saqlash 848. Qaysi tadbir mavjud sharoitda Rus knyazlarining o’z xalqini saqlab qolishi, ularni qullikka olib ketmasligining yagona yo’li edi? * bosqinchilar bilan tinch yashashga harakat qilish
Mo’g’ullar bilan Vladimir knyazi Yaroslav qanday siyosatni boshlab, uning o’g’li Aleksandr Nevskiy davom ettirgan? *tinchlik siyosatini
Oltin O’rda davlati o’z qudratining cho’qqisiga erishishi kimlarning nomi bilan bog’liq? * O’zbekxon va Jonibek 851. Oltin O’rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri ... * islom dinining qabul qilinishi bo’ldi. 852. O’zbekxon qaysi yillarda Oltin O’rdada hukmronlik qilgan? * 1312-1342 yillarda 853. Mo’g’ullar imperiyasi asoschisi Chingizxon barcha diniy e’tiqodlarga qanday munosabatda bo’lishni vasiyat qilgan edi? *birday
Qaysi jarayon Oltin O’rdada arab va fors till bilimdonlarini jalb etishni taqozo etardi? * Eron va Misr bilan uzluksiz munosabatlarning o’rnatilishi
O’zbekxon qachon islomni davlat dini deb e’lon qiladi? * 1314-yilda 856. Oltin O’rdaning poytaxtlari qay tariqa paydo bo’lgan? * xon yoki ulusbegi qishlaydigan joy sifatida 857. Oltin O’rda davrida Rossiyada qaysi shaharlar vujudga kelgan? * Tula, Tyumen, Azov, Astraxan 858. Qaysi hukmdorlar davrida Oltin O’rda shaharlari gullab yashnagan? * O’zbekxon va Jonibek 859. Nega Oltin O’rda davlat tarixining fojiali sahifalari aynan To’xtamishxonning hukmdorligi bilan bog’liqdir? * To’xtamishning Movarounnahr hukmdori Amir Temur bilan raqobati sababligi
Qachon Oltin O’rda qator xonliklarga bo’linib ketadi? * XVasrning birinchi yarmida 861. Oltin O’rdadan bo’linib ketgan yirik xonliklarni qayd eting. * Qrim, Qozon, Sibir, Qozoq xonliklari va No’g’ay O’rdasi 862. Nima uchun Rus knyazlari Oltin O’rda bilan kelishuvchilik siyosatini olib borgan? * knyazlar o’z xalqini saqlab qolishi, ularni qullikka olib ketmasligi uchun
Nima sababdan Sharqiy Rim imperiyasi ko’chmanchi turk qabilalari hujumlariga qarshilik ko’rsata olmaydi? * ichki ziddiyatlardan zaiflashganligi sababli
Imperator Roman IV Diogen qaysi jangda halok bo’ladi? * Mansikert jangida 865. Saljuqiylar davlati qaysi yillarda faoliyat yuritgan * 1038-1308 yillarda 866. Saljuqiylar davlati qayerlarni o’z ichiga olgan edi? * Yaqin va O’rta Sharq, qisman Movarounnahr 867. Qaysi jarayonlar saljuqiylarda feodal davlatini uzil-kesil shakllanshiga olib keladi? * o’troqlashayotgan turklarning dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullana boshlashi
Ma’lumki, Saljuqiylarda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi Sharqdagi-islom davlatlarinikidan deyarli farq qilmagan. Ahamiyatli jihati saljuqiylarda nimada edi? * davlat yerlarining xususiy yerlarga nisbatan ko’p bo’lishida
Saljuqiylarda davlat yerlarining katta qismi qay tarzda harbiylar va amaldorlarga xizmatlari evaziga in’om etilgan? * iqto 870. Saljuqiylar davrida sulton devoni hujjatlari va yozishmalar qaysi tilda olib borilgan? * fors 871. Qaysi asrlarda turk xalqining shakllanish jarayoni kuchayadi? * XIII asrning 20-30 yillarida 872. Saljuqiylar davlatining o’rnida ko’plab beyliklar tashkil topadi. Ulardan biri - Usmon beyligi edi. U qaysi joyda joylashgan edi? * Kichik Osiyoning shimoliy-g’arbiy hududida, Eski shaharga yaqin joyda
Usmon beyligida Usmon qaysi yillarda hukmronlik qilgan? * 1299-1326 yillarda 29 874. O’rxon davrida Vizantiyaning qaysi shaharlari bosib olinadi? * Nikeya va Nikomediya 875. Usmoniylar qay tariqa Qora dengiz sohiliga chiqadi? * Nikeya va Nikomediya shahrlarini bosib olishi natijasida 876. Beylarning asosiy vazifasi dastlab nimadan iborat bo’lgan? * turkiy qabilalar harbiy kuchlarini, qo’shni hududlarni istilo qilishini ta’minlash
Kimning boshqaruvi paytida Usmoniylarda ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi? * O’rxonning 878. Usmoniylardan qaysi hukmdor davrida tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo’linadi? * O’rxon 879. «Musallam» nima? * otliq qismlar 880. Usmonlilar davlati qaysi yillarda faoliyat yuritgan? * 1299-1922 yillar 881. Usmoniylarning Bolqondagi dastlabki bosqinlar qaysiyillari bo’lgan? * 1353-1357 yillari 882. Usmoniylar poytaxti Bolqondagi qaysi shaharga ko’chiriladi? * Edirnega 883. Turk sultoni Boyazid qaysi janglarda o’zining tezkor g’alabalari bilan shuhrat qozonib-Yildirim (Shiddatli) nomini oladi? *Tirnovo va Nikopol yonidagi
Usmoniylar sultoni Mexmet II qaysi yillarda hukmronlik qilgan? * 1451-1481 yillard.a 885. Qachondan Istanbul Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylanadi? * 1453-yildan 886. Usmoniy turklar g’alabalarining omillari nimalardan iborat edi? * yaxshi tashkil etilgan otliq va piyoda qo’shin; lashkarboshilik xusu-siyatlariga ega sultonlarning bo’lishi; hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo’shinining bo’lishi.
Nimaning natijasida usmoniylar otliq qo’shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan? * tumoriy yerlarning taqdim etilishi 888. Qachondan asirga olingan eng sog’lom va baquvvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tarbiyalangan? * XIV asrning o’rtalaridan
Yanicharlar qaysi janglardagi g’alabalarga katta hissa qo’shganlar? * Varna, Kosovo, Konstantinopol 890. Yevropa va Osiyoni bog’lab turgan savdo yo’llari ustidan nazorat turklar qo’liga qay tariqa o’tadi? *Vizantiya poytaxti olinishi natijasida
Usmoniylar tomonidan Qrim yarim oroli bo’ysundirilgach qaysi davlatlar turklar vassalligini tan olishadi? * Moldaviya va Valaxiya
O’rta asrlarda Usmoniylar davlatida yetishib chiqqan iqtidorli shoirlarni aniqlang. * Mehrixotun va Mulla Mahmud 893. Me’mor Xoja Sinon faoliyati davrida qancha inshootlar: masjidlar, madrasalar, saroylar, favoralar, hammom va ko’priklar qurilishiga boshchilik qilgan? * 300 dan ortiq
O’rta asrlarda Usmoniylar davlatida yetishib chiqqan geograflarni qayd eting. * Piri Rais, Evliya Chalabiy, Xoja Xalifa 895. Qaysi turkiyalik dengiz sayyohining O’rta, Qora va Egey dengizlari atlasi - «Bahriya» dunyo fanidagi katta yutuq edi? * Piri Raisning
Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini qaysi nom bilan atashgan? * yunonlar 897. Sharqiy Rim imperiyasi fuqarolari o’zlarini va davlatlarini qanday nom bilan atashgan? * rimliklar va Rim imperiyasi 898. Sharq xalqlari Sharqiy Rim imperiyasi fuqarolarini kimlar deb bilishgan? * rimliklar 899. Vizantiyada qaysi holatlar uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi? * aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil e’tishi, sun’iy sug ‘orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo’lishi
Vizantiyaning qaysi oltin puli eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan? * nomisma 901. Vizantiya imperiyasini kim boshqargan? * vasilevs 902. Vizantiya hukmdorining kiyimi qanday rangda bo’lgan? * to’q qizil 903. Vizantiya hayotida ellinlik mustahkam o’rin olganligini ko’rsatadigan jihatlarni qayd eting? * ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, mimlar chiqishlarini tomosha qilganlar; shahar aholisi ilgarigidek ma’muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan; shahar aholisi jamoa hammomlariga borib turishgan; Vizantiya antik davr yunon ilmini saqlab qolgan.
Mimlar kimlar bo’lgan? * aktyorlar 905. Vizantiyalik olimlar o’z nutqlari va asarlarida, ellin she’riyati, afsonalari hamda fanidan boxabar ekanligini namoyish etish maqsadida nima qilishar edilar? * qadimgi mualliflar asarlaridan ko’plab misollar keltirganlar
Yustinian I qanday oilada tug’ilgan? * kambag’al dehqon 907. Yustinian I qanday tadbirlarni amalga oshiradi? * imperiya hayotini islohotlar orqali ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirishi, davlat xazinasini to’ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi.
Yustinianning rafiqasi malika Feodora yoshligida kim bo’lgan? * aktrisa 30 909. Vandallarni bo’ysundirib Velisariy qayerga yo’l oladi? * Italiyaga 910. Italiyada vizantiyaliklar kimlarning qattiq qarshiligiga uchraydi? * ostgotlarning 911. Vizantiyaliklar qayerda poytaxti Ravenna bo’lgan alohida noiblik tuzishadi? * Italiyada 912. Ekzarxat nima? * alohida noiblik 913. Kimlarning qo’shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatadi. * yestgotlar
Yustinian I davrida qaysi german qabilalari bo’ysundiriladi? * vandallar, ostgotlar va vestgotlar 915. Vizantiyada feudal jamiyati qaysi asrlarda uzil-kesil shakllanadi? * IX-XI asrlarda 916. Qaysi omil Vizantiyada feodal munosabatlarini uzil-kesil o’rnatilishiga olib keladi? * feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuvi
Franklar imperiyasida maktablar qayerda tashkil etilgan? * ibodatxonalar qoshida 918. Franklar imperiyasida ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini qay tariqa o’qitish buyurilgan? * bepul Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling