Tarix fanidan
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix savol-javob 1
1137. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar muhim o’rin tutganlar. Biylar qanday vazifalarni bajargan? * qoraqalpoq urug’lariga boshchilik qilganlar; qoraqalpoqlarning ichki huquqiy va xo’jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar; qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. 1138. Qay tariqa qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo’ysundirish nihoyasiga yetkazildi? * Yangi daryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar tobe etilishi tufayli
Qaysi shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan qal’a shaklida qurilgan? * Janaqal’a, Oydo’stqal’a, Ernazarqal’a, Ko’ko’zakqal’a, Eshonqal’a
Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida kimlar ulug’lanadi? * Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo’stbiy, Ernazarbiy 1141. Qay tariqa O’rta Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi? * minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini
ag’darib, Farg’ona vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga olishi natijasida 1142. Abdurahimbiy davrida quyidagi voqealardan qay biri ro’y bermagan? * hozirgi Qo’qon shahriga asos solindi; poytaxi Tepaqo’rg’ondan Qo’qon shahriga ko’chirildi; Ohangaron vohasi, Tashkent, Chimkent, Sayram va Turldstonni o’ziga bo’ysundirdi. 1143. Qo’qon xoni Olimxonning Ohangaron vohasini, Tashkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o’ziga bo’ysundirishi natijasida ... * Rossiya bilan savdo yo’li ochildi.
Qo’qon xonligida qaysi hukmdorlar hukmronligi davrida xonlikning qudrati ortdi? * Erdona, Norbo’tabiy, Olimxon 1145. Nima sababdan butun Qo’qon xonligi hududida 1842-yili katta qo’zg’olon ko’tariladi? * amirning Qo’qondagi noibi Qo’qon xonligi aholisini aval undirib kelingan soliqqa qo’shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni to’lashga majbur qilganligi 1146. Qo’qon xoni Xudoyorxon davrida qaysi holat mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo’lib, xonlikda hukmronlarga qarshi qo’zg’olon ko’tarish xavfini tug’dirdi? * qipchoqlaming Qo’qonga yoppasiga ko’chib kela boshlashlari; mahalliy aholini shahardan haydab chiqarib, ularning uy-joylariga o’rnashib ola boshlashlari; sug’orish inshootlarini qo’lga kiritishlari; aholi suv uchun soliq to’laydigan bo’lishlari.
Nima uchun Qo’qon xonligida mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to’lar edi? * chunki hamma qo’riq yerlar, chakalakzorlar, to’qaylar, daraxtzorlar, ko’llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi,
XIX asr o’rtalarida Qo’qondagi madrasalar ichida qaysi madrasalari alohida ajralib turadi? * Madalixon, Norbo’tabek, Jome, Hojimoyim, Xoja dodxoh, Mingoyim
XVIII-XIX asrning 1-yarmida Qo’qonda ... maktab, ... madrasa va masjid, Marg’ilonda ... maktab, ...madrasa va masjidning faoliyat yuritgan. * 120 ta, 40 ta, 80 ta, 10 ta
Qo’qon xonligida bunyod etilgan madrasalarni yilini to’g’ri ko’rsatilgan holda qayd eting. 1) Norbo’tabiy madrasasi; 2) Madrasayi Kamol qozi; 3) Madrasayi Haqquli mingboshi; 4) Madrasayi Hakim To’ra; 5) Madrasayi Xonxo’ja eshon; 6) Madrasayi Buzrukxoja; 7) Madrasayi Pirmuhammad yasovul va Madrasayi Mingoyim; 8) Madrasayi Xojabek va Madrasayi Oxund devonbegi; 9) Madrasayi Jome. a) 1798-yil; b) 1820-yil; s) 1825-yil; d) 1795-yil; e) 1789-yil; v) 1801-yil; g) 1802-yil; j) 1805-yil; z) 1817-yil * 1-a; 2-b; 3-s; 4-d; 5-e; 6-v; 7-g; 8-j; 9-z 1151. Nima
sababdan Qo’qon-Xitoy munosabatlari keskinlashdi? *Qo’qon xoni
Muhammad Alixonning sharqiy mo’g’ilistonliklarning Sin imperiyasiga qarshi boshlangan milliy-ozodlik kurashiga aralashuvi 1152. Xitoy hukumati Qo’q’onning Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini taqiqladi, o’rta osiyolik savdogarlaming aksariyat qismini haydab, ularning mulklarini musodara qilishiga javoban Qo’qon xoni Muhammad Ali ... * sharqiy turkistonliklarning Xitoyga qarshi ozodlik kurashi rahbari Jahongirxo’ja va uning ukasi Yusufxo’ja ixtiyoriga Haqquli boshchiligida qo’shin jo’natadi
Pyotr I ni Xiva xonligini Rossiya tobeligiga olishi nima sababdan oshmay qoldi? * Xivada boshlanib ketgan ichki urushlar va chor Rossiyasining «Shimoliy urush» bilan bandligi
Qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o’tgan yilini to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Kichik juz; 2) O’rta juz; 3) Katta juz. a) 1732-yilda; b) 1739-1740 yillarda; s) 1747-yilda * 1-a; 2-b; 3-s
Angliya va Rossiya davlatlarl o’rtasida Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari hududlari uchun raqobatchilikning kuchayishiga nimalar sabab bo’ldi? * Angliya va Rossiyaning O’rta Osiyo hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo’lish yo’lidagi urinishlari; o’z mollarini sotish va undan mo’may daromad olish uchun O’rta Osiyo bozorlarini egallash istagi; O’rta Osiyoning boy xomashyo manbalariga ega bo’lishga intilishlari.
Yunusxo’ja qayerda Tashkent hokimi etib tayinlandi? * xon kengashida 39 1157. Industrial jamiyatning dastlab G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada qaror topa borish jarayoni qaysi asrlarni o’z ichiga oladi? * XVI-XIX asrlar
Sarmoyaning asosida nima yotadi? * erkin tadbirkorlik faoliyati 1159. Kapitalizm feodal jamiyatidan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? * xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda kishilarga keng erkinlik berganligi; kishini kishiga qonun bilan majburlab bog’lab qo’ymaganligi; insonning qobiliyati, salohiyati, g’ayrati va shijoatiga katta yo’l ochganligi. 1160. Osiyoda yangi jamiyat shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat bo’lgan? * an’anaviy jamiyat hukm surganligi; yerga to’la xususiy mulkchilik qaror topmadi; hunarmandchilik erkin oilaviy sharoitda rivojlandi: shaxs tashabbuskorligini rag’batlantirmagan. 1161. Nega Yevropa va Shimoliy Amerikada kapitalizm gurkirab rivojlanayotgan bir paytda deyarli butun Osiyoda o’rta asrlarning mahsuli bo’lgan an’anaviy jamiyat hukm suraverdi? * yerga to’la xususiy mulkchilik qaror topmaganligi sababli
Qaysi qoida Osiyoda ishlab chiqarishning yiriklashuviga, daromadning bir qo’lda-to’planishiga imkon bermagan? * mulkning barclia merosxo’rlar o’rtasida taqsimlanishi
Nima sababdan yangi davrda Sharq hunarmandchiligi fabrika ishlab chiqarishi darajasiga ko’tarila olmagan? * yerga xususiy mulkning to’la qaror topmaganligi sababli
XVII-XIX asrlarda yashab ijod qilgan tarixchi olimlarning yozgan asarlari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating. 1) Fransua da Monlozye; 2) F.Minye; 3) A. de Lamartin; 4) Izelli; 5) F.Shiller; 6) J.Melye. «Fransuz monarxiyasi haqida»; b) «Fransuz inqilobi tarixi»; v) «Jirondistlar tarixi»; g) «Insoniyat tarixi haqida»; d) «30yillik urush tarixi»; e) «Lyudovik XIV ning buyuk asri» * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d; 6-e
Qanday omillar XV asr oxiridan boshlab buyuk geograflk kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan edi? *xomashyoga bo’lgan talab; hukmron tabaqalarning boylikka, pulga bo’lgan ehtiyoji; yangi dengiz savdo yo’llarini ochish.
Buyuk geograflk kashfiyotlarni amalga oshirgan Xristofor Kolumb qanday harbiy lavozimga ega edi? *admiral 1167. Xristofor Kolumb o’z oldiga nimani maqsad qilib qo’ygan edi? * Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo’l ochishni 1168. X. Kolumb bilan Ispaniya qirollik oilasi o’rtasida tuzilgan shartnomada nimalar nazarda tutilgan edi? * qirol ekspeditsiyaning pul ta’minotini o’z bo’yniga oldi; X. Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli etib tayinlanadigan bo’ldi; X. Kolumb yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismiga, yangi yerlar bilan olib boriladigan savdodan tushadigan daromadning esa 1/8 qismiga egalik qiladigan bo’ldi.
Buyuk geograflk kashfiyotlarning ahamiyati nimalardan iborat bo’ldi? * geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi xulosalar, ma’lumotlar bilan boyidi; yangi dengiz savdo yo’llari ochildi; jahon savdosini vujudga keltirdi.
Yangi davr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlarida dvoryanlar tarkibida qanday o’zgarish yuz berdi? * savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar shakllandi; savdo kompaniyalarining aksiyadorlariga aylandilar; hukumatdan turli soliq yig’imlarini yig’ib olish huquqinisotib oldilar; ishlab chiqarishdayollanma mehnatdan foydalanardilar; o’z qo’rg’onlarida sanoat korxonalari ham tashkil etganlar.
Yangi davr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlarida jamiyat ijtimoiy hayotida burjuaziyaning soni va jamiyat hayotidagi o’rni ortib borishi nimaning oqibati edi? * ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeining tobora yuksalib borganligining
Nimaning hisobiga Yangi davrda bozorlar har kuni ishlay boshladi? * shaharlarning o’sib borishi 1173. Yangi davr bozorlarining o’ziga xos tomoni bu ... * tovarlarni savdogarlikni kasb qilib olgan kishilar tomonidan sotishning vujudga kelganligi bo’ldi.
Qaysi omil Yangi davrda savdo kompaniyalari sonining ko’payishiga sabab bo’ldi? * saydogarlar hayotiga, mol-mulkiga solinayotgan doimiy xavf-xatar
Dastlabki aksiyadorlik jamiyatlari qay tariqa tashkil topgan? * savdogarlarning savdo kompaniyalarga birlashishi natijasida 1176. Nimaning oqibatida savdo monopoliyalari vujudga keldi? * savdo-sotiqning rivojlanishi, kompaniyalar qudratining oshishi 1177. Yangi davr boshlarida qaysi sabab ingliz savdogarlarini kompaniyalarga birlashishga majbur etgan? *Dengiz osha savdo qilish 1178. Lotinchadan «taqsimlanadigan narsa» ma’nosini beradigan atamani qayd eting. * dividend 1179. Yangi davrda Angliyada tashkil topgan kompaniyalar o’zlariga qanday majburiyat olgan editor? * uzoq mamlakatlarda Angliya manfaatlarini himoya qilish
Manufakturaning paydo bo’lishiga nima sabab bo’ldi? * hunarmandchilik mahsulotlariga ortib borayotgan talab 1181. Manufakturaning hunarmandchilik ustaxonalardan afzallik tomonlarini qayd eting? * mehnat unumdorligining ortishi; mahsulot tannarxining arzonlashishi; turli xil mutaxassislikdagi yollanma ishchilarning faqat bitta ishni bajarishi.
XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarish qaysi davlatlarda xo’jalikning asosiy shakliga aylandi? *Angliya va Gollandiyada
Nima uchun XVII asrga qadar shaharlar devor bilan emas, balki ulkan tuproq uyumlari bilan himoya qilina boshlangan edi? *artilleriya qal’a devorlarini bemalol qulata olganligi tufayli
40 1184. Yangi davrda savdoning rivojlanishida qanday muhim belgilar ro’y berdi? * shaharlarning o’sishi; bozor savdosining o’sishi; savdogarlikni kasb qilib olgan kishilar tomonidan sotishning vujudga kelganligi; savdo kompaniyalarining vujudga kelishi; savdo monopoliyalarning vujudga kelganligi; ustiyopiq bozorlar qurila boshlandi; bozor savdosi bilan do’kon savdosi o’rtasida raqobat vujudga keldi.
Ijtimoiy harakat qaysi zamonlarda mavjud bo’lgan? * barcha zamonlarda 1186. Ijtimoiy harakat zamonlarda bir-biridan qanday farq qilgan? * mazmun va maqsadiga ko’ra 1187. Sotsialistlar nima orqali kishilarga erkinlik, tenglik, farovonlik va baxt-saodat beradigan jamiyatni sotsialistik jamiyat deb hisoblaganlar? * jamiyatdagi xususiy mulkni umumxalq mulkiga aylantirish orqali
Sen-Simon, Sh. Furye va R. Ouenlar orzu qilgan adolatli jamiyatni ular taklif etgan qanday yo’l bilan qurib bo’lmas edi? *mulkdor tabaqalarni insofga chaqirish yo’li bilan
XIX asrning 40-50 yillarida ijod qilgan Rossiya imperiyasidagi ijtimoiy harakatning yetakchi arboblaridan qay biri jamiyatga aql-idrokka va adolatga mos keluvchi qonunlar kerakligi to’g’risidagi g’oyalarni ilgarisurdi? * V. Belinskiy
Qay tariqa Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati boshlandi? * Ispaniya bayrog’i himoyasi ostida yangi ochilgan yerlar Ispaniya qiroli mulki deb e’lon qilinishi natijasida
«Yengilmas armada»ning halokati qanday oqibatga olib keldi? * Ispaniyaning dengizdagi qudratiga putur yetkazdi, Angliya eng qudratli dengiz davlatiga aylana borishiga
Angliyaga qaysi omil mustamlakalar bosib olishga imkon berdi? * qudratli dengiz davlatiga aylanishi 1193. Afg’onistonni itoatda tutish uchun Nodirshoh qanday siyosatni yuritgan? * Erondan 12 ming jangchi oilalari bilan Kabul va boshqa shaharlarga ko’chirib keltirgan
Qay tariqa Afg’oniston davlatining tashkil topishi uchun barcha zarur tashqi sharoit yetildi? * Eron hukmdori Nodirshoh vafot etishi,
Qay tariqa Durroniylar sulolasi hukmronligi barham topdi? * Do’st Muhammadxon Afg’oniston taxtini egallab, o’zini amir deb e’lon qilishi natijasida
Safaviylar davlatining poytaxti Tabriz hozir qaysi davlat hududida joylashgan edi? * Ozarbayjon 1197. Ko’rsatilgan qaysiyordam evaziga Angliyaning «Ost-Indiya» kompaniyasi Eron bilan savdo ishlarida katta imtiyozlarga ega bo’lib oldi? * Portugaliyani Fors ko’rfazidagi Ormuz orolidan quvib chiqarish evaziga
XVIII asrda qaysi hoi Safaviylar davlatida davlat xazinasiga tushadigan daromadning kamayishiga olib kelgan? * davlatga qarashli yer miqdorining kamayishi
XVIII asrda Safaviylar davlatida dehqon xo’jaligining xonavayron bo’lishi nimaga olib keldi? * ichki savdoning keskin kamayishiga
Qaysi omillar Eron mehnatkash qatlamlari orasida keskin norozilik kelib chiqishiga sabab bo’ldi? * Eronning Buyuk Britaniyaning sanoat mahsulotlari sotiladigan bozoriga aylanib qolishi; davlat apparatidagi mansablarni sotish va sotib olish nihoyatda kuchayishi; viloyat, hukmdorlari, katta-katta yer-mulk egalari davlat xazinasiga soliq to’lamay qo’yishi. 1201. Qaysi omillar Eronda bobiylar qo’zg’olonini keltirib chiqardi? * Eronning Buyuk Britaniyaning sanoat mahsulotlari sotiladigan bozoriga aylanib qolishi; davlat apparatidagi mansablarni sotish va sotib olish nihoyatda kuchayishi; viloyat hukmdorlari, katta-katta yer-mulk egalari davlat xazinasiga soliq to’lamay qo’yishi. 1202. Turkmanchoy shartnomasi nimaning natijasida tuzildi? * Eron - Rossiya urushida Etenning yengilishi natijasida 1203. Nima uchun Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqqach respublika emas, balki monarxiya bo’lib qoldi? *qulchilik saqlanib qolganligi va quldorlar juda kuchli bo’lganligi uchun
Lotin Amerikasida ro’y bergan mustaqillik uchun urushlar yakunida vujudga kelgan yangi mustaqil milliy davlatlarni yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Meksika; 2) Venesuela; 3) Argentina; 4) Urugvay; 5) Kuba; 6) Boliviya; 7) Braziliya a) 1821-yil; b) 1819-yil; v) 1826-yil; g) 1830-yil; d) 1869-yil; e) 1825-yil; j) 1822-yil *1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d; 6-e; 7-j 1205. Angliya qirolining mustamlakalardagi yevropaliklarning Amerika g’arbiga siljishini taqiqlovchi qarori nimani ko’zda tutgan edi? * mahalliy hindular bilan urush kelib chiqishining oldini olishni
Qirol hukumati I Kontinental Kongress bo’lib o’tgandan so’ng mustamlakalariga nisbatan qanday siyosatyuritdi? *mustamlakalarni taslim etish siyosatini
Qanday sharoitda Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirildi? * qirol qo’shinlari Shimoliy Amerika shtatlariga qarshi urush harakatlarini boshlaganda
Ma’lumki, AQSHda senatga har bir shtatdan ikki kishi, Vakillar palatasiga esa ... * deputatlar shtatlar aholisining soniga mos ravishda saylanardi.
AQSHda qay tariqa abolitsionistlar harakati vujudga keldi? * oq tanli ko’pgina kishilarning qulchilikning bekor qilinishi uchun kurash olib borishlari natijasida
XVI-XVIII asrlarda Fransiya mutlaq monarxiyasi quyidagi qaysi iborada o’z ifodasini topgan? * «Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo’lib tug’ilgan o’ylab o’tirmasdan bo’ysunmog’i lozim».
41 1211. Qay tariqa Fransiyada qirolning shaxsiy hukmronligi o’rnatilgan? * qirol ayni paytda hukumat boshlig’i edi; qirol huzurida hukumat kengashi tashkil etilgan; hukumat kengashi a’zolari qirol tomonidan tayinlangan; ichki va tashqi siyosatga doir barcha masalalarni shaxsan o’zi hal etgan. 1212. XVI asrda Fransiya qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qaysi ahloq tashkil etgan? * qirol shaxsini ilohiy deb hisoblovchi axloq
Ma’lumki, XVI asrda Fransiya ikki dushman lagerga - katoliklar va protestantlar lageriga bo’linib ketgan edi. Fransiyaning qaysi qismi katoliklar tomonida, qaysi qismi gugenotlarniki bo’lib qoldi? * Shimoliy Fransiya katoliklar tomonida, janubi esa gugenotlarniki bo’lib qoldi. 1214. Qaysi voqea Fransiyada 32 yil davom etgan diniy urushning boshlanishiga turtki bo’ldi? * katoliklar rahnamosi gersog Gizning o’zining qo’riqchilari bilan Vassidaprotestantlarga hujum qilishi
Qaysi hujjatga ko’ra gugenotlarga katoliklar qatorida davlat mansablarini egallash huquqi, diniy marosimlarni to’siqsiz o’tkazish erkinligi berildi? * Qirol yarashish ediktiga ko’ra
Genrix Giz rahbarligida katolik liga tomonidan tayyorlangan fitnaga ko’ra ... * qirol olib qochilar va majburan monax qilinardi, taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi.
Nima uchun katolik cherkovi bqrcha fuqarolarning Genrix III ga sodiqlik qasamyodidan ozod qilinganliklarini e’lon qildi? *Genrix III Genrix Gizni o’ldirganligi uchun
Qachon va qaysi hujjatga ko’ra Fransiyada diniy murosasozlikka erishildi? * 1598-yilda qabul qilingan Nant ediktiga ko’ra 1219. Fransiyadagi diniy urush oqibatida ... * mamlakat boshiga katta kulfat keltirildi, mamlakatda yovuzlik, jaholat kuchaydi, gugenotlarga juda katta talofat yetkazildi.
Quyidagi qaysi omillar Fransiyada inqilob ro’y berishini muqarrar qilib qo’ydi? * o’rta asr feodal tartiblarini hukm surishi; o’rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga to’siq bo’lganligi; Fransiyada mutlaq monarxiya hukm surishi; tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi; urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og’irlashib borishi. 1221. Qay tariqa Fransiyada mutlaq monarxiya quladi? * hokimiyat inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij Kommunasi qo’liga o’tishi tufayli
1792-yilda qaysi hol Fransiyada keskin norozilik keltirib chiqardi? * jirondachilar mamlakat mudofaasini uyushtira olmaganliklari
Fransiya Qonun chiqaruvchi Majlisi qanday sharoitda qirolni hokimiyatdan mahrum etish va yangi parlament - Milliy Konventga saylov o’tkazish haqida qaror qabul qilishga majbur bo’ldi? * Parijda boshlangan qurolli qo’zg’olon tufayli
1792-yil 21-sentabrda Fransiyda bo’lib o’tgan voqealarni qayd eting? * Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; Lyudovik XVI qatl etildi; Respublika feodal-tabaqaviy tengsizlikni bekor qildi; mamlakat shiori «erkinlik, tenglik, birodarlik» bo’lib qoldi.
Lotincha - farmon, qaror ma’nosini ifodalaydigan so’zni qayd eting. * Dekret 1226. 1789-yilda Fransiyada qanday voqealar bo’lib o’tdi? * Lyudovik XVI General sfitatlarni chaqirdi; uchinchi tabaqa deputation Milliy Kengash tuzdilar; Milliy Kengash o’zini «Ta’sis majlisi» deb e’lon qildi; Bastiliya egallandi; Fransiyada mutlaq monarxiya quladi; «Imtiyozlarni tugatish haqida dekret» qabul qilindi; «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi» qabul qilindi; feodal tartiblar bekor qilindi.
Jirondistlardan nima uchun aholi norozi bo’lib, qo’zg’olon ko’targan? * mamlakat mudofaasini yetarli darajada tashkil eta olmadilar; mamlakat janubida yerlarning shahar burjuaziyasiga sotilishi; qirolning qatl etilishi.
Yakobinchilar yuritgan ichki siyosatini qayd eting? * feodal to’lovlar butunlay bekor qilindi; dehqonlar o’z yerlarining ozod egalariga aylandilar; chet ellarga qochib ketgan dvoryanlarning yerlari mayda bo’laklarga bo’linib sotildi; cherkov davlatdan ajratildi; birinchi iste’mol buyumlariga qat’iy narxlar o’rnatildi; ish haqining eng yuqori darajasini belgilab qo’ydi; diktatura o’rnatildi; o’z raqiblariga qarshi terror o’rnatildi; qo’shinni mustahkamlash choralarini ko’rdilar.
Qanday xolat ahvolni o’g’irlashuvga olib kelib yakobinchilarni diktatura o’rnatishga majbur etdi? * chet el bosqinchilarining hujumi va birinchi iste’mot mahsulotlarining yetishmasligi
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling