Tarix fanidan
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix savol-javob 1
1230. «Shubhali kishilar to’g’risida» qonun, yakobinchilar fikricha, «shubhali» deb hisoblangan barcha kishilarni to tinchlik o’rnatilgunicha qamoqqa olish va saqlashni ko’zda tutardi. Aslida ... * yakobinchilar o’z raqiblaridan terror yo’li bilan qutilmoqchi edi. 1231. M. Robespyer siyosiy kurashda qonli usul orqali raqiblarini yo’qotishi ... * uning barcha dushmanlarini yagona ittifoqqa birlashtirdi.
Qay tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi? * M.Robespyer va uning tarafdorlarini qamoqqa olinib, qatl etilishi tufayli 1233. Ma’lumki, Fransiyada 1795-yilda Konventyangi Konstitutsiya qabul qildi. U mamlakatda... * respublika tuzumini mustahkamladi.
Napoleon Bonapart 26 yoshda ... * Shimoliy Italiyani Avstriya qo’shinidan ozod qiladi. 1235. Konsul lotinchadan qanday ma’noni bildiradi? * maslahatchi 42 1236. Napoleon I ning qaysi siyosati Fransiyani Yevropa vajahon hukmronligi uchun o’z tinkasini quritadigan urushga duchor etdi? * qit’a qamali
Quyidagi qaysi holat Napoleonga qit’a qamali siyosatidan ko’zlangan maqsadiga erishish imkonini bermadi? * Buyuk Britaniya harbiy flotining g’oyatda qudratliligi
Nima sababdan Lyudovik XVIII monarxiyasi avvalgidek mutlaq monarxiya emas edi? * chunki jamiyat hayotida kapitalistik munosabatlar har-tomonlama chuqur ildiz otib ulgurgan edi.
Nima sababdan Napoleon I hokimiyatdan voz kechgach mamlakatda ichki vaziyat murakkablashib bordi? * eski feodal tartiblar tarafdorlarining mutlaq monarxiyani tiklashni va qo’llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari
Vena Kongressining qaroriga ko’ra g’olib davlatlarga qo’shib berigan hududlarni to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Buyuk Britaniya; 2) Rossiya; 3) Prussiya; 4) Avstriya; 5) Gollandiya. a) Malta, Seylon orollariga, Afrikaning janubidagi Kapa yeri; b) Polshaning katta qismi; v) Reyn viloyati, Vestfaliya, Polshaning g’arbiy yerlari; g) Shimoliy Italiya; d) Belgiya *1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d
Quyidagi qaysi sabablar Fransiyada 1848-yil inqilobining yuzaga kelishiga sharoit yaratdi? *qurg’oqchilik, inqiroz va ishsizlik 1242. Ma’lumki, Fransiyada burjuaziya 1848-yilgi inqilobning oldini olish uchun hukumat oldiga islohotlar o’tkazilish talabini qo’ydi. Uning asosini qaysi masala tashkil etardi? * saylov huquqini kengaytirish to’g’risidagi
Qay tariqa Rossiya tabaqaviy vakillik monarxiyasiga aylandi? * Zemstvo soborini chaqirilishi natijasida 1244. Qaysi omillar XVII asrda Rossiyada natural xo’jalik negizlariga zarba bera bordi? * g’allaning hamma yerda tovarga aylanishi; ayrim pomeshchiklarning qishloq xo’jalik mahsulotlari savdosi bilan shug’ullana boshlashi; krepostnoylardan obrokning pul bilan olinishi. 1245. Nima uchun Rossiya XVII asrda G’arbiy Yevropa davlatlari bilan savdo-sotiq ishlarida bevosita ishtirok eta olmagan? *chunki Rossiya dengiz savdo flotiga ega emas edi.
Qay tariqa 1649-yildagi Sobor nizomi Rossiyada krepostnoy huquqining shakllanishi jarayoni tugallandi? * dehqonlar dvoryanlarga uzil-kesil biriktirilib qo’yildi; dehqonlarning xo’jayindan-xo’jayinga o’tishi taqiqlandi; krepostnoylik nasldan- naslga o’tadigan bo’ldi. 1247. Poltava jangi qaysi urush taqdirini hal etdi? * «Shimoliy urush» 1248. Shimoliy urush yakuni to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping? * Rossiya Boltiq dengiziga chiqish yo’liga ega bo’ldi; Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi; Rossiya imperiyaga aylandi; Rossiyada mutlaq monarxiya to’la qaror topdi; Shvetsiya buyuk davlat maqomini yo’qotdi. 1249. Pyotr I quyidagi islohotlardan qay birini amalga oshirmadi? * krepostnoylikni bekor qildi; dehqonlarni to’lov evaziga ozod qildi; boyarlar mavqeini tikladi.
XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo’lgan davrda Rossiya iqtisodiy hayotning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat edi? *krepostnoylik tartiblari mavjudligi; kustar va manufaktura ishlab chiqarish hukmronligi; mashinalashgan ishlab chiqarishni keng rivojlantirish uchun yetarli kapitalga ega emasligi; natural xo’jalik hamon kuchliligi. 1251. Dekabristlar Rossiyadagi mavjud tuzumni qay tartibda o’zgartirishga harakat qilganlar? * qurolli qo’zg’olon yordamida 1252. Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi natijasida pomeshchik o’z ixtiyorida bo’lib kelgan yerning ..., cho’l hududlarda esa ... qismini saqlab qolish huquqiga ega bo’ldi. * 1/3, 1/2
Otrezkalar nima? * dehqon krepostnoy huquqining bekor qilingungacha hukumat qarorida belgilanganidan ko’proq miqdordagi yerining ortiqchasini pomeshchikka o’tkazishi
Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi natijasida dehqon uchun eng noqulayi nima bo’lgan? *dehqonning yer egasi bo’lishi uchun vikup to’lashning shartligi
Quyidagi qaysi ibora tuyg’u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechishni ifodalaydi? *asketizmdan
Fransuzchadan qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug’ilmoq ma’nolarini anglatuvchi atamani aniqlang. *Renessans 1257. Jordano Bruno dunyo qarashiga ko’ra nima tarafdori edi? * xudo bilan tabiat bir narja, ular bir butunni tashkil qiladi, deb hisoblovchi ta’limot
XVII asrda ijod qilgan Jon Lokning asosiy xizmati nima bilan belgilanadi? * insonning yashash, erkinlik va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi talimotni yaratganligi bilan
XVI asrda qanday ixtirolar qilindi? * shamol-tegirmon ixtiro qilindi; tokarlik stanogining ixtiro qilindi; pompa ixtiro qilindi. 1260. G. V. Leybnis 19 yoshida ... * bakalavr darajasiga erishdi. 1261. Quyidagi ko’rsatilgan qaysi holatlar XIX asrda astronomiyani rivojlantirishga qudratli turtki berdi? *matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va teleskopning takomillashtirilishi
Telegrafning vujudga kelishi ... * elektrdan amalda foydalanishning asosiy sohasi bo’ldi. 43 1263. Kimning asar qahramonlaridan biri insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida himoya qilgan? Inson qahrliroq siz o’ylagandan, Asrlik uyquning yo’lin buzib u o’zining huquqini so’rar qaytadan. *F.Shillerning qahramonlaridan Karl Maor
Kimning va qaysi asaridagi qahramon mangu haqiqatni anglashga yetib keladi va bunday deydi? * I.Gyotening «Faust» 1265. Kimning romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga o’z boyliklarini ko’paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm va shafqatsiz sudxo’rlar, o’z hayotini behuda o’tkazayotgan mansabparast va shuhratparast kishilar - o’z maqsadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan kishilar bo’lgan? * Onore de Balzak 1266. Betxoven yaratgan simfoniya markazida qanday inson obrazi turadi? * bo’ysunmas isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo’rqmas
Oda Nobunaga Yaponiyada qanday islohotlar o’tkazdi? * iqtisodiy taraqqiyotga to’sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to’lovlarini bekor qildi; savdo yo’llari va ko’priklar ta’mirlandi; shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi; shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag’batlantirildi; tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi. 1268. Oda Nobunaga tezlik bilan qo’shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to’la qurollantirish maqsadida nima qiladi? * Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga homiylik qiladi.
Nima uchun Yaponiyada Tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati o’rnatilsa-da bu sulola imperator hokimiyati daxlsizligini saqlab qoldi? *chunki yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi hisoblanardi.
Meydzi hukumati o’z oldiga qanday vazifasini qo’ydi? * milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni to’la saqlab qolgan holatda g’arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish.
Imperator Meydzi davrida knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab ... * yerlarining bir qismi musodara qilindi, so’ng ular boshqaruv huquqidan mahrum etildi.
Meydzi islohotlari qanday oqibatlarga olib keldi? * mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo’ydi; yagona yapon ichki bozori vujudga keldi; yagona pul birligi-iyen joriy etildi; asosiy zavodlar davlat mablag’i hisobiga qurildi; davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag’batlantirdi va qo’llab-quvvatladi. 1273. XIX asrning o’rtalarida Qo’qon xonligida qanday jazolar mavjud bo’lgan? * zindonga tashlash; kanaxonaga umrbod qamash; jismoniy jazolar; jarimalar; o’lim jazosi; xotinlar eriga xiyonati uchun olomon tomonidan toshbo’ron qilinganlar.
XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyoda nishabligi katta va tezoqar tog’ daryolar va soylarda qanday suv chiqarish tizimi ishlatilar edi? * sepoya suv ko’targichlari
XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyoda shox-shabbali to’g’onlar qanday daryolarda suv ayirishga mo’ljallangan? * oqimi mo’tadil 1276. XIX asr o’rtalarida Amudaryodek chuqur va tezoqar daryolarda qanday suv chiqarish tizimi ishlatilar edi? * ko’p tarmoqli suvayirg’chlar
XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyoda qaysi sabab ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga halaqit berdi va O’rta Osiyo davlatlari taraqqiyotiga to’g’anoq bo’ldi? * mavjud bo’lgan ishlab chiqarish usullari
Qaysi hodisa XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlarida tovar-pul munosabatlari rivojlanishi jarayonini jadallashtirdi, ichki bozorni shakllantirdi, mehnat taqsimotini va shaharning qishloqdan ajralib chiqishini tezlashtirishga imkoniyat yaratdi? * O’rta Osiyo davlatlari jahon savdosiga tortila boshlashi 1279. XIX asr boshida Angliyaning qaysi kompaniyasi O’rta Osiyoda monopol huhnronlik o’rnatish uchun boshqa davlatlarda sotilayotgan narxlardan past narxdagi mollarni olib kela boshladi? * Ost-Ind
Qo’qon xonligida bunyod etilgan me’moriy obidalarni yillarni to’g’ri ko’rsatilgan holda qayd eting. 1) Xudoyorxon saroyi; 2) Hazrati Kalon Sohib madrasasi; 3) Hokim oyim madrasasi; 4) Sulton Murodbek madrasasi; 5) Andijondagi Jomiy madrasasi a) 1863-1870 yillarda; b) 1862-yil; v) 1870-yil; g) 1872-yil; d) 1877-yil * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d 1281. XIX asrda O’rta Osiyoning qayerida uy devorlarini ganch o’ymakorligi namunalari bilan, uy shiftlarini esa yorqin ranglardagi naqshlar bilan bezaganlar? * Farg’onada
XIX asrda Samarqand va Buxoroda uylar qanday bezatilgan? * o’ymakor ustunlik ayvonlar qurilib, devorlar ganch namunalari 1283. XIX asrda O’rta Osiyoning qayerida uylar yopiq hovli usulida, atrofiga naqshinkor ustunli ayvonlar qurilgan? * Xivada 1284. Buyuk Britaniya tomonidan O’rta Osiyaga jo’natilgan elchilarini yillari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping. 1) M.Murkroft; 2) J.Byoms; 3) D.Ebbot; 4) D.Volf a) 1824-yil; b) 1832-yil; v) 1843-yil; g) 1843-yil noyabr * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g
Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga mustamlaka bosqinchiligini boshlash uchun asosiy sabablarni qayd eting? * mol sotish uchun yangi bozorlarni izlab topish; sanoat uchun yangi xomashyo manbalarini axtarish; Buyuk Britaniyani siqib chiqarish uchun Hindistonga olib boradigan yangi yo’lni izlab topish. 1286. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining bosqichida 1865-yildan 1868-yilgacha bo’lib o’tgan voqelarni qayd eting. * Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi bosqinchilik harakatlar olib borildi.
Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining bosqichining voqelari bilan yillarini to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Qo’qon xonligining shimoliy viloyatlari bosib olinishi va Toshkentni zabt etishga urindi, bosib olingan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkision viloyati tuzildi; 2) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi bosqinchilik harakatlar olib borildi; 3) Xiva xonligi bosib olindi va Qo’qon xonligi tugatildi; 4) jangovar harakatlar asosan
44 hozirgi Turkmaniston hududida olib borildi. a) 1847-yildan 1864-yilgacha; b) 1865-yildan 1868-yilgacha; v) 1873-yildan 1879- yilgacha; g) 1880-yil oxiridan 1885-yilgacha * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g
Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilganda Rossiya qayerlarga yo’lak ochdi? * Kaspiy dengizi sohillariga, Afg’oniston, Xitoy, Eron bilan chegaralarga
1868-yil 2-mayda Kaufman amir Muzaffarga qanday mazmunda maktub yo’lladi? * Samarqand bekligini berish, «harbiy xarajatlarni» to’lash va 1865-yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsaniRossiyaniki deb e’tirof etish sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib 1290. Podsho Rossiyasi bosqinchilik siyosatining ikkinchi bosqichi nima bilan yakuhlandi? * Amir Muzaffar mag’lubiyatni tan olishga va amirlik bilan Turkiston general-gubernatorligi o’rtasidagi yangi chegaralar to’g’risidagi Kaufman tomonidan taklif etilgan shartnomani imzolashi bilan 1291. Kaufmanning Xiva xonligidagi qarorgohi qayerda joylashgan edi? * Gandimiyon qishlog’ida 1292. Qo’qonda Xudoyorxonga qarshi qo’zg’alon ko’tarilgan qo’zg’alonchilar qaysi shaharlarni egallashdi? *O’sh, Namangan, Andijon, Asaka shaharlarini
Qo’qon xonligining qayerlarida bo’lib o’tgan janglarda podsho qo’shinlarining ustunligi ma’lum bo’ldi va Nasriddinbek mag’lubiyatga uchradi? * Marg’ilon, Mingtepa, Qorasuv yaqinida
Quyidagi voqealardan qay biri aynan bir yilda sodir bo’ldi? * Nasriddinbek Kaufman bilan shartnoma imzoladi va Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Namangan bo’limi tuzildi.
Ayni bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni qayd eting. * Angliya Afg’oniston hududining bir qismini bosib oldi va Krasnovodskdan general I. Lazerev qo’mondonligi ostidagi harbiy qo’shin zudlik bilan Ko’ktepaga jo’natildi.
Qaysi voqea bilan Rossiya imperiyasining O’rta Osiyo hududidagi bosqinchilik yurishining to’rtinchi bosqichi tugadi? *turkman urug’lari Rossiya imperiyasi qo’shinlari tomonidan bo’ysundirilishi bilan
O’rta Osiyo xalqlarining Rossiya imperiyasiga qarshi kurashdagi mag’lubiyatining sabablari nimada edi? * Xiva, Buxoro, Qo’qon davlatlarining iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaifligi; davlatlar o’rtasida birlik yo’qligi; o’zaro ziddiyatlari; davlatlardagi hukmronlik (boshqaruv)ning zo’ravonlik xususiyati hukumatda ichki dushmardar ko’payishiga olib kelganligi; O’rta Osiyo davlatlari tashqi dunyodan ajralib qolganligi.
Podsho Rossiyasi O’rta Osiyani bosib olgach Toshkentda joriy etilgan mahkama a’zolarini kimlar saylab qo’yishgan? * chor ma’muriyatiga taklif etilgan 200 dan ziyod boy-badavlat va nufuzli shaharliklar
Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan bo’linishning ketma-ketligini to’g’ri qayd eting. *viloyat - uyezd - uchastkalar
Rossiya imperiyasi hokimiyati O’rta Osiyoni o’z ichki mustamlakasiga aylantira oladigan tizimining jihatlari nimalardan iborat edi? * to’liq harbiy hukmronligini qaror toptirish; o’lka iqtisodiy va siyosiy hayoti ustidan yalpi nazorat o’rnatish; Turkiston o’lkasi - Xiva, Buxoro va Qo’qonni tashqi dunyodan tamomila yakkalab qo’yish; Rossiya imperiyasi tashqi davlat chegaralarini barpo etish yo’li bilan har qanday iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni to’xtatish.
1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi yangi Nizom» qanday bo’limlardan iborat bo’lgan? * to’rtta asosiy bo’limdan iborat bo’lgan: 1) o’lkaning ma’muriy tuzilishi; 2) sud tuzilishi; 3) yer tuzilishi; 4) soliqlar va yig’imlar. 1302. 1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi yangi Nizom» nimalarni nazarda tutar edi? * general-gubernatorlik hududiy birliklari nomlarini o’zgartirishni va ularni bundan keyin ham bir xillashtirib borishni 1303. Ma’lumki, Turldstonda rus aholisi mustamlakachilik boshqaravining jonli kuchini tashkil etgan. Quyidagi holatlardan qay biri rus aholisining o’lkada hukmron mavqei kafolati edi? * Rossiya imperiyasi armiyasi
Rossiya imperiyasining qaysi hujjati O’rta Osiyoning ko’chmanchi aholisi yashaydigan tumanlarida ko’chkindichilik zaxiralarini tashkil etish va keyinchalik mahalliy aholini siqib chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun zamin yaratib bergan edi? * «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi yangi Nizom» 1305. 1886-yildan amalga oshirilgan agrar islohot asosida qanday tadbirlar qo’llanildi? * yirik yer egaligi bekor qilindi; yangi yer mulkdorlari yerdan foydalanganlik uchun davlat xazinasiga umumiy davlat solig’ini to’laydigan bo’ldi; vaqf yerlari ularda yashab turgan kishilarga tegdi; yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan hamda vaqflarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilar edi; xususiy vaqfni tashkil etgan yerlar xuddi amlok yerlari singari davlat solig’iga tortiladigan bo’ldi; vaqf hujjatlarini e’tirof etish, vaqf daromadlari to’g’ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va vaqflarni taftish qilish huquqi viloyatlar boshqaruvlariga o’tkazilgan edi.
Podsho Rossiyasi Turkistonda yer uchun asoratga soluvchi ijara shartlari joriy etib, paxtaga ... va oziq-ovqatga ... narxlar belgilandi. * pasaytirilgan, oshirilgan
1886-yilgi «Nizom» Turkiston o’lkasi sud tizimiga qanday o’zgarishlar kiritdi? * uyezd sudlari bekor qilindi va ularning o’rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi; viloyat boshqaruvining sud bo’limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi; sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; viloyat sudlari jinoiy va fuqarolik ishlarini hal etar edi.
45 1308. «Besh-bosh» shirkati Turkistonda yetishtiriladigan paxtaning necha foizini sotib olar, qancha tonnagacha paxta tolasini tashib ketar va qancha paxta urug’iga ishlov berardi? * 30 foiz, 80 ming tonna, 160 ming tonna
Vadyayevlar Ivanovo-Voznesensk manufakturasininig tarkibiy qismini qayd eting. * Farg’ona vodiysi paxta dalalari, temiryo’l, paxta tozalash zavodlari hamda Ivanovo-Voznesensk to’qimachilik fabrikalari
1899-yil 20-iyunda Farg’ona vodiysida qanday voqea bo’lib o’tdi? * yangi qo’zg’alon boshlandi 1311. 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda nechta umumta’lim maktabi bo’lgan va unda necha o’quvchi o’qir edi? *to’rtta maktabda 200 nafar o’quvchi
Qoraqalpoqlarda «jarmshi» nima? * boylarning yordam sifatida o’z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi hisobiga berishi 1313. Qoraqalpoqlarning qaysi libosi qoraqalpoq xalq dostoni «Qirqqiz»da kuylangan sak-massaget qabilalarining jangchi ayollari libosi an’analarining aks-sadosi, deb taxmin qilishga asos bo’ladi? * ko’k ko’ylak
Haykel nimalardan tashkil topgan? * murakkab shakldagi og’ir yuqori-qismdan hamda zanjir, soqa, bargsimon popuk va qo’ng’iroqchalardan iborat shokiladan
Qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyondalarini yashab ijod etgan yillari bilan to’g’ri qayd etng. 1) Kunxo’ja; 2) Otash Olshinboy; 3) Ajiniyoz Qosinboy o’g’li; 4) Berdaq a) 1799-1880 yillar; b) 1788-1875 yillar; v) 1824-1878 yillar; g) 1827-1900 yillar * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g 1316. XIX asrning oxirida Buxoro amirligida o’quv muassasalari necha bosqichdan iborat edi? * ikki boshlang’ich - maktab va oliy - madrasadan
E’lon qilingan Buxoro amirining manifestida nimalar va’da qilingan edi? * odil sudlov hamda xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish; sanoat va savdoni rivojlantirish; amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etganlik uchun qandaydir qo’shimcha maosh olish taqiqlangan holda davlat tomonidan qat’iy belgilab qo’yilgan maosh ta’sis etish; foydali bilimlarni rivojlantirish va rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rish; davlat xazinasi ta’sis etishga va davlat ehtiyojlariga kirimlar va chiqimlar aniq hisoblab boriluvchi byudjet belgilash; bosmaxona ochish, zindonlardan mahbuslarni ozod qilish; «tiniq flkrli va oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi millafni saylash.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligida qaysi omillar tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o’sishiga imkoniyat yaratib berdi? * Rossiya, Buxoro, qozoq dashtlari va Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi, ichki savdo-sotiq avj olishi va bozor munosabatlari joriy etilishi Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling