Tarix fanidan
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix savol-javob 1
1319. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida Rossiya sanoat tovarlarining raqobati nimalarga olib keldi? * bo’yoqchilar soni keskin kamayib ketishiga; mahalliy korxonalarning mis va cho’yandan yasalgan buyumlariga talab pasayishiga; mahalliy matolar, iplar, kulolchilik va misdan yasalgan buyumlarining ba’zi turlari ishlab chiqarilishi kamayishiga. 1320. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Xiva xonligida dehqonlarning kuchayib borayotgan noroziligi nimalarda namoyon bo’lardi? * soliqlarni to’lashdan; majburiyatlarni bajarishdan ommaviy bosh tortishda; yirik zamindorlar yerlarini egallab olishda; soliq yig’uvchilarga va xonlik ma’muriyatining boshqa vakillariga hujum qilishda. 1321. Qaysi voqea sabab Asfandiyorxon asosiy tayanchidan mahrum bo’ldi va bir necha vaqt yakkalanib qoldi? * Rossiyadagi 1917- yilgi Fevral inqilobidan keyin
1917-yil 5-aprelda Asfandiyorxonga yosh xivaliklar taqdim etgan islohotlar o’tkazish to’g’risidagi manifestda nimalar nazarda tutilgan edi? * xon hokimiyati saqlangan, ammo Mahhamai adliya (Adliya mahkamasi. Majlis) va Idorai mashvarat (Nozirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni; davlat mablag’lari-sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun Moliya vazirligi; suv taqsimotini isloh qilish; xonlik hududida yangi usul maktablari ochilishi uchun qo’mita tuzishni; temiryo’llar va pochta-telegraf tizimi qurilishini. 1323. Yosh xivaliklar o’z dasturlariga qanday talablarni qo’shgan holda qayta ko’rib chiqdilar? * monarxiyani tugatish; yirik yer egalari yerlarini musodara qilish; saylov organlarini tashkil etish; Xiva xalqiga siyosiy erkinlik berish.
Sovetlarning birinchi Butun xorazm qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining qaysi organi oliy organi deb tan olindi? * xalq vakillari qurultoyi
Xiva xonligida qaysi shoir ma’naviy-axloqiy kuchi, vatanparvarligi, ulug’ demokratik his-tuyg’ulari va xaloskorlik g’oyalaririi ifodalashda shoirlar orasida yetakchi o’rinni egallagan? * Avaz O’tar o’g’li
Xiva xonligidagi demokrat adiblar va shoirlarning yashagan yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting.1) Polvoniyoz Muhammad; 2) Otajon Abdalov; 3) Ahmadjon Tabibiy; 4) Berdaq; 5) Bayoniy; 6) Chokar. 7) Avaz O’tar o’g’li. a) 1825-1899 yillar; b) 1855-1927 yillar; v) 1869-1911 yillar; g) 1827-1900 yillar; d) 1870-1925 yillar; s) 1872-1952 yillar; e) 1884-1919 yillar. * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d; 6-s; 7-e
Quyidagilardan qay birlari taniqli ma’rifatparvarlar hisoblanar edi? * Volter, Sh. Monteskye, J.J. Russo, J. Lokk, J. Kollinz 1328. Qaysi omillar jadidlarni birlashtirdi? * axloq me’yorlarini takomillashtirish, taraqqiy etgan hayot uchun kurash, xalq hayotini yaxshilashga intilish
Jadidlar milliy g’oya va milliy ongni shakllantirishda obyektiv manzarani haggoniy, to’g’ri aks ettiruvchi nimani yozib qoldirishga birinchi darajali ahamiyat berishardi? * tarixni
Jadidlar tarixchilar nimalar to’g’risida yozishlari zarur, deb hisoblashardi? * mamlakat ravnaqiga ko’maklashgan real voqealar 46 1331. Jadidlarning fikricha, qaysi jihatlar tarixiy asarlarning chinakam mazmunini shakllantirishi lozim edi? *taqdir mushtarakligi, birgalikdagi kurash mushtarakligi
Jadidlarning asosiy xizmati nimalardan iborat bo’ldi? * milliy istiqlol g’oyasiga asos soldilar; Turkiston tarixining unutilgan qahramonona sahifalarini tiklab, tarixning tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatib berdilar; mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilish usullarini-ishlab chiqdilar; mavjud tuzumni yaxshilashning samarali usuli xalq maoriflni isloh qilish ekanligini; bilim olish va ularni hayotga tatbiq etish zarurligini ko’rsatib berdilar.
Jadidlar maktabida ta’lim olgan quyidagilardan kimlar xalq maorifi sohasida halol mehnat qildilar? * Abdurauf Fitrat; Sadriddin Ayniy; Abdulla Avloniy; Mo’minjon Muhammadjon o’g’li; Fayzulla Xo’jayev; Botu.
Turkistonda ilmiy tadqiqotlar olib borgan rossiyalik olimlarni yashagan yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1) Nikolay Alekseyevich Seversev; 2) Pyotr Petrovich Semyonov-Tyanshanskiy; 3) Aleksey Pavlovich Fedchenko; 4) Ivan Vasilyevich Mushketov. a) 1827-1885 yillar; b) 1827-1914 yillar; v) 1841-1873 yillar; d) 1850-1902 yillar * 1-a; 2-b; 3-v; 4-d 1335. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda rossiyalik olimlardan kimlar tarixiy fanlar rivojiga hissa qo’shdilar? *N.S. Likoshin, N.A. Mayev, N.I. Veselovskiy, V.P. Nalivkin, V.V. Bartold, N.G. Mallitskiy, A.A. Semyonov
Rossiyalik olimlardan kimlar XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda geografik tadqiqotlar olib bordilar? *A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov
Monopolistik kapitalizm erkin kapitalizm bosqichidan quyidagi qaysi asosiy belgilari bilan ajralib turadi? * ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi; moliya oligarxiyasining vujudga kelganligi; chetga kapital chiqarishning muhim ahamiyat kasb etishi; xalqaro monopoliyalarning dunyoni bo’lib olishi; dunyoni industrial davlatlar tomonidan hududiy jihatdan taqsimlab olishning tugallanishi.
Qanday jarayon bank faoliyatida kapitalning markazlashuviga olib keldi? * ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va sanoatning monopoliyalashuvi
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida moliya kapitali qay tariqa vujudga keldi? * bank kapitali bilan sanoat kapitalining birlashib ketishi natijasida
Qay tariqa xalqaro monopoliyalar vujudga kelgan? * eng yirik monopoliyalar, moliya oligarxiyasining turli guruhlari bozorlar, xomashyo manbalari ustidan nazorat o’rnatishga intilishi natijasida
Qaysi hol industrial davlatlar o’rtasida dunyoni hududiy jihatdan bo’lib olishni tezlashtirdi? *moliya oligarxiyasi qudratining mustahkamlanishi bilan industrial davlatlarning o’z mustamlakalarini kengaytirishga intilishlari
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida qurollanish poygasiga katta ta’sir ko’rsatgan omillarni qayd eting? * mustamlakalarni va ta’sir doiralarni qayta bo’lish; Yevropa davlatlari o’rtasidagi hududiy nizolar; Yevropa davlatlarining bir-biridan iqtisodiy hamda harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi. 1343. Monopolistik kapitalizmning vujudga kelishi qanday oqibatlarga olib keldi? * ishlab chiqarishga yangi texnika va texnoligiyalarni yanada kengroq joriy etishga imkoniyat yaratdi; jamiyatning juda ozchilik guruhi qo’lida ulkan hokimiyat to’planishiga olib keldi; qirg’inbarot mustamlakachilik urushlarini kuchaytirdi; mehnat unumdorligining keskin oshishini ta’minladi.
Qaysi atama maqsadli pul jamg’armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq munosabatlarni bildiradi? * moliya
Qaysi atama italyancha qog’oz, hujjat ma’nosini beradi? * kartel 1346. Quyidagi qaysi atama ishtirok, manfaat ma’nolarini bildiradi? * konsern 1347. Industrial sivilizatsiyaning belgilarini qayd eting? * shaharlarning juda tez o’sishi; kichik shaharchalarda mayda savdogarlar va hunarmandchilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi; transportdagi o’zgarishlar; temiryo’llar qurilishi; sanoat markazlarining yirik shaharlarga ko’chishi; mamlakat ichidagi migratsiya; xotin-qizlar ozodligi va mustaqilligi g’oyalari; xotin- qizlarning teng huquqlilik uchun kurashlari.
Qaysi omil industrlashning asosini yaratgan? * sanoat to’ntarishi, fabrika-zavod ishlab chiqarishi 1349. 1851-1901 yillar oralig’ida industrial mamlakatlarda shahar aholisi o’sishi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating. 1) Buyuk Britaniya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; 4) AQSH a) 50,1 foizdan 70,0 foizga; b) 25,5 foizdan 40,1-foizga; v) 25 foizdan 54,3 foizga; g) 12,5 foizdan 40,0 foizga * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g 1350. XIX asrning 70-yillarigacha ish kunining uzunligi industrial davlatlarda necha soatni tashkil qilardi? *Buyuk Britaniya va AQSHda 10 soat, Germaniya va Fransiyada 10-12 soat, Rossiya va Yaponiyada 10-16 soat
Nima uchun Fransiya humron doiralari 1860-yildagi Angliya-Fransiya shartnomasidan norozi edi? *chunki, ingliz tovarlarining Fransiyaga ko’plab kiritilishi Fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirmoqda edi.
Qaysi voqea Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi, Fransiyaning Prussiya qudratini yetarli baholamaganligini isbotladi? * Fransiya armiyasining Napoleon III ham tarkibida bo’lgan qismining Sedan qal’asiyonida qurshab olinganligi
Napoleon III boshchiligidagi armiyaning mag’lubiyati haqidagi xabarni eshitgan Parij aholisi qachon qo’zg’olon ko’tardilar va qo’zg’olon ishtirokchilari nimani talab qildilar? * 1870-yil 3-sentabrda, Respublika e’lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni
47 1354. Parij Kommunasi qanday tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi? * egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi; majburiy va bepul to’lov joriy etildi; cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi; mehnatkashlarning uy-joy haqini to’lash muddatlari kechiktirildi; ishsizlarni ish bilan ta’minlash idorasi tuzildi; xususiy mulk bo’lib kelgan temiryo’l idoralarini kommuna o’z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o’rnatdi.
Parij Kommunasi o’z faoliyatida qanday xatoliklarga yo’l qo’ydi? * Parijdan qochib ketgan Tyer hukumatini ta’qib qilmadi; mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo’llab-quvvatlamadi; Kommuna davlat xazinasini, banklarni to’la o’z qo’liga olmadi; Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo’lmadi; Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi.
Parij Kommunasining halokatining oqibatlari nimani isbotlab berdi? * hokimiyat bilan fuqarolarning o’zaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi zarurligini
XIX asr oxirida Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sabablari nimalardan iborat edi? * import hajmining eksportdan ortiq bo’lishi; ichki bozorning cheklanganligi va tabiiy boyliklarning kamligi; Prussiya bilan bo’lgan urush Fransiyaga juda katta moddiy talofat yetkazdi; ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi; dehqonlar xarid quvvatining pastligi. 1358. Prussiya bilan urush tugagach Fransiya hukmron doiralari o’rtasida hokimiyat uchun kurashda ularni shartli ravishda necha guruhga bo’lish mumkin edi? * monarxiya tarafdorlari va respublika tarafdorlari
Fransiyaning Uchinchi Respublika Konstitutsiyasiga ko’ra prezident qanday vakolatlarga ega edi? * vazirlarni tayinlash; Respublika nomidan tashqi siyosat yuritish; urush e’lon qilish va sulh tuzish; umumiy afv e’lon qilish.
Fransiyaning Uchinchi Respublika Konstitutsiyasiga ko’ra qanday huquq va erkinlildar e’lon qilindi? *matbuot va yig’ilish o’tkazish, siyosiy tashviqot bilan shug’ullanish
Fransiya hukumati XIX asr oxirida ichki siyosatda qanday muhim tadbirlarni amalga oshirdi? * ta’lim to’g’risida qonunlar qabul qilindi, kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi, munitsipal kengashlarga o’z merlarini saylash huquqi berildi. 1362. Fransiyada Uchunchi Respublika davrida qabul qilingan ta’lim to’g’risida qonunlarda nimalar nazarda tutilgan edi? * maktab cherkovdan ajratildi; ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi; 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi; maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo’ldi; oliy pedagogik bilim yurtlarida o’qituvchi kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi; majburiy ta’lim dasturida o’g’il bolalar uchun gimnastika majburiy deb belgilandi; qiz bolalar uchun litseylar ochildi; maxsus oliy o’quv yurtlarida ayol o’qituvchilar tayyorlana boshlandi. 1363. Kimning prezidentligi davrida Fransiya siyosiy hayotida demokratiyaga qarshi kuchlar ta’siri o’sib bordi, mamlakatda millatchilik, shoviniztn g’oyalari keng tarqala boshladi, anarxistlar va monarxiyachilar faoliyati kuchaydi? * Sadi Karno
1894-yilda Fransiya tarixida yuz bergan voqealarni qayd eting? * Fransiya prezidenti Sadi Karno o’ldirildi; Kazimir Pere qisqa muddatga Fransiya prezidenti lavozimini egalladi; Fransiya kontir razvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida josus tomonidan Germaniyaga maxfiy ma’lumotlar berilib turilayotganligini aniqladi; harbiy sud A.Dreyfusni josuslikda ayblab uni umrbod surgun jazosiga hukm qildi.
XX asr boshlarida Fransiyada mo’tadil siyosiy barqarorlikning ta’minlanishiga qay tariqa erishdi? * XIX asr 90-yillarining o’rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli
1914-yilga kelganda Fransiya qancha miqdorda quyidagi davlatlarga kapital chiqardi? * Rossiyaga 13 mlrd. Angliya va AQSHga 5 mlrd., Janubiy Amerika davlatlariga 6 mlrd. frank
XX asr boshlarida Fransiya chetga kapital chiqarishi tufayli nimaga erishdi? * juda katta miqdorda daromad va siyosiy ittifoqchilarga
Qaysi hol Fransiyani XX asr boshlarida Angliya va Rossiya bilan yaqinlashish yo’llarini qidirishga majbur etdi? * «Uchlar ittifoqi»ning Fransiyaga tobora ko’proq xavf sola boshlashi
Rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rod etuvchi ta’limotni qayd eting. * anarxizm
1871-yil Konstitutsiyasiga binoan Germaniya imperatori qanday vakolatlarga ega edi? * urush e’lon qilish; sulh tuzish; xalqaro munosabatlarda Imperiya nomidan ish ko’rish; imperiya qurolli kuchlarining bosh qo’mondoni edi; o’z ixtiyori bilan Reyxsiag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish, ochish, tarqatib yuborish yoki muddatini cho’zish huquqiga ega edi; bir vaqtning o’zida Prussiya qiroli hisoblanardi.
Qanday omillar Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo’ldi? * Germaniyaning birlashtirilganligi; Fransiyaning talanishi; Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandilar; sanoatning tez sur’atlar bilan militarlashtirilishi. 1372. Qaysi omillar Germaniyani agrar davlatdan industrial davlatga aylantirdi? * Germaniyaning birlashtirilganligi; Fransiyaning talanishi bo’ldi; Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandilar; sanoatning tez sur’atlar bilan militarlashtirilishi. 1373. Bismark hukumati katolik cherkovining ta’sirini kamaytirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. 1872-yilda qabul qilingan maxsus qonunga ko’ra qanday ishlar amalga oshirildi? * maktab cherkovdan ajratildi; ruhoniylarning siyosiy tashviqot olib borishi taqiqlandi; ruhoniy kadrlar tayyorlash, ularni vazifalarga tayinlash ishlarini davlat o’z qo’liga oldi; fuqarolik holati aktlarini qayd etish ishlari dunyoviy idoralar ixtiyoriga o’tkazildi.
48 1374. Bismark hukumati Germaniyada qanday ichki siyosatni yuritdi? * prusslashtirish; katolik cherkovi ta’siriga qarshi; ishchilar va sotsialistik harakatni ayovsiz bostirish siyosati; ishchilarga aid sug’urta qonunlari qabul qildi.
Bismarkning iste’fo berishiga nima sabab bo’ldi? * Bismarkning sotsialistlarga qarshi-qanunga doimiy tus berish masalasi Reyxstag tomonidan rad etilishi va imperatorning Bismarkni qo’llab-quvvatlamasi
Nima uchun Germaniya hukmron doiralari Kichik Osiyo, Suriya, Mesopotamiya va.Ealastinda joylashib olmoqchi edilar? *chunki, bu yerlarda dunyodagi eng yirik neft konlari, g’alla va paxta xomashyolari bor edi.
Quyidagi qaysi hol XX asr boshida Germaniyaning tashqi ahvolini murakkablashtirdi? * Antantaning tuzilishi 1378. Koalitsiya qaysi so’zdan olingan va u qanday ma’noni bildiradi? * lotincha, birlashgan 1379. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Angliyada davlatning ichki va tashqi siyosatini boshqarish qaysi hokimiyat organi qo’lida edi? * parlament tuzadigan hukumat qo’lida edi.
Angliyada qaror topgan fuqarolik jamiyati asoslari nimalarda o’z ifodasini topdi? * so’z, namoyishlar o’tkazish, matbuot erkinligi, tabaqaviy imtiyozlar tugatilishida
1864-1874 yillarda U.Gladston hukumati o’tkazgan islohotlarni qayd eting? * tred-yunionlarga o’z huquqlarini sudda himoya qilish huquqi berildi; ish tashlashlar o’tkazilishiga ruxsat etildi; parlamentga saylovlarning yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilishi joriy etildi; maktab islohoti o’tkazildi. 1382. B.Dizraeli hukumati davrida qanday ichki siyosat amalga oshirildi? * haftada 54 soatlik ish vaqti belgillandi, 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi.
Angliyaning iqtisodiy taraqqiyotda yetakchilik mavqeyini yo’qotishining asosiy sabablari nimalardan iborat edi? * kapitalning asosan chetga chiqarilishi, harbiy xarajatlarni ko’paytirishi
Nimaning naijasida XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Angliya sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshlik quvvati pasaydi? *Angliyaning o’zidagi korxonalar o’z vaqtida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlanmay qolishi sababli
Angliyada qaysi hamjamiyat ijaraning mustahkam bo’lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olingan yerning qo’ldan-qo’lga erkin o’tishini ko’zda tutuvchi agrar islohotni amalga oshirishni talab qilgan? * Irland muxolifat guruhi
Irland «Yer ligasi» qaysi tartibga qarshi chiqdi va boykotni kuchaytirib, pomeshchiklarni qo’rqitish kampaniyasini boshlab yubordi? * 15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o’z yer uchastkasini boshqa bir shaxstga o’tkazish huquqi beradigan komissiya tuzilishiga 1387. Qaysi qoida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Angliyada amalda ish tashlashni kurash usuli sifatida yo’qqa chiqarar edi? * ish tashlash davom etgan kunlarda korxonalar ko’rgan zarar tred-yunionlar hisobidan undirilishi
1911-yilda 6 hafta davom etgan ko’mir qazuvchilaming ish tashlashi Angliya hukumatini qanday zarur choralar ko’rishga majbur etdi? * «Ish haqi minimumi to’g’risida» qonun qabul qilindi; ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko’rgan zararning tred-yunionlardan undirilishi taqiqlandi; ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlarga korxona egalari hisobidan nafaqa to’lash belgilandi; 70 yoshga to’lgan kishilargapensiya tayinlandi; konchilar uchun 8 soatlik ish kuni belgilandi; kasallik va ishsizlik bo’yicha sug’urta to’lovi joriy etildi. 1389. XIX asrning 80-90 yillarda Angliya qayerlarni zabt etdi? * Birma; Nigeriya; Somali; Keniya; Tanganika; Uganda; Zanzibar oroli.
Angliyada Askvit hukumat tashqi siyosatda quyidagilardan qay birlarini amalga oshirdi? * Erondagi (1905-1911 yilgi) inqilobni bostirdi; Xitoyda 1911-yilgi inqilobga qarshi chiqqan kuchlarni qo’llab-quvvatladi; Angliya va Fransiya Yevropada urush xavfi ro’y bergan taqdirda maslahatlashib harakat qilishga kelishib oldilar. 1391. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida AQSH iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga nimalar sabab bo’ldi? *yagona ichki bozorning vujudga kelganligi; qulchilikning tugatilishi; quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi; unumdor yerlarning, foydali qazilma boyliklarning ko’pligi; sersuv daryolar va poyonsiz o’rmonlar; amerika xalqining tadbirkorligi; qo’shni davlatlarning kuchsizligidan ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos bo’lganligi; AQSHga yashash uchun kelganlarning katta qismi amalda yuqori malakali mutaxassis kishilar ekanligi; qo’lida biror hunarning yo’qligi uyat hisoblanadigan hodisaga aylanishi; Yevropa kapitalining kiritilishi.
AQSHda kapitalizm taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan omillarni qayd eting? * keng bozorning vujudga keltirilishi; qishloq xo’jaligidagi kapitalizm taraqqiyotining «amerikacha yo’li» g’alaba qilganligi; g’arbiy hududlarning tezlik bilan o’zlashtirilganligi; katta fezlik bilan temiryo’llar qurilganligi; immigratsiya natijasida aholining tez ko’payishi. 1393. XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida AQSH qishloq xo’jaligidagi tub o’zgarishning mazmunini nimalar tashkil etdi? * qo’l mehnati o’rnini mashinaning tobora ko’proq egallab borishi, savdo-sotiq maqsadida xo’jalik yuritishning mustahkam mavqeyiga ega bo’la borishi 1394. Lotinchadan birlashma ma’nosini beruvchi atamani aniqlang. * Korporatsiya 1395. V.Vilson prezidentligi davrida AQSHda qanday islohotlar amalga oshirildi? * bojxona tariflari to’g’risida yangi qonun qabul qilindi; daromadning oshib borishiga qarab qo’shimcha soliq solinadigan bo’ldi; saylov fizimida islohot o’tkazildi; trestlarga qarshi qonun qabul qildi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling