Tarix instituti
O’zbekiston hukmdorlari www.ziyouz.com
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 55
Amir Haydar ibn Shohmurod (1800-1826)
dan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm suradi, ya`ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida siyosiy birlik - xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama-qarshiliklar avjiga chiqadi va mamlakatda har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Miyonkol, Shahrisabz, Karki, Marvdagi mahalliy kuchlar yana o‘z boshimchalik qila boshlaganlar. Chunonchi, Marvni boshqarib turgan Dinnosirbek (amirning ukasi) Xiva xoni Eltuzar
ko‘magiga ishonib, bosh ko‘taradi. Amir Haydar uchun bu nihoyatda havfli holat edi. Chunki, bu shunchaki bir viloyatning markazga bo‘yin egmasligi emas, balki rasmiy sulola namoyondasining mintaqadagi raqiblardan – xivaliklar bilan til biriktirib, oliy taxtga qarshi harakati edi. Shuning uchun ham Amir Haydar unga qarshi lashkar tortadi. Dinnosirbek bas kelolmay Mashhadga qochadi. Shohmurod davrida bo‘lganidek Amir Haydar Marvni egallagach, mahalliy aholining bir qismini Zarafshon vodiysiga ko‘chirtirib, bu yerga turkmanlarni o‘rnashtiradi. Buxorodagi ichki ziddiyatlardan Xiva xonligi bundan keyin ham foydalanishga ko‘p uringan. Xususan Dinnosirbekka yordam berish bahonasida Buxoro amirligi hududiga kirib borgan Eltuzarxondan so‘ng 1821-1825-yillari Amir Haydar Miyonkolda xitoy-qipchoqlar isyonini bostirish bilan ovvoraligida Xivaliklar Chorjo‘y va Marvga harbiy yurish uyushtiradilar. Xivaliklar xatto Marvni zabt etishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Bungacha ham amirlikning Sharqiy qismida ancha yo‘qotishlar va o‘zgarishlar bo‘lgan. Masalan, Qo‘qon hukmdorlari 1805-yili Xo‘jandni, 1809-yili Toshkentni, 1816- yil esa Turkistonni ishg‘ol etib, xonlik doirasiga kiritadilar. 1806-1813-yillari O‘ratepa, 1806-yili Jizzaxga, 1821-yili Samarqandga tahdid solganlar. Xullas, Amir Haydar hukmronligi ancha tahlikali bo‘lib, markaziy hokimiyat qudrati susaygan. AMIR NASRULLO Nasrulloxon ibn Amir Haydar (1806-yil 1-iyun – 1860-yil 21-sentabr) (1826-1860)
sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri. Otasi Amir Haydar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. 1826-yili Amir Haydar vafot etgach bir necha oy mobaynida Nasrulloning ikki akasi - Husayn
va Umar
almashinildi. Birinchisi zaharlandi, ikkinchisi esa o‘ldirildi. Shu yili (1826) Amir Haydarning uchinchi o‘g‘li shavqatsizligi uchun “Amiri qassob” laqabini olgan Nasrulloxon taxtga o‘tirdi. Akalari o‘limidan keyin taxtga o‘tirgan Nasrulloxon qisqa vaqt ichida taxtga da‘vo qilishi mumkin bo‘lgan avlodlaridan barchasining bahridan o‘tadi. U qo‘shinlariga tayangan holda o‘zbek feodal zodogonlarini beayov qira boshladi. U yer egalarining mol-mulki va yerlarini musodara, o‘zlarini badarg‘a qilib, o‘ldirtirib yubordi. Bu borada uning eng yaqin yordamchisi rais Rahmonbedi Niyoz edi.
Nasrulloxon o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalari amal qilgan. Nasrulloxon jasur va dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga “Bahodir, Botir” unvonlari berilgan. Nasrulloxon davlat hokimyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm boshliqlari bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g‘ayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837-yilda harbiy sohada islohatlar o‘tkazib, o‘z qo‘shining jangavor holatini yaxshilaydi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar buluklari va 250 kishilik to‘pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo‘shining soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan. Nasrulloxon Xiva va Qo‘qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishda urungan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun 1840-42-yillari Qo‘qon xonlari tomonidan tortib olingan Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi. Farg‘ona vodiysi ulamolarining talabi bilan 1842-yili Qo‘qonga yurish qilib xonlik hududini egallagan. Biroq u O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 56 Qo‘qon xoni Muhammad Alixonni qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi (Nodirabegim)ni ham o‘ldiradi. Nasrulloxon tomonidan Qo‘qonga Ibrohim parvonachi mang‘itning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga ham olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm o‘tkazib, soliqlarni ko‘paytirdi. Natijada, tez orada Qo‘qon qo‘ldan ketadi. 1843-yilda Nasrulloxon Marvni ham Buxoroga bo‘ysuntiradi. Shuningdek, Nasrulloxon qo‘shini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan so‘ng 1856-yilda Shahrisabzni uzil-kesil egallagan. Shahrisabz markaziy hokimyatga bo‘ysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor - Iskandar Vallomaning sinlisi Kenagasxonimga uylangan. Nasrulloxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya Angliya manfaatlari o‘zaro to‘qnashgan davr hisoblanadi. Uning davrida Nasrullon tomonidan Buxoroda Qozi Hasanxo‘ja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Ismoilxo‘ja (1829), Ali Chubin, Mirzo Abdulg‘affor, Tojiddin
madrasalari (1860) qurildi. Xalifa Xudaydod me`moray majmuasi yakunlandi(1855). Nasrulloxon Buxoroda dafn etilgan.
Muzaffar ibn Nasrulloxon (1819 - Buxoro - 1885) (1860-yil 23-sentabr- 1885-yil 12-dekabr)
sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri.Otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrullo vafotidan so‘ng, Buxoro taxtiga o‘tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamayotgan Hisor, Shahrisabz, Darboz, Ko‘lob, Baljuvon bekliklari va Qo‘qon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863-1865). Mallaxon
tomonidan taxtdan tushirilgan Qo‘qon xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam bergan (1861). Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning O‘rta Osiyo xomliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga to‘g‘ri keladi. Rossiya bilan bo‘lgan kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishda umidini uzmay, u Najmiddinxo‘ja boshliq ekchilarni Peterburgga jo‘natdi (1865-yil iyul). Biroq, ko‘zlangan maqasadga erishilmay, ikki o‘rtada harbiy harakatlar boshlandi. Muzaffar qo‘shini bilan general Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya harbiy kuchlari o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuv Jizzax bilan Oratepa o‘rtasidagi Erjar(Maydayulg‘un) da bo‘lib, unda Buxoro qo‘shini mag‘lubiyatga uchragan(1866-y. 8-may). Muzaffar muftiy Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni Afg‘oniston va Hindiston orqali yordam so‘rab, Istanbulga yuborsa ham rad javobini olgan. 1868-yil 2- 3-iyunda Zirabuloq jangida mag‘lubiyatga uchragach, 1868-yil 23-iyunda Samarqandda imzolangan Rossiya-Buxoro sulh shartnomasiga ko‘ra, Buxoro amirligi Rossiyaga tob` bo‘lib qolgan. O‘g‘li va valiahd Abdulmalik (Katta to‘ra) Rossiya bosqini va otasi hukmronligiga qarshi Shahrisabz va Kitobda qo‘zg‘olon ko‘targanda Muzaffar rus qo‘shinlari yordamida uni bostirgan (1870). Muzaffar davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi kuchayishi bilan bir qatorda shialarning ta‘siri ham ortgan. Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn etilgan.
(1859-yil 16-mart – 1911-yil 6-yanvar) (1885-1910)
dan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning davrida Chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi ta`sis etib (1886-yil), Turkistonda, jumladan, Buxoro xonligini xom-ashyo ba`zasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga ko‘prik qurdi, Chorjo‘y – Samarqand temiyo‘li o‘tqazdi (1900-1901). Shuningdek, Abdulahad davrida jadidchilik harakati kuchaygan. O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 57
AMIR OLIMXON Amir Said Olimxon ibn Abdulahad (1881, Karmana – 1944. 28-aprel, Kobul) (1910-1920)
dan bo‘lgan Buxoro amiri. Peterburgdagi Nikolaev (pajlar) korpusida ta`lim olgan (1893-96). 1898-yil Qarshi, valiahd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng 1910-yil 24-dekabrda Buxoro taxtiga o‘tirgan. Uning davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar shuningdek, Yosh buxoroliklar qattiq ta`qib qilindi. Birinchi Jahon urushi davrida Rossiya imperatori Nikolay II uni general – leytinant harbiy unvoni bilan taqdirlagan va o‘zining general – ad`yutanti qilib tayinlagan (1915-yil dekabr). Chunki u Rossiyaga katta miqdorda pul bilan yordam bergan edi. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi, xususan, Kolesov
voqeasi (1918-yil mart) dan keyin u amirlik hududida 3 ming kishini jadidlikda ayblab, nohaq qatl ettirgan. 1920-yil avgustda Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi. Sentabr oyining o‘rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o‘ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashgan. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxorooliklarning qizil askarlarga qarshi olib borayotgan jang harakatlarini muvoffaqiyatlashtirishga intilgan. Olimxon Ko‘lob, Hisor va Dushanba atrofida katta miqdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. 1920-yil noyabr oyining o‘rtalarida uning qo‘shinlari Boysun, Darband, Sherabodni qizil askarlardan ozod qilishdi. Olimxon ixtiyoriga Farg‘onadan yordamga yuborilgan 4 ming yigit ham Sharqiy Buxoroga yetib keladi. 1921-yil 8-yanvarda Olimxon qo‘shining miqdori 25 ming kishiga yetgan. Hisordan Ko‘lob viloyatiga kelgan Olimxon butun qo‘shinlariga Ibrohimbekni oliy- bosh qo‘mondon (O‘rinbosarlar: Sharqiy Buxoroda – Davlatmanbek va G‘arbiy Buxoroda – mulla Abdulqahhor ) qilib
tayinlaydi. Biroq, bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragach, Olimxon Amudaryoning Chubek kechuvidan Afg‘onistonga o‘tib ketgan (1921-yil 4-mart). Olimxonni Kobulga Afg‘oniston amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal`aiy Fotuda mahsus qarorgoh ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g‘oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, ko‘rboshlar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg‘alar jo‘natib, ularni kurashga ilhomlantirgan. Olimxon Kobulda o‘zining estaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida ko‘zi ojizlanib qoladi, og‘ir dardga chalinadi uzoq davom etgan hastaliklardan so‘ng u Qal`aiy Fotuda vafot etadi. Kobul atrofidagi “Shahidoni islom” (islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Olimxonning xotiralari Parijda fransuz tilida (1929), keyinchalik G‘arbda fors tilida, O‘zbekistonda o‘zbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida(1992) alohida kitob sifatida chop qilingan. Olimxon hikmronligi davrida Buxoroda “Olimxon madrasasi” qurilgan, “Sitorai Mohi Hosa” saroyini qurish yakunlangan. O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 58 - XIVA XONLIGI HUKMDORLARI - (1511-1920)
ELBARSXON (?-1516), (1511-1516)
Xorazmda hukmron bo‘lgan shayboniylar sulolasi asoschisi va xoni, Berka Sulton ning o‘g‘li Chingizxon ning nabirasi Shaybon avlodidan. Otasi Berka sulton Shayboniyxon tomonidan qatl qilingandan so‘ng (XV asrning 80-yillarida), ukasi
bilan o‘z ulusi (Sirdaryoning quyi oqimida) istiqomat qilgan. 1510-yilda safaviylar hukmronligiga qarshi Xorazmda Umar boshchiligida qo‘zg‘olon boshlanadi. Xorazmda hokimiyat tepasiga yangi sulola vakili kelishini mashhur Sayidota ajdodi uyushtirdi. Uning tashabusi bilan Shayboniyxon tomonidan qatl etilgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxon taxtga o‘tkaziladi. 1511-1512-yillarda Elbarsxon boshchiligida Xorazm xalqi Eron qo‘shinlarini mamlakatdan quvib chiqaradi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi. Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qozilbosh qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga “ g‘ozi
” laqabini qo‘shib aytishni buyurgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Elbarsxon Urganch, Xiva, Hazoraps, Qiyot va Tirsak shaharlaridan safaviylarni quvib chiqardi. Elbarsxon davridayoq xonlikning siyosiy geografiyasi shakllanib bo‘lgan. Chunonchi, xonlik g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda Orol dengizi, janubda esa Atrek daryosi va Saraxs atroflarigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan. Uning davlati markazlashmagan, kuchsiz bo‘lib, mayda uluslarga taqsimlangan holda boshqarilgan. Mazkur uluslar Elbarsxon hokimiyatiga tobe hisoblansa-da, amalda mustaqil idora qilingan. Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko‘chmanchi qabillarning ko‘chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada, xonlik hukmdorlarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi.
AVANESHXON (tug‘ilgan yili noma`lum) (1525-1538)
Xiva xoni. Shayboniylar sulolasi dan.
Ubaydullaxon 1537-yili Urganchni egalladi va Avaneshxon qo‘shinlarini tor-mor keltirib, xonning o‘zini o‘ldiradi. Xonlik hududi to‘rt qismga bo‘linib, uning bir qismi Ubaydullaxon , qolgan uch qismi esa Hisor, Samarqand va Toshkent hokimlariga bo‘lib berdi. O‘g‘li
ni Xorazmga noyib etib tayinlaydi. ALIXON (tug‘ilgan yili noma`lum) (1538-1547)
Xiva xoni. Shayboniylar sulolasi dan. XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida Amudaryo o‘zaning o‘zgarishi, daryo avvalgi yo‘nalishining qurib borishi xonlikda ichki siyosiy ahvolga qanchalik og‘ir bo‘lmasin hukmdorlarni irrigatsiya ishlariga e`tibor berishga majbur etgan. Uning davrida Yangiariq, Toshli, Yormish arnalari qurilgan.
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 59
(Hojimxon) (tug‘ilgan yili noma`lum) (1558-1602)
Xiva xoni. Shayboniylar sulolasi dan. 1593-yilda Xiva xonligi Buxuro xoni Ubaydullaxon
tomonidan bosib olinishi natijasida Hojimxon o‘z oilasi bilan Eron shohi Abbos huzuriga qochishga majbur bo‘ladi. 1595-yilda Xiva turkmanlar yordamida yana o‘z mustaqilligini tiklaganda Hojimxon taxtga qaytadi. Lekin, shu yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo‘shin tortib keladi va Hojimxon yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili
ning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o‘zaro toju taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta egallashga va o‘z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishgan. Bu davrda Xiva xonligi Mang‘ishloq, Bolqon tog‘lari, Dehiston, O‘zboy, Shimoliy Xuroson hududlarini ham o‘ tasarrufiga olgan edi. ARAB MUHAMMADXON (XVI asrning 2-yarmi – 1623-yil) (1602-1623)
Xiva xoni. Shayboniylar sulolasi dan Xorazm xoni Hoji Muhammadxon (Hojimxon) (1598- 1602-yillar)ning kenja o‘g‘li. Otasi hayotligida Xiva hokimi bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng 1602-yili xonlik taxtiga chiqqan. Abulg‘ozi Bahodirxon ning yozishicha, uning davrida Rossiya chegarasini qo‘riqlab turgan Yoyiq kazaklari atamani
va ataman Shamay boshchiligida Urganchga hujum qildilar. Ularni Xiva qo‘shinlari tor-mor qildilar. 1620 va 1621-yillarda qalmoqlar Xorazmga yurish qilib, kishilarni asirga olganlar. Uning davrida Xiva xonligiga qalmoq va qozoqlar bir necha marta hujum qilib g‘alabaga erisha olmadilar. Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandalik yuqori nuqtasiga yetgan. Amudaryo o‘zaning o‘zgarishi va natijada uning qurib borishi bu davrda ham davom etdi. Natijada, Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko‘chirishga majbur bo‘lgan. Tarqoqlik va urushlar avj olganligi Xivaning ma`muriy tuzilishiga ta`sir etdi. Arab Muhammadxon davrida ichki nizolar avj olib, xonlikning ma`muriy tuzilishiga salbiy ta`sir etgan. Chunonchi, har bir shahzodaning o‘z yerida shaxsiy idora apparati – o‘z ayonlari, xazinasi, yasovullari, bojxona xizmatchilari va boshqalar bo‘lgan. 1623-yilda o‘g‘illari
va
Elbars
sultonlar taxt talashib unga qarshi urush boshladilar. Bu urushda Arab Muhammadxon yengilib, Qum qal`aga qamalgan va o‘sha yerda 1623-yilda vafot etgan.
(Isfandiyorxon) (? - 1643) (1623-1643) Xiva xoni, Arab Muhamadxon ning o‘g‘li. Shayboniylar sulolasi dan. Turkmanlar yordami bilan ukasi
(Ilbors) Sulton ni taxtdan ag‘darib, 1623-yili Xivada xonlik taxtiga o‘tirdi. U turkman zodagonlariga tayanib ish yuritdi. Eron davlati qo‘liga o‘tib qolgan Janubiy Turkmanistonni Xiva xonligiga qo‘shib olishga intildi, ammo 1628-yilda safaviylar qo‘shinidan yengildi. XVII asrning 30-40- yillarida Buxoro va Rossiya bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradigan karvonlarga zarar yetkazayotgan qalmoqlarga qarshi qattiq kurash olib bordi; qalmoqlarga qarshi ittifoq tuzish maqsadida Moskva bilan muzokaralar yuritdi.
ni o‘ldirishda Habash Sulton bilan
Elbars sulton ga
yordam bergani uchun Xorazmdagi uyg‘ur va nayman qabilalarining chorva mollarini tortib oldi va ularga qarshi qirg‘in uyushtirdi. Bu fojiadan qutilish uchun o‘zbeklarning boshqa qabilalari Xivadan Movarounnahrga, ba`zilar esa Mang‘ishloq yoki qozoq dashtlariga ko‘chib ketdilar.
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 60 Asfandiyorxon davrida tarqoqlik va xalq ommasini ezish yanada kuchaydi, bu esa mehnatkashlar noroziligiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan yer mulkdorlari o‘z vakillaridan biri Abulg‘ozi Bahodir ni Asfandiyorxonga qarshi qo‘ydilar. Natijada 1643-yil Orol o‘zbeklari Abulg‘ozi ni xon qilib ko‘tardilar. Xuddi shi yili Asfandiyorxon vafot etdi. Oradan 2 yil o‘tgach,
Xivada taxtda o‘tirdi. ABULG‘OZI BAHODIRXON (1603-yil 23-avgust, Urganch – 1663-yil aprel, Xiva) (1644-1663)
Xiva xoni, shayboniylar sulolasi dan, tarixchi va tabib. Abulg‘ozi Bahodirxonning og‘alari Habash
va
otalari
ni yengib, uni Qum qal`asiga qamadilar. Otasining tarafdorlari bo‘lgan katta og‘asi Asfandiyor Eronga, Abulg‘ozi Bahodirxon esa Buxoroga Imomqulixon huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulg‘ozi Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin
bilan o‘rtalarida nizo chiqib, Abulg‘ozi Bahodirxon 1627-yilda qozoq xoni
huzuriga qochdi; keyin ikki yil Toshkent hokimi
bilan birga bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi.
uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo‘ldi. 1629-yilda turkmanlar Eronga tobe bo‘lgan Niso va Dorunni bosib oldilar.
Eron bilan munosabatlarning tamoman jiddiylashib ketishidan cho‘chib, aybni Abulg‘ozi Bahodirxonga to‘nkadi va uni 1630-yil qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg‘ozi Bahodirxon shu tariqa 10 yil Eronda, Isfaxon yaqinidagi Taborak qal`asida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tutqunlikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Abulg‘ozi Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 1644-yilda hokimiyatni o‘g‘li
ga topshirdi. Abulg‘ozi Buxoro xoni Abdulaziz bilan
Subhonqulixon o‘rtasidagi raqobatga ham aralashdi, chunki, Subhonqulixon Abulg‘ozining jiyaniga uylangan edi. Buxoro xoni bilan sulh tuzishga erishildi. Shunga qaramay, Abulg‘ozixon 1663- yili yetti marta Buxoro xonligi ustiga yurish uyushtirdi: Qorako‘l, Chorjo‘y, Vardonze tumanlarini talon- taroj qildi. U Buxoro xoni
davrida Buxoroga ko‘pgina talonchilik yurishlarini olib borgan. Uning bosqinchilik yurishlari Buxoro xonligining siyosiy va iqtisodiy ahvoliga yomon ta`sir ko‘rsatdi va ijtimoiy-siyosiy ahvolni murakkablashtirib yubordi. Abulg‘ozi qabila boshliqlari nufuzini oshirish bilan ularning markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo‘ldi. U xonlikdagi barcha qabilalarni to‘rt guruhga bo‘ldi: qiyot-qo‘ng‘irot, uyg‘ur-nayman, qang‘li-qipchoq, nukuz-mang‘it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshchilik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Mazkur to‘rt guruh yana o‘n to‘rt mayda urug‘lar ham qo‘shilgan. Har bir qabilaviy guruhga bog‘liq – inoq tayinlanib, xon shu inoq orqali qabilaga tegishli masalalarni hal qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar. Abulg‘ozi Bahodirxon saroyida xon hashami 32 qabila boshlig‘i – inoqlardan iborat edi. Abulg‘ozi Bahodirxon yirik tarixchi olim sifatida ham e`tiborga sazovor. Uning 9 bobdan iborat “ Shajarai Turk” hamda “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) asarlari O‘zbekiston, umuman O‘rta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. Abulg‘ozixon “Shajarai turk” asari bilan «Xorazm tarixchilik maktabi» ga asos solgan. Abulg‘ozi Bahodirxon tibbiyot ilmiga oid “Manofiul inson”
(“Insonga foydali tadbirlar”) nomli asar ham yozgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling