Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua
DEMOKRATLARNING 1960 YILDA HOKIMYATGA QAYTISHLARI
Download 205.08 Kb.
|
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022
DEMOKRATLARNING 1960 YILDA HOKIMYATGA QAYTISHLARI.
1960 yildagi saylovlarda demokratik partiya vakili, 43 yoshlik Jon Kennedi (1917-1963 yy.) g'alaba qozonib, prezident bo'ldi. J.Kennedining kelib chiqishi irlandiyalik bo'lib, katolik diniga mansub edi. SHu davrgacha AQSHda katoliklardan birorta ham prezident saylanmagan edi, prezidentlik asosan protestantlik vakillarining mulki hisoblanib kelinardi. Uning otasi Jozef Kennedi F.Ruzveltning “yangi yo'li”ni amalga oshirishda uning eng yaqin yordamchisi bo'lgan edi. J.Kennedi ikkinchi jahon urushida qatnashib, jangovar shuhrat ordeniga sazovor bo'lganedi. U 1953 yilda 36 yoshida senator bo'ldi. J.Kennedi V.Vilson va F.Ruzvelt an'analarini davom ettirib, “yangi marralar” nomli islohotlar dasturini ilgari surdi. U o'zining siyosiy dunyoqarashi va yo'nalishlari bo'yicha F.Ruzveltga yaqin turardi va ichki va tashqi siyosatda mavjud vaziyatga to'g'ri baho bera olardi. J.Kennedining «yangi marralar” dasturi asosida Keynsning davlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni o'z zimmasiga olib, ularni faol amalga oshirishi zarur, degan nazariyasi va siyosati yotardi. J.Kennedi ziyolilarning ko'zga ko'ringan vakillarini o'zi bilan hamkorlik qilishga jalb etdi, ularning orasida neoliberalizm vakillari ko'pchilikni tashkil etardi. Kennedi hukumatining ijtimoiy-iqtisodiy dasturi asosida davlat xarajatlarini oshirish va ichki bozorni kengaytirish asosida iqtisodiy o'sish sur'atlarini rag'batlantirish turardi. J.Kennedi AQSHni yangi marralarga olib chiqishga va'da berdi. Uning “yangi marralar” dasturi asosan quyidagilardan iborat edi: - turar joy qurilishi to'g'risida 1961 yilgi rasmiy hujjat, unga ko'ra gettolarda (qashshoq aholi yashaydigan joylar) turmush sharoitini yaxshilash, kam daromadli oilalarga uy-joy qurilishida yordam berish uchun byudjetdan 6 mlrd. dollar ajratish, qurilish sanoatidagi tanglikni tugatish uchun uni rag'batlantirish; - eng kam soatbay ish haqini 1,25 dollargacha oshirish - jamoat ishlarini (ishsizlikga qarshi kurash tadbirini) amalga oshirish maqsadida 1962 yilda 1,1 mlrd. dollar ajratish, pulni qadrsizlanishiga qarshi dastur va hokazo (ishsizlik uchun beriladigan nafaqa muddatini uzaytirish, xalq ta'limi, sog'likni saqlash tizimini yaxshilash va b.). albatta bu islohotlarni amalga oshirish katta mablag'larni talab qilardi va hukumat bu mablag'larni soliqlarni oshirish orqali to'plashni mo'ljallagan edi. Kennedining islohotlarni amalga oshirish uchun qilgan harakatlari yirik korporasiyalarning qarshiligiga duch keldi. Ayniqsa 1962 yilda prezident ma'muriyati bilan po'lat quyish kompaniyalari o'rtasida o'tkir ziddiyatlar kelib chiqdi. Prezident po'lat quyish kompaniyalarini o'z mahsulotlari uchun narxlarni oshirishdan voz kechishga va bu bilan butun og'ir sanoat tarmoqlarida narxlarning o'zgarmasligiga erishib, katta g'alabaga erishdi. Kennedining muvaffaqiyati davlat monopolistik kapitalizmi sharoitida burjua davlatining mustaqilligi nisbiy ekanligidan guvohlik berardi. 1963 yil kuziga kelib AQSHdagi vaziyat keskinlashdi. Demokratik partiya ichida ajralish yuz berdi. Prezident islohotlari atrofida siyosiy kurash avj oldi. Mamlakatdagi o'ng kuchlar hukumatdan tashqi va ichki siyosatda o'ngga burilishni talab qilib chiqdilar. Navbatdagi prezident saylovlari yaqinlashishi munosabati bilan kurash yanada qizidi. Reaksiya kuchlarining bu saylovlarda yutib chiqish uchun imkoniyatlari juda am edi. Prezident J.Kennedining ichki vatashqi siyosatdagi bir qator tadbirlari uning omma ichidagi obro'sini oshirib yuborgan edi. Bunday sharoitda reaksiya kuchlari mudhish terroristik aktga qo'l urdilar. Prezident J.Kennedi o'zining saylovoldi safari davrida 1963 yil 22 noyabrda Texas shtatining Dallas shahrida yollanma qotil o'qidan (Li Xarvi Osvald) halok bo'ldi. Bu fojia butun amerikaliklarni va dunyoning barcha burchaklaridagi progressiv kuchlarni g'am-alamga soldi. “Asr jinoyati” deb nom olgan bu qotillik hozirgacha ochilmagan bo'lib, Amerika tarixining ochilmagan sirlaridan biri bo'lib qolmoqda. Vise-prezident Lindon Jonson AQSH prezidenti bo'ldi. U 1964 yildagi saylovlarda g'alabaqozondi. L.Jonson Kennedining siyosiy yo'lini davom ettirib, ”Buyuk jamiyat” dasturini e'lon qildi, shu asosda bir qator islohotlar ishlab chiqilib, amalga oshirildi. Jumladan, 1963, 1965 va 1968 yillarda fuqarolik huquqlari to'g'risida qonunlar qabul qilinib, qora tanli aholini ta'lim olish, saylash va saylanish, ishga yollanish, ijaraga olish va berishdagi irqiy kamsitishlar taqiqlandi. ”Buyuk jamiyat” dasturi doirasida aholining qambag'al qatlamlariga ijtimoiy yordam ko'rsatish ham amalga oshirila boshlandi. Lekin AQSHning Vetnamdagi urushi avj olib borayotgan bir davrda Jonson ma'muriyati bir qator ijtimoiy dasturlarni to'xtatib qo'yishga majbur bo'ldi. J.Kennedi va L.Jonson ma'muriyatlari tashqi siyosatda kommunistik xavfga qarshi kurash shiori ostida bosqinchilik (ekspansiya) siyosatini davom ettirdilar. J.Kennedi o'z tashqi siyosatini “tez javob berish siyosati” (politika gibkogo reagirovaniya) deb atadi va u har qanday chaqiriqqa javob qaytara olishini bildirar edi. Endilikda SSSRga qarshi katta urush olib borish va ommaviy yadro zarbalari berish bilan cheklanib qolmasdan, boshqa sosialistik davlatlarga qarshi ham urushlar olib borish ko'zda tutilgan edi. Mamlakatda J.Kennedi prezidentligi davrida qurollanish poygasi juda tez avj olib bordi.AQSHning raketa-yadro qurollari 60-yillarda ilgariga nisbatan juda tez ko'paydi. J.Kennedi ma'muriyati Kubadagi yangi inqilobiy hukumatni yo'q qilishga harakat qildi. AQSH hukumati 1961 yil aprelda Kubaga nisbatan aksilinqilobiy guruhlar va yollanma guruhlar xujumini tashkil etdi. Lekin bu xujum barbod bo'ldi. Sovet Ittifoqi Kuba hukumatining iltimosiga binoan bu yerda o'z yadro raketalarini o'rnatdi. Sovet hukumatining bu harakati xavfli avantyura edi. Sovet raketalari AQSHning katta hududlariga yetib bora olardi. Sovet raketalarining Kubada joylashishiga javoban Prezident Kennedi 1962 yil oktabrda Kubaning dengiz tomonidan qamal qilinganini e'lon qildi. Amerika dengiz floti yangi raketalar keltirilishiga yo'l qo'ymaslik uchun barcha kemalarni tekshirish haqida bkyruq oldi. 1962 yil 24-28 oktabr kunlari SSSR bilan AQSH to'qnashuvi xatari yuzaga keldi, besh sovet harbiy kemasi qamal zonasiga yaqin kelib qolgandi.N.Xrushchyov bilan J.Kennedi o'rtasidagi o'ta keskin muzokaralar natijasida harbiy mojaro xatari bartaraf etildi. AQSH tomoni Kubaga nisbatan intervensiya uyushtirmaslikga va Turkiyadagi o'z harbiy bazasini tugatishga rozi bo'ldi, bunga javoban SSSR Kubadan o'z rvaketalarini olib chiqib ketdi. AQSH «tez javob berish” siyosati asosida 1965 yil Vetnamga qarshi agressiyasini boshladi. 1965 yil fevralda prezident L.Jonson kommunistlar nazorati ostida Vetnam respublikasi tashkil topgan SHimoliy Vetnam shaharlarini bombardimon qilishga buyruq berdi. Aprel oyida esa Vetnamga 50 ming kishidan iborat AQSHning dastlabki harbiy qismlari jo'natildi. 3 yildan keyin Vetnamdagi amerikalik askarlarning soni 550 ming kishiga yetdi. Vetnam urushi mamlakat zimmasiga og'ir yuk bo'lib tushdi. 1968 yil kuziga kelib AQSH Vetnamdagi urushda o'lganlar hisobidan 30 ming kishi yo'qotdi, 180 ming kishi yarador bo'ldi. Ijtimoiy islohotlarga ajratilgan mablag'lar keskin kamaytirildi. Fuqarolar erkinliklariga qarshi xuruj kuchaydi. Mamlakatda juda katta miqyosda urushga qarshi harakatlar avj oldi, u ijtimoiy va irqiy xarakterdagi harakatlar bilan qo'shilib ketdi hamda unda millionlagan aholi ishtirok etdi. Bunga javoban reaksiya kuchlari progressiv arboblarga qarshi terrorni avj oldirdilar. 1968 yil aprelida negrlar fuqarolik huquqlari uchun kurashchi, Nobel mukofoti laureati doktor Martin Lyuter King o'ldirildi. SHu yil iyunida prezident J.Kennedining ukasi, prezidentlikga o'z nomzodini qo'ygan Robert Kennedi ham o'ldirildi. Mamlakatda o'ta keskin siyosiy vaziyat yuzaga keldi. Download 205.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling