Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua


Download 205.08 Kb.
bet9/14
Sana15.03.2023
Hajmi205.08 Kb.
#1270665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022

3. FRANSIYADA BESHINCHI RESPUBLIKA.
1958 yil sentabrda Fransiyada o'tkazilgan referendumda saylovchilarning 79 % i de Goll tomonidan ishlab chiqilgan konstitusiyani ma'qullab ovoz berdilar. Bu konstitusiya davlat boshqaruvida tub o'zgarishlarni ko'zda tutardi. Fransiya prezidentlik respublikasiga aylandi. Prezident davlat boshlig'i, ijroiya hokimyati boshlig'i va qurolli kuchlar Bosh qo'mondoni vakolatlariga ega bo'lib, umumxalq saylovlarida 7 yilga saylanardi. Prezident ichki va tashqi siyosatga yakka o'zi rahbarlik qilar, Bosh vazir, vazirlar va barcha yuqori lavozimdagi fuqaro va harbiy rahbarlarni ishga tayinlar va ishdan olardi. U parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni tasdiqlardi,lekin o'zi ham parlament tasdig'isiz dekret chiqarish huquqiga ega edi. Prezident saylovlardan keyin bir yil o'tgach milliy majlisni istagan vaqtda tarqatib yuborishi, qonunlarni to'g'ridan-to'g'ri xalq referendumiga havola qilishi mumkin edi. 1958 yil 21 dekabrda SH.de SHoll umumxalq saylovlari orqali aprezident lavozimini egalladi. Bu bilan Fransiyada Beshinchi respublika tarixi boshlandi. De Goll uchun saylovchilarning 75,5 foizi ovoz berdi, bu bilan u xalq ishonchiga va o'zi talab qilgan favqulodda vakolatlarga ega bo'ldi.
De Goll haqiqatan ham xalqning o'ziga bildirgan ishonchini oqladi. U mustamlakachilar bilan bo'lgan aloqalarni uzdi va 1959 yil sentabrda Jazoir xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini tan oldi. Bunga javoban Jazoirda isyon ko'tarildi. Prezident bu isyonni bostirish uchun qat'iy choralar ko'rdi. Natijada isyonchilardan 22 kishi xalok bo'ldi, 200 ga yaqini yarador bo'ldi. Buning ustiga Fransiya kommunistik partiyasi xalqni mustamlakachilarga qarshi chiqishga da'vat etdi. Kommunistlar chaqirig'i bilan o'tkazilgan umummilliy ish tashlashda 11 million kishi ishtirok etdi. Isyonchilar yakkalanib qoldilar, de Goll esa ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta umumxalq qo'llab-quvvatlashini his etdi.
SH.de Goll o'zining siyosiy qobilyatiga tayangan holda o'zi chiqqan ijtimoiy muhit qarashlaridan, aqidalaridan yuqori tura oldi va fransuz hukmron doiralarini, eski va yangi mustamlakachilarni Jazoirning mustaqillikga erishganini tan olishga ko'ndira oldi. 1962 yil 18 martda Jeneva ko'lining fransuz sohilida joylashgan Evian shahrida Fransiya bilan Jazoir o'rtasida o't ochishni to'xtatish va Jazoirga mustaqillik berish shartlari to'g'risida bitim imzolandi. Fransiyaning Jazoirga qarshi 8 yil davomida olib borgan va mamlakatni ahloqiy-ma'naviy inqirozga olib kelgan urush yakunlandi. Fransiyada 8 aprelda Evian bitimi bo'yicha referendum o'tkazildi va fransuz saylovchilarining 90 foizi bu bitimni qo'llab-quvvatlashini bildirdi. General SH.de Goll xalq oldidagi o'zining muhim majburiyatini ado etdi va bu bilan tarixda ikkinchi marta milliy qahramonga aylandi.
Endi Fransiyaning buyukligini tiklash va uni Yevropada yetakchi o'ringa chiqarish borasidagi ishni boshlash mumkin edi. Bunda ham SH.de Goll kutilmagan ishni amalga oshirdi. 1962-1963 yillarda Parij va Bonnja prezident SH.de Goll bilan GFR kansleri K.Adenauerning 4 marta uchrashuvi bo'lib o'tdi. ikki yil davom etgan uchrashuvlar va muzokaralar natijasida 1963 yil martda Fransiya bilan GFR o'rtasida hamkorlik to'g'risida bitim tuzilib, ikki davlat o'rtasida ittifoqqa asos solindi. Bu ikki davlat o'rtasida “tarixiy murosaga kelinib”, tarixda bu ikki davlat birinchi marta ittifoqchiga aylandilar. SHu vaqtdan boshlab ular o'rtasidagi dushmanlikga barham berildi. bu bitim Yevropa qit'asidagi tinchlikning asosi bo'lib qoldi.
Bu davr SH.de Gollning yulduzli davri edi. U endilikda Fransiyaning mustaqilligi va suverenitetini tiklash yo'lidan bordi. U o'zining mustaqil yadro kuchlarini yaratilganligini e'lon qildi. 1966 yil fevralda Fransiya NATOdadan chiqdi. NATOning Fransiyadagi harbiy bazalari, shtablari va boshqa tashkilotlari bu yerdan olib chiqib ketiladi. 1968 yil avgustda Fransiya o'z vodorod bombasini sinovdan o'tkazdi.
SH.de Gollning o'n yillik rahbarlik davri Fransiya iqtisodiyotini mustahkamladi va mamlakatning xalqaro mavqeini kuchayishiga olib keldi. Milliy valyutaningn yangi kursi joriy qilindi. Davlat dehqonlarga katta suyusidiyalar berdi. Yirik kompaniyalar tez rivojlanib, ularning daromadi o'sib bordi.neft-kimy, harbiy aviasiya, elektronika va elektrometallurgiya kabi yangi tarmoqlar tez rivojlandi.
SHu bilan birga inflyasiyaga qarshi kurash va byudjet kamomadini kamaytirish bahonasi ostida soliqlar ko'paytirildi, gaz, elektroenergiya va transport to'lovlari oshirildi, ijtimoiy sug'urta to'lovlari qisqartirildi. SHu davr mobaynida nominal ish haqi 32 foiz o'sgani xolda narx-navolar 42 foizga o'sdi. Qishloq aholisi kamayib bordi. Endilikda mamlakatga hech qanday to'siqsiz kirib kelayotgan italyan va ispan dehqonlarining qishloq xo'jalik mahsulotlari tomonidan yuzaga kelgan raqobatga chiday olmagan ko'pchilik fransuz fermerlari inqirozga uchradilar. Har yili 150 mingga yaqin aholi qishloqlarni tashlab ketardi.
SH.de Gollning shaxsiy hokimyat tartibotiga darz ketdi. 1968 yilda yuz bergan ommaviy xalq g'alayonlari uning o'n yillik hukmronligining qonuniy natijasi bo'ldi. G'alayonlar talabalarning chiqishlaridan boshlandi. Ular ta'lim tizimini tubdan qayta qurishni, bu sohaga mablag' ajratishni ko'paytirilishini, o'qish uchun to'lanidigan pulni kamaytirilishini va talabalarga stipendiya berilishini talab qilib chiqdilar. Namoyishchilarning polisiya bilan to'qnashuvlari yuz berdi. 7 mayda Parijda 3 mingdan ortiq talaba qamoqqa olindi. bunday jazo choralari umumxalq birdamlik zabastovkasini keltirib chiqardi, u 4 hafta davom etib, mamlakat hayotini falaj qilib qo'ydi. Zabastovkada 10 million kishi ishtirok etdi. 24 mayda ishchilar va xizmatchilarga hukumatning agrar siyosatidan norozi bo'lgan dehqonlar ham qo'shildi. Fransiya xalqi bir ovozdan SH.de Gollni iste'foga chiqishini talab qilib chiqdi.
SH.de Goll mamlakatda yuz berishi mumkin bo'lgan anarxiya oqibati bilan qo'rqitib va kasaba uyushmalariga yon berish orqali vaziyatni tartibga tushirishga erishdi. Lekin uning hokimyatiga bo'lgan ishonch yo'qolib borayotgan edi. De Goll 1969 yilda mahalliy o'z o'zini boshqarish organlarini qayta qurish masalasini referendumga qo'ydi, lekin fransuzlar bu masalaga qarshi ovoz berdilar va u 1969 yil aprelda iste'foga chiqdi. SHundan keyin SH.de Goll u boshqa siyosiy faoliyatga qaytmadi. U 1970 yil 9 noyabrda 80 yoshida vafot etdi. Butun mamlakat bo'ylab uchhmumxalq motami bo'lib o'tdi.
1965 yil iyunida o'tkazilgan muddatidan oldingi qaylovlarda de Gollning sodiq safdoshi, ilgari Bosh vazir bo'lib ishlagan Jorj Pompidu g'alaba qozondi. U xalq ommasi kayfiyatini hisobga olib, davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi faoliyatini qisqartirdi, lekin ijtimoiy qonunchilikni kuchaytirdi. Fransiyaning AQSH bilan munosabatlari yaxshilandi. De Goll prezidentligi davrida Angliyaning Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a'zo bo'lish uchun qilgan harakati 2 marta de Goll tomonidan veto qo'yish orqali rad etilgan edi. 1973 yilda Angliya YeIHga a'zo bo'ldi.
1974 yilda J.Pompidu to'satdan vafot etgach, mustaqilchilar vakili Valeri Jiskar d’Esten prezident bo'lib saylandi. Bu yillarda Fransiyada siyosiy kuchlarning qaytadan guruhlanishi amalga oshdi. Gollchilar o'zlarining Respublikani qo'llab-quvvatlash birlashmasini (OPR-RQB) tuzdilar, mustaqillar esa Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq (SFD-FDI)ga birlashdilar, turli sosialistik guruhlar esa Fransuz sosialistik partiyasiga birlashdilar (FSP), bu partiya Fransiya kommunistik partiyasi bilan birgalikda so'l muxolifatni tashkil qildi.
Boshqa G'arb mamlakatlarida bo'lgani kabi 1974 yilda Fransiyani ham iqtisodiy inqiroz qamrab oldi.ishlab chiqarish qisqardi, inflyasiya o'sdi, ish haqi kamaydi, aholining turmush sharoiti yomonlashdi. Jahon bozorida neft narxining o'sishi Fransiyada sanoat mahsulotlarining bahosining oshishiga olib keldi. Ishsizlar soni 1,5 mln. kishiga yetdi.
1981 yildagi prezident saylovlarida so'l kuchlar vakili sosialist Fransua Mitteran g'alaba qozondi. U siyosiy donishmandlik yo'lidan borib, kommunistlarni hukumatda ishtirok qilishga chaqirdi. Kommunistlar bunga rozi bo'ldilar va 44 vazirlikdan 4 tasi kommunistlarga berildi. hukumat inqirozdan AQSH va Angliyadagi kabi davlatning iqtisodiyotga aralashishini kamaytirish yo'li bilan emas, balki uni yanada kengaytirish yo'li bilan chiqishga harakat qildi. Bir qator banklar va sanoat guruhlari milliylashtirildi, ish haqi, ishsizlar uchun to'lanadigan nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalar ko'paytirildi, yirik sarmoyaga soliqlar oshirildi, ish haftasi 39 soatga tushirildi va oshqa tadbirlar amalga oshirildi. Lekin bu islohotlar moliya va sanoat oligarxiyasining qattiq qarshiligiga duch keldi.shu bilan bu islohotlarni amalga oshirish uchun mamlakatda mablag' yetishmasligi ma'lum bo'ldi. Byudjet kamomadi halokatli ravishda o'sib bordi. Hukumat islohotlarni to'xtatdi va va “qattiq istisod qilish” siyosatini e'lon qildi. Narxlar va soliqlar oshirildi, bir qator korxonalar yopildi. Aholining xarid qobilyati pasayib ketdi, ishsizlik yana ko'paydi. Kommunistlar hukumat tarkibidan chiqdilar.
1986 yildagi parlament saylovlarida so'llar mag'lubiyatga uchradilar, gollchilar partiyasi OPR-RQB g'alaba qozondi. Prezident F.Mitteran OPR-RQB rahbari J.SHirakni Bosh vazir qilib tayinladi, shu tariqa qiziq vaziyat – so'l prezident va o'nglar hokimyati tashkil topdi. SHirak hukumati Angliyadagi M.Tetcher hukumati yo'lidan borib, xususiylashtirishni amalga oshirdi, biznesni davlat tomonidan tartibga solish qisqartirildi, inflyasiyaga qarshi kurash maqsadida ijtimoiy xarajatlar qisqartirildi. Bu esa ishsizlik kuchayib borayotgan bir sharoitda norozilikni kuchaytirdi.



Download 205.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling