Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua


Angliyaning 60-yillar 2-yarmi – 70-yillardagi taraqqiyoti


Download 205.08 Kb.
bet12/14
Sana15.03.2023
Hajmi205.08 Kb.
#1270665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022

3. Angliyaning 60-yillar 2-yarmi – 70-yillardagi taraqqiyoti
Leyboristlar partiyasida 50-yillar oxirlarida rahbarlikda yangilanishlar amalga oshirildi. 1964 yildagi saylovlarda partiyani yangi rahbar – Garold Vilson boshqardi, u Oksford universitetining sobiq professori bo'lib, partiyadagi texnokrat-markazchilarning vakili edi. U va uning safdoshlari fan va texnika taraqqiyoti davrida jamiyat taraqqiyotining o'zi sosializmga olib boradi deb hisoblardilar.
Vilsonning Angliyani danyoning qudratli davlatiga aylantirishni ko'zlagan tashqi siyosiy dasturi mafkuraviy xarakterga ega edi. Britaniya diplomatiyasi faoliyatida Atlantika tamoyillarining ustunligi yana qayta tiklandi. Britaniya Vetnamdagi urushni, NATO qurolli kuchlarini qurollanish jihatidan modernizasiyalashni qo'llab-quvvatladi. SSSR bilan bo'lgan munosabatlarnining yangidan sovuqlashish davri boshlandi. Buyuk Britaniya SSSRning 1968-yilda CHexoslovakiya ichki ishlariga aralashishiga keskin munosabatda bo'lgan mamlakatlar qatoriga kirgan edi. Vilson “kuch ishlatish siyosati”dan kelib chiqib mustamlakachilik siyosati tamoyillarini ham qaytadan ko'rib chiqishga harakat qildi. YAqin SHarqdan Tinch okeangacha bo'lgan hududlarda harbiy-siyosiy jihatdan ishtirok etish uchun Britaniya milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan “Suvayshdan sharqqa” nomli dasturiy shior ilgari surilgan edi. 70 ming britan askarlariga mo'ljallangan harbiy bazalar tashkil etildi.britaniya diplomatiyasi mintaqaviy mojarolarda faol ishtirok eta boshladi.
Vilson hukumati ichki siyosatda iqtisodiy taraqqiyotni moliyaviy tartibga solish sohasiga katta e'tibor berdi. Xalqaro valyuta fondidan katta zayom olindi va funt sterling devalvasiya qilindi. Hukumat milliy valyutaning mustahkamligini qurbon qilish hisobiga ingliz tovarlarining nisbiy jihatdan qiymatini pasaytirishga, savdo balansini yaxshilashga erishdi. YUzaga kelishi muqarrar bo'lgan inflyasiyani esa ish haqi va baholarni muzlatib qo'yish, ijtimoiy xarajatlarni qisqartish hisobiga to'xtatishga erishdi.
Hukumatning bu tadbirlari ancha samarali bo'lib chiqdi, lekin ijtimoiy sohaga xarajatlarning kamaytirilishi leyboristlar partiyasining asosiy saylovchilari (elektorat) bo'lgan yollanma ishchilar va xizmatchilarning noroziligini keltirib chiqardi. Kasaba uyushmalarining hukumatga qarshi aksiyalari kuchaydi. Bu davrda SHimoliy Irlandiyadagi diniy-siyosiy ziddiyat ham yangi kuch bilan ko'tarildi. Olsterda 1967-yilda SHimoliy Irlandiya fuqarolik huquqlar uchun kurash assosiasiyasi tashkil topdi. Bu tashkilotning tinch norozilik namoyishlarini tashkil qilish uchun olib borgan faoliyati polisiya tomonidan taqiqlab qo'yildi. Natijada ancha radikal bo'lgan katolik guruhlarning faoliyati kuchaydi. 1969-yilda Olsterga hukumat qo'shinlarining kiritilishi vaziyatni yanada murakkablashtirildi.
Omma ichida hukumat obro'sining tushib borishi Vilsonni 1970-yilda parlament saylovlarini o'tkazishga olib keldi. Hukumat o'z tomoniga yoshlarni jalb qilish uchun saylov syenzini 18 yoshgacha kamaytirdi. Lekin saylovlarda muxolifatchilar g'alaba qozondi. Konservatorlar rahbari Edvard Xit g'alaba qozondi. E.Xit butun urush davomida jangovar zobit sifatida qatnashgan bo'lib, partiyada 1950-yilda umum palata a'zoligiga saylangan edi. U partiyada “YAngi konservatorlar” nomli oqimga rahbarlik qilardi. “YAngi konservatorlar” “Umumiy farovonlik davlati” g'oyasiga shubha bilan qarardilar va konkret shaxs farovonligi uchun zarur bo'lgan moddiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish kerak deb hisoblardilar. Buning uchun esa mulkdorlar qatlamini ko'paytirish kerak deb hisoblardilar, ularning fikricha xususiy mulk shaxsni haqiqatan ham erkin va ozod bo'lishini ta'minlaydi. Lekin “YAngi konservatorlar” hukumati o'z konsepsiyalarini amalga oshirishga muvaffaq bo'la olmadilar. 70-yillar boshiga kelib Angliya kuchayib borayotgan tarmoq iqtisodiy inqirozga duch keldi.
Angliya iqtisodiyotining kuchsizligining bir qancha omillari bor edi. Ishlab chiqarishning yuqori darajada monopollashgani va konsentrasiyasi texnik va texnologik jihatdan o'sishga halaqit berardi. Ko'pgina ingliz monopoliyalari avvalgidek mustamlakalardan keltiriladigan arzon xom ashyoga va chetdan keladigan investiyalarga yo'naltirilgan edi. Angliyaning G'arb davlatlari ichidagi ishlab chiqarish hajmi doimiy sur'atda pasayib bordi (1960-yilda – 8,3 %, 1965-yilda – 7,2 %, 1975-yilda – 5,8 %,). Inflyasiya kuchaydi. Iqtisodiyotning mintaqaviy tuzilishi notekisligi saqlanib qoldi. SHotlandiya, Uels, SHimoliy Irlandiyada ahvol juda og'irlashdi. Harbiy xarajatlar ham mamlakat iqtisodiyotidagi og'ir yuk bo'lib yotardi. Harbiy sektorda faol aholining 8 % i, ilmiy xodimlarning uchdan bir qismi band bo'lib, ilmiy tadqiqot ishlariga ajratilgan byudjet mablag'larining uchdan ikki qismi shu sohaga sarflanardi.
Xit hukumatining “iqtisodiyotni davlatning keraksiz ta'siridan ozod etish” shiori ostida iqtisodiyotga davlatning aralashishini qisqartirish va ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish orqali inqirozga qarshi kurashish uchun qilgan harakati kutilgan samarani bermadi, aksincha ijtimoiy norozilikni yanada kuchaytirdi. Bu Olster inqirozining kuchayishi, SHimoliy Irlandiyada Favqulodda holatning joriy qilinishi bilan birgalikda bordi. 1972-yilda SHimoliy Irlandiyada stormont – o'z o'zini boshqarish vakillik organ tarqatib yuborildi va Olsterni bevosita Londondan boshqarish joriy qilindi. Katolik ozchilik bunga juda qattiq qarshilik ko'rsatdi. Olster britan jamiyatining eng qiyin masalasi bo'lib qoldi.
Xit hukumati davrida tashqi siyosatda AQSH bilan munosabatlar ancha yaxshilandi. Bu davrda Angliya YeIHga a'zo bo'lish masalasini hal qildi.
1974 yildagi saylovlarda leyboristlar partiyasi g'alaba qozonib, hokimyatga keldi. Garold Vilson boshchiligida hukumat tuzildi. Vilson saylovoldi va'dalarini bajarish uchun bir necha oy davomida bir qator islohotlarni amalga oshirdi. U tred-yunionlar bilan munosabatlarni yaxshilashga va'da berdi. SHaxtyorlarning ish haqi ko'paytirildi, nafaqalar oshirildi, oziq-ovqatlarning narzi vaqtincha “muzlatildi”, ko'p bolali oilalarni qo'llab-quvvatlovchi qonun qabul qilindi. “SHimoliy Irlandiya konstitusion akti” qabul qilinib yangi mahalliy vakillik organi – konstitusion konvent yaratish ko'zda tutildi. SHu bilan birga hukumat Olsterdagi har qanday – katolik yoki protestantlik ekstremistik guruhlarning faoliyatiga qarshi keskin choralar ko'rishini ma'lum qildi. Amalga oshirilgan bu tadbirlar jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni sezilarli darajada pasaytirdi. Lekin butun dunyoda iqtisodiy ahvol yomonlashayotgan bir vaziyatda mamlakatda katta o'zgarishlarni amalga oshirishning iloji yo'q edi. G.Vilson 1976-yilda “shaxsiy sabablarga ko'ra” Bosh vazirlikdan iste'foga chiqdi va uning o'rniga leyboristlar partiyasining rahbari Jeyms Kallagen keldi.
J.Kallagen byudjet mablag'larini tejash yo'liga o'tganligini e'lon qilib, milliylashtirish rejalaridan voz kechdi. Bu davrda Angliyaning xalqaro maydondagi mavqei kuchaydi. Angliya umumevropa xavfsizlik va hamkorlik tizimini yaratishda – Xelsinki jarayonida faol ishtirok etdi. Angliya SSSR munosabatlari ancha yaxshilandi, G.Vilson 1975-yilda Moskvaga pasmiy safar bilan kelib, hamkorlik to'g'risida 10 yillik bitimga imzo qo'ydi.
Umuman olganda leyboristlar hukumatining 1974-1979-yillardagi faoliyatini muvaffaqiyatli deb hisoblasa bo'ladi. Lekin u britan iqtisodiyotini tarmoq jihatdan qayta qurish masalasini hal qila olmadi. “Barcha uchun farovonlik davlati” g'oyasining o'zi ham ma'naviy jihatdan eskirib qolgan edi. SHakllanib kelayotgan postindustrial jamiyat taraqqiyot modeli yangicha qarorlarni, yangicha siyosiy strategiyani talab qilardi. Lekin 1979-yildagi parlament saylovlarida leyboristlar partiyasi avvalgidek “Barcha uchun farovonlik davlati” g'oyasi bilan chiqdilar. Margaret Tetcher boshchiligidagi konservatorlar partiyasi tanglikga qarshi “To'g'ri yondashuv” dasturini ilgari surdi. Saylovlarda konservatorlar partiyasi g'alaba qozondi va u Buyuk Britaniya tarixida yangi davrni ochib berdi.

Download 205.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling