Tarix” kafedrasi “Amerika va Yevropa mamlakatlarining zamonaviy tarixi” fanidan o`quv- uslubiy majmua


Fransiya Muvaqqat rejim va To'rtinchi respublika davrida


Download 205.08 Kb.
bet8/14
Sana15.03.2023
Hajmi205.08 Kb.
#1270665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
A.YE.M.Z.T МАЖМУА 2022

2. Fransiya Muvaqqat rejim va To'rtinchi respublika davrida.
Urushdan keyingi birinchi hukumatga SHarl de Goll rahbarlik qildi. Hukumat tarkibiga Qarshilik harakatining faol a'zolari, antifashistik partiya vakillari, shu jumladan kommunistlar va sosialistlar kirgan edi.
Muvaqqat hukumat davlat apparatini fashistlar bilan hamkorlik qilgan elementlardan tozalashni amalga oshirdi. 39 ming kishi ozodlikdan maxrum qilinishga, 2 mingdan ko'proq kishi o'limga hukm qilindi. Peten va Laval boshchiligidagi Vishining vazirlari davlatga xiyonat qilishda ayblanib, sudga berildi. Laval otib tashlandi, Peten esa de Goll tomonidan avf etilib, o'lim jazosi umrbod qamoq bilan almashtirildi. Barcha reaksion tashkilotlar tarqatib yuborildi, ularning rahbarlari jazolandi. Fashistparast kuchlar tor-mor etildi, reaksiya zaiflashib qoldi. Bularning hammasi mamlakatda progressiv islohotlar o'tkazishni yengillashtirdi.
Mamlakatda ish haqi 50 %ga, nafaqalar 80 %ga oshirildi. Muvaqqat hukumat 1944 yil dekabrda egalari fashistlar bilan hamkorlik qilgan ko'mir shaxtalarini, Reno avtomobil zavodini va aviasiya zavodining bir qismini milliylashtirdi.
Mamlakat yangi konstitusiyasini qabul qilish uchun Ta'sis majlisiga o'tkazilgan saylovlar Muvaqqat rejim davridagi eng muhim voqea bo'ldi. Saylovlar 1945 yil 21 oktabrda bo'lib o'tdi va FKPga katta g'alaba keltirdi. Kommunistlar 5 mln. ovoz to'plab (26 %), 545 mandatning 152 tasiga ega bo'ldilar. Sosialistlar 142 mandatga, MRP 141 mandatga ega bo'ldi. Mamlakatda yangi siyosiy vaziyat yuzaga kelib, sosialistlar va kommunistlar Ta'sis majlisida mutlaq ko'pchilikga (294) ega bo'ldilar. SHarl de Goll hukumat boshlig'i bo'lib, hukumat tarkibiga kommunistlar, sosialistlar va MRP vakillari kirdi.
Lekin hokimyatning bunday taqsimlanishi de Gollni qoniqtirmas edi. SHuning uchun ham 1946 yil yanvarda deputatlar uning talabiga qarshi chiqib, harbiy xarajatlarni 20 %ga qisqartirganlarida, de Goll iste'foga chiqdi. Bu harakat uning shaxsiy hokimyat rejimini o'rnatishga qaratilgan bo'lib, u Ta'sis majlisi, tashkilotlar va mehnatkashlar ommasi o'zining hokimyatga qaytishini iltimos qilishlariga umid qilardi. De Goll urush qahramoni, Fransiyaning xaloskori edi va o'ziga keng vakolatlar berilishini talab qilardi. Lekin hech kim undan orqaga qaytishni iltimos qilmadi va u o'z pomestesiga jo'nab ketdi hamda 1958 yilgacha mamlakat siyosiy hayotida ishtirok qilmadi.
SHarl de Gollning iste'fosi mamlakatdagi voqealarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ta'sis majlisi va hukumat mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimida tub burilishga olib kelgan bir qator ijobiy tadbirlarni amalga oshirdi. Eng yirik banklar, elektroenergetika va gaz sanoati milliylashtirildi. 40 soatlik ish haftasi joriy qilindi. Ishchilar uchun 2 haftalik, xizmatchilar uchun 3 haftalik ta'tillar joriy qilindi. Ish haqi 80 %ga oshirildi, yagona ijtimoiy sug'urta tizimi joriy qilindi. Mamlakatda jamiyatni demokratlashtirish va mehnatkashlar ahvolini yaxshilash sari keskin burilish yasaldi.
Mamlakatda demokratik tuzumni mustahkamlagan yangi konstitusiyani qabul qilinishi va 1946 yil dekabrda amalga joriy qilinishi Muvaqqat rejimning eng katta yutug'i hisoblanadi. U kapitalistik mamlakatlar ichidagi eng demokratik konstitusiya hisoblanadi. Umumiy saylov huquqi joriy qilindi, fuqarolarning odatdagi siyosiy huquqlari bilan birgalikda Mehnat qilish, dam olish, bilim olish, ijtimoiy tahminot olish huquqlari ham joriy qilindi. Fransiya parlament respublikasi deb e'lon qilindi. Ikki palatali partlament siyosiy hayotda asrsiy rol o'ynashi va u vakolatlari cheklangan prezidentni saylashi kerak edi. Saylab qo'yiladigan Milliy majlis prezident va hukumat faoliyati ustidan nazorat qilish huquqini saqlab qoldi. SHu yili yangi parlamentga saylovlar o'tkazildi. FKP. SFIO va MRP asosiy o'rinlarni egallab, hamkorlikni davom qildirdilar.
YAngi konstitusiya asosida Milliy majlisga o'tkazilgan birinchi saylovda ham kommunistlar g'alaba qozondi. Ular 28,6 % ovozga va 182 mandatga ega bo'ldilar. MRP 26 % ovoz va 164 mandatga, Sosialistik partiya 18 % ovoz va 101 mandatga ega bo'ldi. Uch partiya ham o'zlarining mamlakatdagi yetakchilik mavqelarini saqlab qoldilar. Fransiya o'z tarixining yangi davriga kirdi. To'rtinchi respublikaning 12 yillik tarixi boshlandi. To'rtinchi respublikaning 1946-yildagi konstitusiyasi Fransiyani “bo'linmas, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy respublika” deb e'lon qildi. “Fransiya imperiyasi” atamasi “Fransiya ittifoqi” atamasi bilan almashtirildi.
To'rtinchi respublika davrida kapitalistik monopoliyalar kuchini davlat apparati bilan yagona mexanizmga birlashtirish asosida iqtisodiyotni tiklash boshlandi. Yirik davlat sektori tashkil qilinib, iqtisodiyotni rejalashtirish va dasturlash keng qo'llanildi. 1954-1957-yillarda modernizasiya va qayta tiklash rejasi qabul qilindi, bu reja bajarilgach yangi reja qabul qilindi.
1948-yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajadan o'sib ketdi, 1949 yilda milliy daromad urushdan oldingi darajaga yetdi, shu yilda kartochka tizimi bekor qilindi, 1950-yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazish urushdan oldingi darajadan oshib ketdi. 1950-yildan keyin Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi tezlashdi. Bunda “Marshall rejasi” bo'yicha olingan 2,7 mlrd. dollarlik yordam ham muhim rol o'ynadi. Urush oqibatlarini tugatish, fan-texnika inqilobi, davlat kreditlari va buyurtmalari rivojlanish sur'atlarining o'sishiga ko'maklashdi. 1957-yilda Fransiya sanoat mahsulotlarining hajmi urushdan oldingiga nisbatan 2 marta ortiq bo'ldi. Elektronika, ximiya, samolyotsozlik, avtomobilsozlik kabi yangi tarmoqlar ayniqsa tez rivojlandi. Natijada og'ir sanoatning hissasi oshdi va 1958 yilda u barcha sanoat mahsuloti qiymatining 2/3 qismini tashkil qildi.
Iqtisodiy sohada ana shunday yutuqlarga erishgan fransuz burjuaziyasi o'zining mustamlakalaridagi hukmronlik savqeini ham mustahkamlab olishga harakat qildi. Fransuz mustamlakachi ma'muriyati hokimyati 1946 yil dekabrda Xo SHi Min rahbarligida e'lon qilingan Vetnam respublikasiga qarshi urush boshlab yubordilar. Bu urush 8 yil davom etdi va 1954 yilda Fransiyaning mag'lubiyati bilan yakunlandi. Fransiya 1956 yilda YAqin SHarqda YAna bir ig'vogarlik harakatida ishtirok etdi. U Angliya va Isroil davlatlari bilan birgalikda Misr hududiga qo'shin kiritdi, lekin yana mag'lubiyatga uchradi.
Fransiya hukmron doiralarining kuch ishlatish yo'li bilan Fransiyaning buyukligini tiklash va jahon siyosatida mustaqil rol o'ynash to'g'risidagi rejalari amalga oshmadi. Fransiya buyuk davlat rolini o'ynash uchun juda zaif bo'lib chiqdi. SHuning uchun ham Fransiyaning hukmron doiralari o'zlarining Yevropadagi mavqelarini mustahkamlash uchun boshqa Yevropa davlatlari bilan ittifoq tuzishga qaror qildilar. To'rtinchi respublikaning butun faoliyati Yevropa ittifoqini tuzish bilan bog'liq holda kechdi. SHu maqsadda Fransiya NATOga a'zo bo'ldi va bu tashkilotning bosh qarorgohi Parijda joylashtirildi.
Fransiyaning tashabbusi bilan (Fransiya tashqi ishlar vaziri R.SHuman) 1951 yil dekabrda Fransiya va G'arbiy Germaniya (GFR)ning ko'mir va po'lat quyish sanoatini birlashishini boshlab bergan Yevropa ko'mir va po'lat birlashmasi tashkil etildi. 1952 yil may oyida Parijda “Yevropa mudofaa hamjamiyati” to'g'risida bitim imzolandi va u Germaniyani qayta qurollantirish jarayoni uchun yo'l ochib berdi. Germaniya 1955 yilda NATOga a'zo bo'ldi. Bunga javoban SSSR tomoni 1944 yilda tuzilgan sovet-fransuz bitimini bekor qildi. Fransiya o'zining kechagi ittifoqchisi bilan bo'lgan munosabatlarni uzib, kechagi dushmani bilan ittifoq tuzdi.
Fransiya tashqi siyosatidagi bunday tez o'zgarishlar mamlakatda o'tkir ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Namoyishlar va norozilik mitinglari ko'paydi. Hukumat va hukmron doiralar ham demokratik kuchlar, ham reaksiya kuchlari tomonidan qattiq tanqid va xurujga uchradi. Demokratik kuchlar mustamlaka urushlarini davom qilinishi va Germaniyani qayta qurollanishini qoralab chiqqan bo'lsalar, reaksiya kuchlari mustamlaka urushlaridagi mag'lubiyatlar va Germaniya bilan murosaga kelishdagi yetarlicha jadallik qilinmaganligini tanqid ostiga olardilar.
Mamlakatdagi siyosiy kurash butun vaziyatni izdan chiqishiga olib keldi. To'rtinchi respublika faoliyat ko'rsatgan 12 yil davomida 23 hukumat almashdi. Bu respublika xalq ishonchini yo'qotdi. Ish tashlash harakati kuchaydi. 1957 yildagi ish tashlashlarda salkam 3 million odam ishtirok qildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin jahonda mustamlakachilik tizimining yemirilishi Fransiyaga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. 50-yillarda Fransiya Hindixitoydan chiqib ketdi. 1956 yilda Marokko va Tunisga mustaqillik berdi. Lekin Fransiya Jazoirdagi o'z hukmronligini qo'ldan berishni istamasdi. Jazoirdagi 9 million aholining 1 millioni fransuzlar bo'lib, ularga eng yaxshi hosildor yerlar tegishli edi.jazoir o'z maqomiga ko'ra mustamlaka bo'lmasdan, Fransiyaning dengiz ortidagi departamenti edi. Jazoirdagi fransuzlar Jazoirga ozodlik berilishiga qattiq qarshi edilar. Ular mustamlaka imperiyasini saqlab qolish tarafdorlari bo'lgan ultrakolonistlarga yoki oddiy qilib aytganda ultraga birlashdilar. Jazoir xalqi o'z mustaqilligi uchun kurash boshlaganda ultraklonistlar Jazoirni urushga tortdilar, bu urush o'z shafqatsizligi bilan barcha rekordlarni orqada qoldirdi va mamlakat xazinasini bo'shatib qo'ydi.Жазоирда ҳарбий ҳаракатларни Жазоирдан ташқарига ҳам ёйиш тарафдорлари бўлган армиянинг юқори қатлами билан ультраколонистлар иттифоқи ташкил топди. Франция жамияти иккига ажралди. Унинг бир қисми урушни тўхтатиш тарафдори бўлса, иккинчи қисми урушни давом қилдириш тарафдори эди. 1957 йил
boshida Jazoirda davlat to'ntarishi qilishga urinish bo'ldi, lekin u natijasiz tugadi.
1958 yil mayida Fransiyada navbatdagi hukumat inqirozi ro'y berdi. Harbiy to'ntarish o'tkazish maqsadida Jazoirdan Parijsha polkovnik Massyu boshchiligidagi parashyutchilar otryadlari keltirila boshlandi. Bu esa demokratik kuchlarning ommaviy noroziligini keltirib chiqardi. Kommunistlar va sosialistlar chaqirig'i bilan 1958 yil 28 mayda mamlakatda harbiy diktatura o'rnatilishiga qarshi yuz minglab kishilarning namoyishlari boshlanib ketdi. Mamlakatda tartibsizlik va hokimyatning falajligi boshlandi.
Kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan siyosiy larzalarni oldini olish uchun Milliy majlis 1958 yil 1 iyunda «eng mashhur fransuz»ni - general SHarl de Gollni Bosh vazir lavozimini egallashga taklif qildi. De Goll parlament o'ziga katta vakolatlar bersa va konstitusiyaviy islohotlar o'tkazishga ruxsat bersa bu lavozimni egallashga rozi bo'ldi. Parlament uning bu talablariga rozi bo'ldi. Uning hokimyat tepasiga kelishi Fransiya uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi.



Download 205.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling