Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Download 0.99 Mb.
bet4/113
Sana23.09.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1686462
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Manbashunoslik va tarixshunoslik fani umumkasbiy fan hisoblanib, 5-6 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan O’zbekiston tarixi, arxivshunoslik, arab, fors tillari, Eski o’zbek yozuvi, xronologiya va metrologiya fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda «O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida O’zbek xalqi va uning davlatchiligini tarixini xolisona o’rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish, davlatchiligi haqqoniy tarixini tarixiy manbalar, asarlar, tadqiqotlar asosida o’rganish vazifasi belgilangan. Ularni tadqiq qilish, o’rganish orqali ko’plab ma’lumotlarni qo’lga kiritishiiz mumkin.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va

pedagogik texnologiyalar
Talabalarning manbashunoslik va tarixshunoslik fanlarini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or usullari foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, eletron materiallar, virtual stendlar,jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari mustaqil ish sifatida talabalarga o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning «bumerang», «aqliy hujum» singari uslublari orqali darslar olib boriladi.


Asosiy qism

Manbalarni turkumlash
Tarixiy tadqiqot uchun manbalarni turkumlashning ahamiyati. Turkumlashdagi asosiy tamoyillar: manbalarni mazmuniga, kelib chiqishiga va yo’nalishiga qarab ajratish. Tarixiy manba. Manbalarning asosiy turlari: moddiy yodgorliklar, ma’naviy yodgorliklar. Tarixiy manbalarning shakl va mazmuniga qarab guruhlarga bo’linishi: moddiy (ashyoviy) manbalar; etnografik manbalar; lingvistik manbalar; og’zaki manbalar (folklor). Yozma manbalar. Yozma manbalarning asosiy xillari. Adabiy manbalar (yilnomalar, xronikalar va h.k.). Epik yodgorliklar. Aktlarga oid hujjatlar (yorliqlar, aktlar, xatlar, yuridik-qozixona hujjatlari va b.). Arxiv manbalar. Normativ va ijroiya Hujjatlari; statistik materiallar-tarixiy manba. Jamoat tashkilotlari hujjatlari tarixiy manba sifatida. Diplomatik hujjatlar; memuarlar; davriy matbuot.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling