Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”


Mavzuga doir test savollari


Download 494 Kb.
bet11/21
Sana01.04.2023
Hajmi494 Kb.
#1316180
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)

Mavzuga doir test savollari.
1. XVI asr boshlari o`zbeklarning etnik tarkibi, joylashgan hududi, turmushi haqida ma`lumotlar keltirilgan asarlarni aniqlang.
A. Ko`histoniyning «Tarixiy Abulxayrxoniy»
V. Binoiyning «SHayboniynoma»
S. Ro`zbexonning «Mehmonnomai Buxoro»
D. A va V
E. A, V, S
2. Mashhur mojar sharqshunos olimi H. Vamberi o`zining asarlarida nechta o`zbek qabilalarining ro`yxatini bergan?
A. 32 ta
V. 44 ta
S. 92 ta
D. 27 ta
E. 30 ta
Tayanch iboralar
Etnografiya
Etnologiya
San`at
Etnik va oilaviy tuzum
Etnogenez
Antropologiya
CHigil qabilalari
«Hudud ul-olam»
+an\li-qipchoq
Manba va adabiyotlar:
1. Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent. «O`zbekiston». 1996 yil.
2. Nabiev A. Tarixiy o`lkashunoslik. Toshkent. «O`qituvchi». 1996 y.
3. Sulaymonova F. SHarq va /arb. Toshkent. «O`zbekiston». 1997 y.
4. CHoriev Z. Tarixiy atamalarning qisqacha izohli lu\ati. Toshkent. 1999 y.
5. Jabborov I. «O`zbek xalq etnografiyasi». Toshkent. 1964 y.
6. SHoniyozov K. «O`zbek xalqining shakllanishi». Toshkent. 2002 yil.

6-mavzu: TARIXIY O`LKASHUNOSLIKDA YOZMA VA ARXIV MANBALARINING AXAMIYATI

Reja:


1. O`lkashunoslikni rivojlantirishda arxivshunoslikning o`rni.
2. Muassasa va tashkilot arxivlari.
3. O`zbekiston markaziy davlat arxivi.
O`lka tarixini o`rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy madaniyat yodgorliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik, ya`ni arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma`lumotlarni hayotga tadbiq qilish bu juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, kolxoz, sovxozlar, ayrim shaxslarning ko`p yillik faoliyatlari haqida ma`lumotlar va hujjatlar saqlanadi.
O`lka materiallaridan va uning asosiy manbalardan biri bo`lgan arxiv hujjatlaridan foydalanish metodikasi bilan shu\ullanish juda muxim ahamiyatga ega.
Arxiv materiallari maktab va oliy o`quv yurtlarida jonajon vatanimiz tarixidan o`qilayotgan ma`ruza va seminar mash\ulotlarida faktik material bo`lib xizmat qiladi va maktab o`lkashunoslik muzeyini tashkil qilishda yordam beradi.
Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida juda ko`p arxivlar mavjud bo`lib, ularni shartli ravishda 2 guruhga bo`lish mumkin: muassasa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz hududida faoliyat ko`rsatayotgan markaziy va mahalliy boshqaruv organlari (vazirliklar, hokimiyatlar va boshqalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlarining joriy arxivlari mavjud. Bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida hujjatlar ma`lum muddat saqlanadi. SHu boisdan bu arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning tarkibi o`zgarib turadi. Belgilangan muddatdan so`ng, muassasa arxivlaridagi hujjatlar davlat arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlarining faoliyati, bu arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida hujjatlar turli muddatlar davomida saqlanadi. Hujjatlarning saqlanishi mazkur muassasalar faoliyati bilan bo\liqdir.
Davlat arxivlari shaxobchalari respublikaning ma`muriy tuzilishi nizomida tashkil qilingan. Respublika davlat arxivlari tizimiga qo`yidagi arxivlar kiradi.
1. +oraqalpo\iston Respublikasi va viloyatlar davlat arxivlari hamda ularning joylardagi organlari.
2. Respublika markaziy davlat arxivlari.
Hozirgi kunda +oraqalpogiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, +ashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxandaryo, Sirdaryo, Toshkent, Far\ona, Xorazm viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent shahar davlat arxivi mavjud. Joylarda ularning filiallari faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
Respublika Markaziy Davlat arxivlari tizimiga qo`yidagi uchta arxiv kiradi:
1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi.
2. O`zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va meditsina hujjatlari markaziy davlat arxivi (1962 yilda tashkil etilgan).
3. O`zbekiston Respublikasi kino-foto hujjatlar markaziy davlat arxivi (1943 yilda tashkil etilgan)
Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi MDA saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatidan O`rta Osiyo respublikalari ichida eng yirigidir. Unda 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha bo`lgan juda ko`p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Arxivda Turkiston general-gubernatorligiga qarashli hozirgi O`zbekiston, Turkmaniston, +ir\iziston, Tojikiston va +ozo\iston territoriyasidagi viloyatlar, uezdlar, volostlar, muassasa va korxona hamda tashkilotlarning tarixiy faoliyatlariga doir barcha hujjatlar mana shu markaziy arxivda mujassamlashtirildi. Bu hujjatlarda Turkistonda chor hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, O`rta Osiyo xalqlarning sotsial-iqtisodiy ahvoli tarixi haqida ma`lumotlar uchraydi. Arxivda Turkiston o`lkasidagi chor hukumatining ma`muriy tashkilotlari faoliyatiga doir hujjatlar to`laligicha saqlanib turibdi.
O`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri hisoblangan arxivshunoslik Vatan tarixini, shu jumladan o`z o`lkasining tarixini har tomonlama va chuqur o`rganishda talabalarga katta yordam beradi.
SHuni ta`kidlab o`tish kerakki, respublikamizning hamma tuman va viloyatlarida davlat arxivlari mavjud, rayon arxivlari o`z qo`li ostidagi barcha muassasa va tashkilotlardagi davlat ahamiyatiga ega bo`lgan hujjatlarni yi\ib oladi va ma`lum muddatdan so`ng VDA lariga, ular esa o`z navbatida respublika davlat arxivlariga yoki boshqarmaning vazirliklariga ular ham o`z navbatida bir qancha muddat saqlaganlaridan so`ng, O`zRMDAga topshiradi. O`zbekiston O`zRMDAdagi hujjatlar o`z ahamiyatiga qarab bir umr yo bir necha yil saqlanadi yoki yoqib tashlanadi.

Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling