Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”


Download 494 Kb.
bet9/21
Sana01.04.2023
Hajmi494 Kb.
#1316180
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)

Mahmud +osh\ariyning «Devoni lu\otit-turk» nomli noyob asarida o`zbek xalqining eng qadimgi turkiy tilda gapiruvchi ajdodlaridan biri bo`lgan chigil qabilalari Iskandar Zulqarnayn yurish qilgan davrdayok ko`p nufuzli etnografik guruhlardan hisoblangani haqida ma`lumot beradi.
XI asrning etuk shoiri va olimi YUsuf Xos Xojib tomonidan yaratilgan o`z davrining zo`r badiiy asari hisoblangan «+utadgu bilik»ning ana shu chigil qabilalari tili asosida yozilganini va bunday ajoyib asar agar uzoq asrlar davomida iqtisodiy, madaniy birlik negizida dunyoga kelgan umumiy bir til bo`lmagan holda, paydo bo`la olmasligini ham e`tiborga olsak, u vaqtda o`zbek xalqining tili nihoyatda uzoq tarixga ega ekanligiga ishonchimiz komil bo`ladi.
Mahmud +osh\ariyning aytishicha, ilk o`rta asrlarda ham turkcha ham su\diycha so`zlaydigan, ya`ni ikki tili bo`lgan va faqat turkcha gapiradigan kishilarning juda ko`pligini, lekin faqat su\dcha so`zlaydigan kishilarning mutlaqo yo`qligini hamda turkiy tillar eski tillarni siqib chiqarganligini aytadi. Demak, o`zbek xalqi eramizdan avvalroq, muayyan bir hududda o`ziga xos moddiy va ma`naviy birlik yaratib, asta-sekin til jihatidan ham umumiylikka erisha boshlagan. Natijada XI-XII asrlarga kelib, o`zbek xalqi asosan shakllanadi.
O`zbek xalqining ajdodlari to`\risidagi ma`lumotlar jada ko`p manbalarda uchraydi.
+adimgi xorazmiylar, so`\diylar, sak va massagetlar haqidagi ma`lumotlar antik davr mualliflari-miletlik Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian va Ptolomey asarlarida, qadimgi forsiy yozuvlar va muqaddas kitob-«Avesto»da mavjud.
Eramizdan oldingi II asrlarda yashagan Xitoy elchisi va sayyohi CHjan TSzyanning Dovon va +an\ davlatlari haqida qoldirgan ba`zi ma`lumotlari ham etnografik jihatdan diqqatga sazovor.
Arab istilosidan keyingi asrlarga oid etnografik ma`lumotlar mahalliy va arab sayyohlarining asarlarida mavjud.
IX-XII asr mualliflaridan Ibn Xurdadbeh al-Balxiy, al-Istaxriy, ibn Havqal, Mas`udiy YOqut singari yirik geograf va sayohatchilar, mahalliy mualliflardan faylasuf, musiqashunos Abu Nasr Forobiy, mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy va buyuk tabib Abu Ali ibn Sino, etnograf, geograf, tarixchi olim Abu Sa`d Abdulkarim ibn Muhammad Sam`oniy hamda noma`lum muallif yaratgan «Hudud ul-olam» nomli asarlarda O`zbekiston hududida o`sha davrda yashagan aholi to`\risida ba`zi etnografik lavhalar keltirilgan.
Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda o`lkamiz yirik madaniyat markaziga aylandi va uning boshqa mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalari kuchaydi. Bu davrga oid qiziqarli ba`zi etnografik ma`lumotlarni ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixoning asarlarida, Nizomiddin SHomiy,. Abdurazzoq Samarqandiy kitoblarida uchratish mumkin.
Yirik davlat arbobi, shoir Z.M.Boburning «Boburnoma» asarida ham muhim etnografik ma`lumotlar ko`plab keltiriladi.
XVI asr boshlaridagi ko`chmanchi o`zbeklarning etnik tarkibi, joylashgan hududi, turmushi va urf-odatlari haqida Ma`sud ibn Ko`histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy», Kamoliddin Binoiyning «SHayboniynoma» va Fazlulloh Ro`zbehonning «Mehmonnomai Buxoro» nomli asarlarida qimmatli ma`lumotlar keltirilgan.
Binoiyning «SHayboniynoma» asari 1450-1505 yillar ichida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni qisqa va aniq bayon etgan. U muhim geografik ma`lumotlar, ya`ni Sirdaryoning o`rta oqimida joylashgan Sayram, Si\noq, Arquq, O`tror, Turkiston, O`zgan, Oqqo`r\on va Xorazmga tobe shaharlardan Urganch, Buldumsoz, Adoq va boshqalar haqida ham ma`lumotlar beradi.
Markaziy Osiyoning XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning boshlaridagi tarixini o`rganishda Ro`zbehonning «Mehmonnomai Buxoro» asari zo`r qimmatga ega. Asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Dashti +ipchoq, Turkiston va +ozoq ulusining geografik holati, o`zbek va qozoqlarning kelib chiqishi, etnik tarkibi, turish-turmushi, urf-odati, shuningdek, zodagonlarning xo`jalikda qul mehnatidan foydalanish usullari haqida benihoya qimmatli ma`lumotlar uchraydi.
O`rta Osiyo hududida o`zbek xonliklari paydo bo`lganidan keyin, markazlashgan Rus davlati bilan muntazam ravishda savdo-sotik, diplomatik munosabatlar o`rnatila boshlanadi. Bu an`anani Angliya savdo kompaniyasining vakili Antoni Jenkinson boshlab berdi. U o`z maqsadiga erisha olmagan bo`lsada, bu o`lkalar haqida anchagina ma`lumotlar to`plab bordi.
Buxoroga rus elchisi bo`lib kelgan Florio Beneveni Xivaga borib, bu mamlakat to`\risida qimmatli goegrafik ma`lumotlar qo`lga kiritgan. Ko`hna Xorazm aholisining XVIII asr o`rtalaridagi turmushi to`\risidagi muhim etnografik ma`lumotlarni 1740-1743 yillarda tashkillashtirilgan Dmitriy Gladishev va Ivan Muravin boshchiligidagi Orol dengizi va Xiva ekspeditsiyasi hamda 1753 yilda Samara savdogari Danil Rukavkinning Xivaga qilgan sayohati davrida to`plangan materiallardan olish mumkin.
1774 yilda Orenburg cho`llarida qozoqlar tomonidan asirga olingan rus unter-ofitseri Filipp Efremov asirlikdan qochib, +o`qon, Mar\ilon, +osh\ar, YOrkent, Tibet, Hindiston va Angliya orqali 1782 yilda Rossiyaga qaytib boradi va ko`rgan bilganlarini yozib qoldiradi.
1781 yilda Buxoroga elchi bo`lib kelgan Bekchurin va 1794-1798 yillarda Buxoroga sayohat qilgan T. Burnashevning hikoyalarida ham ma`lumotlar keltirilgan. SHu davrdagi Xiva xonligiga oid tarixiy va etnografik ma`lumotlar xonning taklifi bilan Xorazmga kelgan mashhur ko`z doktori, mayor Blankennagemning yozib qoldirgan xotiralarida ham mavjud.
O`zbek xalq etnografiyasiga oid materiallar to`plash davri XIX asrda boshlanadi. XIX asrning birinchi yarmidan N.N.Murav’yov, A.F.Negri, N.V.Xanikov, P.I.Danilevskiylar xotiralari o`lkamiz xalqlari etnografiyasini o`rganishdagi dastlabki ilmiy qadamlar bo`ldi. N.N. Murav’ev o`z taassurotlarini asar qilib chiqaradi.
N.N. Murav’ev asarining ba`zi boblarida bevosita o`zbeklarning tabiati, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari, ma`rifati, kiyim-kechagi, uy-ro`z\orlari, uru\-aymoqchiligi kabi sof etnografik ma`lumotlar keltirilgan. Uning aytishicha, Buxoro tomondan kelgan o`zbeklar asosan 4 toifadan: qiyot–qo`n\irot, uy\ur-nayman, qan\li-qipchoq, nukus-man\itlardan iborat. Har bir toifa mustaqil hokim-inoqga ega, ularning eng kattasi qiyot-qo`n\irot inoqidir.
1820 yilda Buxoroga jo`natilgan A.F. Negri boshchiligidagi diplomatik missiya qatnashchilaridan e.A.Eversman, X.Pander, P.YAkovlev, Budrin va polkovnik Meyendorflarning kitob va xotiralari boy tarixiy etnografik ma`lumotlarga ega. G. Meyendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat» nomli kitobida Buxoro xonligining geografik o`rni, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat tuzilishi va aholisi, mash\ulotlari, qishloq xo`jaligi, su\orish sistemasi, hunarmandchiligi, ichki va tashqi savdo, oila va xotin-qizlarning turmushi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Bu sohada, ayniqsa, 1833-1841 yillarda Orenburg gubernatorining maxsus topshiri\iga binoan ishlagan V.M.Dollning bergan ma`lumotlari diqqatga sazovordir.
1840-1850 yillar ichida Markaziy Osiyo etnografiyasini ilmiy jihatdan o`rganishda aka-uka Nikolay va YAkov Xanikovlarning xizmati katta bo`lgan.
YAkov Xanikovning 1851 yilda nashr qilingan «Orol dengizi va Xiva xonligi kartasiga muhokama» asarida etnografiyaga alohida e`tibor berilgan. N.Xanikov 1843 yilda Buxoro xonligi haqida ilmiy asarni nashr qildirishga muyassar bo`ladi.
Etnografiyaga oid muhim ma`lumotlar 1843 yilda Xiva xonligiga diplomatik missiya tarkibida kelgan polkovnik G.N. Danilevskiy asarlarida ham uchraydi.
1858 yilda N.L. Ignat’ev boshchiligidagi Xiva va Buxoroga yuborilgan yirik diplomatik missiya ham ancha samarali ish olib borgan.
Turk tillarini yaxshi bilgan, mashhur mojar sharqshunos olimi Xerman Vamberi 1863 yili darvesh libosini kiyib, savdo karvoni bilan Xiva. Buxoro, Samarqand va boshqa O`rta SHarq mamlakatlariga sayohat qildi. Sayyohning bu o`lkalar haqida yozgan asarlarida mahalliy aholi, shu jumladan, o`zbek xalqi etnografiyasiga oid qiziqarli ma`lumotlar bor. U o`zbek uru\lari haqida gapirib, birinchi bo`lib o`zbek so`zining kelib chiqishi haqida mulohaza yuritadi. Volga bilan Orol dengizi orasida yashovchi turk-mu\ul qabilalarida Jo`ji sulolasining to`qqizinchi hukmdori bo`lgan O`zbekxon ismiga nisbat berib, o`zlariga bir siyosiy qo`shma nom, o`zbek nomi bilan qabul qilganlar, deb yozadi. U 32 o`zbek qabilalarining ro`yxatini beradi. Ularning kiyim-kechaklari, taomlari, o`yin va musiqa asboblari, urf-odatlari va diniy marosimlari to`\risida hikoya qiladi.
XVI-XIX asr o`rtalarigacha bo`lgan davr ichida mahalliy mualliflar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlarda ham ba`zi bir muhim etnografik lavhalar bor. Iste`dodli shoir va musiqashunos Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asari Markaziy Osiyo, shuningdek, qisman Af\oniston va eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Asar etnografik ma`lumotlarga ham boydir. O`zbek xalqi tarkibiga kirgan uru\ va qabilalar to`\risida ma`lumot beriladi.
Abul\ozining chet tillarga tarjima qilingan «SHajarai Turk» va «SHajarai Tarokima» kabi asarlari ham qimmatli manbadir.
Mashhur o`zbek tarixchilari SHermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy va Muhammad YUsuf Bayoniylarning «Firdavs-ul-iqbol»; Riyoz-ut–davla», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davla», «SHamsul-iqbol», «SHajarai Xorazmshohiy» kabi asarlarida XVII asrning II yarmidan to XX asr boshlarigacha Xorazm va qo`shni hududlarida ruy bergan tarixiy voqealar yuksak mahorat bilan tasvirlangan. O`zining boy mazmuni, iqtisodiy, ijtimoiy ma`lumotlarining ko`pligi va rang-barangligi bilan ajralib turgan bu tarixiy asarlar o`sha davrdagi o`zbek xalqi etnografiyasini o`rganish uchun muhim manba bo`la oladi.
O`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish bilan shu\ullangan M.P. Ostroumov, M.S.Likoshin singari tadqiqotchilar mustamlakachilik ma`murlarning xizmatchilari bo`lib, o`z asarlarida chorizmning mustamlakachilik siyosatini tar\ib qildilar. Ularning asarlarida o`zbek jamoalarining turmushi, madaniy hayotiga doir faktlarga asoslangan bir qancha diqqatga sazovor materiallar uchraydi.
A.P. Fedchenko ham o`z rafiqasi bilan birga, o`zbek xalq etnografiyasiga oid juda ko`p ma`lumotlar to`plagan va «+o`qon xonlari» asarini yozgan. etnografiya materiallarini keng ommaga etkazish va ularni saqlab qolishda ilmiy jurnallar, statistik boshqarmalarning to`plamlari hamda «Turkestanskie vedomosti» gazetasining xizmatlari katta bo`ldi.
SHunday qilib, XIX asrning II yarmi XX asr boshlarida o`zbek etnografiyasini o`rganishda ilmiy jihatdan diqqatga sazovor bir qancha ishlar yaratilib, tadqiqotchi olim va o`lkashunoslar safi kengaydi. Ular o`z asarlarida o`zbek va boshqa Osiyo xalqlari ma`naviy-ma`rifiy turmushining xususiyatlari, urf-odatlari, urug-aymo\lari va qabilachilik tuzumi, diniy e`tiqodlari va boshqa etnografik xususiyatlarini ta`riflash bilan birga, ularning ma`nosini ilmiy jihatdan sharxlashga intilganlar, lekin o`z davrining hukmron ideallari ta`sirida bo`lgan bu tadqiqotlar bir muncha nuqsonlardan xoli emas, albatta.
Ijtimoiy masalalarni sharhlashda tadqiqotchilarning ojizligi, sub`ektida irqiy kontsessiyalarning hukm surganligi, ularning ko`p asarlarida ham o`z asosini topgan.
1918 yilda tashkil qilingan Turkiston xalq universitetida o`zbek etnografiyasidan maxsus kursning o`qitila boshlanishi Turkiston hududida etnografik tadqiqotlar o`tkazishga katta e`tibor berilganligidan dalolat beradi.
XX asr 30-yillariga kelib atokli olimlardan S.P.Tolstov va L.P.Potopovlar o`zbeklar xalqlarining etnografiyasini o`rganish ishlarini jonlantirib yubordilar.
Xorazmda chorak asrdan ham ko`p vaqt ish olib borgan S.P. Tolstov rahbarligidagi arxeolog-etnograflarning kompleks ekspeditsiyasi O`zbekiston xalqlarining turmush va madaniyatini o`rganishda yangi saxifa ochdi. Bu ekspeditsiya, asosan qadimgi Xorazm madaniyati yodgorliklarini o`rganish bilan birga Xorazm voxasidagi o`zbeklarning etnografiyasini ham tekshirdi. II jahon urushidan keyingi davrda ekspeditsiya tarkibida ikki o`zbek etnografiya otryadi tuzildi. Ular shimoliy o`zbeklar etnografiyasi va janubiy o`zbeklar etnografiyasi otryadi edi.
Xorazm ekspeditsiyasi O`zbekiston hududida yashovchi, lekin inqilobdan ilgari butunlay unutilib ketgan qoraqalpoq xalqlarini o`rganish sohasida ham katta ishlar kildi. ekspeditsiyaning +oraqalpo\iston otryadiga atoqli etnograf T.A.Jdanko rahbarlik qildi. Bu olim qoraqalpoqlarning tarixiy etnografiyasiga ba\ishlangan ajoyib asar yozdi. Otryadda mahalliy etnograflardan S.Kamolov, Pusbergenov va SHelikenovlar ishtirok etdilar.
Atoqli tarixchi-etnograflar A.YU.YAkubovskiy, A.A..Semyonov va P.P. Ivanovlar o`zbek xalqining kelib chiqishi va etnik tarkibi masalalariga o`zlarining chuqur mazmunli asarlarida keng o`rin berganlar. Bu muhim masalalarni yoritishda R.G. Mukminova va B.A. Axmedovlar ham ma`lum hissa qo`shganlar. Tarix va arxeologiya sohasida qilingan ilmiy ishlardan keng foydalangan M. Vahobov o`zbek xalqi etnografiyasiga oid asarni yaratdi.
Milliy masala har doim dolzarb bo`lib kelgan. Har bir xalqning milliy shakllanishi, etnik umumiyligi va xususiyatlari, o`zaro yakinlashuvi kabi masalalarni chuqur tushunish uchun ayrim etnografik guruhlarni har tomonlama o`rganish zarur. O`zbeklarning ayrim qabila va uru\larini tadqiq qilishda etnograflardan V.G.Mashkova, K.L.Zadixina, K. SHoniyozov, T, Fayzievlarning ilmiy ishlari diqqatga sazovor.
O`zbekiston tarixiga oid ko`p tomli yirik ilmiy asarni etnografiyaga ba\ishlangan bo`limlari fanning so`nggi yutuqlari asosida mutaxassis tadqiqotchilar tomonidan yozilgan «Jahon xalqlari» seriyasida bosilib chiqqan ikki tomli «O`rta Osiyo va Kozo\iston xalqlari» nomli monumental ilmiy asar deyarli butun etnografik tadqiqotlarining yutuqlarini o`zida mujassamlashtirgan. Asarning «O`zbeklar» nomli bobini yozish va tahrir qilishda mahalliy etnograflardan O.A. Suxareva, M.A. Bekjonova, I. Jabborov va boshqalar qatnashgan.
O`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish mustaqillik qo`lga kiritilgandan so`ng yangi bosqichga ko`tarildi.
Endilikda o`zbek etnograflari oldida insoniyatning porloq kelajagi bo`lgan yosh avlodni o`lka tarixiga e`tiborli va muhabbatli bo`lish kabi his-tuy\ularni singdirish mas`uliyat turibdi.

Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling