Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”
Download 494 Kb.
|
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro – 2011 - 1-Mavzu : O`ZBEKISTONNING GEOGRAFIK HOLATI VA TABIIY IQLIM SHAROITLARI
1.O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”oquv ishlari Prorektori prof: D.Q.Durdiyev 10 yanvar 2011 yil TARIXIY O`LKASHUNOSLIK FANIDAN O`QUV - USLUBIY MAJMUA Buxoro Davlat universiteti bakalavriat 5220200 tarix ta`lim yo`nalishi talabalari uchun Buxoro – 2011 - 1-Mavzu : O`ZBEKISTONNING GEOGRAFIK HOLATI VA TABIIY IQLIM SHAROITLARI .REJA:1. Kirish. 2. O`zbekiston-insoniyat tsivilizatsisining qadimgi o`choqlaridan biri. 3. O`lkashunoslikning rivojlanish tarixi. Xozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bulgan dikkat-e`tibor nixoyatda kuchaygan bir davrda, Uzbekiston xududlari eng kadimgi davrlardan boshlab jaxon tsivilizatsiyasining uchoklaridan biri ekanligiga xech kanday shubxa kolmadi. Undan tashkari, nafakat Uzbekiston, balki, butun Urta Osiyo xududlarida olib borilayotgan keng mikyosdagi tadkikot ishlarining natijalari xam Vatanimizning jaxon tsivilizatsiyasida tutgan yukori urnini yana bir bor tasdiklaydi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalklarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iktisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuklari xamda tarakkiyot boskichiga kutarilishini tsivilizatsiya tushunchasi uzida aks ettiradi. Bu tarakkiyot boskichi insonning paydo bulishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, kabilalar va xalklar urtasidagi uzaro munosabatlar bilan izoxlanadi. Urta Osiyo tsivilizatsiyasi turli xududlarda turli davrlarda paydo buldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy xududlarda yashagan kadimgi kabilalar miloddan avvalgi YI ming yillikdayok dexkonchilikka utib, unumdor xujalikni rivojlantirgan bulsa, bu davrda shimoliy xududlardagi kabilalar asosan ovchilik, balikchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shugullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy-geografik sharoitlar va uzaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin. Bu urinda Urta Osiyoning chul va dasht xududlari xamda togoldi va daryo voxalari xududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni takkoslab kurish (Kopetdog, Xisor, Zarafshon tog oldi xududlari xamda Kizilkum, Korakum, Kashkadaryo va Zarafshon voxasining dasht xududlari) muximdir. Undan tashkari Urta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan kadimgi axolining neolit davridayok, ya`ni, miloddan avvalgi YI-IY ming yilliklardagi uzaro munosabatlari va bu axolining SHarkdagi, dastavval, Old Osiyodagi boshka kadimgi tsivilizatsiya uchoklari bilan uzviy alokada bulishi xam maxalliy tsivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta`sir kursatgan.Urta Osiyo xududida ibtidoiy jamoa tuzumi. Antropogenez jarayonlari. Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyati tarakkiyotidagi eng uzok davom etgan va eng kadimgi davridir. Bu davrni yozma manbalar asosida urganib bulmaydi. SHuning uchun xam bu davrni chukur urganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning axamiyati bekiyosdir. Kadimgi odamlar uz faoliyati davrida atrof muxitga ta`sir kursatib, kundalik xayotda uziga zarur buladigan mexnat kurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshpanalar kurganlar. Uz navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta`sir kursatgan. Xozirgi paytda Urta Osiyo xududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining aloxida boskichlari kuyidagi davrlarga bulinadi: 1. Paleolit ("palayos"- kadimgi, "litos" - tosh) davri; bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi; a) ilk paleolit- Ashel’ davri, 800-100 ming yilni uz ichiga oladi; b) urta paleolit - Must’e davri, milloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar; v) sunggi paleolit - miloddan avvalgi 40-12 ming yillik. 2.Mezolit ("mezos" - urta , "litos" - tosh) miloddan avvalgi 12- 7 ming yilliklar. 3. Neolit ("neos" - yangi, "litos" - tosh) - miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar. 4.Eneolit (mis - tosh davri) - miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikning boshi. 5.Bronza asri - miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar. 6.Temir davri - miloddan avvalgi 1- ming yillikning boshlaridan. Uzbekiston xududlaridagi eng kadimgi odamlarning manzilgoxlari Fargona vodiysidagi Selungur, Toshkent viloyatidagi Kulbulok, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan kupol kurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bulib ov kilish bilan shugullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jixatdan xam, akliy jixatdan xam xozirgi odamlardan fark kilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bulib, unda tayyor bulgan maxsulotlarni uzlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dexkonchilikni va na chorvachilikni bilganlar. Urta paleolit davri makonlari Toshkent voxasidagi Obiraxmat, Xujakent, Samarkanddagi Omonkuton, Boysun toglaridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Obiraxmat makoni yoysimon shaklda bulib, bu erda 10 m kalinlikdagi 21 ta madaniy katlam aniklangan topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, utkir uchli sixchalar, kirgichlar uchraydi, shuningdek, turli xayvonlar suyaklari xam kupchilikni tashkil etadi. YAna bir mashxur yodgorlik Teshiktosh gor makoni bulib bu erdan turli-tuman kurollar va xayvon suyaklaridan tashkari, 9-10 yashar bolaning kabri kazib ochilgan. Kabrdagi murdaning yoniga turli tosh kurollar va arxar shoxi kadab kuyilgan. Urta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mexnat kurollari takomillashib turmushida yangi unsurlar paydo bula boshlaydi. eng muximi, ibtidoiy tudadan urugchilik jamoasiga utish boshlanadi. SHimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar uchoklar atroflarida tuplanib ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bulib ov kilish paydo buldi. Sunggi paleolit kadimgi tosh asrining sunggi boskichidir. Bu davrga oid makonlar Oxangarondagi Kulbulok, Toshkentning garbidagi Buzsuv 1, xamda Samarkand shaxridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida kirgichlar, kesgichlar, sixchalar, pichok, boltalar kabi kurollar bor. Bu davrga kelib odamlar fakat togli xududlarga emas, tekisliklarga xam tarkala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugi urugchilik tuzumiga (matriarxat)utilishidir. Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machay gori-makonidan, Markaziy Fargonaning kupgina yodgorliklaridan topib urganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga kaytadi. Xayvonot va usimlik dunyosida katta uzgarishlar sodir buladi. Insoniyat undagi dastlabki murakkab moslama - uk-yoyni kashf etadi. Mezolit davri kurollari paleolitga nisbatan ixchamligi va sifatliligi bilan fark kiladi. Mezolit davri kabilalari asosan ovchilik va termachilik xujaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki xayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi. Neolit davriga kelib kadimgi kabilalar xayotida katta - katta uzgarishlar sodir buladi. Bu davr odamlari aksariyat xollarda daryo soxillari va tarmoklari yokasida, kullar buylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chikib, balikchilik va ovchilik yoki dexkonchilik va chorvachilik xamda kisman xunarmandchilik bilan shugullanganlar. eng katta yutuklardan biri - kulolchilikning paydo bulishidir. SHuningdek, bu davrga kelib tukimachilik va kayiksozlik xam paydo buladi. Neolit davri kabilalari xujalik shakllariga karab kuyidagi madaniyatlarga bulinadi: Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Xisor madaniyati. Joytun madaniyati. Janubiy Turkmaniston xududidagi mil. avv. YI-Y ming yilliklarga oid madaniyat. Bu erdan Urta Osiyodagi birinchi paxsa uylar koldiklari, sopol idishlar namunalari aniklangan. Axolisi asosan dexkonchilik, chovachilik va kisman ovchilik bilan shugullangan. Kaltaminor madaniyati. Kadimgi Xorazm xududidan topilgan bulib mil.avv. Y-IY ming yilliklarga oiddir. Kaltaminorga oid makonlar dastlab Amudaryo etaklari va Xorazm xududidan topilgan. Bular orasida Xorazmdagi YOnboshkal`a makoni dikkatga sazovor. Bu erni kazish vaktida chayla shaklidagi makon ochilgan. Bu makon yogoch ustun, sinchlar bilan kutarilgan. Ustiga kundalang yogochlar tashlanib, kamish bilan berkitilgan. CHayla urtasidan katta markaziy uchok koldigi, atrofida mayda uchok koldiklari ochilgan. Makondan nayza-paykonlar, kamon uklar uchlari va boshka tosh kurollar topilgan. Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar Zarafshon etaklaridagi Darvozakir makonidan topib urganilgan. Xisor madaniyati. Bu madaniyat tog madaniyati bulib, Tojikistonning garbidan Xisor Bobotog oraligidan topib tekshirilgan. Xisor madaniyatiga mansub yodgorliklar 200 dan ziyoddir. Xisorliklar sopol idishlar yasab, ovchilik, chorvachilik, kisman termachilik bilan shugullanganlar. Markaziy Osiyo - kadimgi tsivilizatsiyaning uchoklaridan biri ekanligini tarixiy faktlar tasdiklab turibdi. Xalkimizga inson farzandiga, el-yurtga xurmat va insoniyatga bulgan ulug muxabbat goyasi xar doim baland bulgan. Bu goyalar asosida insonlarni bir-biriga yakinlashtiruvchi, tengma-teng kuyuvchi insonparvarlik yotadi. Kuxna utmishimizga nazar solsak buning guvoxi bulamiz. Bu boradagi ilk manba - zardushtiylikning mukaddas kitobi "Avesto"dir. Usha davrda yangi diniy - falsafiy, xukukiy ta`limot sifatida "Avesto" xalk va davlat uchun siyosiy, iktisodiy, ma`naviy, xukukiy tafakkur mezoni xamda amaliyot uchun manba bulib xizmat kilgan. Biz yukorida yurtimiz xududida paydo bulgan dastlabki davlatlar tugrisida tuxtalib utgan edik. Bu davlatlar tugrisida ilk manba sifatida zardushtiylik dinining mukaddas kitobi "Avesto"ni xam kursatish mumkin. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "Avesto" bundan XXX asr mukaddam ikki daryo oraligida, mana shu zaminda umrguzaronlik kilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga koldirgan ma`naviy tarixiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu kadim ulkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bulganligidan guvoxlik beruvchi tarixiy xujjatdirki, uni xech kim inkor etolmaydi" deganlarida yuz foiz xakdirlar. (I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. T., 1998, 10-bet) "Avesto" Urta Osiyoning tarixan ajralmas kismi Turonzamin xududlarida shakllangan eng kadimiy din - zardushtiylikning mukaddas kitobidir. Unda nafakat uzbek xalkining balki tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afgon va boshka xalklarning ibtidoiy va kadimiy iloxiy tasavvurlari, koinot va Erdagi dunyoning yaratilishi bilan boglik tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-axlokiy karashlar uz aksini topgan. Diniy rivoyatlarga kura, Zardusht Navruz kunlarning birida koxinlar boshchiligida mukaddas ichimlik bulgan "Xaoma" tayyorlashga kirishgan. erta tong pallasida u daryodan suv olish uchun kirgokka tushgan. Suv olib bulgach, bir yula taxoratini yangilayotgan zardushtning kuziga kirgokda turgan porlok xilkat - "Voxumana" kurinadi va uning sexrli nuriga ergashadi. Nixoyat u ezgu va ulug xudo Axuramazda xuzuriga boradi. Axuramazda uzining butun borlikni yaratgan xudo ekani xakidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. (Zardusht bu vaktda 40 yoshda edi). SHu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining paygam bariga aylandi. Zardusht avvalgi kupxudochilik diniy tasavvurlarga va tabiat xodisalariga siginish e`tikodlariga karshi chikib, yakkaxudochilikka asoslangan kitobiy din - zardushtiylik diniga asos soldi. SHuni aloxida aytib utish kerakki, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar urnini sinfiy jamiyat, kadimiy davlatchilik asoslari egallayotgan davr edi. CHunki kabilaviy-maxalliy dinlar jamiyat tarakkiyotining bu yangi boskichiga tuskinlik kilayotgan edi. jamiyat tarakkiyotining yangi boskichi uzining tula shakllanishi uchun yangi goya, kuchli mafkuraga muxtoj edi. Bundan tashkari bu murakkab davrda ulkaning tula kabalalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik goyasi atrofida birlashtirish zarur edi. SHuni aloxida ta`kidlash joizki, zardusht yashagan zamonda Markaziy Osiyoda kuchmanchilikka asoslangan turmush tarzi emirilib, utroklikka asoslangan turmush tarzi karor topayotgani, sugoriladigan dexkonchilik xamda chorvachilik, xunarmandchilik keng tarakkiy etayotgani, yangi shaxarlar, kishloklar bunyod bulayotganligi, utroklik turmush tarzi xar jixatdan afzalligi kurilayotgan edi. Xalklarning turmush tarzini barkaror kilish, boskinchilik tusini olgan kuchmanchilikka karshi kurash xayotiy extiyojga aylandi. Xozirgi kunda otashparastlarning ajdodlari Xindistonning Bombey va Gujarot viloyatlarida yashab kelmokdalar. Ular forslar (ayrim adabiyotlarda perslar) deb ataladi. Ularda xozirgi kunda xam "Avesto" saklanib kelinmokda. Birok "Avesto" tula saklanib kolmagan. Uning 21 kitobidan diniy marosimlar utkaziladigan va eng zarur deb xisoblangan, diniy jamoalar yod oladigan kismlarigina saklanib kolgan, xolos. "Avesto"ning 4 ta kitobi saklanib kolingani bizga ma`lum. "Avesto" xakidagi muxim manba IX asrga oid "Denkard" (din amallari) asaridir. Unda "Avesto"ning 21 kitobi tula ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar: savobli ishlar yuriknomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar koidasi, zardushtiylik ta`limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi, oxirat kuni va undagi xisob-kitob, falakiyot, ijtimoiy-xukukiy konun-koidalar, zardushtning tugilishi, bolaligi, xak yulini tutishi, jamiyat a`zolarining xak-xukuklari, devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga karshi ukiladigan duolar, amallar va boshkalardan iborat. Zardushtiylik dini xakida ingliz olimi Dj. Buger, frantsuz olimi A.Dyupperon juda kimmatli ma`lumotlar koldirgan. A.Dyupperon 1755 yilda Xindistondagi zardushtiylar orasida 3 yil yashab, ularning ibodatlari, urf-odatlarini urgangan va "Avesto"ning 3 jildlik tarjimasini frantsuz tilida 1771 yilda nashr ettirgan, yana shuni ta`kidlash lozimki, olimlarning fikri "Avesto" Garbiy Evropa, eron, Xindiston tillari orkali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, terminlar aksariyat xollarda asliga tugri kelmaydi. Bu dinning ta`limotiga kura, xudo Axuramazda "Oliy ibtido"dir. U xamma mavjudotni yaratuvchi va boshkaruvchi Oliy rux Axuramazdaning 6 nafar eng yakin yordamchisi bulgan. Bular - Voxu Manax (ezgu fikr) poda va chorvani boshkargan; Asha Vaxishta (yuksak xakikat) olovni boshkargan; Xsharta Var’ya (munosib kudrat, xokimiyat) ma`daklarni boshkargan; Sienta Armati (mukaddas itoat) erni boshkargan. Xarvatat (salomatlik) suvlarini boshkargan; Ameretat (mangulik) usimliklarni boshkargan. (Jaxon dinlari tarixi. 69-bet) ezgulik va baxt-saodatga erishish yulida xalol mexnat kilish, adolat va xakguylik Axuramazda ta`limotining asosiy goyasidir. Zardushtiylik iymoni 3 tayanchga - fikrlar sobitligiga, suzning sobitligiga, amaldorlarning insoniyligiga asoslangan. Zardushtiylar butun umri davomida ushbu uchlikni uzida mujassam etmogi kerak bulgan. Ana shundagina kalbi pokiza, ruxi madadkor, tafakkuri soglom buladi. Bolalarga 7 yoshdan diniy tarbiya berish yulga kuyilgan. Tar- biyaning asosiy maksadi bolalarda yaxshilik va ezgulikka xayrixox bulish, yovuzlik va yomonlikka nafrat uygotish bulgan. Zardushtiylikda ma`rifat va bilimning kuchiga e`tikod kilinadi va jamiyat xayotida xam okibat natijasida ma`rifat yutib chikadi. "Avesto"da dexkonchilik mexnati ezgulik namoyon bulishining shaklidir. Unda mexnatdan buyin tovlaganlar xor-zor bulishi ta`kidlanib, inson- larni ulug mexnatsevarlikka chorlaydi. Jamiyatning asosi oiladir."Avesto"da oila boshligi "nmanapati" shaklida berilgan. "Avesto"da shuningdek jamiyatdagi mulklar, ijtimoiy, iktisodiy masalalar xam keng urin berilgan. Masalan, "Avesto"da "aza- ta" atamasi bor, u erkin, mu`tabar odam ma`nosini beradi. "Asna" atamasi esa jamoa uluglari, erkin, jamoa a`zosi ma`nosida kullanilgan. Kitobda boylik xayvon bilan xisoblangan. Boylik atamasi "gayta" deb berilgan. SHuningdek, biz yukorida "Avesto"da oila a`zolari tugrisida xam keltirilgan atamalarni keltirgan edi. Urug jamoasi "Avesto"da jamiyat iktisodiy asosini tashkil etgan. U barcha muxim siyosiy, ijtimoiy, xukukiy vazifalarni ba- jargan. Jamoani boshkarish xarbiy demokratiya printsiplariga asos- langan. Vis (urug, kishlok) tepasida vispati (boshligi) turgan. Kabila atamasi "Avesto"da Zantu deb berilgan kabila boshligi Zantupatidir. "Avesto"da visdan yukori turuvchi xududiy birlik "dax’yu" deb atalgan. "Dax’yu" - bu viloyat, yirik okrugdir. Dax’yu boshligi "dax’yupati" bulib, xukmdor, viloyat boshligi ma`nosida uchraydi. Ana shunday atamalardan yana biri "sistar" bulib, viloyat boshligi xokim ma`nosini anglatadi. Uning vazifasiga xarbiy ku- mondonlik, ulkani boshkarish kirgan. Kadimgi manbalarda "Kadimgi Baktriya podsholigi" "Kadimgi Xorazm" podsholigi xakida ma`lumot- lar bor. Olimlarning fikricha bu davlatlar tepasida Dax’yu sasti turgan. Ammo u mutlak xokimiyatga ega bulmagan. U dax’yu xokimla- ridan iborat bulgan kengashni boshkargan. Demak, bir necha viloyat- lar uyushmasi vujudga kelgan va uni dax’yu sasti boshkargan. Bu uyushmaning diniy boshligi, oliy sud’yasi xam bulgan. U Zaratushtro- ema deb atalgan. Xulosa kilsak, "Avesto" mil.av. IX-VII asrlar- dagi jamiyatning ijtimoiy tarkibi xakida ana shunday tasavvurni beradi. SHuningdek, yukoridagi fikrlardan kelib chikib mil.av. I ming yillikning I-choragida Urta Osiyo sharoitida ibtidoiy jamoa xayotida yangi ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotganligini kurishimiz mumkin. Kelajagi buyuk xisoblanmish Uzbekiston farzandlari ana shu aj- dodlarimizning buyuk tafakkuri, insoniyligini, avlodlarga kol- dirgan buyuk ma`naviy merosini kadrlashimiz, avaylashimiz, ularni uzimizda mujassam etishimiz zarur va muximdir. Ma`ruzamizning oxirida xulosa kilib kuyidagi fikr-muloxazalarni bildirishga xaklimiz deb uylaymiz. -Vatanimiz xududida eng kadimgi odamlarning manzilgoxlari Teshiktosh, Sel-Ungurdan topilgan ashyoviy dalillar ya`ni (Fergant- rop) ulkamizda yashagan odamlarning yoshi bir million ekanligi is- botlandi. Bu dalillar Markaziy Osiyo xududida eng kadimgi odam- lar yashagan makoni bulganligini kursatadi. -Markaziy Osiyo xududida urganilgan yuzlab manzilgoxlardan topilgan arxeologik topilmalar, devor suratlari, mexnat kurol- lari kadimgi tsivilizatsiyaning uzok asrlar davomida shakllanib ta- komillashib borgan. -Mamlakatimiz xududida bundan 2500-2700 yillar mukaddam dastlabki shaxarlar: Buxoro, Termiz, Samarkand, Kesh, Toshkent, Xiva kabi shaxarlarga asos solindi. -Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda Markaziy Osiyo xududlarida ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi okibatida sinfiy jamiyat paydo buldi. Bu esa uz navbatida ilk davlat uyushmalari katta Xorazm, kadimgi Baktriya, keyinchalik Sugdiyona, Margiyona, Parkana kabi davlatlarning paydo bulishiga zamin yaratdi. "Avesto" nafakat diniy mukaddas kitob sifatida, balki bu xududda yashagan xalklarning turmushi, axlok odobi, ijtimoiy-ikti- sodiy tuzumi, eng muximi bu zaminda yashagan xalklarning davlat- chiligi xakidagi dastlabki muxim manbadir. Tarixiy o`lkashunoslikning oliy o`quv yurtlari tarix fakul’tetlariga maxsus kurs sifatida kiritilishi bu fanga e`tiborning kuchayib borayotganligidan dalolat beradi. Jamiyat qurilishining hozirgi bosqichida tarixiy o`lkashunoslikning roli va ahamiyati beqiyos oshib bormoqda. O`zbekiston fuqarolarini axloqiy va estetik tarbiyalash, ularni madaniy saviyasini oshirish, ma`naviy boyliklarini ko`paytirish va ulardan keng foydalanish haqida \amxo`rlik qilish, o`lka tarixi hamda unga bo`lgan munosabatlarga ko`p jihatidan bo\liq. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham O`zbekiston fuqarolarining O`zbekiston hududida joylashgan madaniy yodgorliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish, asrab- avaylashlari ta`kidlab o`tilgan. O`lkashunoslik kursi O`zbekiston tarixini, uning madaniy yodgorliklarini o`rganishning eng muhim vositalaridan biridir. O`lkashunoslikning asosiy manbalari: 1. Tarixiy yodgorliklar. 2. Arxeologik yodgorliklar. 3. etnografik yodgorliklar. 4. Toponimik va arxiv hujjatlari. 5. Muzey materiallari. O`zbekiston xalqlari tarixiy va madaniy yodgorliklari jahon madaniy merosining tarkibiy qismi bo`lib, mamlakatimiz xalqlarining jahon tsivilizatsiyasi rivojlanishiga hissa qo`shganligidan dalolat beradi. Mana shunday tarixiy, moddiy va ma`naviy yodgorliklarni har tomonlama chuqur, ilmiy va amaliy jihatdan o`rganadigan fan – bu o`lkashunoslikdir. O`lkashunoslik deganda, ilmiy o`lkashunoslik, jamoat o`lkashunosligi va maktab o`lkashunosligi tushuniladi. 1. Ilmiy, ya`ni davlat o`lkashunosligi bevosita davlat ilmiy tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institutlari, Respublika tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va undan foydalanish, mintaqaviy maxsus muzeylar, Respublika Fanlar Akademiyasi qoshidagi tarix, arxeologiya ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari tomonidan tashkil etilgan respublika va viloyatlarning o`lkashunoslik muzeylari faoliyatlari tushuniladi 2. Jamoat o`lkashunosligiga xalq deputatlari viloyat va tuman ijroiya qo`mitalarining bevosita rahbarligida tegishli joylardagi arxeologik, etnografik, toponimik va arxiv hujjatlari mutaxassislari faoliyati tushuniladi. 3. Maktab o`lkashunosligi-maktablarda tarix va jamiyatshunoslik o`qituvchilarining bevosita faoliyati bilan bo\liq. Maktab o`lkashunosligi ta`lim – tarbiyani turmush bilan, ishlab chikarish bilan uzviy bo\lashdagi eng muhim vositalardan biridir. O`qitish jarayonida o`quv materiallaridan o`rinli foydalanish o`quvchilarning o`z o`lkasining tarixini bilib olishga, mustaqil ijod qilishga bo`lgan qiziqishini orttiradi va kelgusi hayot yo`lini tanlab olishga yordam beradi. Maktab o`lkashunosligi predmetlararo aloqani mustahkamlaydi. Maktab o`lkashunosligi o`quvchilarda o`z vataniga bo`lgan cheksiz mehr – muhabbat uy\otish bilan birga ularni estetik ruhda tarbiyalashga munosib hissa qo`shadi. O`lkashunoslik fani o`z rivojlanish tarixida mashaqqatli va shonli yo`lni bosib o`tdi. XIX asrning o`rtalarida Buxoro amirligining saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan «Gulshan ul – mulk» nomli asari o`sha davr tarixiy manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar tojik tilida yozilgan bo`lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 30 – yillarigacha bo`lgan Buxoro amirligidagi siyosiy voqealar tarixi beriladi. SHu davrda tojik tilida yozilgan ikkinchi yana bir manba saroy tarixchisi Muhammad Mir Olimning «Tarixi amir Nasrullo» nomli asaridir. Bu asar Buxoro amiri Nasrullloning topshiri\i bilan yozilgan. Asar XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida yuz bergan siyosiy kurashlarni, ichki va tashqi voqeliklarni tasvirlash bilan boshlanib, amir Nasrullloning hokimiyatga kelishi, uni dastlabki yillardagi davlatni boshqarishda tutgan siyosati bilan tugaydi. Mulla Ibodulla va Mulla SHariflar tomonidan tojik tilida yaratilgan «Tarixi amir Haydar» nomli qo`lyozma asarda esa ashtarxoniylar bilan man\itlar sulolasi tarixi, Amir SHohmurodning tu\ilishidan boshlab, to Amir Haydarning o`limi(1826)gacha Buxoro amirligida bo`lib o`tgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy holatlarga ham to`xtalib o`tilgan. SHu bilan birga asarda 1820 yilda A.F.Negri boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya haqida ham ma`lumotlar berilgan. Muhammad SHarifning xuddi o`sha davrni aks ettiruvchi «Toji tavorix» (Tarixlar toji) nomli asari maydonga keladi. Asarda CHingizxon va uning avlodlari, shayboniylar, ashtarxoniylar, man\itlar sulolasining tarixi beriladi. XIX asrning 40-yillarida yaratilgan asarlardan biri Muhammad Hakimxon to`raning «Muntaxabad ut- tavorix» nomli asaridir. Asarda XVIII asrning 70- yillaridan to +o`qon xoni Umarxonning vafoti (1822), undan so`ng taxtga o`tirgan Madalixongacha bo`lgan davrdagi +o`qon xonligi tarixiga doir siyosiy voqealar tasvirlangan. +o`qon xonligi tarixiga oid manbalardan yana biri Mulla Avaz Muhammadning fors-tojik tilida yozilgan «Tarix jahonnumai» asari bo`lib, u o`z ko`zi bilan ko`rganlarining bayoni hamda tarixiy manbalar asosida yozilgan ikki kitob va geografik qo`shimchalardan iboratdir. +o`qon xonligi tarixchiligida Mulla Niyoz Muhammadning «Tarixi SHoxruhiy» degan asari ham diqqatga sazovordir. Muallifning bu asari +o`qon xonligining XVIII va XIX asrning 70- yillarigacha bo`lgan tarixiga oid muhim ma`lumotlarga ega bo`lib, shu davrni o`rganuvchi tadqiqotchilar uchun juda qimmatlidir. XIX asrning 1–yarmida Xiva xonligida yozilgan tarixiy manbalardan eng muhimlari Munis va Ogahiy asarlari hisoblanadi. Munis eltuzarxonning topshiri\i bilan o`zining “Firdavs-ul iqbol” nomli mashhur tarixiy asarini yozadi. Munis bu kitobning birinchi qismini tamomlab, ikkinchisini yozayotgan vaqtida to`satdan vafot etadi. Muhammad Rizo Ogahiy Xiva xoni Olloqulixon topshiri\i bilan bu asarni davom ettirib, 1827 yilgacha bo`lgan voqealarni yozadi. Ogahiy bu asarni tugatganidan so`ng, “Riyoz ud- davla” (1826–1842 yillar), “Zubdat ut –tavorix” (1842–1845 yillar voqealar), “Gulshani – davla” (1856–1865 yillar voqealar) kabi tarixiy asarlar yaratadi. Ogahiy “SHohidi iqbol” nomli beshinchi asarini Xiva xoni Muhammad Rahimxon II davriga ba\ishlaydi. O`lkani o`rganishda statistik komitetlar ham muhim rol o`ynaydi. 1868 yil yil yanvarida Turkiston statistika komiteti tuziladi. Komitetning tashabbusi bilan 1872 yil 1 yanvardan boshlab Sirdaryo (Toshkentda), Samarqand (Samarqandda), Far\ona (YAngi Mar\ilonda) viloyatlari statistik eomitet bo`limlari tashkil etiladi. O`rta Osiyo xalqlarining turmushiga ba\ishlangan ilmiy va o`lkashunoslikka doir turli xabarlar (1870 – 1917 yy.) mahalliy matbuotda muntazam bosilib turiladi. 1870 yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi A.Navoiy nomli O`zbekiston milliy davlat kutubxonasi) o`lkani o`rganish bilan shu\ullanuvchi barcha tadqiqotchilar, ayniqsa, mahalliy xodimlar uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Kutubxona ochilishi vaqtida 1700 jild kitob bor edi. 1917 yilga kelib undagi kitoblar soni 80 000 jildga etdi. 1872 yilda A.L.Kun va boshqa rus sharqshunoslari mashhur «Turkiston al’bomi»ni tuzib tamomladilar. Al’bomda 1262 dona rangli surat va fotosuratlar yopishtirilgan bo`lib uning hajmi 447 betdan iborat. O`lkamiz tarixiga oid eng muhim manbalardan biri hisoblangan X asr muallifi Muhammad Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari N.S.Likoshin tomonidan rus tiliga o`girilib, 1897 yilda nashr etilishi (V.V.Bartol’d tahriri ostida) juda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Turkiston ilmiy jamiyatlari o`lka tarixini o`rganishga jiddiy suratda kirishdilar. 1870 yilda O`rta Osiyo olimlari ilmiy jamiyati tashkil etildi. Bu jamiyat o`z oldiga o`lkamiz tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, statistikasi, iqtisodiyotiga oid ma`lumotlarni to`plash, ishlash va tarqatishni maqsad qilib qo`ygan edi. Uning birinchi ochiq majlisi 1871 yil 28 yanvarda bo`lgan. O`lkada faoliyat yuritayotgan Turkiston arxeologiyasi havaskorlari to`garagi a`zolari tomonidan 1895 yil Far\ona to\ tizmalaridagi Saymalitosh degan joyda toshga o`yib solingan juda ko`p suratlarni topilishi fanga muhim ilmiy kashfiyot bo`lib kirdi. Vatanimiz tarixi va arxeologiyasi XX asr boshidan chuqurroq tekshirila boshlandi. Bunda birinchi va rahbarlik o`rnida, shubhasiz, \oyat bilimdon olim, sharqshunos V.V.Bartol’d (1869 – 1930) turgan edi. U sharq tillarini juda yaxshi bilganidan, hamisha uning ilmiy faoliyati markazida turgan O`rta Osiyo tarixchiligini emas, shu bilan birga butun «Musulmonlar SHarqi» tarixiga ham oid juda ko`p birinchi manbalarni o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldi. Uning «Turkiston mu\ullar xujumi davrida» (1889–1900) monografiyasi O`rta Osiyo tarixini o`rganishda muhim o`rin tutadi. V.V.Bartol’dning «Ulu\bek va uning zamoni», «Turkistonninng su\orishli tarixiga oid» kabi tadqiqotlari o`z ahamiyatini yo`qotmagan asarlardir. V.V.Bartol’dda katta tashkilotchilik, ilmiy qobiliyat va salohiyat bor edi. Darhaqiqat, O`rta Osiyoning tarixi va arxeologiyasini o`rganish sohasidagi biror-bir kattaroq tadbir V.V. Bartol’dning ishtirokisiz bo`lmagan. Bartol’d o`zining 1894 yilda bosilib chiqqan «Turkistonda arxeologik tadqiqotlar masalalariga oid» kitobida o`lkani jiddiy ravishda o`rganish hali oldimizda turibdi, bu ishda bosh rolni maxalliy ilmiy kuchlar o`ynamo\i lozim, degan edi. Uning taklifi bilan 1895 yil oktyabr oyida Turkiston arxeologiyasi havaskorlar to`garagi va uning ustavi tasdiqlandi. Ustavda, jumladan: 1. Turkiston o`lkasining qadimgi yodgorliklarini o`rganish. 2. To`garakni faxriy va haqiqiy a`zolardan tuzish. 3. To`garakning haqiqiy va havaskorlik a`zoligiga mahalliy arxeologiya masalalari bilan qiziquvchi, unga a`zolik badallarini to`lab turuvchi har bir kishini a`zo qilish (Saylanuvchining unvoniga, kelib chiqishiga, millatiga va jinsiga qaralmaydi). 4. Haqiqiy a`zolar ichidan bir yil muddatga boshqarmani saylash. 5. Boshqarma to`garakdagi ishlarni olib borishini, qaysi yodgorliklarni qazib, tadqiq qilishini, mahalliy idoralar va Rossiya arxeologiya komissiyasi bilan doimiy aloqasini tashkil etish. 6. To`garakning umumiy majlislariga har bir qiziquvchi kishini jalb etish. 7. To`garakning bo`limlarini boshqa shaharlarda ham ochishga harakat qilish. 8. To`garak mabla\i haqiqiy a`zolaridan, haqiqiy bo`lmagan a`zolaridan hamda arxeologiya xavaskorlari tomonidan beriladigan xayriyalardan tashkil etish. Arxeologlardan V.P.Vyatkinning (1869-1932) amalga oshirgan ishlari diqqatga sazovordir. Bu olim 1908 yilda Samarqanddagi mashhur Ulu\bek rasadxonasi qoldiqlarini o`rganish va saqlash bilan shu\ullanadi N.N.Veselovskiy rahbarligida Akrom Asqarov kabi havaskor tarixchi va arxeologlar etishib chiqdi. U o`zining harakatchanligi va ishchanligi bilan Turkistondagi fan ahllariga tanila boshlaydi. «Turkestanskiy vedomosti» gazetasining 1892 yilda bosilib chiqqan ma`lumotlardan birida A.Asqarovning 1370 dona kumush pul, 13274 dona mis pul, neolit davriga oid tosh, bolta, yasalgan plug, jez oyna kabi turli buyumlar to`plaganligi haqida xabar beriladi. Ular orasida sopoldan yasalgan odam haykallari, bir bo`lak misriy isir\a, baldoq, tumor, mis va sopol idish hamda shunga o`xshash tarixiy buyumlar borligi qayd etiladi. A.Asqarovning fan uchun qimmatli bo`lgan bu kollektsiyasiga o`sha davr mutaxassisi prof. N.I.Veselovskiy ham katta baho bergan edi. Oktyabr’ to`ntarishidan so`ng, o`lkamizda o`lkashunoslik fani ko`proq markazdan andoza olgan holda rivojlandi. Rossiyaning markaziy rayonlariga tegishli bo`lgan nashrlar ko`paydi. Vatanimiz tarixi qisman yoritildi. Mustaqillik sharofati bilan o`lka tarixini o`rganishga yangidan e`tibor berildi. O`zbekiston tarixini o`rganish uchun mahalliy hujjatlar, matbuot, arxiv materiallari, arxeologik, toponimik, etnografik va boshqa manbalarni chuqur tadqiq etmoq zarur. Bu esa o`lkamiz tarixiga yangicha yondashishni taqozo etadi. Download 494 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling