Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”
Download 494 Kb.
|
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANTROPOLOGIK VA eTNOLOGIK MA`LUMOTLARNING O`LKA TARIXINI O`RGANISHDAGI
- «Osnova etnografii»
Manba va adabietlarKarimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Toshkent «O`zbekiston». 1996 y. Artsixkovskiy A.V. «Arxeologiya asoslari». T. «O`qituvchi». 1974 y. Axmedov B. O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari. T. «O`qituvchi».1991 y. Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» T. «O`qituvchi». 1996 yil. Sulaymonova F. SHarq va /arb. T. «O`zbekiston». 1997 yil. Muhammadjonov. +adimgi Buxoro. T. «Fan».1991 yil. Asqarov A. Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar.T. «Fan». 1973 yil. 5-mavzu : ANTROPOLOGIK VA eTNOLOGIK MA`LUMOTLARNING O`LKA TARIXINI O`RGANISHDAGI AXAMIYATI. Reja:1. etnografiya haqida qisqacha ma`lumot. 2. O`zbek xalqi to`\risida dastlabki ma`lumotlar. 3. O`rta asrlar davri tarixiy-etnografik ma`lumotlari. 4. XVII-XX asrlar o`zbek xalqi madaniyatini o`rganishda etnografiyaning roli. Etnografiya xalqlar haqidagi fan bo`lib, u xalqni o`rganuvchi, ta`riflovchi fan yoki xalqshunoslik fani deb ham yuritiladi. etnografiya so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, “Etnos” – xalq, “Grafos”-ta`rif degan ma`noni anglatadi. Etnografiya – dunyo xalqlarining madaniyatini, maishiy hayotini, kelib chiqishi va madaniyat tarixini, o`zaro aloqa va munosabatlarini o`rganuvchi tarixiy fandir. Etnografiya tarixiy fanlar, ayniqsa, arxeologiya, antropologiya, geografiya va tilshunoslik bilan bevosita bo\liqdir. Bundan tashqari, u yozma manbalar, geografik hujjatlar, moddiy va maishiy materiallardan ham foydalanadi. Mana shu hususiyatlari bilan etnografiya boshqa fanlardan farq qiladi. Inson aql-zakovati va qo`li bilan yaratilgan hamma narsa madaniyat etnografiyasidir. Madaniyat ham o`z navbatida ikkiga bo`linadi: 1. Moddiy madaniyat 2. Ma`naviy madaniyat Etnografiya faqat moddiy madaniyat bilan ma`naviy madaniyat o`rtasidagi asosiy farqlarnigina o`rganib qolmay, balki ular o`rtasidagi o`xshashlik, umumiy qonuniyatlarni ham o`rganadi. Bu qonuniyatlarni tadqiq qilish esa, insoniyatning umumiy tarixiy taraqqiyoti qonunlarini bilish imkoniyatini beradi. etnograflar oldida turgan keng va xilma-xil masalalar etnografiya fanini boshqa yaqin fan sohalari bilan uzviy bo\labgina qolmay, uning o`zini ham, bir qator ixtisoslarga bo`lib yubordi. Bular: 1. Xo`jalik etnografiyasi; 2. Xalq me`morchiligi va san`at etnografiyasi; 3. Urf-odat va marosimlar etnografiyasi; 4. Oila va turmush etnografiyasi; 5. Kiyim-kechak va uy-ro`z\or etnografiyasi 6. Ijtimoiy va maishiy turmush etnografiyasi Odatda etnografiya ayrim qit`alar, mamlakatlar yoki xalqlarga qarab, urf-odatlari haqida ma`lumot beradi. O`zbek xalqining kelib chiqishi haqida har xil chalkash fikrlar ilgari surib kelinayotgan edi. +achonki, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, bu murakkab, chalkash masalani echimiga keng va haqiqiy baho berish imkoniyati paydo bo`ldi. Sobiq sovet davrida ayrim tadqiqotchilar o`zbek xalqining kelib chiqish tarixini SHayboniylar davri bilan bo\laydilar. Ma`lumki, Dashti Kipchoqda tashkil topgan Oq O`rda va SHaybon ulusida, ya`ni Sirdaryo, Orol dengizi va Volga buylari orali\idagi keng xududda ko`chib yurgan, XIV asrning o`rtalaridan boshlab o`zbeklar deb yuritilayotgan turk-mu\ul qabilalari bilan bo\lab noto`\ri xulosaga kelindi. Masalan, S.A. Tokarevaning «Osnova etnografii» (M.1968) va I. Jabborovning «O`zbek xalq etnografiyasi» («Fan» nashriyoti)? yili asarlarida shu fikr ilgari suriladi. S.L. Tolstov, A.YU. YAkubovskiy, YA././ulomov, M.G. Vaxobov va boshqalar o`zbek xalqining boshlan\ich yadrosi O`rta Osiyoda quldorlik davrida yashagan qadimgi su\diylar, xorazmiylar, sak qabilalari va uru\-aymo\larini unutgan, keyinroq ko`chmanchilikdan dehqonchilikka o`tib turkiy tilda so`zlashuvchi chigil, qarluq, ya\mo, ar\un kabi guruhlardan iborat ekanligini, o`zbek elatining shakllanishi asosan XI-XII asrlarda tugaganligini va XVI asr boshlarida paydo bo`lgan ko`chmanchi shayboniy o`zbeklarning o`zbek xalqi qadimgi yadrosiga aralashib ketib, faqat o`z nominigina berganligini kuchli dalillar, raqam va materiallar bilan isbotlab berganlar. +adimgi Turon erlarida yashagan o`troq dehqon va ko`chmanchi chorvador aholining asrlar davomida yaqindan olib borgan iqtisodiy va etnik aloqalari natijasida bu hududda dastavval qadimiy yozma manbalarda Su\d, Xorazm, Parkana, SHak va Toxar nomlari ostida tilga olingan qator voha xalqlari tashkil topadi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o`rtalarida turkiy qabilalarning janub tomon boshlagan siljishlari milod bo`sa\asida yuechji va xunnlarning kirib kelishi bilan yanada kuchaydi. O`zFAning Tarix va Arxeologiya institutlari tomonidan olib borilgan ko`p yillik samarali tadqiqotlar natijasida o`zbeklarning-ajdodlari qadimdan o`troq, yirik su\orish ishlariga asoslangan dehqonchilikka, mustaqil, o`ziga xos yuksak madaniyatga ega bo`lganligi isbotlandi. Bu holat O`rta Osiyo xalqlari guyo tarixiy xalq emas, ularning madaniyati eron va boshqa mamlakatlarni madaniyatiga tobe degan har xil da`volarni fosh qildi va puchga chiqardi. CHirchiqrabod, Botishmulla, +uyqirilganqal`a, Tuproqqal`a kabi yodgorliklardan qazib topilgan ajoyib arxitektura, san`at va yozuv durdonalari, Bolaliktepa va Panjikentdan kashf etilgan har xil marosimlarni tasvirlovchi rang-barang rasmlar va Varaxshaning go`zal bezaklari, antik davrda qurilgan hashamatli shahar va qal`alar, dabdabali su\orish inshootlari, bepoyon ekinzorlar o`zbek va boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining uzoq o`tmishda nihoyatda zo`r iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga ega ekanligini yaqqol ko`rsatib turibdi. VII – VIII asrlarda turkiy aholining katta qismi Ettisuv, SHosh hamda Far\ona vodiylarida, kamroq qismi Zarafshon va +ashqadaryo vohalarida yashar edi. Ular turkiylar tilini qabul qilgan tub joy aholidan hamda bu erga kelib o`rnashgan ko`pgina turli qabila va uru\lardan iborat edi. Ayrim su\diy hujjatlarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, turkiy aholi o`rnashgan bu o`lka VII asrdan boshlab Turkiston nomi bilan atala boshlangan. Ayni zamonda Ettisuvda o`rnashib qolgan su\diylarning soni ham anchagina edi. Ular bu erga asosan xalqaro savdoning kengayishi va bu savdodan manfaatdor So`\dning V-VII asrlarda olib borgan harbiy yurishlari oqibatida kelib qolgan edilar. So`\diylarning savdo va hunarmandchilik manzillari (qasabalari) Talos va CHu vodiylarida, CHimkentdan to Buyuk Xitoy devorigacha bo`lgan erlarda joylashgan edi. Uzoq asrlar davomida shakllanib kelgan yuqori darajadagi madaniy zamin bo`lmaganida, ilk feodalizm davrida va IX-XII asrlarda vatanimiz zamini jahonga Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy kabi fanning ko`p sohalarini mukammal egallagan ulu\vor siymolarni etkazib berishi mumkin emas edi. Download 494 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling