Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”
Download 494 Kb.
|
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)
V.L.Vyatkin qadimgi rasadxonaning \ildirak shaklidagi binosini, uning buzilgan \isht va naqshlarini hamda rasadxona sekstantining bir qismini topdi. Bu tarix fani uchun katta yangilik bo`ldi.
O`rta Osiyoning Amudaryo etaklarida S.P.Tolstov qadimgi Xorazm madaniyatini kashf etdi. Bu ham fan uchun yangilik edi. Olim qadimgi Xorazm alifbosini aniqlashga muvofiq bo`ldi. SHaharlar va qishloqlardan topilgan narsalar bu zaminda xo`jalik madaniyati porloq bo`lganidan dalolat beradi. A.YAkubovskiy O`rta Osiyoning o`rta asrlardagi eng muhim shaharlarining ijtimoiy topografiyasini aniqladi. O`lkamiz arxeologiyasini o`rganishda Masson, SHishkin, /ulomov kabilarning faoliyatlari katta ahamiyatga ega. Ibtidoiy jamoa davri odamzotning paydo bo`lishidan, to mulkiy jamiyat vujudga kelishigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Ibtidoiy kishilik jamiyati uch davrga bo`linadi: tosh, bronza va temir. Far\ona vodiysidagi Haydarxon qishlo\i yaqinidan arxeolog O`.Islomov Selun\ur \orini topdi. Ushbu topilma munosabati bilan zaminimizda ajdodlarimiz qadimgi tosh davridan boshlab yashagan degan fikr isbotlandi. O`zbekistonda yuqori paleolit davrining deyarli barcha bosqichlari manzilgohlaridan darak beruvchi makonlar Toshkent yaqinidagi SHoimko`prik yodgorligidan, Boysun to\laridagi Amir Temur \oridan topilgan. Ular ichida SHoimko`prik va Machay \ori yodgorliklari o`sha davr hayoti haqida yaxshi material beradi. YUkori paleolit davriga xos tosh qurollar Navoiy viloyatidagi Uchtut qishlo\i atrofida, Toshkent yaqinidagi Bo`zsuv–1 va Bo`zsuv–2 makonlarida, Ohangaron yaqinidagi Ko`lbuloq makonida va boshqa joylardan topildi. Mezolit davrida kishilar o`q-yoyni kashf etadilar. Ovchilik osonlashadi. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy buyidagi «Zarautsoy kamar» degan joyda toshga qizil buyoq bilan solingan suratlar topilgan. Unda chodir yopinib, o`ziga dum bo\lagan va o`q-yoy ko`targan ovchilar yovvoyi hayvonlar bilan birga tasvirlangan. Respublikamizda mezolit davri yodgorliklari Boysundagi Machay \oridan, Far\ona vodiysidagi Obishir, Toshkent yaqinidagi +o`shilish degan joylardan topilgan. Neolit (yangi tosh) davriga o`tish asosan toshni silliqlash, qirtishlash va bur\ulash usullarini kashf qilishdan boshlanadi. Bu davrda odamlarning katta yutuqlaridan biri sopol idishlarni yasash bo`ldi. O`zbekistonda Boysun va +oraqalpo\istondagi Jonbosqal`a atrofida neolit davri madaniyati qoldiqlari topilgan. Professor S.P.Tolstov boshliq Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi 1937 yildan boshlab qidirish ishlari olib bordi. Janubiy +oraqalpo\istondagi +izilqum ichida qolib ketgan qadimgi obod erlarni topib tekshirdi. Bu yodgorliklar ichida eng qadimgisi Kaltaminor bo`lib, u erda o`sha davrning yodgorliklari yaxshi saqlangan. +izilqum sahrosidagi Jonbosqal`a qazilganda (1940 yil), professor S.P.Tolstov taxminiga ko`ra, bu erda 100 – 120 ga yaqin odamlar ona uru\i oilasi tarkibida yashagan. CHaylada qumni uyib yasalgan 20 dan ortiq o`choq bo`lgan. Har o`choq atrofida baliq suyaklari, yovvoyi o`rdak, \oz tuxumi po`choqlari, har xil suyaklar, sopol idish siniqlari topilgan. Ovchilik va baliqchilik rivojlanib borishi natijasida odamlar avval misni va keyinroq, misga qalay ko`shilgan jez (bronza) ni ishlata boshlaganlar. Download 494 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling