Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”
-Mavzu: Mamlakatimiz eng qadimgi davrning o`rganilishi
Download 494 Kb.
|
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)
2-Mavzu: Mamlakatimiz eng qadimgi davrning o`rganilishi.
Reja: Eng qadimgi davrning arµeologik o`rganilishi. O`lkamisda ona urug`i[matriarxat] davri. Kaltaminorliklar chaylasi. Adabiyotlar Nabiyev A.S.”Tariµiy o`lkashunoslik” T.”¤qituvchi”,1966. Asqarov A.A taxririda “O`zbekiston xalqlari tariµi” 1 jild T,1993 Kabirov J, Sagdullayev A, “O`rta Osiyo arxeologiyasi” T,”O`qituvchi”1990. Matyushin G.N. Istoricheskoy kraevidenie, M,Prosvishenie,1987g. Kabirov J.Sarmish soyning qoya toshlaridagi rasmlar T”Fan” 1976. Ibtidoiy jamoa davri ilk odam zotining paydo bo`lishidan to jamiyatining sinflarga ajralishigacha bo`lgan uzoq davrni o`z ichiga oladi. Dastlab odamlar urug`, aymoq va oila degan narsani bilmasdan ibtidoiy {to`da} µolda yashagan davr. Bu davr odamlari toshdan qurol yasab, uni ishlatib va qurollarni takomillashtira borgan sari, o`zlari µam rivojlanib borganlar. Bu qurollar qo`lda qo`pol qilib, kertib ishlangan, bir-ikki xildan oshmagantosh qurollar bo`lgan. Ishlab chiqarish teµnikasi jixatidan bu davr paleolit [qadimgi tosh] davri deb atalib, qurollar taraqqiyot bosqichi jiµatidan shell, ashel va must`e deb ataladi; bu uch davr paleolit davrining quyi va o`rta bosqichini tashkil qiladi. Bu davrlarda yashagan petekantrop[maymun odam], sinantrop[xitoy odami], geydelbarg[germaniya odami], neandertal tipidagi odamlar tuzilishi jiµatidan odam bilan maymun o`rtasidagi µolatda bo`lganlar.Ular to`da-to`da bo`lib yashab, mayda xayvon, xashorat, turli meva va o`simlik ildizlarini eb kun kechirganlar.Ular so`zlashishni bilmaganlar. Sinantrop ashel texnikasidan foydalangan bo`lsa, neandertal odam mustie davriga to`g`ri keladi. Janubiy Turkistonda, Toshkent viloyatining Bo`stonliq rayonida va Farg`onada, £oraqum cho`lida xam ashel davrining ba`zi qurolari topilgan. Demak, bundan taµminan 400-500 ming yillar ilgari O`tra Osiyo va O`zbekistonda ashel qurollarini ishlatgan ibtidoiy, to`da µolatidagi odamlar yashagan. Bundan keyin er yuzida uzoq davom etgan muz davri boshlanadi. Havo isib, tabiyat o`zgarib, ko`p µayvonlar o`zini tog`lar orasiga oladi. Odamlar sovuq iqlimda chidashga o`rganadi,u yog`ochni-yog`ochga ishqalab olov µosil qilish yo`lini topadi. Olov kashf etilgach, odam uµing yordamida yirtqich µayvonlarni tog`lardagi g`orlardan quvib chiqarib, u erlarda makon tutadi. Ochiq erlarda esa erto`lalarga, jarlar ostiga kirib yashaydilar. Olovda isinib poda-poda bo`lib ov qilib kun ko`radilar. Bu davrda tosh qurollarning turi va ishlanishi teµnikasi ancha yaµshilanganligi sababli, odamlar yog`ochning uchini siµchs qilib ishlash µamda suyakni asbob yashashni o`rganadilar. Bu µil yuqori texnika davri o`rta paleolitda “must`e madaniyati “ davri deb ataladi. Bu ashel davridan keyin keladi. Bu davrda neandertal` odam yashagan. Bular ibtidoiy to`da µolidan urug`-aymoq munosabatlariga o`tishga yaqinlashib, bir oz so`zlashishni µam o`rgana bo`shlaganlar. Bu davr kishilari jamoa bo`lib, katta-katta xayvonlarni ovlash, bir joyda ko`plab yashash orqasidan to`da µolda urug` tartibiga ko`cha bo`shlaganlar. 1938 yili Surxondaryodagi Boysun tog`ida joylashgan teshiktosh g`ori tekshirilganda bu joy must`e davrida yashagan odamlarning makoni bo`lib chiqdi. ¢orning qatlamlaridan toshdan qilingan o`choqning o`rni, kil qatlamlari, ko`mir, turli µayvon va qushlarning suyaklari, must`e davriga xos qurollar ko`p topiladi. Bulardan u davr odamlari ko`pincha ov bilan kun ko`rgani ma`lum bo`ldi. ¢orning bir erida 8-9 yoshli bir bolaning toshga aylanib qolgan kalla suyagi µam topilgan. Bu xozirgi zamonimizdan taµminan 100-60 ming yil ilgari yashagan neandertal` odamning kalla suyagidir. 1946 yilda Samarqand viloyati Urgut rayonidagi Omonqo`ton g`orida o`sha davr odamining makoni va tosh qurollari topildi. 1954 yilda Farg`ona vodiysining £ayraqum cho`lida µam bir necha erda must`e davri qurollari topilgan edi. Keyingi yillarda bir qancha yangi-yangi yodgorliklar topilib tekshirilishi tufayli O`zbekiston paleolit must`e davri juda yaµshi o`rganildi. Must`e makonlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Teshiktoshda, Samarqand viloyatidagi Omonqo`ton g`orida, Toshkent viloyatining CHirchiq vodiysidagi Xo`jakent va Obiraxmat g`orlarida, Oxangaron vodiysidagi Ko`lbuloqda, Buµoro viloyatidagi Uchtutda, Farg`ona vodiysi, £al`a va So`µ atroflarida topib tekshirildi. Must`e davrining oµirlariga kelib ov qilinadigan qurollarning bir muncha yaxshilanishi, olovdan foydalanish imkoniyatining kengayishi, uzoq atrofdagi aµoli bilan aloqa bog`lanishi natijasida ma`lum bir joyda o`troq µolda yashagan bir guruµ kishilar o`rtasida qon-qarindoshlik munosabatlari boshlanadi. Bolalar faqat onani tanib, urug` tepasida ona turadi. SHuning uchun bola o`zini ona urug`ining bolasi deb µisoblaydi. Ishlab chiqarish imkoniyarlarining rivoji jiµatidan bu davr must`e davrining oµiridan boshlanadi.Pitekantropdan to neandertal` odamigacha yarim million yildan ortiqroq zamon ichida o`zgarib kelgan odam tipi bu davrda µozirgi odam µolatiga aylanadi. Olimlarning xisoblab chiqishiga qaraganda, bu davrning bochlanganiga 40 ming yilcha bo`lgan, endi quyi va o`rta paleolit tamom bo`lib, yuqori paleolit boshlanadi. YUqori paleolitda urug`chilik sharoitida ov va baliqchilik maµsulotlari ko`payib brogan, dev, pari, jin va xudolar µaqida turli afsonalar to`g`ila boshlagan. O`zbrkistonda yuqori paleolit davrining deyarli barcha bosqichlari madaniyatidan darak beruvchi makonlar Toshkent yaqinidagi SHoimko`prikda, Boysun tog`larida Machay g`orida, Amir temur g`orida topilgan. Bundan tashqari Samarqand shahri ichida esa Ivanov chorbog`ida , Surxondaryo viloyatida 15 ga yaqin yuqori paleolit makonlari, Toshkent atrofida 3-4 ta makon Samarqand viloyatida 5-6 ta makon topilgan. Bular ichida SHoimko`prik va Machay g`ori yodgorliklari o`tmish hayoti haqida yahshi ma`lumot beradi. YUqori paleolitda yashagan odamlarning asbob va makonlari ko`p topilgan bo`lsada ,yahshiroq o`rganilgani Samarqand makonidir. 1939 yilda ochilgan bu yodgorliklarda O`zbekiston fanlar akademiyasi va Samarqand Davlat universitetining D.N.Lev boshliq arxeologik ilmiy safarlari 1958 yilda qazishmalar olib bordi. Samarqand makoni uchta madaniy qatlamdan iborat bo`lib, undan bir necha o`choq qoldiqlari va tosh qurollari: pichoqsimon plastinkalar, keskichlar, yoy, tig`liqirg`ichlar, botiq tig`li tosh qurollar hamda xayvonlar: yovvoyi ot, kiyik, tuya, qoy, qoramol suyaklari topildi. Bulardan tashqari, Samarqand makonida yuqori paleolit odamining ikkita pastki jag`i topildi. Bu teshiktoshdan topilgan neandertal` bola qoldig`idan keyingi ikkinchi nodir topilma bo`lib, garchi u so`nggi paleolitga mansub bo`lsada genetik jihatdan Teshiktosh odami bilan bog`liqdir. YUqori paleolit davriga oid tosh qurollar Buhoro viloyatida Uchtut qishlog`I atrofida, Toshkent yaqinida Bo`zsuv 1, Bo`zsuv 2 makonlarida, Ohangaron vodiysida Ko`lbuloq makonida va boshqa joylarda topildi. Paleolit tamom bo`lib, Mezolit davri bo`shlanadi.Mezolit o`rta tosh davri bo`lib, qadimgi tosh davri [paleolit] bilan yangi tosh davri[neolit] ning orasida o`tgan davr bo`lgani uchun shunday ataladi. Bu davrda kishilar o`q yoyni kashf qiladi, ovchilik bir muncha osonlashadi, birinchi marta it uy hayvoni sifatida honakilashtiradi. O`rta tosh asri, ya`ni mezolit davri yahshi o`rganilgan bo`lib bu davrda yashagan ajdodlarimiz ibtidoiy san`at mo`jizalarini yarata bo`shlaganlar. Bular asosan g`orlarga va qoya toshlarga qizil bo`yoq yordamida yoki o`ymakorlik usulida tasvirlangan ov manzaralaridir. Bunday yodgorliklar Surxondaryo viloyatidagi Zaravutsoy darasida, Jizzah viloyatining Takatosh mavzesuda, Buhoro viloyatidagi Sarmish va Qoraungursoyda, Toshkent viloyatining Parkent, CHotqol tog tizmalarida, Xo`jakent yaqinida hamda Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani hududidagi Imomota tog` tizmalarida topib o`rganilgan. Ular orasida Zaravutsoy, Takatosh va Imomotadagi suratlarayniqsa diqqatga sazovordir. Zaravutsoy darasidagi suratlarda yovvoyi buqalarda ov qilish manzarasi qizil bo`yoqlar yordamida gavdalantirilgan. Boshqa bir manzarada ovchilar guruhi yovvoyi buqalarni va tog` echkilarni o`rab olayotgani, yopinchoq yopinib o`q- yoy hamda sopqonlari otayotgani tasvirlangan. Bu yerdagi manzaralardan birida o`ndan ortiq ovchi yovvoyi buqa va arharlar podasiga kamonlardan o`q uzayotgani ifodalangan. O`rtaga ko`rinarli joyga bir ayolning rasimi katta tarzda solingan. Rasmlarda itlar ham bor. Bu, shubhasiz, odan qo`liga o`rgangan dastlabki xayvonning tasviridir. Mezolit davrida yaratilgan tasviriy san`at asarlari orasida Xo`jaobod tumani hududidagi Imomota g`ori ichida topib o`rganilgan asarlar alohida ajralib turadi. SHulardan biri qoya toshga o`yib ishlahgan jigarrang ko`rinishdagi tasvir bo`lib, unda shohlari bir necha bor qayrilib ketgan, bir-biridan ulkan arharlar va ularning o`rtasida yanada ko`zga tashlanarli qilib ishlangan duldul ot tasviridir.Bu mezolit davriga oid topilgan birinchi nodir surat sanaladi. Hududimizda mezolit davrida chizilgan qoya toshlardagi suratlar- qadimgi tasviriy san`atning bu kabi yodgorliklari mustaqillikka erishgan O`zbekistonning ibtidoiy jamoa tarihini chinakamiga o`rganishda g`oyat qimmatli tarihiy hujjat bo`lib xizmat qiladi. Neolit [yangi tosh] davriga o`tish, asosan toshni silliqlash va teshish usullridan rasm qilishdan boshlanadi. Bu davrda odamlarning katta yutuqlaridan biri sopol idishlar yasash bo`ldi.Ko`pchilik xalq bu davrda daryo, ko`l va dengizlar bo`yida, aksariyati qum ustida chayla qurib yashagan.Bular asosan o`tiroq bo`lib, faqat ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. SHuning uchun sopol idishlarning tagi taksi emas, yumaloq yoki tuhum uchiga o`hshash bo`lgan. O`zbekistonda Boysun tog`laridagi Machay, Amir-temur g`orlarida, Uzboy atrofida va Qorapolg`istondagi yonbosh qal`a atroflarida neolit davri madaniyatining qoldiqlari topilgan. Bu makonlar ichida eng diqqatga sazovori Qoraqolpog`istondagi kaltaminoraliklar chaylasidir. Professor S.P.Tolstov bo`shliq Xorazm arheologiyasi ilmiy safari 1937 yilda qidirish ishlari olib borib, Janubiy Qorqqolpog;istondagi Qizilqum ichida qolib ketgan qadimgi obod yerlarda g`oyatda ko`p va ahamiyatli yodgorliklarni topib tekshirdi. Bu yodgorliklar orasida eng qadimgisi kaltaminoraliklar chaylasi bo`lib, unda so`nggi davrlarning yodgorliklari ham yahshi saqlangan. Qizilqum sohasidagi qum tepaliklar orasida Yo`nbosh qa`a nomli qir ustida eramizdan 300-400yillar ilgari solingan qal`a bor. O`sha qirning janub tomon etagida shamolda buzilib nurayotgan taqirlar tagida kul, sopol siniqlari: mayda tosh qurollar va bo`shqa narsalar ko`rinib qolgan. 1940 yili o`sha loy qazilganda, u yer qum tepasini tekislab, xodachalar va qamishdan juda katta chayla qurilgani aniqlanadi. Professor S.P.Tolstovning tahminiga k`ra, deb yozadi marhum akademik YA.G`.G`ulomov, bu chaylada 100-120 odam ona urug`i oilasi tartibida yashagan. CHaylada qumni o`yib ishlagan 20 dan ortiq o`choq bo`lgan. Xar bir o`choq atrofida baliq suyaklari, kiyik, yovvoyi cho`chqa, qirg`ovul, suv qushlarining, o`rdak, g`oz tuhumlarinig po`choqlari, yovvoyi jiyda danaklari, chaqmoqtoshdan yasalgan mayda pichoqsimon asboblar, tishni silliqlab ishlangan bo`g`asimon asbob, sopol idish siniqlari va shunga o`hshash narsalar ko`p bo`lgan. Bu joyda xali metall, uy hayvonlari, qo`lda ekiladigan ekin qoldiqlari yo`q. Metalning yo`qligi, uy hayvonlari va dehqonchilik alomatlarining yo`qligi-bular hali ona urug`I bosqichida yashqganligidan darak beradi. Bu chayla ahli bundan 5000 yillarcha muqaddam yangi tosh [neolit] davrining ohirida yashagan. Bu O`zbekistonda ona urug`I tartibining ohiri hisoblanadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. O`lkamiz eng qadimgi davri arheologlar tomonidan qanday o`rganiladi? O`lkamizda ona urug`I [matriarhat] davri qancha davom etgan? Kaltaminoraliklar chaylasi haqida nima bilasiz? Tayanch Tushunchalari. Arxeologiya -lotincha “arxyoos ”-qadimgi “logos”-fan, qadimgi davrni o`rganuvchi fan degani. Seleng`ur -ilk tosh davriga oid Farg`ona vodiysidan topilgan qadimgi odamlar manzilgohi. Teshiktosh -O`rta tosh davriga oid Surxondaryoning Boysun tog`laridan topilgan manzilgoh. Download 494 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling