Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”


-Mavzu: O`lkamiz qadimgi, o`rta asrlar va yangi davrining o`rganilishi


Download 494 Kb.
bet5/21
Sana01.04.2023
Hajmi494 Kb.
#1316180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)

3-Mavzu: O`lkamiz qadimgi, o`rta asrlar va yangi davrining o`rganilishi.
Reja:

  1. Ota urug`i patriarhat davri. Metalning tarqalishi.

  2. Sug`orishning kelib chiqishi.

  3. Sinfiy munosabatlarning shakillanishi.

  4. Erga egalik munosabatlarining shakillanishi.

  5. O`lkamiz yangi davrda.

Adabiyotlar



  1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” T.1998.

  2. Nabiyev A.S. “Tarixiy o`lkashunoslik ”T.”O`qituvchi” 1996.

  3. Muhammadjanov A “O`zbekiston tarixi”T.”O`qituvchi” 1994

  4. Bonokev H.N. va boshqa “O`zbekiston tarixi” T. “O`qituvchi”1994

Bu davrgacha odamlar tabiatdagi bor narsalarni tutib va terib eb, tirikchilik qilib kelganlar. Ular chorva boqishni ham, ekin ekishni xam bilmaganlar.
Ovchilik va baliqchilikning rivojlanib borishi natijasida kishilar avval misni va keyinroq misga qalayni qo`shishdan chiqqan jez [bronza] ni ishlata boshlaganlar.
Turkisronda Kopedog` etaklaridagi soylar qo`yi oqimida Anov, Qahqa, CHacha, Namozgox, kabi tepalar metall yangi tarqalgan zamonda paydo bo`lgan eng qadimgi o`troq dehqon aholi yashagan qishloqlar harobalardan iboratdir. Bu vaqtda Xorazmda Kaltaminor chaylasidagi kabi katta-katta to`da bo`lib yashaah davri o`tib, aholi mayda guruhlarga bo`linib, suv toshqinlari chegarasida juda ibtidoiy dehqonchilik va bir oz chorvachilik bilan kun ko`rgan. Ular Turkmanistondagi singari soyning quyi oqimida bo`lmasada, balki daryo toshqinlari ketidan tentirab yurgani uchun ularning turmushi ancha qoloq, uylar omonat chaylalardan iborat bo`lgan. Bu hil hali mustahkam o`rnashmagan dehqon va chorvadorlar madaniyati birinchi marta Xorazmda o`sha Kaltaminor chaylasi yaqinlarida aniqlangani uchun “Toza bag`iyosh madaniyati”deb atalgan. Qariyib shu xil madaniyat Muhondaryo havzasida topildi. Muhondaryo Zarafshon daryosihihg qurib qolgan bir irmog`I bo`lib, Qoraqum rayoning shimolidagi cho`lda uning izlari hali yo`qolib ketmagan va uning bo`larida o`sha ibtidoiy davr qishloqlari va mozorlari mavjud.Bu joy professor YA.G`.G`ulomov tomonidan 1950 yildan boshlab tekshirilgan.
Qorako`l shaharchasidan qariyib 15 km shimoli g`arbida Zamonbobo ko`li bo`yida o`sha davr aholisining katta qabristoni topilb tekshirildi. Mozorlarda o`liklarning oyoq-qo`lini bukib, g`ujanak qilib, chap tomonga yonboshlatib ko`mganlar. SHu tariqadagi 41 ta mozor ochildi, ulardan ba`zilarida er vahotin birga dafn etilgan. U zomonda ona urug`I davri bitib, ota urug`I hukmron bo`lgan va erkakning ho`jalikdagi va oiladagi ro`li ortgan, hotin unga hususiy mulk qatori tobe bo`lib qolgan davri edi. SHuning uchun er o`lsa, hotini ham o`ldirib birga komish odat bo`lgan. Mozorlarda idishlar, o`qlar, zeb-ziynat buyumlari, ba`zi qurollar, hatto jez oynalar o`likning oldiga qo`yilgan. Laxat qilib ko`mish o`sha vaqtda amalda bo`lgan. SHunga yaqin bir joyda topilgan ikkinchi bir qabristonda o`liklarni yuqoridagiday g`ujanak qilib ko`mganlar. Topilgan suyaklar yonida jez isirg`alar, qimmatbaxo toshlardan marjonalar, jez bilauzuklar topilgan.
Namangan viloyati CHust shaharchasi yonidagi “Buvana mozor”degan joyda ham shunday qishloq topilgan. U yerdagi aholi atrofdagi buloq suvlaridan foydalanib, dexqonchilik qilib, o`troq holda qishloq-qishloq bo`lib yashaganlar. CHustliklarning sopol idishlari Turkistono`troq dehqonlariniki singari bo`yoqli, hilma-hildir. Jezdan quyma buyumlar ko`p ishlatganlar. Xom g`ishtlardan yer to`la uylar qurib yashaganlar. Bu qishloq aholisi bilan qariyib 300 ming yil muqaddam, temir davriga ko`chishda ham o`sha joyda kun kechirganlar. Xuddi shunday qishloq Andijon viloyati Qo`rg`ontepa rayonidagi Dalvarzintepada ham topilgan. Bularning har ikkisi ham bir hil bo`lib, bu ahvol jez davrida Farg`ona soylari suvida foydalanib dexqonchilik qiluvchi o`troq dexqonlar qishlog`i ko`p bo`lgan, degan hulosaga imkon beradi.
Jez davrida bunday obod bo`lgan Xorazm, Mohondaryo rayonlari, CHust, Dalvarzin va kuchuktepada olib borilgan arxeologiyaga oid qazilmalardan shu ma;lum bo`ldiki, CHust madaniyatini yaratgan qadimgi dexqonlar atrofi devorlar bilan o`ralgan mustahkam qishloqlarda pahsa yoki hom g`ishtlardan qurilgan uylarda yashaganlar. Masalan qadimgi CHust qishlog`i xarobasida uzunligi 286 metr, eni 2-3 metr va balandligi 1,5 metrcha keladigan tashqi devor qoldiqlari ochildi.SHunday devor qoldiqlari Dalvarzinda ham 200 metr masofada topilib, uning eni 4,6 metr, balandligi 2,5 metr keladi. Dalvarzintepada atrofi devor bilan o`ralgan ark harobasi topilib, devorining uzunligi 130 metrga va balandligi 2,5 metrga tehg. Dalvarzintepaning sharqiy qismida hatto 80 m,masofada eni 4m, li tosh yo`l ochildi. Bulardan tashqari, bu yerda bir necha tort burchakli paxsa devorli uylar ham topildi.
Hozirgi zamon dehqonchiligi va chorvachiligining asosi o`sha jez davrida, tahminan hozirgi zamonamizdan 4000 yillar avval vujudga kelgan. Misr Iroq, Janubiy Turkmaniston kabi mamlakatlarda undan ham ilgariroq vujudga kelgan.
Bundan keyin jamiat vohalarida o`troq dehqonlarga, dasht va tog`larda esa ko`chmanchi chorvadorlarga ajraladi. CHorvasi ko`payganlar o`tloq izlab, molini haydab, joydan-joyga ko`chib yurishga majbur bo`lib qoladi.
Ashel madaniyatidan tortib to sinf va davlatlar vujudga kelguncha, to`gorirog`i O`rta Osiyoda ilk yozma tarihiy ma`lumotlar paydo bo`lguncha o`tgan bir necha yuz ming yilni o`z ichiga olgan davrda o`lkamiz halqlari dunyodagi xech bir halqning ibtidoiy davr tarihidan qolishmaydigan boy tarihga ega ekanligi ma`lum bo`ldi.
Bundan 3000 yilcha ilgari odamlar temirni olovda eritish yo`lini topib, uni ishlata boshlaganlar. Bu davrda ishlab chiqarish imkoniyati shu darajaga yetadiki, bir kishining mehnatidan undagi daromat uning bir o`zini boqishgagina emas, balki bir necha kishini boqishga kifoya qila boshlaydi.
O`rta Osiyo quldorlik davrining yuqori taraqqiyoti Parfiya, Gresiya, Baqtriya hamda kushon kabi mahalliy hukmronlar zamonida paydo bo`ldi. Bu zamon qal`alar bino qilishda, sug`orish kanallari qurishda, hunarmandchilik, shahar hayoti, yo`l ishlari, ichki-tashqi savdo hamda san`atda jiddiy ko`tarilishiyuz berganligida sinfiy munosabatlarning keskinlashganligi ko`rinadi. Bu holat yolg`iz Xorazmda topilgan arxeologiyaga oid ashyolardagina emas,balki butun O`rta Osiyoda o`tkazilgan va o`tkazilayotgan tekshirishlardan ham yaqqol ko`rinib turadi.
Otashparastlik zardo`sht [zaroastrizm] dining rivoji Eronda emas, O`rta Osiyoda bo`lganligi arxeologlari tomonidan isbotlandi. Buni qazishmadan topilgan dalily ma`lumotlar tasdiqladi. Milodimizdan bir necha asr burungi yodgorliklarni tekshirish muhim narsalarni ochmoqda. CHunonchi akademik YA.G`.G`ulomov 1936 yili Xorazmning Mang`it rayonidagi Qubba tog`i ostida zardo`shtiylarning qabristonini topdi. Unda katta xom g`ishtlardan qurilgan 60 metrli tor bino xarobasi ichida benihoya ko`p odamlar suyaklari topildi. Suyaklarning ko`miklari g`ajilgan, ba`zi mayday suyaklar mutlaqo yo`q.Suyaklarni allaqayerdan to`plab, binoning ichiga tashlay berganlar. Keyinchalik alohida kishilarni suyaklarini sopoldan yasalgan mahsus qutilar yoki ostadonlarga solib, o`sha binoda saqlaydigan bo`lganlar.
Arxeologlar zardo`shtiylarning muqqaddas kitobi sanalgan “Avesto” da ham qadimgi yunon yozuvlarida aytilgan marosimga duch kelgahosildnlar. “Avesto” da aytilishicha, qadimgi zardo`shtiylar o`likni yerga ko`mishni, suvga tashlashni, o`tda kuydirishni qattiq gunoh deb hisoblaganlar. SHuning uchun o`likni uzoqdagi yalong`och qoyalar ustiga elitib tashlaganlar. Uni yirtqich hayvonlar va qushlar yeb ketganidan keyin uning suyaklari uzoq vaqt quyosh ta`sirida qolib tozalangach, yig`ib olingan va boyagi bino -“nous”da saqlangan.Suyaklarni ossuriylarda saqlash odati keyingi zamonlargacha, y`ani O`rta Osiyoda musulmonchilik keng tarqalguncha davom etgan.Bu hildagi suyaklar solingan spool qutilar
Hozir O`rta Osiyoning ko`plab joylaridan topilmoqda.
II srda Kushon davlati budda dinini Xindistondan O`rta Osiyo va SHarqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko`targan. O`zbekiston, ayniqsa uning janubiy rayonlarida va SHarqiy turkistonda topilgan ko`plab buddizm yodgorliklari o`sha davrga qarashlidir.
III asrda eronda money dini vujudga keldi, lekin u uzoq saqlanmadi,uning tarafdorlari O`rta Osiyo va SHarqiy Turkistonga qochib o`tib, ko`proq savdo yo`li ustidagi shaxarlarda bu dinni tarqatdilar.
Ba`zi arxeolog olimlar O`rta Osiyoda topilgan ko`plab suratkashlik va haykaltaroshlik yodgorliklaridagi tasvirlarning murakkabligiga qarab, ularni moniy dini bilan boglashga harakat qiladilar. Aslida bu hol Kushonlar hukmronligi davri [I-IIIasrlar] quldorlik tuzumining O`rta Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri bo`lganligi bilan bog`liqdir.Bu davrda, bir tomondan, qabilalarning o`troqligiga ko`chib, sug`oriladigan yerlarda joylashiah kuchaygan bo`lsa, ikkinchidan, quldor aristokratiya jamoalar o`z ichidan buzilib, butun-butun qishloqlar quldor aristokrat "dexqon"larga tobe bo`lib qoladi.Bu yer egaligining kurtaklari edi.
Ekin maydonlarining ko`payib borishi, hususan sug`oriladigan yerlarning kengayishi, qishloqlarning ko`payishi, yerhosildorligini orttiruvchi suniy o`g`itlarning yaratilishi, suvni baland yerlarga ko`taradigan charhpalaklarning va suv tegirmoning kashf qilinishi,pahta ekining tarqalashi, meva navlarining yahshilanishi yo`lidagi muvafaqiyatlarning hammasi zamonaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini o`stirib yuborgan va uni yangi feodal munosabatlarga olib kelgan yangi ijtimoiy voqea bo`ldi.
III asrdan boshlab quldorlik davrining shaharlari harobalikka yuz tutib, iqtisodiy hayot asosan alohida vohalarga, qishloqlarga ko`chadi. Yer aristokratiyasi - "dehqon"lar qishloqlarga, ariqlar boshiga kelib, ko`shklar bino qiladi. VI asrga kelib ular qullardan qurolli yigitlar - chraklar saqlab, atrofdagi qishloq aholisini o`z foydasiga ishlatib kun kechiradi. SHu tahlidda milodiy I asrning 25 yilidan to IV asrning 50 yillariga qadar hukm surgan kuchli Kushon davlati tugab, xar qaysi shahar atrofidagi vohada alohida-alohida mustaqil hukmdorlar paydo bo`ladi, ularning boshida "dehqon"larning vakili turadi.
Hozirgi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzah, Farg`ona vodiysidagi va boshqa ko`plab shaharlar atrofidagi sug`oriladigan yerlarda baland-baland "oq-tepa"lar bor. Arxeologiyaga oid qazilmalar, bularning hammasi feodallarning xom g`ishtdan solingan feodal ko`shiklarining harobasidan iborat bo`lib "dehqonlar" yashab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatdi. Akademik YA. G`. G`ulomovning kuzatishlari bunday ko`shklarning hozirgacha saqlanib kelganligini ko`rsatadi.
Yerga egalik munosabatlari davrida urushlar, halq qo`zg`alonlarini bostirish uchun keskin choralar ko`rish natijasida ancha vayronagarchilik, qirishlar bo`lib, butun-butun rayonlar vaqtincha bo`shab qolgan. SHunga qaramay, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojida ma`lum siljishlar bo`lgan. SHu siljishlarni madaniyat sohasida ham ko`rish mumkin. Masalan, Xorazmda Tuproqqal`a ko`shkini qazishda u yerdan "Podsholar zali" deb atalgan zal topilgan. Zalning atrof devorlariga taxmon singari ravoqlar ishlanib, ularning har biriga turli qiyofadagi kishilarning haykallari o`rnatilgan. Xaykallar nihoyatda yuqori did bilan ishlangan. Professor S.P. Tolstov "Bu zalda Xorazmda Afrix xonadoniga mansub podsholarning haykali ota-bobolar ruhiga sig`inishi tariqasida aks ettirilgan", deb aytadi. Bu joyda haykallardan tashqari, turli bo`yoqli devor suratlari ham bo`lib, undagi manzaralardan dengiz to`lqini, baliqlar, yirtqich hayvonlar, sozanda qizlar surati va boshqa narsalar tasvirlangan, Bu saroydan Xorazm shoxlarning yozma xisob-kitob arxivi ham topilgan. Bular qadimgi Xorazm yozuvi bilan taxtaga va charmga bitilgan.
1938 yili VI-VIII asrlarga oid Xorazm pullaridagi yozuvlar yordamida ularning ko`pgina asarlari aniqlangan. Umuman, Tuproqqal`adan topilgan arxiv yozuvi fanga juda ko`p yangilik bergan.
1934 yili Samarqand yaqinidagi Mug`tepadan Panjakent xokimi Devashtichning VIII asrdagi arxivi topildi. Arxivdagi sug`diycha va arabcha xatlar asosida sug`d yozuvining hususiyatlari aniqlanadi, bu esa tarix faniga ancha ravshanlik kiritdi. Bunga Xorazm arhivining qo`shilishi esa O`rta Osiyodagi o`sha zamon hayoti va madaniyatiga doir ko`p masalarni aniqlash imkoniyatini yaratdi.
Keyingi yillarda Surhandaryo viloyatida "Bolalik tepa" degan joyni qazish jarayonida uning bir zali devorlari odam suratlari bilan bezatilgan ibodatxona ekanligi ma`lum bo`ldi. Unda zeb-ziynatli kiyimlar kiyib qo`llarida qimmatli qadahlar tutgan va tavoze bilan allaqanday bir ishorat ko`rsatib turgan erkak va ayol suratlari shubxasiz, moniy mashabi ibodatxonasida o`tkazilayotgan marosimdan darak beradi. Bu bino V asr oxirlariga tegishli deb topildi. Qadimgi Panjakent xarobasi mahrum professor A.YU. YAkubovskiy boshchiligida qazilganida u yerda ham VII-VIII asrlarga doir shunday bino topilgan. Devorlarga bo`yoqli suratlar solinib, ularda dafn marosimi, bazm va allaqanday diniy bir marosim tasvirlangan.
Tuproqqala`a, Bolaliktepa, Barahsha, Fayoztepa, Panjakentlardan topilgan rasimlarning san`ati va tasvirlarining boyligi ilk feodalizm madaniyatining o`z zamonasida ancha rivoj topganligini va mulkdorlik davrida an`anaviy ravishda taraqiy qilib kelgan tasviriy san`atning bu davrga kelib avj olganinitasdiqlaydi. VIIIasrda arablar istilosidan keyin bunday san`atga ham ahamiyat berilgan.
Bu davrda savdo-sotiq va hunarmandchilik, hususan, idishlarni sirlash va nozik shisha buyumlari ishlash rivojlanadi.
SHaharlarning quldorlik, ilk feodalizm davrlaridagi va so`nggi asrlardagi tarihiy topografiyasi, arhitektura yodgorliklari va boshqa o`rta asr inshoatlari hozirgi kunda ancha yahshi o`rganilgan. Eski urganch, Eski Marv, Buhoro, Xiva,Samarqand va boshqa bir qator shaharlarning tarihiga bag`ishlangan mahsus asralar maydonga keldi. Bulardan tashqari, Samarqandda Go`r Amir maqbarasidagi mozorlarning ochilishi, Ulug`bek rasadhonasining qayta tiklanishi [1941, 1948, 1967] SHahrisabzda Amir Temur tomonidan soldirilgan bir dahmaning 1933 yilda ochilishi va hakozalar ko`pchilikning e`tiborini o`ziga jalb etdi.
Garchi Ulug`bek rasadhona [observatoriyasi] 1908 yili topilib, uning yer ostidagi sekstant qismi qazib ochigan bo`lsada, bu yodgorliklarning yer ustidagi shakli qanday bo`lganligi noma`lum edi. Rasadhona 1948 yilda V.A.SHishkin boshchiligida qazilib, uning qanday bo`lganligi aniqlandi. Uni Bobur Mirzo uch qavatli azamat bino deb ta`riflangan edi. SHunday qilib, respublikamizda keng ko`lamda olib borilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli xalqimizning uzoq o`tmishi, sug`orish sohasida asrlar davomida orttirgan tajribalari ochib berildi.
Keng ko`lamda respublikamizda olib borilayotgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli O`zbekiston arxeologiyasining deyarli hamma davrlariga: paleolit,mezolit, neolit, eneolit, bronza vat emir davlari hamda antic dunyo va o`rta asrlarga oid juda ko`p hilma-hil ajoyib moddiy madahiyat yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologiyaga oid tekshirishlar natijasida to`plangan boy va qimmatli moddiy manba O`zbekiston xalqlarining qadimgi tarihini yoritish imkonini beribgina qolmay, balki o`rta asrlar tarihi, shuningdek, shaharlar “yoshini” aniqlashga ham katta yordam berdi.
O`zbekistonda arxeologiya faning rivojlanishida yirik rus olimlari A.YU.YAkubovskiy, S.P.Tolstov, M.E.Masson, A.P.Okladnikov,V.A.SHishkin,birinchi o`zbek arxeologi, akademik YAhyo G`ulomovning hizmatlari benihoya kattadir. Atoqli olim o`zining qisqa va mazmundor hayotida tarih fanlari do`tori, professor, O`zbekiston F.A.akademigi darajasiga ko`tarildi. Iste`dodli olimning fan sohasidagi faoliyatlari uchun unga O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan fan arbobi degan yuksak unvon berildi.
Olimning ijodiy faoliyati ham o`ziga hosdir. U 1926 yilda Toshkentdagi O`zbekiston erlar bilim yurtini, 1930 yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasini tugatdi. 1931-1932 yillarda Toshkent pedagogika tehnikumida o`qituvchi bo`lib ishladi.YOshlik chog`idayoq kehg ilmiy jamoatchilikning e`tiborini qozondi.Ilmga, tarihga chanqoqligini sezgan mashhur o`lkashunos arxeolog V.L.Viyatkin uni o`zi rahbarlik qilayotgan ko`hna Afrosiyobda olib borilayotgan qazishmalarda ishtirok etishga taklif etdi. YA.G`ulomov mustaqil arxeologik tadqiqotlarni ilk bor 1936 yili qadimgi Xorazm yerlarda boshladi. 1933-1940 yilarda O`zbekiston qadimgi davr va san`at yodgorliklarni muhofaza qilish qo`mitasida ilmiy hodim, so`ngra ilmiy kotib bo`lib ishladi.YA.G`ulomov 1940-1943 yillarda sobiq SSSR Fanlar Akademiyasi O`zbekiston bo`limi Tarih, til va adabiyot institute arxeologiya bo`limining mudiri va 1943 yilda O`zbekiston F.A.Tarih va arxeologiya institutining qadimgi va o`rta asrlar tarihi sektori mudiri, institute direktori vazifasini bajaruvchi bo`lib ishladi.”Xorazmni sug`orilishi tarihi . Qadimgi zamonlardan hozirgacha” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqladi. YAhyo G`ulomov 1936 yildan to umrining ohirigacha bir qancha arxeologiyaga oid[Toshkent,Farg`ona, Buhoro, Xorazm, va boshqa] otriyadlarga rahbarlik qildi.U ajoyib tashkilotch va pedagog ham edi.Xalqlar do`stligi o`rdenli Toshkent Davlat pedagogika institutida O”zbekiston tarihi va arxeologiyasidan ma`ruzalar o`qib, ko`pgina hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagog kadrlar yetishtirgan. 4 tomlik “O`zbekiston irrigasiyasi” tarihiga oid masalalarni yoritgan va ishtirok etgan.O`zbek Sovet Ensiklopediyasi Bosh tahrir haya;ti a`zosi bo`lgan.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

  1. O`lkamizda ota urug`i[patriarhat] davri qachon shakillangan?

  2. Metalning ishlab chiqarishga joriy etilishi nimalarga olib keldi?

  3. O`lkamisdagi qadimgi davr hayotining hususiyatlari.

  4. O`lkamizda yerga egalik munosabatlari qachondan va qanday shakillanib bordi?

  5. YAngi davrdagi o`tmishga oid ilmiy tadqiqotlar haqida nima bilasiz?

Tayanch Tushunchalar.

Zardo`sht- shu nomdagi din asoschisining nomi. NAUS-ostadonlar saqlanadigan joy-hona. OSTADON-odam suyaklari saqlanadigan idish.DEHQON-ilk o`rta asrlarda katta yer egasi.


.4-mavzu : TARIXIY O`LKASHUNOSLIKDA ARXEOLOGIK MA`LUMOTLARNING O`RNI.

Reja


  1. Arxeologiya haqida qisqacha ma`lumot.

  2. O`lkashunoslikda arxeologiya va uni rivojlanish tarixi.

  3. O`lka tarixini o`rganishda arxeologik materiallardan foydalanish.

«Arxeologiya» so`zi lotincha tildan olingan bo`lib, «arxeos» qadimgi, «logos» – fan, ya`ni qadimgi fan degan ma`noni bildiradi. Arxeologiya o`lkashunoslik va tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir.
Dunyo xalqlarining bir necha yuz ming yillardan beri davom etib kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzoq tarixiy taraqqiyotning eng qadimgi 5–6 minginchi yillaridan boshlab yozma asarlar paydo bo`lib, undan avval xalqlarda yozuv va yozma tarix bo`lmagan.
YOzma tarix bo`lguncha o`tgan bir necha yuz ming yillikni hamda yozma tarixdan keyingi davr hayotini to`la o`rganish zaruriyati o`sha davr xalqlaridan qolgan buyumlarni tekshirib ko`rishni taqozo etadi. Bunday yodgorlik buyumlarni tekshiruvchi fan arxeologiya bo`lib, u tarixchilikning muhim bir tarmo\ini tashkil etadi. Arxeologiyada ibtidoiy odamlar yashagan makonlar, sinfiy jamiyatdan qolgan shahar, qishloq va mozorlar qazib o`rganiladi hamda tarixiy jarayonlarga aniqlik kiritiladi. Arxeologlar qazilma usuli bilan ish ko`radilar.
Arxeologiya boshqa fanlarga qaraganda yosh bo`lishiga qaramay, dunyoda katta e`tibor qozongan va hammani qiziqtirgan fan.
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, tarixchilik o`lkamizda juda ham qadimdan boshlangan. O`zbekiston arxeologiyasi fani esa juda ham yosh.
Bir guruh progressiv rus ziyolilari – arxeologiya havaskorlari tarix muzeyi tashkil qilib, har joydan to`plangan arxeologik yodgorliklarni bir erga to`plashga kirishdilar. Bulardan N.I.Veselovskiy, V.B.Grigorev, I.Kalaur, V.V.Bartol’d, shuningdek, o`zbek arxeologlaridan Akram polvon Asqarov va boshqalar yodgorliklarni tarixiy nuqtai-nazardan o`rganish ishiga tashabbuskor bo`ldilar. O`lkaning cho`llari, to\lari va qishloqlaridagi ba`zi yodgorliklar haqidagi turli afsona va xabarlarni matbuotda e`lon qilish odat bo`la bordi.

Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling