Tarix mantiqiga yangiсha qarash


Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o`rganish


Download 126 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi126 Kb.
#1603824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ilk Sivilizatsiyalar

Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o`rganish
Tarixning asoslari insoniyat urug`ini boshlanishiga taqaladi. Inson ongi shakllanganidan boshlab asosiy voqealarni xotirada saqlab qolish va keyingi avlodlarga hayot saboqlarini uzatish zaruriyati tug`ildi; Bu ijtimoiy genotikning saqlanib qolishiga yordam berdi. Haqiqatdagi voqealar to`g`risidagi afsonalar miflar bilan bog`landi. Bunday afsonalar adabiy shaklda ko`rindi.
Yozuvning paydo bo`lishi bilan tarixiy dalillar loy taxtachalarda, ibodatxona va piramida devorlariga, papiruslarga yozildi. Bu hukmdorlar yoki kohinlarga yoqadigan tarzda miflar bilan to`ldirilgan bayon qilish materiali edi. Tarix fani qadimgi sharqda turli tarixiy ma`lumotlar parchalarini yuzaga kelishi bilan boshlanib, qadimgi Yunnonistonda birinchi tarixchilar Gerodot (er.avv. 481-425 yillar), Fukidid (er.avv. 460-390 yillar); qadimgi Rimda Tit-Liviy, Tatsit, Plutarx va boshqalarning tarix sohasiga bag`ishlangan asarlari bilan yangi sifat kasb etdi.Ko`p tomli tarixiy tadqiqotlar paydo bo`ldi (Polibeyning 40 kitobdan iborat “Umumiy tarix” asari). Bu ilk tarixiy asarlarda voqealar nafaqat bayon qilindi va ularni tushuntirishga harakat qilindi, tarixiy jarayon qonuniyatlari, voqealarning ichki mantiqini aniqlashga, hamda zamondoshlar uchun tarixni saboq beradigan foydali qilishga tomon yo`l tutildi. Xalqlarning tarixida siklik doiraviy aylanishlar g`oyasi, bir xil bosqichlarni qaytarilishi fikri ilgari surildi. Xitoy tarixchisi Sima Syan (er.avv. 145-86 yillar) o`z “Tarixiy esdaliklar” asarida jamiyat tarixini yopiq doiraviy aylanish sifatida tushuntirdi.
Eramizning I ming yilligining oxiri- II ming yillikning boshlarida tarix fanining shakllanishida ikkinchi yirik qadam tashlandi. Bu davrda O`rta Osiyoda tarix fani sohasida bir qator mashhur asarlar yaratildi. A. Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, entsiklopedist olim Al Beruniyning (973-1050 yillar) “O`tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarlarida tarixiy jarayonni tushunishda yangi fikrlar ilgari surildi. Al Beruniy tarixiy taraqqiyotda katta tarixiy sikkillar g`oyasini ilgari surdi. Tunislik arab olimi Ibn Xaldun (1332-1436 yillar) o`zining “Saboqli namunalar kitobi” to`plamida tarix falsafasini rivojlantirib, tarixiy sikillar g`oyasini ilgari surdi.
Keyinchalik uyg`onish va marifatparvarlik davrlarida tarixiy taraqqiyot jarayonini ilmiy tahlil qilishga qator olimlar Viko, Bolen, Makiavelli, Bruni, Grotsiy, Volter, Russo, Monteske, Kondorse, Karamzin va Pogodinlar o`z munosib hissalarini qo`shdilar.
XVIII asrning oxirida tarixda genitek yondashuv g`oyasi ilgari surilgan edi. Nemis faylasufi Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803 yillar) o`zining “Insoniyat tarix falsafasiga g`oyalar” ishida belgilagan edi: “Insondagi barcha insoniylik uning hayotidagi uning hayotidagi hamma majburiyatlari bilan bog`langan: Tarbiya manaviy genizes orqali ota-onalar o`qituvchilar, do`stlar bilan bog`langan, xalqlar bilan va xalqning ajdodlari bilan bog`langan … Inson urug`ining tarbiyasi bu genitik va organic jarayon; genitik jarayon- an`analarni uzatish bilan; organik jarayon uzatilganni o`zlashtirish va qo`llash bilan”. (53.C.51,52.) Gerder zonalarni ajratdi – to`ntarishlar yoki revolyutsiyalar oralig`ida tuzilgan kosmik hajmdagi davrlar, Yer va insoniyat tarixidagi ulkan o`tishlar. (o`sha joyda 52. C.55) U bunday to`ntarishlarning hayotbaxsh tasirlarini takidladi: “Bizning insoniyat urug`imizga yo`qotishlar ko`l botqoqlikga aylanmasligi uchun suvning tekisligidagi to`lqinlar kabi kerak. Insoniylik dahosi o`z qiyofasini abadiy yangilaydi, abadiy xalqlarda, avlodlarda, qabilalarda yangidan tug`iladi va gullab yashnaydi” (o`sha joyda C.56.).
Tarix fanida haqiqiy to`ntarish XIX asr o`rtalarida yuz berdi. Uning asosiy mazmuni tarixiy progressning qonuniyatlarini aniqlash, bu fan perdmetining doirasini kengayishi, falsafa, siyosiy iqtisod arxeologiya bilan chambarchas bog`lanib ketishi bo`ldi. Tarix qonuniyatlariga yangi qarashning shakllanishi G.Gegel va K. Marks, L. Morgan va F. Engels, O.Terri va F.Gizo, O. Kant va G. Spenser, S. Solovev va N. Chernishevskiylarning ilmiy faoliyatlarining natijasi bo`ldi.
Zamonaviy falsafaning asoschilardan biri Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831 yillar) tarixshunoslikning uch ko`rinishini ajratdi: bizga antik tarixchilar qoldirgan boshlang`ich, bayon qilingan tarix; insoniyat yoki mamlakatlar taraqqiyotidagi davomli davrlarni umunlashtirishlar tarixiy asarlarni tanqidiy tahlil qilish yoki abstraktsiyalar yordami bilan obzorini beradigan reflektiv tarix; falsafiy tarix, qaysiki uning yordami bilan biz dunyoda aql hukmronlik qiladi, umumjahon-tarixiy jarayoni aqlli amalgam oshirildi, aql uning mazmuni nihoyasiz qudrati absolyut oxirgi maqsadi deb belgilaymiz. (53.C 70-77.) Umumjahon tarixini Gegel “Ilohiylikni ifodasi uning oily obrazlarida ruhning absolyut jarayoni”, “o`sha bosqichlar qatorini ifodasi, qaysiki uning yordamida u o`z haqiqatini amalgam oshiradi, o`zini anglashga yetib boradi”. (o`sha joyda. C.78.) Tabiatda abadiy doiraviy aylanish kuzatiladi; “Faqat manaviy sohada yuz beradigan o`zgarishlarda yangi paydo bo`ladi”. (o`sha yerda.) Tarix dunyoda aql amalga oshishi vaqtidan boshlanadi qachonki davlat va huquq paydo bo`lganda. (o`sha joyda. C.83.) Gegel umumjahon tarixini boshlanishida aqlni mutloqlashtiradi, marifatli davlatda aqlni amalgam tadbiq qilishni yuqori qo`yadi va tarixda subyektiv omilning ahamiyatini yuqori ko`taradi.
XIX-XX asrlar oralig`larida tarixiy materializim (markscha tarix maktabi) yuzaga keldi va jamiyat taraqqiyotida moddiy ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotining ustivorligi to`g`risidagi sotsiologik chizmalarda qurildi.
Marksizmning tarixiy jarayonning tadqiq qilishga obyektivlik, uni ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy munosabatlar bilan mahkam aloqasini ko`rsatishi tarix faniga qo`shilgan yirik hissadir. K. Marksning sanoat inqiloblari va dastlabki capital jamg`arish bosqichlarini, F.Engelsning fan tarixini va insoniyat jamiyatini boshlanishi birinchi bosqichlarini tadqiqlari ana shunday yondashuvning yorqin namunalaridir. K. Marksning tarix falsafasiga qo`shgan hissasini fransuz tarix maktabining yetakchisi F. Brodel shunday tan oldi “Marksning dahosi uni taffakkurining siri shundaki, u birinchi bo`lib, uzoq vaqtli tarixiy istiqbolga asoslangan haqiqiy ijtimoiy modellarni qurdi”. (52.C.139.) Lekin bu modellar zamonaviy tajriba shuni ko`rsatdiki tarixiy progressning manaviy omillarini orqga surdi, sinfiy antogonizmlar rolini ko`pirtirdi va pesevdo Marksislar tomonidan totalitar tuzumlarning mafkuraviy ehtiyojlari uchun ishlatildi.
Lekin tarixga – tarixiy taraqqiyot sikllari almashuvi sifatida qarash, unda inson, madaniyat, fandagi o`zgarishlar yetakchi rol o`ynashi to`g`risidagi yondashuvlar sekin -asta kuch to`pladi. O`z taraqqiyotida murakkab fazalarni kechiradigan lokal sivilizatsiyalarning madaniy tarixiy tiplari to`g`risidagi g`oya tarqala boshladi.
Turli sivilizatsiyalar taraqqiyotining tuzilishi bo`yicha o`xshash sikllari g`oyasi 1918-yilda Osvald Shpenglerning “Yevropaning so`nishi” asarining chop etilishi bilan keng tarqaldi. U o`z jadvallarida hent (Misr), antik va g`arb madaniyatlari taraqqiyoti bosqichlarini taqqoslab ularda ko`pgina umumiylikni topdi. Tarixiy jarayonning yarim siklligi g`oyasi ham unga tegishli: “Har bir madaniyat harbir ilk, lahza, har bir ko`tarilish va turg`unlik, uning ichki zaruriy darajalaridan va davrlaridan har biri ma`lum bir, doimo teng hamma vaqt davriy qaytayotgan davomiylik ramzining hamma vaqt ahamiyatligiga mavjud bo`ladi… Barcha madaniyatlarda siyosiy, manaviy va badiiy shakllanish ritmiga 50 yillik keskin ajralib turgan davr nima ahamiyatga ega? Yoki barokko, gotika, buyuk matematika, attik plastikasi, mozaika tasviriy san`ati, kontrapun, galliley mexanikasining 300 yillik davri? Har bir madaniyat uchun bir ming yillikda hayotning edial davomiyligi nimani bildiradi ?…” (57.C.55.) Lekin Shpengler jahon tarixining bosqichlarini umumiyligini inkor qildi, har bir madaniy- tarixiy tipning hayotiy sikllini qandaydir o`z-o`zini belgilaydigan, ajralgan holda qaradi.
Har bir xalqning taqdirida fazalik hayotiy siklning mavjudligini N.A. Berdiyayev belgiladi: “Agar tarixda xalqlar taqdiri, jamiyat taqdiri, insoniyat madiyat taqdirini olganda, biz barcha madaniyatlar bu hamma jamiyatlar va barcha xalqlar o`z taqdirida o`zining turli davrlari – tug`ilish davri, bolalik, ulg`ayish oliy gullab yashnash va nihoyat qariyalik, bukchayib qolish, gulini to`kish va o`limni boshidan kechiradi. Barcha buyuk milliy madaniyatlar va barcha jamiyatlar bu keksayish va o`lish jarayoniga duch kelganlar”. (6.C.151.)
Lokal sivilizatsiyalarning doiraviy aylanish nazariyasini o`ta asosli qilib, ingliz tarixchisi A. Toynbi o`zining 12 jildli “Tarixiy tadqiqoti” asarida ishlab chiqdi. U 21 yopiq sivilizatsiytani ajratdi, ularning har biri o`z taraqqiyotida genizis, o`sish, tushkunlik, o`lim bilan tugaydigan yemirilish bosqichlarini bosib o`tadi. Ilik sivilizatsiyalarni paydo bo`lishidan bo`lgan vaqt 6 ming yildan kam bo`lmagan deb ko`rsatadi u. Toynbi to`rtta parallel rivojlanayotgan va qisman kesishadigan “bog`lam” madaniyatlarning uch avlodi bo`yicha ajratdi: minoy –ellin-g`arb; minoy-ellin-pravoslav; minoy-suriya-islom; shumer-hind-hinduzm. Sivilizatsiyalar evolutsion tipdagi dinamik tuzilmalarda tasavvur qilindi; ular turli taqdirga ega bo`ldilar; 21 tasidan 14 tasi halokatga yuz tutdi, qachonki ular orqaga qaytdilar.
Toynbining g`oyalari L.N. Gumilevning tarixiy va etnografik asarlarida rivojlantirildi. U 40 yakka etnoslarni hayotiy siklini tadqiq qilib etnogenezning bir yarim ming yil davom etadigan, bir-birini izchil almashtiradigan fazalarni o`z tarkibiga olgan etnogenez aylanishni chiqardi: inkubatsiya davri (yangi etnos shakllanayotgan vaqt); possionar ko`tarilish; akmatik faza; buzilish; inersiya; obekuratsiya, regeneratsiya; relikt. Fazalar passionariylar – faol, otashqalb shaxslarning soni va faoliyatini natijasi bo`yicha farq qilinadi, lekin ularning tarqaishini o`zi kosmik energiyani quyuqligi bilan belgilanib, tarixiy progressning birinchi manbai insondan tashqarida qoldi (18. c. 328.)
Jamiyatning siklik dinamika tarixni tadqiq qilishni yana bir yo`nalishi A. Chijevskiy, N. Kondratev, P. Sorokin, I.Shumpeter, nomlari bilan bog’liq. A.L.Chiteskiy 1924-yil “Tarixiy jarayonning fizik omillari” tadqiqotida tarixiy voqealarning dinamikasidagi sikliklik quyosh faolligi tebranishlari ta’siri ostida asoslab berldi.
N.D.Kondratev konyukturani katta sikllarini nazariyasini keng holda bayon qilib kapitalistik xo`jalikning dinamikasini to`lqinsimon holatini tavsifladi. Iqtisodiy konyukturaning uzoq muddatli tebranishlari. Siklik dinamikani qonuniyatlarini bilish u yoki bu mamlakatning xo`jaligini o`sishi yoki tushkunligini umumiy an’analarini narxlar harakati an’analari, xo`jalikni tashkiliy tuzilishdagi o`zgarishlarni xalqaro murakkablashishini oldindan ko`rish va tushkunliklarini yanada asosli bashorat qilishga imkon beradi.
Sikllar nazariyasiga ijtimoiy-iqtisodiy bashoratni ishonchli quroli sifatida qaraldi.
N.D. Kondratyevning asosiy g’oyalari amerikalik taniqli iqtisodchi Yozef Shumpeterning 1939-yilda chop etilgan “Iqtisodiy sikllar” nomli ikki jildli asarida statistik asoslanib, rivojlantirildi. Iqtisodiy dinamikadagi o`rta muddatli va uzoq muddatli (Kondratyevning) to`lqinsimon tebranishlarini rivojlanishdagi o`zaro bog’liqlikni ochib berib, Shumpeter tebranishlar asosini innovatsiyalar to`lqinida ko`rdi, ularning ostida nafaqat ixtirolar, texnik takomillashtirishlarni, balki tarixiy progressning asosiy omillari bo`lgan ehtiyojlar, talablar, modalar, tashkilotlar shakllarini o`zgarishini ko`rdi.
Pitirim Sorokinning “Ijtimoiy va madaniy dinamika (1937-1941) fundamental 4 jildli asarida ikki ming yil davomidagi jamiyat siklik dinamikasi fundamental tadqiq qilingan. Sorokin ijtimoiy-madaniy dinamikani eng muhim omili u yoki bu dominant madaniy yuqori tizimni yemirilishi deb hisobladi. U madaniyatni tushkunligini tavsiflab, “Urushlar va inqiloblar yo`qolmaydi, aksincha, XX asrda mislsiz darajaga yetadi, ilgarigidan ko`ra muqarrar va yanada dahshatli bo`ladi; demokratiyalar tushkinlikka uchraydi o`rnini despotiyaga uning barcha ko`rinishlariga bo`shatib beradi; madaniyatning ijodiy kuchlari so`ladi va halok bo`ladi” deb bashorat qildi. Uning fikricha, tushkunlik bir vaqtni o`zida g’arb madaniyati va jamiyatining barcha bosh muassasalarini qamradi; bu san’at va fan, falsafa va din, huquq va axloq, turmush tarzi va odatlar, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot shakllari; tushkunlik so`nggi to`rt yuz yilda g’arb madaniyati va jamiyatini asosiy shakllarini yemirilishidadir”
Ikkinchi jahon urushidan keyin, tarix falsafasi rivojlanishiga qo`shilgan muhim hissa bu nemis tarixchisi Karl Yaspersning (1883-1969) “Tarixning ibtidosi va uning maqsadi” asarining (1948-y) chop etilish bo`ldi. Tarixiy vaqtni hisobini er. avv. III ming yillikdan boshlab, Yaspers zamonaviy insonni uning ma’naviy dunyosini yaxlitligida shakllangan davr-“Tayanch vaqt” ni ajratdi. Jahon tarixini bu osini er. avv. 500-yillar atrofiga olib borish mumkin, er. avv. 800-yillar bilan er. avv. 200-yillar oralig’ida borgan o`sha ma’naviy jarayonga taqash mumkin. O`sha vaqtda tarixda eng keskin burilish yuz berdi. Hozirgacha mavjud bo`lgan odamni tipi paydo bo`ldi. Bu vaqtda biz qisqacha os vaqti deb aytamiz. Os vaqtida keyinchalik aql va shaxs deb ataladigan kashfiyot yuz berdi. (63.C 32-35, 37, 39) ana shu qoidalar asosida Yaspers tarixgacha va tarixni yangi chizmasini va davrlashtirishini ko`rdi.
Tarix falsafasidagi rivojlanishni yangi davri, uning siklik xususiyatini anglashda 1929-yilda fransuz tarix maktabi “annallari” tashkil etilishi bo`ldi. Bu maktabga Mark Blok va Lyusen Fevr boshchilik qildilar. Ular miqdoriy tarix, demografik statistika va narxlarni siklik dinamikasini statistik tadqiqotiga jiddiy e’tibor berdilar. Bu tadqiqot yirik tarixiy voqealarni siklik oziq-ovqat tushkunliklari, davriy demografik turg’unliklar bilan o`zaro bog’liqligini ochdi, Yevropa iqtisodiy konyukturasining sikllarning har xil turlari ko`p asrli yoki yuz yillik, yarim asrlik, o`n yillik va yillik va yil davomida mavsumiy tebranishlarini aniqlashga yordam berdi. Bu tarixiy jarayonning qonuniyatlarini o`rganish uchun fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish uchun muhim omil bo`ldi.
Bu tadqiqotlarning eng mahsuldor yo`nalishi urushdan keyingi davrdagi yirik fransuz tarixchisi Fernan Brodelning va asosan uning “Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot va kapitalizm. XV-XVIII asrlar” nomli uch jildli asari bilan bog’liq.
Brodel tarixiy jarayonni keng qamrovli jihatdan ko`rib chiqib yer sharining aholi joylashgan qismini qamrab olgan. Jahon iqtisodiyotini qaysiki ichki aloqalar va ayirboshlash ma’lum bir organik birlik tus beradigan iqtisodiyot dunyosining yer sharini iqtisodiy mustaqil qismini belgilaydi, bu bizni jahon va lokal sivilizatsiyalarni tushunishimizga javob beradi. Iqtisodiyot dunyosi aniq belgilangan kenglikka ega, uning markazida qutb-yirik shahar turadi, atrofida yaqin va uzoq periferiya, shunday qilib iqtisodiyot dunyosining kengligi har xil darajadagi boylik, potensiallar har xilligi toifalangan xususiy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatida chiqadi, ularning vositasida barcha yig’indining faoliyati ta’minlanadi.
“Dunyo” tarixi-bu kortej, yurish, ishlab chiqarish usullarining yonma-yon yashashi, qaysiki biz birin-ketin tarixni davrlari bilan aloqada qarab chiqishiga o`rganib qolganmiz, aslida esa ishlab chiqarishning bu usullari bir-biri bilan chulg’angan. Eng ilg’orlari eng qoloqlariga qaram bo`ladi va aksincha; taraqqiyot-bu zaif taraqqiyotning boshqa tomonidir. Tarixiy progress to`lqini tarzida nafaqat kenglikda yoyiladi, balki vaqt bo`yicha ritmlar, iqtisodiyot, siyosat va demografiyani, o`z-o`zini anglash va jamoa tafakkurini, jinoyatchilik, bir-birini almashtiradigan ba’diiy maktablar, adabiy oqimlar va modani qamrab oladigan konyuktura ritmlarini shakllantiradi. Mavsumiy tebranishlar bilan bir qatorda turli uzunlikda bo`lgan sikllar kuzatiladi: uch-to`rt yillik sikllar; 6-8 yil uzunlikdagi sikllar yoki 10-12 uzunlikdagi davomiyligidagi o`n yilliklar oralig’i sikllari; 150-300 yil davomiyligidagi asriy an’ana. Brodelning tarixning chuqurlikdagi to`lqinlari qisqarish an’anasiga ega degan tushunchasi muhim ahamiyatga ega. (9.t.3.c14, 18,65, 67, 72,73)
Insoniyatning siklik taraqqiyotining tarixiy qonuniyatlarga qiziqish XX asrning so`ngi choragida, tarixiy dinamikaning trayektoriyasida tub burilish nuqtasida, yalpi umumiy tushkunlik arafasida yana kuchaydi. XX asrning 70-yillari boshlarida tarqalgan yalpi iqtisodiy va ekologik tushkunliklarni chuquqr sabablarini izlash davri kirdi. Jamiyatshunoslar Kondratev va Shumpetrning uzoq muddatli sikllari nazariyalariga yana murojaat qildilar. Tarixdagi har bir yirik burilish davrida hayot qo`ygan keskin muammolarni yechish bo`yicha ko`pgina ilmiy qarashlar bayon qilinadi. Jamiyatni uzun to`lqinli siklik dinamikasi muammolari bo`yicha Van Deynning (1983), A.Klayneknextning (1987), A.M.Anchishkenning (1986) monografiyalari paydo bo`ldi.
I.M.Dyakonov “Tarix yo`llari eng qadimgi odamdan bizxni kunlarimizgacha” (1994) monografiyasida tarixiy jarayon fazalarini almashuvi konsepsiyasini ilgari suradi, an`anaviy ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar nazaryasini tanqid qiladi. U tarixda swakkiz fazani ajratadi, ularni uzunligi eksponensial jadallashuv qonuniyatlariga bo`ysunadi: ibtidoiy faza (Homo sapiensning paydo bo`lishidan neolitgacha – 30 ming yildan kam bo`lmagan), ibtidoiy jamoa fazasi (7 ming yil atrofida); ilk qadim (2 ming yil atrofida), imperiya qadimgi davri (1,5 ming yil atrofida), o`r5ta asrlar (ming yil atrofida); barqaror mutlaq post o`rta asr (300 yil atrofida); kapitalistik faza (100 yildan sal ko`proq) va postkopitalistik, uning orqasidan tarixiy progressning to`qqizinchi fazasi boradi. Shu bilan birga kelajakning ikki senariysi mumkin: yoki insoniyat XXII asrga qolmay halok bo`ladi va u bilan bizga ma’lum biosferaning katta qismi o`ladi, yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining o`sishi sezilarli kamayishiga erishiladi, jamiyat va tabiatning dinamikasi uyg’unlashtiriladi, I. M. Dyakonovning nazariyasi Yu. B. Yakovetsning nazariyasiga to`g’ri keladi.
Amerikalik olima R. Aysler taklif qilgan tarixni davrlashtirish chizmasi asosida jinslar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar xususiyatlari qo`yiladi: erkak va ayol o`rtasidagi ilk davrdagi uzoq hamkorlikdan keyin (er. avv. III ming yillikda minoy madaniyatida so`nggi yuksalishga erishgandan so`ng) ­– erkaklar hukmronligi davri orqali, zo`ravonlik va urushlardan keyin – uzoq bo`lmagan kelajakda yangi asosdagi hamkorlik erasining qayta tug’ilishi.
Artur Shlezinger kichik Qo`shma Shtatlar siyosiy hayotida kishilar avlodi almashinuvi bilan bog’liq bo`lgan o`ttiz yillik sikllar ritmini tasvirladi. U “sikl bu harakatsiz nuqtalar orasida tebranadigan mayatnik emas, balki spiral, u yangini qabul qiladi va shuning uchun determinizmdan qochadi. Va bundan tashqari tarixiy sikl hamma vaqt tarixchi shaxsi bilan bog’liq.” Har bir tarixchi o`zining sikllar almashinuvini taklif qiladi. Shlezinger tarix faylasufi R.Dj.Kollingvudning “tarixning har bir tadqiqotchisini o`z sikllar tizimi bo`lishi lozim… tarixga siklik qarash o`zgaradi va yo`qoladi, individning va boshqa irqlarning tarixiy bo`lishida har bir yangi qadam bilan yig’iladi.” Bilim yo`li nihoyasiz, shuning uchun tarixiy sikllarga qarashlar kelajakda ko`p o`zgaradi.
Tarix fani hozirgi kunda (boshqa ijtimoiy fanlar kabi) jiddiy tushkunlikni boshdan kechirmoqda, uning xulosasi bo`lib, insoniyatning siklik dinamikasi, genetikasi bosqichlari va qonuniyatlari o`tmishining tasviri bo`ladi. Tarix falsafasini bu tushkunlik yanada chuqurroq chulg’adi, bu uning hukmron paradigmalarining halokati, ilmiy dunyo qaqrashning umumiy tushkunligi bilan bog’liq edi. Tarix barcha insoniyatning umumiy qonuniyatlari uchun tarix hech qanday ahamiyatga ega emas degan asarlar paydo bo`ldi. Amerikalik tarixchi Frensis Fukuyama shov-shuvga sabab bo`lgan “Tarixni tugashi” nomli maqolasida g`arb liberal demokratiyasining fashizm va eng yangi marksizm ustidan g`alabasi, sovuq urushni tugashi tarixni tugallanishi, insoniyatning mafkuraviuy evo9lyutsiyasini va g`arb liberal demokratiyasini hukmronlikning so`ngi tugallangan shaklini bilodiradi deb e`lon qildi. Bu g`arb falsafasi tarixini navbatdagi tushkunligi edi, uning jahon tarixini yangi burilishi va bu bilan bog`langan yo`qotishlar va tarixiy tafakkurning yangilanishi oldidagi uning taslim bo`lishi edi. “Tarixni tugallanishi tan olish jamiyatni keyingi progressi uchun kurashni mantiqsiz qiladi. Buni Fukuyamani o`zi ham tan oladi. “Tarixni tugallanishi” qayg`uli tan olinish uchun kurash, sof mavhum g`oya uchun hayotni xavf ostiga qo`yish, jasorat talab qiladigan mahkuraviy kurash – bularni barchasi o`rniga – iqtisodiy o`sish, nihoyasiz texnik muammolar, ekologiya to`g`risida g`amxo`rlik va iste`molchining noziklashgan talablarini qondirish. Posttarixiy davrda san`at ham, falsafa ham yo`q; faqat sinchkovlik bilan ehtiyot qilinadigan insoniyat tarixi bor xolos.” Bu umidsiz bashorat. Hozircha insoniyat mavjud ekan –tarix nihoyasiga yetmaydi. Duhyoni bilishdagi tub burilishlar, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini anglashdagi davriy ilmiy tushkunliklar xoli bo`lish mumkin emas.
Tarixiy tafakkur taraqqiyotining qisqacha qarab chiqishga tayanib, endilikda katta bilim bilan tarix fanlarini predmetini aniqlashga qaytish mumkin. Tarix – bu insoniyat jamiyatini o`tmish to`g`risida va uni buguni, aniq shakllardagi, makon va zamon o`lchovlarida ijtimoiy hayot taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi fandir, uni bugungi kunini va kelajagini asoslangan holda ko`rish uchun tarixni mazmuni bo`lgan tarixiy jarayonni qonuniyatlari va an`analarini aniqlashdir. Jamiyat ko`p o`lchovli, shuning uchun ham tarix fani ko`p bo`g`inli bo`lib, tarix fanlarini butun bir piramidasini o`z ichiga oladi (1 rasm). Uning bir qirrasi – mamlakatlar va xalqlar tarixi, yanada umumiy ma`noda - kontinentlar tarixi (Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerika, Avstraliya) va insoniyat tarixinni asosiy bosqichlarini o`rgadigan umumiy tarix. Bu piramidaning boshqa qirrasi-inson faoliyatining alohida sohalari-fan, texnika,m iqtisodiyot, siyosiy munosabatlar, davlat va huquq, urushlar, madaniyat va ta’lim, etika va din va h.k. uchinchi qirra tarixiy bilishning bosqichlari va metodlari-tarixshunoslik, etnografiya, arxeografiya, manbashunoslik, arxeologiya, statistika, tarixiy jarayonlarni modellashtirsh va h.k. to`g’risidagi fanlarni tashkil qiladi. Piramidani cho`qqisi- tarixiy jarayon nazariyasi, uning umumiy qonuniyatlari va an’analari, tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi va h.k. (tarix falsafasi).
Tarix fanlarining har biri qarindosh ijtimoiy fanlar-mamlakatlar tarixi-geografiya bilan, faoliyat turlari tarixi-fanning tegishli sohalari bilan, tarixiy tadqiqotlar metodlari-statistika nazariyasi, modellashtirish va h.k. bilan bog’liq. Tarix falsafasi-falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, siklik dinamika va sotsioginetika bilan juda yaqin aloqada.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling