Tarix Sirtqi. S0601-20 guruhi talabasi Shukurov Sherzod Shokir o’gli Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. Topshiriq 1


Download 24.99 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi24.99 Kb.
#1545750
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu topshirig\'i Yosh fiziologiyasi va gigiyena

Umumiy оrgаnоidlаrgа mitохоndriya, sitоplаzmаtik (endоplаzmаtik) to`r, ribоsоmа, Gоlji kоmplеksi, lizоsоmа, mikrоnаychа, sеntrоsоmа, pеrоksisоmа;
Mахsus оrgаnеllаlаrgаesа tоnоfibrillа, miоfibrillа, nеyrоfibrillаlаr, kiprikchаlаr vа mikrоvоrsinkаlаr kirаdi.

  1. Epiteliy to’qimasi.

Epiteliy (epi... va yun. — soʻrgʻich), epiteliy toʻqimasi — koʻp hujayrali hayvonlarda — tanani va tana boʻshligʻini qoplab turuvchi, koʻpchilik bezlarning asosiy funksional tarkibini tashkil etuvchi toʻqima. Embriogenezda Epiteliy har uchchala murtak varaqlaridan hosil boʻladi va tana qoplogʻichi, ularning hosilalari hamda koʻpchilik bezlarning hosil boʻlishida qatnashadi. Epiteliy tez eskirib qolishi tufayli kuchli regeneratsiya qilish xususiyatiga ega. Epiteliy bazal membrana bilan chegaralangan, unda tomirlar boʻlmaydi; oziq moddalarni unga yaqin joylashgan biriktiruvchi toʻqimadan oladi. Epiteliy cheklovchi, himoya, moddalar almashinuvi (soʻrish, ajratish), sekret ajratish funksiyasini bajaradi. Funksiyasiga binoan, qoplovchi va sekretor Epiteliyga ajratiladi. Qoplovchi Epiteliy, oʻz navbatida, bir qavatli, koʻp qavatli va oraliq qavatli boʻladi. Bir qavatli Epiteliy hujayralari bazal membrana bilan bogʻlangan (oshqozon va ichak devori, mezoteliy tana boʻshligʻini oʻrab turadigan Epiteliy). Koʻp qavatli Epiteliyning faqat ichki qavati bazal membrana bilan qoplangan (teri Epiteliysi), oraliq (2 qavatli) Epiteliyning tashqi koʻrinishi organ devori choʻzilishiga qarab oʻzgarib turadi (mas, qovuq, siydik chiqarish yoʻli Epiteliysi). Sekretor Epiteliy esa bezlarda boʻladi. Epiteliy hujayrasining tuzilishi uning sekretorlik funksiyasi bilan bogʻliq.
Epiteliy shakliga binoan, yassi, kubsimon va silindrsimon boʻladi. Shimuvchi Epiteliy hujayrasi sirti tuksimon jiyakli, hilpillovchi Epiteliyda hilpillovchi kipriklar boʻladi. Himoya funksisini bajaruvchi Epiteliy uchun muguzlashish xususiyati, bezli epiteliy uchun donador endoplazmatik toʻr va Golji kompleksining rivojlanishi xos.
Oʻsimliklarda Epiteliy — ignabarglilarning mum yoʻllari va soyabonguldoshlarga mansub oʻsimliklarning moy chiqarish yoʻllarini oʻrab turadigan hujayralar.
Epiteliy (qoplovchi) to'qima. Bu to'qima terining ustki yuzasini, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayiruv organlari kabilarning ichki yuzasini qoplab turadi. Buni organlarning shilliq qavati deb ham aytiladi. Epiteliy to‘qimasi joylashishi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga ko‘ra bir necha xildir. Shakli esa yassi (yapaloq), kubsimon, silindrsimon boiib, bir yoki ko‘p qavatlardan tashkil topgan. Yassi to'qima teri ustini qoplab turadi, kubsimon to‘qima buyrakda, silindrsimon to‘qima ichakning ichki qavatida, kubsimon to ‘qima burun bo‘shlig‘ining ichki yuzasida joylashgan.
Epiteliy to‘qimasi joylashishiga qarab har xil vazifani bajaradi: terining ustki qismini va burun bo‘shlig‘ini qoplab turgan epiteliy to‘qimalari himoya vazifasini bajaradi; oshqozon-ichakning ichki yuzasidagi epiteliy to‘qimasi ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Bu to‘qima organlar yuzasida oylashganligi va tashqi muhitning noqulay ta’siriga ko‘proq duch kelishi tufayli tez-tez jarohatlanadi, yalligianadi. Shuning uchun ham uning hujayralari tez ko'payish va yangilanish (regeneratsiya) xususiyatiga ega.


  1. Download 24.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling