Tarix va falsafa


-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta’ lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

9-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta’ lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. 
REJA: 
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’ lim va tarbiyaning 
o`rni va roli. 


93 
2. “Ta’ lim to`g’ risida” gi Qonun va “ Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning qabul qilinishi. 
Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. 
3. Ta’ limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. 
4. O`zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o`zgarishlar. 
5. Oliy ta’ lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Ta’ lim 
sohasida halqaro hamkorlikning yo`lga qo`yilishi: yutuqlar va kamchiliklar 
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’ lim va 
tarbiyaning o`rni va roli. 
Har qanday mamlaktning kuchi uning fuqarolarining ma’ naviy etukligi, intellektual 
salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Jamiyat taraqqiyoti, milliy faravonlik hamisha yosh avlodning 
ta’ lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan 
bog’ liq bo`lib kelgan. Shu boisdan ham istiqlolimizning ilk qadamlaridan boshlab, mamlakatimizda 
yangi zamon avlodni tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish ishi 
davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Jamiyat rivojining eng muhim poydevorlaridan biri bu -ta’ lim 
tizimidir.Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg’ or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini 
o`zlashtirgan yuksak saloxiyatli kadrlarni etishtirmasdan turib, jamiyatni yuksaltirib bo`lmaydi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan 1992 yil 2 iyulda “ Ta’ lim to`g’ risida” gi qonun qabul 
qilindi.Respublikamizda ta’ limning yangi tizimni amalga oshirish, ta’ limni isloh qilish dasturi 
tayyorlandi.Barcha e’ tibor ta’ lim tizimlarini 
demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida 
takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasi, zamon va davr talablari darajasiga ko`tarish va 
O`zbekistonning ma’ rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. 
1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida Birinchi prezident 
I.A.Karimovning «Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poyodevori»ma’ ruzasi asosida 
«Ta’ lim to`g’ risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. 
Mazkur dasturning maqsadi-ta’ lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan 
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, 
yuksak ma’ naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy 
tizimini yaratishdir.
Shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko`rsatildi: 
-uzluksizlik; 
-mutaxassislarga talab istiqbolini o`rganish; 
-o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash; 
-o`quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, ma’ naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash; 
-korxonalardan maktab-institutlar bazasini mustahkamlashda foydalanish; 
-chet el sarmoyalaridan foydalanish. 
“ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning 
mohiyati yoritiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1. 
Shaxs. Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ ekti va ob’ ekti, ta’ lim sohasidagi 
xizmatlarning iste’ molchisi va uni amalga oshiruvchidir.
2. 
Davlat va Jamiyat ta’ lim va kadrlar milliy tizimining faoliyatini tartibga solish va 
nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
3. 
Uzluksiz ta’ lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, 
ta’ limning barcha turlari, davlat ta’ lim standartlari , kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning 
faoliyat muhitini o`z ichiga oladi.
Ta’ lim to`g’ risidagi yangi qonunga ko`ra, uzluksiz ta’ lim bir necha bosqichlarda amalga 
oshirilishi zarur: 
6. 
Maktabgacha-oila va bog’ cha tarbiyasi. 
7. 
Boshlang’ich ta’lim, 1-4 sinflar. 


94 
8. 
Umumiy ta’lim majburiy bo`lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash 
shakllanadi. 
9. 
Majburiy-ixtiyoriy tusdagi o`rta-maxsus bilim va kasbhunar o`quv yurtlari: 3 yilga 
mo`ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari. 
10. 
Oliy ta’lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o`qish muddati, keyinchalik ilmiy-tadqiqot 
ishlarini olib borish uchun aspirantura-3 yil, doktorantura-2 yil muddatga belgilangan. 
Ta’ lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. 
I. 1997-2001 yy. O`tish davri 
II. 
2000-2005 yy. Islohotni keng miqyosda amalga oshirish davri. 
III. 
2005 yildan keyin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish 
davri. 
1997 yildan boshlab 1400 dan ortiq kasb-xunar kolleji va 200 ga akademik litsey bunyod 
etildi. Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ ich sinflarda o`quv-tarbiya 
ishlarga e’ tibor kuchaytirilib, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes 
maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000 boshlariga kelib, 
mamlakatimizda 59 ta oliy, 258 ta o`rta-maxsus o`quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 
mingdan ortiq talabalar bilim olmoqda. Iqtidorli yoshlarga e’ tibor kuchayib, ularning xorijiy 
mamlakatlardagi etakchi o`quv yurtlarida ilm-fan cho`qqilarini egallashini tashkil qilish uchun 
«Ulug’ bek» (1993 y.), «Kamolot» (1996 y.), («Umid» 1997 yildan keyingi «Iste’ dod» 
jamg’ armasiga qo`shib yuborilgan) jamg’ armalari tashkil etildi. Prezidentnin 2004 yildagi farmoni 
asosida 2004-2009 yillarda Maktab ta’ limini rivojlantirish Davlat umummilliy davturi qabul qilindi. 
Dastur asosida maktablar qurilib, moddiy texnik baza yangilandi.Ta’ limning barcha bosqichlarida 
davlat ta’ lim standartlari yaratildi.Maktab darsliklari 
yangilandi.O`zbekiston 
respublikasining 
“ Ta’ lim to`g’ risida” gi qonuniga muvofiq umumiy o`rta ta’ limning to`qqiz yil etib belgilanishi 
munosabati uni bitirgan o`quvchilar o`rta maxsus yoki kasb-xunar kollejlarida o`qishni davom 
ettirdilar.O`tgan qisqa davr ichida «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini» amalga oshirishdagi 
natijalar ancha quvonchlidir. Ta’ lim - taraqqiyot bosqichidagi eng muhim tizim.Jamiki o`zgarishlar, 
yangilanishlar bevosita ta’ lim rivoji bilan bog’ liq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev iborasi bilan 
aytganda, «Biz ta’ lim va tarbiya tizimining barcha bo`g’ inlari faoliyatini bugungi zamon talablari 
asosida takomillashtirishni o`zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz»
4

Islohotlar amalga oshirilgan yillarda umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus, kasb-hunar 
ta’ limini rivojlantirish, 12 yillik majburiy ta’ limga o`tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish 
hozirgi o`rta maxsus, kasb-hunar ta’ limi tizimi bugungi kun talabalariga javob bermasligini va tubdan 
islohqilishga muhtoj ekanligini ko`rsatadi. 2017 yil umum ta’ lim va o`rta maxsus kasb-xunar tizimida 
tub isloxotlar yili bo`ldi.Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg’ or xorijiy 
mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’ limi tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, 
malakali va mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish 
uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlarini hisobga olish va bandligini 
oshirish maqsadida 2018 yil 25 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o`rta, o`rta 
maxsus va kasb-hunar ta’ lim tizimini, tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to`g’ risida»gi 
Farmoni qabul qilindi. 
Ushbu Farmon bilan: 
1. 2018-2019 o`quv yilidan boshlab majburiy umumiy o`rta ta’ lim uzluksiz 11 yillik ta’ lim 
negizida amalga oshirilmoqda. 
2. 2019-2020 o`quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o`qishga qabul qilish umumiy o`rta 
ta’ lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka 
(kasbga) ega bo`lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo`lgan ta’ lim muddatlarida amalga oshirilishi yo`lga 
qo`yilmoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimizda 97 mingta maktabda 5,2 million o`quvchi ta’ lim oladi, o`quv-
tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi. O`zbekistan Respublikasi 
4

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling