Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Шавкат Мирзиёев. Миллий тараққиёт ва йулимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга 
кўтарамиз. 1-жилд. - Т.: «Ўзбекистон» НМИУ. 2017, 124-б. 


95 
Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 17 iyul kuni umumiy o`rta ta’ lim tizimini islohqilish va 
rivojlantirish masalalariga bag’ ishlangan yig’ ilishida o`qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish 
zarurligini alohida ta’ kidladi. Ta’ lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko`tarish maqsadida 
2018 yil 5 sentyabrda davlatimiz rahbarining «Xalq ta’ limini boshqarish tizimini takomillashtirish 
bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’ risida»gi Farmoni, shuningdek, qator qarorlar qabul qilindi. 
2018 yil 1 sentyabrdan boshlab maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va 
rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta’ sis qilindi. O`qituvchini 
boshqa ishlarga jalb etish, maktablar asossiz tekshiruvlar o`tkazish amaliyotiga chek qo`yildi. 
2019 yilnig 29 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “ O`zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’ lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g’ risida”
gi farmonga imzo chekdi.
.
Ta’ limga e’ tibor - kelajakka e’ tibor. Ta’ lim - taraqqiyot bosqichidagi eng muhim tizim. 
Jamiki o`zgarishlar, yangilanishlar bevosita ta’ lim rivoji bilan bogliq. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoev iborasi bilan aytganda, «Biz ta’ lim va tarbiya tizimining barcha bug’ inlari faoliyatini 
bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o`zimizning birinchi darajali vazifamiz deb 
bilamiz»
5
. Mamlakatimizda ta’ lim-tarbiya 
masalasiga davlat siyosati darajasida e’ tibor 
qaratilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi davrda ta’ lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi 
bosqichga ko`tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. 
Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabrda qabul qilingan qaroriga muvofiq, yurtimizda birinchi marta 
Maktabgacha ta’ lim vazirligi tashkil etildi. Qisqa davrda ushbu tizimda tub o`zgarishlar amalga 
oshirildi, 980 dan ortiq bog’ cha qurilib, ishga tushirildi. Bu maskanlarda ta’ lim-tarbiya ishlari eng 
ilg’ or usul va vositalar yordamida olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag’ ishlangan tantanali marosimdagi 
ma’ ruzasida ta’ kidlab o`tganidek, «Davlat- xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan xususiy 
maktabgacha ta’ lim maskanlari so`nggi bir yilda ikki barobar ko`paydi va 568 tani tashkil etmoqda. 
Yana mingta shunday bog’ cha ochish bo`yicha amaliy ishlar boshlangan»
6
. Albatta, maktabgacha 
ta’ lim o`sib kelayotgan avlodning kelgusida jamiyatga faol qo`shilib ketishiga poydevor yaratadi. 
Davlatimiz raxbarining 2018 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Maktabgacha ta’ lim tizimini 
boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’ risida»gi qarori maktabgacha ta’ lim tizimini 
yagona uzluksiz ta’ lim tizimining muhim bo`g’ ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha 
ta’ lim muassasalari tarmog’ ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustaukamlash, ularni 
malakali pedagog kadrlar bilan ta’ minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’ naviy-estetik va 
jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalarning ta’ lim-tarbiya jarayoniga joriy 
etilishi ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat qilmoqda.Qarorga muvofiq, 
O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’ lim vazirligi qoshida Axborot va pedagogika 
texnologiyalarining innovatsion markazi, Ixtisos- lashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani 
rivojlantirish bo`yicha injenering kompaniyasi, Maktabgacha ta’ limni rivojlantirish jamg’ armasi 
tashkil etildi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling