Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

boshqaruvi shakliga o`tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi 
ta’ kidlandi. 
1990-yil 24-mart kuni O`zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasi SSSR doirasida 
birinchi bo`lgan siyosiy hujjatni – «O`zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’ sis etish to`g’ risida»gi 
qarorni qabul qildi va O`zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug’ aniyevich Karimov 
O`zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O`zbekiston SSSR respublikalari ichida birinchi 
bo`lib o`zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. 
Mustaqillik deklartsiyasi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishida qo`yilgan navbatdagi muhim 
qadamlardan biri bu-1990-yil 20-iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik 
Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi edi.
Deklaratsiyada har bir millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, 
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib 
O`zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’ lon qilindi
2

Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo`lib, mazkur hujjat O`zbekiston qonunlarining 
Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’ minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» 
O`zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bo`lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’ minladi, 
barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning o`z 
taqdirini o`zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy 
qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O`zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’ lon 
qilindi. Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan O`zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy
hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.
Respublikada «Ish bilan ta’ minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990-yilda 
300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’ minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy 
jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda byudjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so`m qo`shimcha 
mablag’ ajratildi. 
1991-yilga kelib O`zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat 
ramzlarini tayyorlash va qa 
bul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O`zbekiston Oliy Kengashi 
«O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’ risida» maxsus qaror qabul qildi. 
O`zbekistonning o`z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir 
qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan 
tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda 
etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyulida O`zbekiston SSR Oliy Kengashi 
Prezidiumining «O`zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo`ysunuvchi davlat korxonalari, 
2
O`zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob.O`zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida.-Т., “Sharq”, 2000. 669-bet. 


17 
muassasalari va tashkilotlarini O`zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o`tkazish» to`g’ risida qabul 
qilgan qarori ham O`zbekiston SSR Prezidenti I.A. Karimov, O`zbekiston SSR Oliy Kengashi va 
hukumati O`zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar 
tashlaganligining isbotidir. 
Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. 1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz o`zining 
ta’ sir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991 yil aprelda 
Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi 
bo`ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling