Tarix va falsafa


 XXI Globallashuv asrida ta’ lim sohasida mazkur fanni o`qitishdagi nazariy-konseptual


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

5. XXI Globallashuv asrida ta’ lim sohasida mazkur fanni o`qitishdagi nazariy-konseptual 
yondashuv va ilg‘ or innovatsiyalar. 
O`zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yoshlarga nisbatan 
alohida g‘ amxo`rlik ko`rsatilib, ularga oid davlat siyosati izchil ravishda amaliy hayotga tatbiq etib 
kelinmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo`nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi 
“ O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g‘ risida” gi qonunida belgilab qo`yilgan. 
O`zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida 
belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo`lgan bilimli va 
intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o`zining asosiy ustuvor yo`nalishlari qatoriga 
qo`yib kelmoqda. Bu borada yoshlarning nafaqat jismoniy va ma’ naviy sog‘ lom o`sishi, balki 
ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo`lgan, uyg‘ un rivojlangan insonlar bo`lib, XXI 
asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat 
va sharoitlarni yaratish maqsadi qo`yilgan. SHu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-
siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O`zbekistonda mustaqillik yillarida 
amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash 
va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘ liqligida hisoblanadi. Chunki, mamlakatda yoshlarning 
aholi tarkibidagi salmog‘ i 60,0 foiz foizdan yuqorini tashkil qiladi. Mazkur mulohaza O`zbekiston 
yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. 
Yoshlarning bilim olishi, ta’ lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari O`zbekistonda huquqiy 
demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Binobarin, ushbu jarayonlar, ya’ ni O`zbekistonda ta’ lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar 
samaralari, yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu 
borada to`plangan tajriba bilan xalqaro hamjamiyatni keng tanishtirish maqsadida ko`plab xalqaro ilmiy 
anjumanlar o`tkazilib kelinmoqda. O`zbekistonda Ta’ lim sohasini isloh qilish, yuksak bilimli va 
intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo`yicha 1997 yil amalga oshirilgan, dunyo hamjamiyati 
tomonidan e’ tirof etilgan “ Ta’ lim to`g‘ risidagi qonun” va “
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
”, 
katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, O`zbekistonda zamonaviy ilm-fanni puxta egallagan 
raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ta’ lim-tarbiya ishlarini tubdan o`zgartirish, xalqaro tajribalar asosida 
ta’ lim sifatini yangilash masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Xususan, 2017-2021 yillarda 


13 
O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida ta’ lim va 
fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari belgilab berilgan 
bandlarida, jumladan, uzluksiz ta’ lim tizimini yanada takomillashtirish yo`lini davom ettirish, sifatli 
ta’ lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash; ta’ lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, 
fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo`lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda 
o`rganish; ta’ lim va o`qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’ lim 
muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual rivojlangan, mustaqil 
fikrlaydigan, qat’ iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash kabi boshqa 
muhim va talab yuqori bo`lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o`rganish” ga alohida ahamiyat 
qaratilgan. Shu bois, O`zbekistonda milliy ta’ lim-tarbiya sohasiga jiddiy e’ tibor berilib, ta’ lim 
tizimida tub o`zgarishlar qilish va erishilgan natijalarni tahlil etgan holda, mavjud muammolarni bartaraf 
etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim o`rin tutadi. 
Bugungi kunda yuksak ma’ naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli, samarali mehnat qilishga 
qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuch 
ekanligini teran anglash asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’ analarimizni, jahon 
sivilizatsiyasi tarixida o`chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yana bir bor kashf etamiz, 
qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo`lamiz hamda yoshlarga ibrat sifatida ko`rsatamiz, buyuk 
zotlarga munosib bo`lishga undaymiz. 
Ta’ lim 
tuzilishini 
modernizatsiyalash, 
uni 
demokratlashtirish, 
kompyuterlashtirish 
va 
insonparvarlashtirish, ta’ lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’ lim tizimini rivojlantirish tobora 
kuchayib bormoqda. Ta’ limni fundamentallashtirish, ma’ naviy mas’ ul shaxsni shakllantirish, bilishni 
emas, balki fikrlashni o`rgatish zarurligi yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har 
tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va 
ularni amaliyotga tadbiq etish bo`yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’ lim tizimining barcha 
bosqichlarida sifat o`zgarishlariga erishish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur. 
Yoshlar bilan ishlashda asosiy e’ tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo`lgan g‘ arazli 
oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘ or texnologiyalarga ega, 
ma’ naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o`z oldiga qo`ygan strategik 
maqsadlarga erisha olishiga va munosib o`rin egallashiga qaratadi. 
Bugungi hayotimizni Internet, kompyuter tarmog‘ isiz tasavvur etib bo`maydi. Axborot 
texnologiyalari tufayli uzog‘ imiz yaqin, mushkulimiz oson bo`lmoqda. Jahon axborot maydoni tobora 
kengayib borayotgan shunday bir sharoitda yoshlarning ongini faqat o`rab-chirmab, uni o`qima, buni 
ko`rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o`rab olish, hech 
shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to`g‘ ri kelmaydi. Bu 
borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday deydi: “ Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, 
terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ ommaviy madaniyat” degan turli balo-
qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo`lsak, bu so`zlarning chuqur 
ma’ nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo`ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz 
uchun o`z dolzarbligini va ahamiyatini hech qachon yo`qotmaydigan masala bo`lib qolmoqda” . 
Binobarin, hukumatimiz bunday yoshlarni tarbiyalash va ular bilan ishlashda, istiqbol rejalarini tuzishda 
asosiy e’ tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo`lgan turli ko`rinishdagi ijtimoiy illatlardan 
asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘ or texnologiyalarga ega, ma’ naviy 
yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o`z oldiga qo`ygan strategik maqsadlarga 
erisha olishiga qaratadi. 
Mustaqillik tufayli milliy o`zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, g‘ ururlanish va shu 
singari boshqa tuyg‘ ular yana bir bor cho`qqiga ko`tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’ naviy 
dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o`sib bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat 
manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirishga imkon yaratildi. 
XXI globallashuv asrida ta’ lim sohasida “ O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`qitishdagi 
nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘ or innovatsiyalar qo`llanilishi natijasida mamlakatning 
intellektual va ma’ naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida 
bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko`paytirishning muhim tarkibiy 


14 
qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’ naviy darajasi esa insonlarda huquqiy 
madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini 
shakllantirish, o`zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo`lida foydalanish 
imkonini beradi. Mazkur fanning o`qitilishi jarayonida talabaga fan bo`yicha mustaqillikka erishish 
arafasida O`zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; 
mustaqillik yillaridagi o`zgarishlarni, O`zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy 
jarayonlarda O`zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o`rnini tarixiylik va xolislik nuqtai 
nazaridan bilishi kerak; 
O`zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o`rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy 
mustaqillik g‘ oyasini qo`llay bilish, atrofida sodir bo`layotgan jarayonlarga o`z munosabatini bildira 
olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o`rnini anglash va bugungi kunda sodir 
bo`layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘ liqligini bilish ko`nikmalariga ega 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling