Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

bo`lishi kerak. 
Shuningdek, O`zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’ naviy-milliy va umuminsoniy 
masalalar bo`yicha o`z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik 
g‘ oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo`lishi kerak. Bu o`z 
navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirib, komil inson bo`lib etishishlarida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Asosiy vazifa O`zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo`lgan “ O`zbekistonning eng 
yangi tarixi” fani bo`yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon bo`ladigan, elim deb, yurtim deb 
yonib yashaydigan komil, o`z Ona yurti bilan g‘ ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat. 
2-Mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
 
Reja; 
1. O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritish tomon yo`l tutishi. 
2. Islom Karimov-O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti. 
Tayanch so`z va iboralar: 
Turg’ unlik holati. “ Qayta qurish” siyosatining oqibatlari. “ Orol fojeasi. Farg’ ona fojeasi. 
Davlat tili haqida Qonun. O`zbekistonda Prezident lavozimi. «Mustaqillik Deklaratsiyasi». 1991-yil 17-
mart referendumi. Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish masalasi. Favqulodda holat davlat qo`mitasi. 1991-
yil 29-dekabrdagi referendum.
1. XX asrning 80-yillari oxirida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 
70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. 
Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, 
ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib 
yubordi. 
Farg’ ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o`z aksini 
topdi. Uzoq yillar davomida to`planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi 
muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’ sir etmasligi mumkin emas edi. 
1989 yil may-iyun oylarida Farg’ ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo 
mojarolar ro`y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’ oyat darajada katta shov-shuvlarga 
sabab bo`ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’ lumki, ikkinchi 
jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida 
mesxeti turklari ham bo`lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ ona viloyatiga, bir qismi Andijon, 
Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-iqtisodiy va 
millatlararo munosabatlarda qo`shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati 
o`z vaqtida e’ tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala 
butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi. 
Mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o`rtasida to`qnashuv kelib chiqdi va bu mojaro Farg’ ona 
vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni 


15 
to`g’ ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg’ ona, Marg’ ilon, Toshloq, Qo`qon, Andijon, 
Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo 
to`qnashuvlarga sabab bo`ldi. 
Farg’ ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to`g’ ri 
ma’ lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir 
tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida 
ishlayotgan va o`qiyotgan farg’ onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish 
uyushtirib, Farg’ ona voqealari haqida «noto`g’ ri» ma’ lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va 
boshqa bir qator talablar qo`ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga 
qarshi borishlarga «ko`nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy 
qism 
tashladi.
1989 yil 8 iyunda Qo`qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o`qqa tutildi, 
natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo`ldi (ularning ko`pchiligi yoshlar edi),
200 dan ortig’ i esa yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg’ ona viloyatida bo`lgan 
millatlararo to`qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o`qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok 
bo`lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o`t qo`yilib, vayron qilingan. 
Farg’ ona fojialariga taalluqli ma’ lumotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, mesxeti turklari uchun 
bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib 
borishlari uchun bahona sifatida kerak bo`lgan. Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qo`shilib 
ketgan. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’ muriy organlar mesxeti 
turklarini Farg’ onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati 
Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga Shoshilinch ko`chiriladi. Minglab odamlarni bunday 
lagerlarda uzoq saqlab bo`lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ ona viloyatidan Rossiyaning 
Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko`chirib olib borib joylashtirildi.
Farg’ onada uyushtirilgan siyosiy ig’ vogarlik Tbilisi, Tog’ li Qorabog’ , Bokuda tashkil etilgan 
ig’ vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral-mart oylarida Bo`ka va Parkent, 1990 yil iyunda 
O`sh va O`zganda ham Shunday urinishlar bo`ldi. Yovuz kuchlar o`z maqsadiga erisha olmadilar. 
O`zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko`rilgan Chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf 
qilindi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o`zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat 
o`zbek xalqining mustaqillik uchun bo`lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu o`rinda O`zbekiston 
Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil-23 iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning 
birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I. Karimov 
O`zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o`rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va 
tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’ analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini 
isbotladi. 
O`zbek tili-davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o`zbek tiliga davlat tili 
maqomini berish masalasi ko`tarilgan edi. O`zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari 
millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o`zbek va rus tilini teng mavqega ko`tarishga 
urindi, shu yo`sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o`tkazishga harakat qilgan edi. Respublika 
yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo`lini tanladi. 
O`zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo`lgan XI-sesiyasida «O`zbekiston 
SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O`zbekistonning davlat tili o`zbek tilidir, 
o`zbek tili Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to`liq 
amal qiladi, deb belgilab qo`yildi. 
1990-yil 19-fevralda «O`zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat 
dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o`quv yurtlari, korxonalar va 
davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o`zbek tiliga o`tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul 
qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo`lib, 
mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo`ldi
1

1
Тил элни бирлаштириши лозим. И.Каримовнинг Ўз.Р. Олий Советининг 11 сессиясида сўзланган нутқи. / Ўзбекистон мустақилликка эришиш 
остонасида. –Т. 2011. 66-71-бетлар.


16 
Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini o`rganish uchun 
shart-sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni o`rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda 
belgilab qo`yildi. Bu qonunning qabul qilinishi o`zbek xalqi, shu xalq milliy o`z-o`zini anglashining 
o`sishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega 
bo`ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so`ng milliy o`zlikni anglash, milliy davlatchilikni 
tiklash yo`lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan muhim siyosiy qadam qo`yildi.
1990-yil 18-fevralda O`zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo`ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan 
iborat bo`ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko`rsatildi. Oldingi saylovlarda 
barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo`lsalar, bu safar birinchi 
turda 368 nomzod zarur ovozlarni to`play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo`lib o`tdi. 
1990-yil 23-martda O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika 
siyosiy tizimi to`g’ risidagi masala ko`rib chiqildi. Unda O`zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling