Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Ikkinchidan, o`tish davrida davlat bosh islohotchi bo`lishi lozim. U islohotlarning 
ustivor yo`nalishlarini belgilab berishi, o`zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik 
bilan o`tkazishi shart. 
Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’ iy rioya etish lozim. 
To`rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat 
o`tkazish.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish obektiv iqtisodiy qonunlar talablarini 
hisobga olgan holda, yaqin o`tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya’ ni evolyusion yo`l 
bilan puxta o`ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. 


30 
Ana shu muhim qoidalar O`zbekistonning mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo`liga asos 
qilib olindi. O`tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni, eng muhimi bozor munosabatlarini joriy etish y o`lidan izchil harakat 
qilishni ta’ minladi. Shu bilan birga I.Karimovning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich 
o`tish haqidagi tamoyili vaqt o`tgani sayin o`zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko`rsatdi. 
Binobarin, bular etakchi tamoyillar sifatida tan olindi. 
Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantig‘ ini, rivojlanish yo`lini va 
xarakterini ochib berdi. Prezident I.Karimov har bir risola va nutqida O ` z b ek i s t on 
t a r a qq i y ot i g a d oi r t a j r i b a l a r ni mushohada qilib ularni boyitib, yangidan-yangi qoidalarni 
ishlab chiqadi. I.Karimov yangi o`zbek davlati O`zbekiston respublikasining asoschisi bo`lishi 
barobarida shu davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma sohalariga 
taalluqli barcha qonunlarni va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab c h i q i s h d a , q a b u l q i l i s h d a
s h a x s a n q a t n a s h d i va davlatchiligimiz tarixida misli ko`rilmagan bunday qonunchilik 
faoliyatiga bevosita rahbarlik qildi. 
Endi shu xususida mavzu mohiyatiga chuqurroq kirib borish uchun so`zni hozir jahonda 
mavjud davlatlarning turlari haqida hikoya qilishdan boshlaymiz. Ma’ lumki, hozir jahonda 
mavjud bo`lgan davlatlar huquqiy jihatdan podshohlik (monarxiya), respublika va diniy davlat 
turlariga bo`linadi. 
I.Karimov respublikamizning iqtisodiy mustaqillikka erishishida va ushbu mustaqillikni qo`lga 
kiritish va uni ta ’ minlashga qara tilgan qonun va huquqiy hujjatlarning yaratilishi va qabul 
qilinishida ham beqiyos katta hissa qo`shdi. Uning davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘ i sifatidagi 
amaliy ishlaridan tashqari mustaqil respublikamizda yangi davr ruhini va muammolarini ifodalovchi 
qonunlarni tayyorlashdagi, ularning asosiy g‘ oyasini belgilashdagi hissasi juda ham katta. 
Prezidentimiz O`zbekiston Konstitutsiyasini og‘ ishmay amalga oshirishga kafolat bo`lib 
turibdi. 
Ko`hna tarixning guvohlik berishicha, hali-hanuzgacha hech bir zamonda, hech bir 
tarixiy shaxs tomonidan o`zbek davlatchilik tarixini bus-butun holda yaratish masalasi o`rtaga 
qo`yilmagan ekan. 1998 yil iyulda tarixchi olimlar bilan bo`lgan uchrashuvda davlat 
ahamiyatiga molik vazifa sifatida kun tartibiga qo`ydi. I.Karimov davlatchilik tariximiz tub 
burilish pallasiga kirgan bir paytda o`zimizning zamon va makondagi o`rnimizni aniq belgilab 
olishimiz nasl-nasabimiz kimligimizni bilishimiz kerak ekanligini alohida ta’ kidlab, bu 
savollarga olimlar, adiblar, noshirlar, tarixchilarimiz birgalashib yo`l-yo`riq bo`yicha «Avvalo ko`p 
ming yillik boy o`tmishimizni tadqiq etishning yaxlit konsepsiyasi ya’ ni dasturni ilmiy 
izlanishlarning uslubini, qo`yiladigan vazifani amalga oshiradigan ilmiy muassasalar, ulardagi 
potensial kadrlar masalasini aniklab olishdan boshlash kerak. Bu boshlanishi b o`ladi. SHundan 
keyin ana shu aniq bosqichlari belgilangan davstur asosida har tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. 
I.Karimov bilimdon tarixchi olim sifatida ham, davlat boshlig‘ i sifatida ham o`tmish 
tariximizning tolmas va rostgo`y targ‘ ibotchisi hamdir. 
Uning bu boradagi faoliyati ham respublikamizda, ham chet ellarda zuhur etilmoqda. «Biz 
o`zbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarranum etayapmiz va aslida ham shunday deb, yozadi 
yurtboshimiz YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning to`ylarini o`tkazishdan 
maqsad nima edi? Komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, 
ijodkor shaxs bo`lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahonssivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
beqiyos hissa qo`shganini olam ahliga bildirish edi. 
Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz». I.Karimov o`tmishda o`tgan buyuk 
shaxslarga vorislik masalasiga aniqlik kiritdi, yarashiqli ajdodlarni targ‘ ib qildi. Kimgadir voris 
bo`lish kerak bo`lsa,biz Beruniylarga, AmirTemur, Mirzo Ulug‘ bek va Boburlarga voris 
bo`lamiz», deb taьkidladi. 
I.Karimov xalqimiz shu ona zaminda qadim-qadim zamonlardan beri o ` t ro q h ol d a 
y a s h ab , k am i d a y i g i r m a et t i a s rl i k davlatchilik tarixiga ega bo`lib, jahonssivilizatsiyasiga 
hissa qo`shib kelayotgani haqidagi haqiqatning tadqiqotchisi va fidoyi targ‘ibotchisi hamdir. 
«Kerak bo`lsa bu ish uchun jonimni,borlig‘ imni berishga tayyorman chunki hayotimning mazmuni 
shundan iborat» deydi kuyunchaklik bilan. Bu chin vatanparvar va zukko olim bo`lmish haqiqiy 


31 
davlat arbobining qalb so`zlaridir. Shu o`rinda buyuk vatandoshimiz «Zijji jadidi Ko`ragoniy» va 
«To`rt ulus tarixi» asarlarining muallifi Mirzo Ulug‘ bekning sultonlar ichida olim, olimlar 
ichida sulton bo`lganligini beixtiyor yodga tushiramiz. 
5. I.Karimov hamisha g‘ urur bilan: «Men texnokrat va amaliyotchiman. Mening kuchim 
ham shunda», deydi. U yangi mustaqil davlatlar rahbarlaridan birinchi b o`lib, tanglikdan 
chiqishning, o`z xalqining kuch qudrati, tarixi, an’ analari, uning hayratomuz milliy xususiyatlari 
hamda mamlakatning boy tabiiy resurslari bilan bog‘ ladi. I.Karimov huquqshunos olim sifatida 
yangi o`zbek davlati O`zbekiston respublikasining asoschisi b o`lish barobarida shu davlatimiz 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma sohalariga taalluqli barcha qonunlarni 
va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, qabul qili shda shaxsan qatnashdi va 
davlatchiligimiz tarixida misli ko`rilmagan bunday qonunchilik faoliyatiga bevosita rahbarlik 
qildi. 
I.Karimov 
tarix 
yaratilishining 
tashabbuskori, 
bu 
sohaning 
asoschisi 
va 
targ‘ ibotchisidir. I.Karimov iqtisodchi, huquqshunos, faylasuf va tarixchi ekanligini keng 
jamoatchilik yaxshi biladi. Chet ellarda ham e’ tirof etilgan. Respublikamizda fan doktori ilmiy 
darajasi va chet mamlakatl ardagi bir necha uni versit etl ar va akad em i y al a rni ng fa xri y 
i l m i y dar aj al ari va unvonlariga sazovor bo`lgan. 
Birinchi Prezident birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 15-sessiyasidagi ma’ ruzasida, jumladan, 
bunday dedi: «Men umrbod ona xalqi m bilan bi rga, uni ng h u r m at i g a m uya s s a r 
b o `l g a ni m d an , un i ng k o ri g a yaraganimdan o`zimni baxtli hisoblayman. Tarixning 
burilish nuqtasida, ulug‘ bir millatni nohaq va xo`rlikdan asrash, uning o`zligini anglab, qaddi-
qomatini tiklash buyuk marralarga chorlash, sodda qilib aytganda, ozodlik va erkinlik, mustaqillik va 
istiqlol yo`liga boshlash har kimga ham" nasib etavermaydi. Mening peshonamga ana shunday 
taqdir, ana shunday qismat bitgan ekan. Men bu qismatni o`zim uchun ham baxt, ham sharaf deb 
bilaman. Chunki men uchun vatan ozodligi, xalqimning omonligi, yurtimning ravnaqi iqtisodiy, 
mana shu muqaddas zaminda yashaydigan har bir oilaning farovonligidan boshqa oliy saodat 
yo`q». Binobarin, yo`lboshchimizning yo`li porloq kelajakka eltuvchi nurli yo`l, huquqiy saodat 
yo`lidir.»

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling