Tarix va falsafa


Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo`mitasi (KGB)


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo`mitasi (KGB) qonuniy ravishda 
O`zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligi, Davlat 
Xavfsizlik qo`mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo`shinlar, Turkiston harbiy okrugi 
qismlari va boshqa qo`shilmalar partiyadan butunlay holi qilindi. 
Markaz va respublikalar o`rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz muhim 
boshqaruv qobiliyatini yo`qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o`z holiga tashlab 
qo`yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to`g‘ ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo`lgan 
O`zbekiston prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O`zbekiston 
mustaqilligi haqida qonun qabul q i l i s hn i t a l ab qi l di . C h u nk i h a r bi r m i l l i y 
r e s p u b l i k a n i n g c h i n a k a m t e n g h u q u q l i l i g i v a
mustaqilligi ta’ minlangandagina 
tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun haqiqiy mustaqillik yo`lidagi barcha to`siqlar, 
olib tashlanishi, har bir respublika so`zda emas, amalda tenglar orasida teng b o`lishi lozim. 
Respublika Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O`zbekistonning davlat mustaqilligi 
to`g‘ risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga 
qaror qildi. O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasi va Markaziy Nazorat qo`mitasining 
1991 yil 28 avgustda bo`lib o`tgan qo`shma Plenumi Respublika kompartiyasining KPSS MK bilan 
har qanday aloqasini to`xtashishga, K P S S ni ng b a r c h a t a s h ki l o t l a ri d a n chaqirib olishga uning 
o`z vakillarini chiqarib olishga qaror qiladi. 
Ana shunday vaziyatda O`zbekiston Oliy Kengashining XII-chaqiriq navbatdan tashqari 
oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgust kuni o`z ishini boshladi. O`zbekistonning mustaqil davlat deb 
e’ lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta’ kidlash lozim. 
Unda «O`zbekiston Respublikasining "Davlat mustaqilligi to`g‘ risida» hamda «O`zbekiston 
respublikasining Davlat bayrog‘ i to`g‘ risida»gi masalalar kun tartibiga qo`yilib, qizg‘ in 
muhokama qilindi. 
O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to`g‘ risida birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimov ma’ ruzasi tinglandi. U o`z nutqida 1991 yil o`rtalarida markaziy xukumat olib borayotgan 
ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskvada Favqulotda holat Davlat qo`mitasi 
(GKCHP) a’ zolarining odamlar boshiga azob-uqubatlar solish, butun xalqlarning ozodligini, 
respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo`lganliklarini xalqqa ro`yi-rost bildirdi. 
Alg‘ ov-dalg‘ ovli kunlarda ham O`zbekistonning o`z yo`li va maqsadi borligi bu xalq, manfaatiga 
mos yo`l ekanligi, qanday sharoit bo`lmasin, undan qaytmasligi aytildi.
Birinchi Prezidentimiz o`z ma’ ruzasida mustaqil davlatlar maqomiga to`xtalib 
quyidagilarni ta’ kidladi: «Bo`lajak mustaqil davlatlar erkin, mustaqil va teng huquqli bo`lib 
qolishlari, o`zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o`zi ma’ qul topgan barcha 
mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o`rnatish, diplomatik konsullik aloqalari masalalarini 


23 
mustaqil hal etishlari kerak. YAna ta’ kidlab aytaman bu hech kimning buyrug‘ isiz va 
aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib
xalqimiz hohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani 
qo`ymoqchiman: O`zbekistonning mustaqilligi haqi dagi qonunni muhokam a etis h va uni 
qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat 
qilayotgan barcha kishilarning hohish-irodasi o`z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu hohish-
irodasi biz uchun muqaddasdir. 
Oliy kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so`ng O`zbekiston Respublikasining 
davlat mustaqilligi to`g‘ risidagi qonunni qabul qildilar. O`zbekiston SSRning nomi O`zbekiston 
respublikasi deb o`zgartirildi. So`ngra «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi 
to`g‘ risida Oliy Kengash bayonoti» qabul qilindi. Oliy Kengash mazkur Bayonot orqali 
xalqaro-huquq xujjatlarida qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib, 
respublika xalqlarining taqdiri uchun butun ma’ suliyatni anglab O`zbekistonning davlat 
mustaqilligini va ozod suveren davlat O`zbekiston respublikasi tashkil etilganligini tantanali 
ravishda e’lon qildi.
Oliy Kengash sessiyasida «O`zbekiston respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish 
to`g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda 1-sentyabrь O`zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb" 
belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’ lon qilinsin, deb 
qat’ iy belgilab qo`yildi. O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu xujjatlar o`zbek 
xalqining asriy orzusi ruyobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo`ldi. 
«O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to`g‘ risida»gi qonun g‘ oyat 
katta ahamiyatga ega bo`lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to`xtab o`tish lozim. 
Mazkur qonun asosida O`zbekistonning huquqiy holati tubdan o`zgardi. O`z mohiyatiga 
ko`ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o`ynaydigan bo`ldi. 17 moddadan 
iborat ushbu qonun suveren O`zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. 
1-Moddada, O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog‘ iston respublikasi bilan 
birga mustaqil demokratik davlat deb e’ lon qilindi. 
2-Moddada, O`zbekiston Respublikasining suveren ekanligi va u respublika davlat 
hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi ta’ kidlandi. 
3-Modda, O`zbekiston Respublikasining to`la davlat hokimiyatiga egaligi, o`zining milliy 
davlat va ma’ muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va muhim boshqaruv idoralari tizimini 
mustaqil belgilashi qonunlashtirildi. 
5-Modda, O`zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va 
davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroya va sud hokimiyatiga ajratish 
tartibi belgilandi. 
8-12-14 moddalar, O`zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab berildi. 
13-14 moddalar, O`zbekistonning tashqi siyosiy, iqtisodiy asoslari izohlab berildi.
15-moddada, O`zbekiston Respublikasi hududida inson h uquql ari um umiy dekl arat siyaga 
muvofiq h olda respublika fuqaroligi joriy etildi. Fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib 
chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat’ iy nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular Respublika 
Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida bo`lishlari qonunlashtirildi. 
16-Moddada, davlat ramzi bo`lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida gapiriladi.
17-moddada, O`zbekistonning Qoraqalpog‘ iston bilan munosabatlari xususida s o`z 
borib, O`zbekiston Qoraqalpog‘ istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr 
yuritiladi. Uning O`zbekiston tarkibida ekanligi e’ tirof etiladi. (Bu moddada O`zbekiston 
va Qoraqalpog‘ iston munosabatlari ikki tomonlama tenglik asosida tarkib topishi kerakligi 
qonunlashtirilgan). SHuningdek, bu moddada Qoraqalpog‘ iston Respublikasi O`zbekiston 
Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi mumkinligi ham e’ tirof etilgan. 
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo`lga kiritilgan yutuqlarning 
natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’ naviy-axloqiy munosabatlar 
natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun ham ushbu qonunga O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabrda bo`lib o`tgan XII sessiyasida qabul 
qilingan qarori bilan konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi: 


24 
1. «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g‘ risida» 1991 yil 31 
avgustda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining qonuniga konstitutsiyaviy maqom 
berilsin. 
2. O`zbekiston 
Respublikasining 
amaldagi 
konstitutsiyasi 
moddalariga 
«O`zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g‘ risida»gi qonunning moddalariga zid 
kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin». 
Shu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O`zbekiston mustaqilligi 
barcha dillarni quvonchlarga to`ldirdi. 
Oliy Kengashda Davlat ramzlari haqidagi masala ham ko`rildi va quyidagi qaror qabul 
qilindi: 
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi va ro`yobga chiqdi. Uzoq yillar 
davom etgan kurash n a t i j a l a r i d a m a m l a k a t i m i z , x a l q i m i z s i y o s i y mutelik, asoratidan 
qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta-mustaqil davlat O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi. 
O`zbekiston tarixida yangi davr milliy istiqlol davri boshlandi. O`zbekiston uchun mustaqil ichki va 
tashqi siyosat yuri tis h, xal qimi z uchun o `z t aqdiri ni o`zi belgilash, o`zlari uchun munosib 
turmush sharoiti yaratish imkoniyati vujudga keldi. 
1. O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin davlat muhim boshqaruvining yangi, 
zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladi. Prezidentlik Respublika boshqaruvi mazkur 
tizim o`zagini tashkil etdi. 1991 yil oxirida O`zbekiston hayotida tom ma’ noda ulkan tarixiy voqea 
sodir bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida «O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘ risida» qonun qabul qilindi. Qonunda O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti etib yoshi 35 dan kam bo`lmagan va yoshi 65 dan ortiq bo`lmagan kishi 
saylanish huquqiga ega bo`lgan O`zbekiston fuqarosi saylanishi mumkindeb belgilandi. 
O`zbekiston Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi, bir fuqaroning o`zi ketma-ket ikki 
muddatdan ortiq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bo`lishi mumkin emas, deb belgilab 
qo`yildi. 1991-yil 29-dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan s o`ng tom 
ma’ nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq hohish-irodasi bilan mustaqil 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy 
faolllik, milliy yaxlitlik, g‘ oyalar va maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo`ldi. Bu sharafli ishni 
Markaziy saylov komissiyasi berdi, 13-saylov okrugi va qariyib 7 mingta uchastka saylov 
komissiyasi amalga oshirdi.
Asosiy vazifa O`zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonun talablarini 
og‘ ishmay amalga oshirish, bir tomondan millionlab fuqarolarga o`z konstitutsiyaviy huquqidan 
foydalanishga, ikkinchi tomondan prezidentlikka nomzodalarga ularning saylovoldi kurashida 
teng sharoit yaratib berishdan iborat edi. Saylovga tayorgarlik jarayonida Markaziy saylov 
komissiyasi eng avvalo saylovga doir barcha hujjatlarni markazlashtirgan holda tayyorlash va 
joylarga o`z vaqtida etkazish choralarini ko`rdi. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal etildi. Xususan 
P rezi d ent s ayl ovi g a doi r byul l et enl ar b ar cha saylovchilarga etadigan miqdorda 11 mln. 
nushada qilib chop etildi. 
Prezidentlikka nomzodlarning har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 3001 ming 
nusxadan iborat plakatlari nomzodlarning 40 ming nusxada saylovchilarga murojaatnomalari chop 
etildi. Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nomzodlar uchun teng sharoit 
yaratish, ularga o`z saylovoldi dasturlarini ommaga namoyon qilishi uchun teng imkon 
yaratish masalalariga Prezidentlik saylovi haqidagi qonun talablaridan kelib chiqqan holda alohida 
e’ tibor berildi. Umumxalq Prezident saylovi mamlakat tarixida ilk bor o`tayotganini 
saylovchilarimizda hali etarli tajriba va k o`nikm a yo `qligini inobatga olib, bu t adbirni 
uyushqoqlik bilan ko`tarinki ruhda o`tkazish maqsadida faolll ar keng k o `l amda jalb qili ndi. 
Saylov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi.
Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy kengash va m ahal li y kengas hl ar 
deput atl ari keng faoli yat ko`rsatishdi. 
O`zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o`tdi. Oliy lavozimga ikki 
nomzod O`zbekiston XDP va O`zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi
I. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solix) nomzodi 


25 
qo`yildi. Saylovlar yakuniga. Ko`ra 86% 914 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 
86% I.Karimov nomzodini, 1 mln. 220 ming 474 saylovchi (12,3) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz 
berdi. Markaziy saylov komissiyasi majlis bayonlarini ko`rib chiqib, O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi to`g‘ risidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.Karimov 1991 yil 29 dekabrdan 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidenti I.Karimov o`z vazifasini bajarishga kirishdi. O`zbekiston Oliy Kegashining 1992 yil
4-yanvarda bo`lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida I.Karimov qasamyod qildi. 
Shuni alohida ta’ kidlash joizki, Respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik 
bilan, qonunlarga qat’ iy amal qilingan holda saylovchilarning yuksak faolligida o`tdi. Saylov 
puxta tashkil e’ tilgani, saylovlarning o`tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish uchun 
qonun asosida adolatli tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya va 
Malaziyadan hamda bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar tomonidan 
e’ tirof etildi. Saylovlar natijalari o`zbek xalqining mustaqil taraqqiyotini va rivojlanishini, 
yutuqlarini I.Karimov shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoiyligi bilan 
bog‘ lashning yaqqol dalili edi. 
2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning natijasida davlatimizning 
xalqaro maydondagi obro`-e’ tiborini jahon taraqqiyotiga qo`shayotgan munosib hissasini 
mamlakat fuqarolari ham xorijdagi siyosatdonlar va davlat arboblari ham tan olmoqda. Tarixan 
g‘ oyat qisqa muddatda qo`lga kiritilgan yutuqlar mazmun-mohiyati va ko`lami bilan bir necha o`n 
yilliklarga teng. Zotan qisqa muddatda jamiyatni tubdan o`zgartirish, huquqiy demokratik davlatni 
vujudga keltirish, turmushimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlarni 
amalga oshirdi. Ana shu keng miqiyosli islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 26 martda Prezidentning vakolatini 1997 yildan 2000 yilgacha 
uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o`tkazishga qaror qildi. Shuni alohida ta’ kidlash 
kerakki, jamiyatni takomillashtirish aholi dunyoqarashi va tushunchalarini yangi g‘ oyalar bilan 
boyitish uzoq muddatli jarayon.
Yoki boshqacha qilib aytganda, O`zbekistonning yang asrdagi dasturiy faoliyatidir. O`tish 
davridagidek murakkab, ziddiyatli keng miqiyosli islohatlar avj olgan bir paytda esa Davlat muhim 
boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, boshlang‘ ich og‘ ir va xayirli ishlarni bir me’ yorda olib 
borish va oxiriga etkazish jamiyat hayotida ham fuqarolar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident vakolatini
2000 yilgacha cho`zish yuzasidan umumxalq referendumini o`tkazish to`g‘ risida qabul qilingan qarori, 
shu qaror asosida o`tkazilgan referendum katta siyosiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etdi, qolaversa mazkur 
qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir qator o`ta muhim, xar bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar 
aniq ko`rsatib berilgan. 
Shu yerda o`quvchilar e’ tiborini rivojlangan mamlakatlarda (deylik AQSH, Germaniya, Fransiya, 
Koreya va boshqalar) Prezident almashinuvi yoki saylovlari va boshqa siyosiy xodisalar oddiy fuqarolar 
yoki umuman jamiyat hayotida keskin burilishlarga sabab bo`lmaydi. Chunki ular aniq, mukammal 
qonun asosida o`zlarini o`zlari boshqarishi hayot tarziga aylanib qolgan, demak amaldagi qonunlar 
bo`yicha faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Prezident esa jamiyat taraqqiyotining umumiy 
yo`nalishlarni, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tarixiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojlar 
nuqtai nazaridan boyitib boraveradi, xolos. 
O`tish davrida esa vaziyat boshqacha, ya’ni ancha murakkab. Har qanday davlat siyosatida 
endigina shakllanayotgan boshqaruv tizimini va qonunchilikning, izchillikning saqlab turilishi tabiiy va 
samarali hodisa sifatida baholanadi. Qolaversa, taьbir joiz bo`lsa xalq iborasi bilan aytganda kechuvda 
otlar almashinmaydi. Chunonchi qo`shni mamlakatlarda ro`y berayotgan noxush voqealar bunga misol 
bo`la oladi. Masalan, ijtimoiy-siyosiy vaziyat chigal bo`lgan Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston va 
Tojikistonda davlat rahbarlari uch marta, Ukraina, Belorussiya, Moldova va Boltiq bo`yi davlatlarida 
esa ikki-uch martadan almashdi. Rossiya Federatsiyasidagi chigal holat esa butun xalq boshiga kulfat 
keltirdi. Har qanday mamlakatda siyosiy barqarorlik mavjud bo`lgan sharoitdagina ishlab chiqarishdagi 
munosabat iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda umuman har tomonlama barqarorlikni to`la saqlash mumkin.
Kelajagi buyuk qilib barpo etilayotgan davlatimiz dunyoga yuz ochib, avvalo eng buyuk va eng 
taraqqiy topgan davlatlar bilan mustahkam aloqalar o`rnatib, umumjahonssivilizatsiyasiga, davlat 


26 
qurilishi sohasida ravnaq etgan boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi 
samarasi o`laroq qisqa davr ichida O`zbekiston yonilg‘ i mustaqilligiga erishdi, o`z avtomobilsozlik 
sanoatiga ega bo`ldi. Asakada chiqarilayotgan zamonaviy engil avtomobillarimizga taqdirning 
to`g‘ ri keltirganini qarangki yaqindagina "avtomabilsozlikda dunyo bo`yicha" oldingi 
o`rinlardan birini egallab kelgan Rossiya havasmand va u eng birinchi xaridor bo`ldi. Dunyo 
aviasozlarining 
peshqadamlaridan 
bo`lmish 
AQSH 
lik 
va 
Rossiyalik 
samolyotsozlar 
O`zbekistonlik hamkasblarini salohiyat bobida teng ko`rib, o`zaro hamkorlik qilish haqida 
shartnoma imzoladilar.
Mamlakatimizda g‘ alla mustaqilligi uchun kurash bormoqda. Yaqin kelgusida paxta hosilini 
gektar boshiga oltmish-etmish sentnerga yetkazish uchun chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Davlat 
qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalar, ijtimoiy qadriyatlarga ijodiy yondoshgan 
holda asoslanib, respublikamizda demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat qurayotgani xorijliklar 
tomonidan ham mamnuniyat bilan e’ tirof etilmoqda.O`zbekistonda o`tkazilayotgan madaniy-
ma’ naviy tadbirlar vatanimiz azaldan bashariyat taffakuri xazinasiga munosib hissa qo`shib 
kelganini bugungi kunda yana bir bor tasdiqlamoqda.
Xalqimizning ma’ naviyat, adolatparvarlik, ma’ rifatparvarlik kabi fazilatlari asrlar 
mobaynida SHarq falsafasi va diniy ta’ limoti bilan uzviy rivojlanib, o`z navbatida bu 
falsafiy-axloqiy ta’ limotlarni o`z dahosi ziyosidan bahramand etgani ma’ lum. Davlatimiz ana 
shu falsafaga uyg‘ un holda, buyuk mutaffakir ajdodlarimizning dono fikrlariga hamohang shakllanib 
tobora yuksalib borayotgani Amir Temur, M.Ulug‘ bek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad 
Farg‘ oniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandiy, Xoja Ahrori Valiy va boshqa buyuk 
vatandoshlarimizning yubileylari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik yubileylari 
e’ tiborga molik ishdir. 
Ayonkim, har bir elsevar, yurtsevar va erkparvar kishi uchun ayniqsa, o`z mamlakati va 
millatining porloq va shon-shavkatli o`tmish tarixidan ozmi-ko`pmi xabardor bo`lgan ziyoli 
yozuvchi uchun o`z ona-vatanida ona tilining kamsitilishiga shohid b o`lishdan ko`ra 
og‘ irroq va kuchliroq jabru-sitam bo`lmasa kerak.
1980-yillarning oxirlariga kelib bu holat kuchayganidan kuchayib xo`rlikka aylandi. Buning ustiga 
o`sha paytda respublikada hokimiyat tepasida turganlar milliy siyosatda, jumladan, tilga bo`lgan 
munosabatda telba-teskari ish tutib, uning yanada alanga olib ketishiga sababchi bo`ldilar. Natijada 
hayot mamotlari, ijtimoiy faoliyatlari til bilan bog‘ liq bo`lgan adabiyot ahli va chin ixlosli adabiyot 
muxlislari-kitobxonlar o`zbekistonda o`zbek tiliga davlat tili maqomini erilishini talab qilib chiqdilar 
Bunday talbning kun tartibiga quyilishiga xuddi o`sha kezlari Boltiq buyi respublikalarida Litva, 
Latviya va Eston tillariga davlat tili maqomi berilishi haqidagi xabarlar ham turtki va dalda bo`ldi, 
albatta. SHu tariqa respublikamizda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi uchun kurash kuchayib 
bordi. Aytish mumkinki, biz kim o`zbeklarning milliy istiqlol uchun kurashi bu davrda ona tilimizning 
jamiyatdagi o`rnini tiklash va qadrlash uchun kurashishdan boshlandi. Bu kurashchilar safida chindan 
ham o`z xalqiga sidqi dildan xizmat qilishga otlanganlar ham, o`z shaxsiy manfaatlarini ko`zlab 
maydonga tushganlar ham borligini keyingi voqealar, kimning aslida kimligini tarixning o`zi ayon qildi-
qo`ydi.
3. O`zbekistonning mustaqillikka zrishganidan so`ng kun tartibida jahon andozalariga mos 
keladigan davlat qurish, siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni 
qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turadi. Chunki sobiq 
sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo 
qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni 
boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini 
normal izga solishga ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etardi.
Shuni aytish kerakki, jahonda ijtimoiy -iqti sodiy rivojl anis hni ng ham mam lakat bop 
tamoyillari hamma uchun tavsiya etish lozim bo`lgan tayyor andozalari hech qachon bo`lmaydi. 
Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’ rifiy tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan 
an’ analari mavjud bo`lgan O`zbekistonday qadimiy makonda ham o`ziga xos yo`l tanlash uchun 
ancha-muncha izlanishlar qilish zarur bo`ldi. Biroq vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish to`tish 


27 
lozim edi. Shuning uchun ham Mustaqil O`zbekiston tug‘ ilgan kuniyoq oyoqqa turishga o`zi 
yurishga majbur edi. 
O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dastlabki paytda mamlakat ichkarisida 
bo`lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. 
Hatto sobiq markazdagi ayrim karomatgo`ylar O`zbekistonga nisbatan «o`zlaringni mustaqil 
boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya 
yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha g‘ arazgo`ylik qilar edi. Mamlakat 
i c h k a r i s i d a g i a y r i m t o i f a l a r o ` r t a s i d a e s a « E n d i O ` z b e k i s t o n q a n d a y y o ` l d a n
b o r a d i ? » «Qanday jamiyat quradi?» «Markazsiz yashay oladimi?», «Respublikada ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik ta’ minlanadimi?»-qabilidagi savollar vujudga kelgan edi. Unga har kim 
o`zicha javob qidirar edi. 
Tabiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O`zbekiston uchun o`ziga xos istiqlol 
va taraqqiyot yo`lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o`z andozasini ishlab chiqish 
g‘ oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O`zbekistonda o`z navbatida bunday vazifani uddalash 
O`zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o`rtasida tarkib topgan 
munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’ tiqodi, ruhiyati va hulq-atvor normalari 
shuni taqozo etar edi Ayni paytda, O`zbekistonning o`z iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish andozasini 
ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko`p asrlik tajribasini o`rganish, ularning 
foydali qismini o`zlashtirish bilan birga O`zbekiston xalqining turmush tarzi va an’ analariga 
ham tayanish lozim edi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki kunlardanoq jahon va 
o`zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o`z ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo`lini tanlab olishga kirishdi. 
Albatta mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo`lgan bir paytda uning yangi jamiyatga o`tishi 
bilan bog‘ liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridagi yangi sharoitga mos muhim boshqaruv tizimini 
ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini 
yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘ oyalar tizimini yaratishni talab etadi O`zbekistonning o`ziga hos 
taraqqiyot yo`li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat istiqlolining tashabbuskori va rahnamosi sifatida 
I.Karimov mustaqillikning dastlabki davrida o`zining qat’ iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan 
yashovchan xulosalarini o`rtaga tashladi. Hali sobiq ittifoq mavjud bo`lgan bir paytda u respublika 
rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy ravishda 
yangilanishni, tub o`zgarishlarni boshlab yuborgan edi
I.Karimov umumxalq ovoz berish yo`li bilan mamlakat prezidenti etib saylanganidanoq o`zining 
butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaati asosida ish tutdi. U Oliy Kengashning 1992 yil 4-yanvarda 
bo`lib o`tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi; «Menga qanday yuksak 
ma’ suliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday 
yo`llar tanlaganimiz haqida ba’ zi fikrlar bilan o`rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish uchun qat’ iy harakatlar qilishni kutayapdi. O`tmish qoldiqlari xalq elkasiga 
og‘ ir yuk bo`lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxtli hayotini ta’ minlashdir. 
Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan bozor iqtisodiyoti zarbalariga bardosh beruvchi qatlamni 
o`z homiyligiga olish kerak. Bular ko`p bolali kam ta’ minlangan oilalar, nogironlar.
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat ’ iy bo`lib, qolaveradi» Prezident Oliy 
Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bo`lgan nutqida davlat siyosatining 
strategiyasini aniq-ravshan ko`rsatib berdi . Iqtisodiy barqarorl ikni, mill atl araro tinchlikni 
ta’ minlash, totuvlik va osoyishtalikni s aql as h, fuqarol arga erki nli k beris h, j am i yat da 
ma’ naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta 
e’ tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo`lishini alohida ta’ kidladi. 
Jumladan, o`z fikrini davom ettirar ekan, I.Karimov «Huquqiy davlatda qurol ham qalqon 
ham qonundir... Qonun bu xalq irodasi va muqaddasdir»,-deb uqtirdi. Tabiiyki, Prezident 
nutqidagi ushbu qoidalar O`zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy yo`llarini belgilab berish 
uchun asos bo`lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday yondashish mustaqillikning ilk kunlaridanoq 
aniq tartib intizomga rioya qilish, qonun ustivorligiga intilishi mamlakatda eng murakkab 
paytlarda barqarorlikni ta’ minlashda muhim omil bo`ldi. 


28 
I.Karimov O`zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo`lini ishlab chiqar ekan, o`tmishdan, 
sobiq sovet tuzumidan meros bo`lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. Ayni chog‘ da 1990-yillar 
boshlarida, ya’ ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda «soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va 
kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo`l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o`tish tanlab 
olingan yo`lning asosiy mazmun va mohiyatidir»,-degan x u l o s a g a k e l d i . U O ` z b e k i s t o n n i n g 
c h i n a k a m mustaqilligini ta’ minlash yo`llarini ishlab chiqishda avvalo Respublikani 
rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini hisobga oldi. 
Ma’ lumki, o`zbek xalqi azaldan jamoa bo`lib, uyushib yashashga odatlangan. To`yda ham, 
azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga ko`maklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila 
va farzandlar to`g‘ risida g‘ amxo`rlik ko`rsatish, millatidan qat’ iy nazar odamlarga 
xayrihohlik, o`zgalarga yordam tuyg‘ usi o`zbek xalqiga tarixan xosdir. Shuning uchun ham 
I.Karimov 1992-yil 2-iyulda O`zbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida «Istiqlol yo`llari va 
muammolari» mavzusida nutq so`zlar ekan, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida o`z 
yo`limiz bor, deb e’ lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga o`tar ekanmiz, milliy tarixiy turmush tarzini, 
xalqimiz urf-odatlarini, an’ analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz», -dedi va 
tub islohotlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilni belgilab berdi.
Bu birinchidan va ikkinchidan, respublikadagi o`ziga xos ma’ naviy-ruhiy vaziyatdan 
kelib chiqib ish tutildi. Chunki O`zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan yilga o`sib 
boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga e’ tibor berar ekan, Prezident shunday 
dedi: «Xalqimizning 60 va hatto undan ko`proq foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi va 
ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ishlaydi. Xulosa shuki, qishloq, joyda va tuman 
markazlarida mavjud bo`lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, 
ixcham, zamonaviy korxonalarni qishloq joylariga ,tuman markazlariga olib borib qurishimiz zarur. 
Sodda qilib aytganda, odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz 
lozim. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling