Tarix va falsafa


amalga oshirish uchun mustahkam zamin va siyosiy, ijtimoiy, ma’ naviy hamda huquqiy


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

amalga oshirish uchun mustahkam zamin va siyosiy, ijtimoiy, ma’ naviy hamda huquqiy 
asoslarni bosqichma-bosqich barpo qilish uchun keng imkoniyatlar paydo bo`ldi. O`zbekiston 
istiqlol tufayli o`z taraqqiyotining tamomila yangi bo`lgan tarixiy davriga qadam qo`ydi. Mana 
shu davrning eng muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, endilikda xalqimiz o`zining tub 
manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chikib, rivojlanish strategiyasini belgilab olish va uni mustaqil 
amalga oshirishdek tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan shart-sharoitlarga erishdi. 
Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’ kidlaganidek, “ Biz mustaqillikning ilk kunlaridan 
boshlab, o`z umrini o`tab bo`lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda 
ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va 
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik”
3
. 
Ma’ lumki, o`z istiqloliga erishgan har qanday jamiyat oldida taraqqiyotning konseptual 
zaminlarini yaratib olishdek muhim va shu mamlakat istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo`lgan vazifalar kundalang bo`lib turadi. Milliy rivojlanish ehtiyojlarini o`zida to`liq aks ettirgan 
siyosiy taraqqiyot modelini shakllantira olgan mamlakatgina izchil va samarali rivojlanish 
yo`lidan bora olishini jahon tajribasi bot-bot isbotlab turibdi. Shu jihatdan kelib chiqib, xulosa 
qilinganda, ta’ kidlash joizki, mustaqil mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq Birinchi 
prezident I.A.Karimov tomonidan jamiyatimiz taraqqiyotining strategik zaminlari ilmiy jihatdan 
har tomonlama chuqur asoslab berildi. Yurtimiz siyosiy taraqqiyoti, uning konseptual ta’ minoti 
mustahkam bo`lganligi tufayli izchil ravishda ro`y bermoqda. Xalqaro globallashuvning turli 
salbiy ta’ sirlariga nisbatan jamiyatimizning barqaror immuniteti kafolatli ravishda ta’ minlanib 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling