Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.
O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilgan 
iqtisodiy va institusional islohotlar jarayonida mamlakat rivojlanishini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar 
va normalarni o`z ichiga oluvchi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti shakllandi. Shakllangan 
tadbirkorlik muhiti mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlariga hamda yangicha 
boshqarish tizimini barpo etilishiga; moddiy, tabiiy, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanish 
esa iqtisodiy o`sishga kuchli ta’ sir ko`rsatdi. Natijada mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va 
barqaror iqtisodiy o`sish sur’ atlari ta’ minlandi. Shu bilan bir vaqtda O`zbekistonda Harakatlar 
strategiyasi tamoyillariga va ustuvor yo`nalishlariga amal qilgan holda rivojlanishning strategik 
maqsadlari jahon andozalariga mos ravishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 
Farmonlari, ma’ ruzalari va chiqishlarida belgilab berilgan barqaror iqtisodiy rivojlanishning ustuvor 
vazifalarning amalda ijrosini ta’ minlash, O`zbekiston iqtisodiyoti va uning hududlari rivojlanishini 
ta’ minlamoqda. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishini baholash mezonlaridan biri sifatida iqtisodiy 
o`sish ko`rsatkichi qabul qilingan. Ushbu ko`rsatkich muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining 
o`tgan davrdagiga nisbatan oshishi, to`liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish 


55 
darajasining uzoq muddatli ko`payishi tendensiyasini anglatadi. Shuni hisobga olganda, O`zbekistonda 
aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy muammolarni yechish, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi 
iqtisodiy va siyosiy mavqyeini mustahkamlashga erishish va makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy 
o`sishni ta’ minlash, iqtisodiy islohotlar strategiyasining asosiy maqsadi qilib belgilab olingan. Shu 
nuqtai nazardan, mamlakatimiz Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida iqtisodiyot tizimini 
sog’ lomlashtirish hamda iqtisodiy o`sishni yuqori sur’ atlarini ta’ minlash maqsadida quyidagi 
masalalarni hal etish lozimligi qayd etilgan: ochiq iqtisodiyot, sog’ lom raqobat, ishbilarmonlik va 
investisiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini 
kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o`rinlarini ko`paytirish; iqtisodiyotni 
modernizasiya va diversifikasiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o`sishni 
ta’ minlash; «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani 
erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni 
rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro`yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’ minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori 
likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash va 
rag’ batlantirish bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik 
faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish 
uchun mustahkam zamin yaratdi. 
Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o`sishni ta’ minlashda Markaziy bankning masuliyati 
ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’ minlashda o`zining asosiy va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. 
Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan 
foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’ iylashtirib borishni ko`zda tutgan.
Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o`sishning yo`nalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda 
o`zlashtirilayotgan investisiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Investisiyalarning mamlakat 
iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. 
Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o`z navbatidi 
YaIMning o`sishini ta’ minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat 
rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarining o`zgarish tendensiyalarini bilish muhim 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo`shilgan 
qiymat (YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 %ga o`sdi (YaIM mutlaq 
o`sishiga ta’ siri 4,8 % punktni tashkil etdi). Mahsulotlar uchun sof soliqlarning YaIM tarkibidagi 
ulushi 10,2 %ni tashkil etdi va YaQQ kabi 5,3 % darajada o`sdi (YaIM mutlaq o`sishiga ta’ siri 0,5 %ni 
tashkil etdi).

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling