Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

saqlash, sanitariya holati, boshqa zarur xizmatlar) hayot sifatini ifodalovchi ko`rsatkichdir. Maqsadli 
ijtimoiy yordam ko`rsatish tizimidagi bu o`zgarishlar qisman Avstriya, Belgiya, Avstraliya, Kanada, 
Chexiya, Daniya va boshqa mamlakatlarda 2000 yillarning o`rtalarida rasmiy kambag’ allik darajasini 
kamaytirishga omil bo`lgan. Turli mamlakatlar kambag’ allik darajasini kamaytirish uchun turli 
modellarni qo`llashadi. Misol uchun, shved modeli ikki maqsadni ko`zda tutadi: to`liq bandlik va 
daromadlar tengsizligini kamaytirishni ta’ minlash. Mazkur mamlakatida, ishsizlarni o`qitish va qayta 
tayyorlash, talab yuqori bo`lgan sohalarda ishlash qobiliyatini tiklashni ma’ qul ko`rishadi. Xitoyda 
qishloq xo`jaligini, shu jumladan, qishloq hududlarini rivojlantirish va er islohotlariga qaratilgan keng 
ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Chexiyada esa kambag’ al aholini moddiy tomondan 
qo`llab-quvvatlash uchun asosiy nafaqadan tashqari mahsulotlar va pul ko`rinishidagi qo`shimcha 
ko`maklar beriladi. AQShda kambag’ allarga ko`rsatilayotgan yordam aholining 15 foizidan 20 
foizigacha qismini qamrab oluvchi maxsus dasturlar orqali tarqatiladi. Eng ko`p tarqalgan yordam 
turlari bu oziq-ovqat talonlari, arzon uy-joy olish dasturlari, qariyalar uchun tibbiy va ijtimoiy yordam 
turlari, bola parvarishlash bo`yicha nafaqalar va boshqa turdagi qo`llab-quvvatlash turlarini o`z ichiga 
oladi. O`zbekiston sharoitida ham rivojlangan mamlakatlardek kambag’ allikni qisqartirishga kompleks 
yondashuv eng maqbul echimdir. Mazkur siyosat mehnatga layoqatli aholini imkon qadar ish bilan 
ta’ minlash va bir vaqtning o`zida muhtoj odamlarni kambag’ allik chegarasidan chiqarishga qaratilgan 


65 
davlat tomonidan ijtimoiy qo`llab quvvatlashga qaratilgan. Shu bilan birga, qashshoqlikni zudlik bilan 
bartaraf etishning imkoni bo`lmagan sharoitda kam ta’ minlanganlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning 
daromad olishi va inson kapitalini rivojlantirishi uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish nazarda 
tutilmoqda.
Ijtimoiy model 
O`zbekiston ijtimoiy yo`naltirilgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunday mamlakatlarda davlat 
jamiyat hayotidagi ishtiroki ancha muhim bo`lib, u o`z fuqarolari oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini keng 
ko`lamda amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu esa jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat 
tomonidan qo`llab-quvvatlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kuchli ijtimoiy siyosat degani davlat 
institutlari tomonidan ijtimoiy ne’ matlarni jamiyatning eng kam himoyalangan va eng zaif a’ zolari 
foydasiga taqsimlash demakdir. O`tgan yillar davomida O`zbekistonda boshqa ko`plab mamlakatlardan 
farqli o`laroq, kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilgani shubha ostiga olinmay kelinmoqda. Boshqacha 
qilib aytganda, O`zbekistonda haqiqatan ham ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat 
siyosati modeli tanlanganini ta’ kidlash mumkin. Nima uchun bunday bo`ldi? Ming yillar davomida 
xalqimiz yashab turgan zaminimizda odamlar bir-biriga yordam berishi, og’ ir hayotiy vaziyatlarda 
qolgan qashshoq va zaif aholi qo`ni-qo`shni, mahalla va jamiyatdan madad olishi lozim, degan 
an’ anaviy dunyoqarash shakllangan. O`zbekistonda ijtimoiy shartnoma ijtimoiy axloqning ko`p asrlik 
tamoyillariga asoslangan. Shunday bo`lsa-da, uzoq vaqt davomida, kambag’ allikning mavjudligi 
siyosiy sabablarga ko`ra rasmiy darajada deyarli tan olinmagan, kambag’ allikni aniqlashning qonuniy 
tasdiqlangan mezonlari yo`q edi, bu holda samarali ijtimoiy siyosat olib borish juda mushkul masala edi. 
Biroq, kambag’ allik muammosi yo`qolmadi, hatto 2007 yilda uni bartaraf etish uchun tegishli 
strategiyani ishlab chiqishga harakat qilindi. BMTTD, Jahon banki va OTB bilan birgalikda
«2008-2010 yillarda O`zbekiston Respublikasi aholisi farovonligini oshirish strategiyasi» ishlab 
chiqildi. Biroq tan olish kerak, yaqin davrgacha mahalla qo`mitalari orqali kambag’ allarni real ijtimoiy 
qo`llab-quvvatlash borasida tub o`zgarishlar amalga oshirilmadi.
Aniqlangan kamchiliklar 
2017 yilda O`zbekiston Respublikasi prezidentining xalq qabulxonalari ochilgach, fuqarolarning 
murojaatlari qabul qilinib, diqqat bilan tahlil etilgach, bu sohaning etarli darajada samarali faoliyat 
ko`rsatmayotgani va chuqur islohotga muhtojligi sezildi. Xalq qabulxonalari faoliyat yuritib boshlagan 
kundan bugungi kungacha3, 6 milliondan ortiq fuqarolarning prezidentga murojaatlari qabul qilinib, 
ularda turmush darajasi, aholi bandligi, uy-joy, sifatli davlat xizmatlari, sog’ liqni saqlash va ta’ lim 
bilan bog’ liq ko`plab muammolar bayon qilingan. Ko`tarilgan masalalarning aksariyati fuqarolarni 
ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimidagi kamchiliklar, aholining kam ta’ minlangan va zaif qatlamlariga 
yordam ko`rsatish bilan bog’ liq bo`lib, bu borada fuqarolardan ko`plab shikoyatlar kelib tushgan. Bu 
erda shuni ta’ kidlash kerakki, moddiy yordam ko`rsatish mexanizmi hali ham Vazirlar Mahkamasining 
2013-yil
15-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’ minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy 
yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g’ risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu qoidaga muvofiq, 
bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to`lash 
to`g’ risidagi qaror qabul qilishga vakolatli mahalla fuqarolar yig’ ini yoki komissiyaga belgilangan. 
Komissiya fuqarolar yig’ ini raisi boshchiligida fuqarolar yig’ ini tomonidan saylanib kelgan. 
Komissiya a’ zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig’ ini raisi esa – o`z vakolatlarining butun muddati 
davomida saylangan. Ushbu komissiya a’ zolarining soni kamida 15 kishini tashkil etishi lozim. 
Mazkur mexanizm, komissiya a’ zolari o`zlari yashayotgan mahallalarda qo`llab-quvvatlanishga muhtoj 
aholini bilgan holda ob’ ektiv qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Ammo, boshqa tomondan, 
jamoaviy qaror qabul qilishning bunday mexanizmi juda murakkab, etarlicha shaffof emasligi va 
berilgan vakolatlar suiiste’ mol qilinishini istisno qilmaydi, ayniqsa, ko`plab jarayonlar ortiqcha 
hujjatlar va sertifikatlar taqdim etilishini talab qiladi. Balki shuning uchundir, ijtimoiy yordam ajratish 
mexanizmidagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ta’ sirida Prezident qabulxonalariga samarasiz yoki hatto 
adolatsiz moddiy yordam ajratish amaliyotlar haqida murojaatlar soni oshib ketishiga olib keldi.
Qo`lda boshqarish rejimi 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yordam pullarini ajratishda ham, ijtimoiy qo`llab-
quvvatlashning boshqa sohalarida ham joylardagi real vaziyatni baholashga ob’ ektiv zaruriyat 


66 
tug’ ildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Aholi muammolari bilan 
ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’ risida» gi Farmonida xalq Xalq 
qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar, davlat organlari 
va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’ ektlarni o`rganish orqali 
muammolarni aniqlash, ularga echim topishga qaratilgan tizim joriy qilindi. Xalq orasida «Temir 
daftar» deb nomlangan kambag’ al oilalar reestrini tuzishda kambag’ al oilalarni uyma-uy o`rganish 
asosida, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari muammolari ham hisobga olindi. Mazkur reestr 
kambag’ allikni kamaytirish va sektorlar kesimida aholi farovonligini oshirish bo`yicha maqsadli 
dasturga asos bo`ldi. Aholi uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo`lgan mahalliy darajada hal 
qilinmagan muammolar viloyat yoki respublika darajalariga o`tkazildi. 2019 yilda butun mamlakat 
bo`ylab 6,1 milliondan ortiq xonadonda aholining muammolarini o`rganish uchun tuzilgan ishchi 
guruhlar tomonidan o`rganishlar o`tkazildi. Fuqarolar bilan o`tkazilgan so`rovlar natijasida hal 
qilinishini talab etiladigan 935, 6 mingta muammo aniqlanib, ularning aksariyati hal qilindi. Aholi 
uchun eng og’ riqli muammolar orasida: suyultirilgan gaz ta’ minoti (respondentlarning 18, 9 foizi), 
bandlik (11 foiz), sog’ liqni saqlash (8, 5 foiz), elektr energiyasi ta’ minoti (8, 1 foiz), bank kreditlari (7 
foiz), moddiy yordam (5, 7 foiz), ichimlik suvi (5, 5 foiz), kadastr masalalari (5, 3 foiz), uy-joy (4, 4 
foiz), tabiiy gaz (3, 4 foiz), ko`mir ta’ minoti (2. 3 foiz), pasport nazorati (2, 1 foiz) va maktabgacha 
ta’ limga oid masalalar (1, 5 foiz) o`rin olgan. Joriy yilda, pandemiya bilan bog’ liq qator cheklovlar 
natijasida aholi turmush darajasi sohasida vaziyat yanada murakkablashdi. Shu bois ijtimoiy 
muammolarni aniqlash ishlari yanada muhim ahamiyat kasb etib, faol davom ettirilmoqda. Joriy yilning 
1 avgust holatiga ko`ra, aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo`yicha murojaatlar soni o`tgan 
yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko`paydi. Shuningdek, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni 
olish uchun arizalar soni ijtimoiy himoyaga murojaat etuvchilarning umumiy sonining 48 foizini tashkil 
etdi, bu o`tgan yilga nisbatan 1, 9 baravar ko`p. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarning pensiya yoki 
nafaqalarni bekor qilish to`g’ risidagi so`rovlari 4 foizga kamayganini ta’ kidlash lozim. Nafaqa 
darajasining kamligi bilan bog’ liq murojaatlar soni 52 foizga kamaydi. Tibbiy ehtiyojlar uchun 
moliyaviy yordam ko`rsatish bo`yicha arizalar soni 19 foizga, nogironlik uchun imtiyozlar bo`yicha esa 
14 foizga kamaydi. Bepul tibbiy xizmat ko`rsatish sohasida murojaatlar soni 37 foizga, reabilitatsiya 
markazlariga murojaat qilish 29 foizga, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya 
uskunalari bilan ta’ minlashga oid murojaatlar 64 foizga kamaydi. Shu bilan birga, keksa va nogironligi 
bor shaxslar tomonidan tibbiy yordam va dori-darmonlar uchun yordam so`rash holatlari soni keskin 
oshdi (20 foiz). Karantin cheklovlari davrida ularning uy izolyatsiyasida bo`lgani hisobga olinsa, 
mazkur vaziyat mantiqiy tus oladi. Pandemiya bilan bog’ liq so`rovlarning yangi toifalari ham ishlatila 
boshlandi. Karantin davrida fuqarolarni moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan 
ta’ minlash to`g’ risidagi murojaatlar umumiy murojaatlar sonining 16 foizini, oziq-ovqat va asosiy 
ehtiyojlarning narxi va tanqisligi to`g’ risidagi murojaatlar esa 8 foizni tashkil etdi. Mazkur 
murojaatlarning asosiy qismi ijobiy hal etilgani ijtimoiy yordam ko`rsatish masalalari ancha 
muvaffaqiyatli o`tganini ko`rsatadi. Sektorlar tomonidan uyma-uy yurish orqali o`tkazilgan o`rganishlar 
ijtimoiy yordam tizimini rivojlantirish muhimligini ko`rsatib berdi. Xususan, moliyaviy yordam 
oluvchilarning aksariyati nochor ahvolda emas, balki zamonaviy ta’ mirlangan, mebel va boshqa 
buyumlar bilan jihozlangan xonadonlarda istiqomat qilishi, shuningdek avtomobil va bank 
hisobraqamlariga ega ekani aniqlangan bo`lsa, kam ta’ minlangan oilalarning aksariyati moddiy yordam 
olish uchun ro`yxatga kiritilmagani kuzatildi. Ushbu holat, aholining kam ta’ minlangan va himoyaga 
muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimini, xususan ushbu yordamni belgilash mezonlarini 
tubdan o`zgartirish lozimligini ko`rsatdi.
Tizimli yondashuv 
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, oxirgi 2-3 yilda aholining ijtimoiy qo`llab-quvvatlash 
tizimida o`tgan yillar davomida to`plangan mavjud muammolarni sektorlar tomonidan yig’ ilgan 
ma’ lumotlar asosida qo`l rejimida tezkor hal etish o`zining samarasini ko`rsatdi. Ammo tan olish 
lozimki, ko`p hollarda «inson omiliga» haddan tashqari bog’ liqlik muammolarni echishda boshqa 
muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Xorijiy mamlakatlar tajribasi va tadqiqot jarayonida 
aniqlangan kamchiliklar ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni tizimli asosda yo`lga qo`yish lozimligini 
ko`rsatmoqda. Ayrim yordam turlarini ajratishning aniq mezonlari bo`lishi, unga muvofiqlikni aniqlash 


67 
mustaqil axborot manbalariga asoslanishi lozim. Yordam ajratish mezonlari va tartiblari, ajratilgan 
mablag’ lar to`g’ risidagi ma’ lumotlar aniq va butunlay shaffof bo`lishi lozim. Ijtimoiy qo`llab-
quvvatlash masalalarini qo`lda boshqarishdan aniq va ravshan integratsiyalashgan tizimga o`tkazish 
bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, o`tgan yilidan boshlab mamlakatimizda bu borada muhim qadamlar qo`yildi. Jumladan, 
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 apreldagi 308-son qaroriga muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona 
reestri» axborot tizimi yo`lga qo`yilmoqda, bu oilalar ehtiyoji va talabgorlarning belgilangan 
mezonlarga muvofiqligi darajasini oshkora, real vaqtda baholashni ta’ minlaydi. Ehtiyoj darajasi oila 
a’ zolarining daromadlari, mol-mulk, bank hisobvaraqlari, olingan kreditlar, turli idoralarning tegishli 
ma’ lumotlar bazalarida mavjud bo`lgan avtomobillar haqidagi ma’ lumotlarni hisobga olish yo`li bilan 
aniqlanadi. Ushbu hisob-kitoblarga asosan ijtimoiy xizmatlar, yordamga muhtoj aholi va oluvchilarning 
yagona ma’ lumotlar bazasi shakllantiriladi. Mazkur tizimni sinovdan o`tkazish uchun Sirdaryo 
viloyatida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab pilot loyiha sifatida sinab ko`rildi. Ushbu tizim faoliyatini 
samarali amalga oshirish uchun aholiga ko`rsatilayotgan yordam to`g’ risidagi ob’ ektiv ma’ lumotlar 
«Ijtimoiy himoya yagona reestriga» kiritib borilishi kerak. Ushbu vazifa xonadonlarni o`rganish 
jarayonida ham amalga oshiriladi. Mazkur ma’ lumotlar asosida va ayrim oilalarning turmush 
darajasiga karantin cheklovlarining salbiy ta’ sirini hisobga olgan holda, Mahalla va oilani qo`llab-
quvvatlash vazirligi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mas’ ul idoralar tomonidan 
joriy yilda moliyaviy yordam va ko`makka muhtojlar ro`yxati tuzildi.
Ushbu ro`yxatlardan kam ta’ minlanganlar; imkoniyati cheklangan fuqarolar; ijtimoiy himoyaga 
muhtoj oilalar; yolg’ iz keksalar; doimiy ishsiz fuqarolar; karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar; 
epidemiologik jihatdan nochor hududlardan qaytgan fuqarolar o`rin olishgan. Jami mazkur ro`yxatlarga 
1, 7 milliondan ortiq a’ zosi bo`lgan 400 mingdan ortiq oila kiritildi. Ushbu oilalarga bir martalik 
ko`mak berish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida 
yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g’ risida» 2020 yil 30 iyuldagi PF– 6038-son Farmoni bilan respublika byudjetidan 380 
milliard so`m mablag’ ajratildi. Moddiy ko`mak miqdori har bir oila a’ zosi uchun 220 ming so`m 
miqdorida etib belgilandi. Bu yo`nalishda keyingi muhim qadam joriy yilning 4 avgust kuni 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish 
tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’ risida» qarori bo`ldi. 
Qarorda 
joriy 
yilning
1 sentyabrdan boshlab ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to`g’ risidagi arizalarni ko`rib chiqish va ularni 
tayinlash tartib-taomillari «Elektron hukumat» tizimining ajralmas qismi bo`lgan «Ijtimoiy himoya 
yagona reestri» axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilib, joriy yil oxirigacha 
respublikaning barcha hududlarida amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu tizimni joriy etishning asosiy maqsadlari – aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy himoyaga 
muhtoj qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishning yagona tizimini 
yaratishdan iborat. 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim 
etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qo`shimcha hujjatlar va ma’ lumotlar fuqarolardan 
talab etilishiga yo`l qo`yilmaydi. «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam 
ta’ minlangan deb e’ tirof etilganlik to`g’ risida ma’ lumotnoma yagona interaktiv davlat xizmatlari 
portali orqali taqdim etiladi va 12 oy davomida amal qiladi. FHDYo bo`limlari arxivlarida qog’ ozda 
saqlanadigan hujjatlarning elektron ma’ lumotlar bazalarini shakllantirish maqsadida 30 mlrd so`m 
mablag’ ajratiladi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish O`zbekistonda 
kambag’ allikni bartaraf etish jarayonida muhim vosita bo`ladigan aholining kambag’ al va ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qatlamlariga moddiy yordam ko`rsatishning zamonaviy va oshkora tizimini yaratishga 
xizmat qilishi lozim. Mamlakatdagi kambag’ allikni bartaraf etish yo`llaridan biri bo`lgan – ijtimoiy 
himoya samaradorligini oshirish faqatgina kompleks yondoshuvlar orqaligina amalga oshirilishi 
mumkin. So`nggi yillarda kambag’ allikni engishga hissa qo`shadigan boshqa sohalarda ham salmoqli 
sa’ y-harakatlar amalga oshirildi. Ularga yangi ish o`rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo`llab-
quvvatlash, qishloq joylari va qishloq xo`jaligini rivojlantirish, qishloq joylarda infratuzilmani 
takomillashtirish, sog’ liqni saqlash, kasb-hunar ta’ limi va tarbiyasini yaxshilash hamda iqtisodiy 


68 
migratsiya kiradi. Bu sohalarda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlar 
mamlakatimizning uzoq muddatli kambag’ allikni qisqartirish dasturining muhim qismi hisoblanadi. 
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
O`tgan vaqt ichida, yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’ uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir, 
tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi. 
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, hududlarda esa hokimlar raisligida Yoshlar masalalari bo`yicha 
idoralararo kengashlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo`yicha komissiya ish 
boshladi. 
Yosh avlodning sog’ lom bo`lib o`sishi, sifatli ta’ lim olishi va barkamol shaxs bo`lib voyaga 
etishini ta’ minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’ at, sport, axborot texnologiyalari va kitob 
o`qishga bo`lgan qiziqishini har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni 
joriy etish bo`yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 
Yigit-qizlarimizning biznes loyihalari uchun “ Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida 
719 mlrd so`mlik 4 633 ta biznes loyihalar amalga oshirildi. Hududlarda 125 ta “ Yoshlar mehnat 
guzari” , 19 ta “ Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol 
qatnashib, alohida namuna ko`rsatayotgan yosh oilalarga 1 731 ta “ Yoshlar uylari” qurilib, 
foydalanishga topshirildi. 
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog’ chalar, maktablar, oliy o`quv yurtlari, nufuzli 
xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, “ Temurbeklar maktabi” , “ Prezident 
maktablari” , “ Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta’ lim maskanlari bugungi 
globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo`lgan etuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat 
qilmoqda. 
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlili yosh avlod bilan 
bog’ liq dolzarb masalalarni hal etish bo`yicha olib borilayotgan keng ko`lamli ishlar bilan bir qatorda, 
sohada echimini kutayotgan muammoli masalalar ham saqlanib qolayotganligini ko`rsatmoqda. 
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib 
borish, sog’ liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 
aholini uy-joylar bilan ta’ minlash, yo`l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’ lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’ at va sport sohalarini 
rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy 
huquqlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o`rni yuksaldi. 
O`zbek ayoli ismi-sharifi yoniga ―O`zbekiston Qahramoni, ―Deputat, ―Senator, ―Vazir, ―Vazir 
o`rinbosari, ―Akademik, ―Olima, ―Tadbirkor, ―Direktor atamalari qo`shib aytilishi buning yaqqol 
misolidir. Zero, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini, ya’ni 29 foizini
14 yoshgacha, 28 foizini 15-30 yoshlilar, 21 foizini 31-45 yoshlilar, 15 foizini 46-60 yoshlilar, 7 foizini
60 yoshdan katta xotin-qizlar tashkil etadi. Ular ijtimoiy-ma’ naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha 
sohalarida samarali va faol mehnat qilib kelishmoqda. Asosiy qonunimiz - Konstitutsiyada ham xotin-
qizlarning barcha sohalarda teng huquqli ekanligi e’ tirof etilgan.
Yuksak ma’ naviyatli va ma’ rifatli, namunali odobi va tarbiyasi bilan e’ tirof etilgan 
onalarimizning izdoshlari bugun davlat va jamiyat qurilishida, ishlab chiqarishda, ilm-fan, madaniyat, 
tibbiyot, ta’ lim va hatto harbiy sohada xizmatlari beqiyos. Yurtimizda xotin-qizlarning mavqeini 
yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda 
ularning bilimlarini kuchaytirish uchun yanada kengroq shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda ular faolligini ta’ minlashning asosiy omili ta’ lim va 
tarbiya uyg’ unligi bo`lib, uning quyidagi bosqichlarini ko`rsatib o`tish mumkin:
Birinchidan, oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga tarbiya berish jarayonida milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar xususida tushunchalar berib borish;


69 
Ikkinchidan, maktabgacha ta’ lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar mamlakat siyosiy xayotining 
bo`lajak ishtirokchilari ekanligi xissini uyg’ otuvchi uslublarning zamonaviy vositalaridan foydalanish; 
Uchinchidan, umumiy o`rta ta’ lim maktab o`quvchilariga ijtimoiy-siyosiy bilimlarga bo`lgan 
ehtiyojini oshirishga yo`naltirilgan fanlardan ta’ lim berish;
To`rtinchidan, oliy ta’ lim va undan keyingi bosqichlarda siyosiy va huquqiy madaniyatni tadqiq 
etishga oid ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatga rag’ bat berish, bunda ta’ lim muassasalari va davlat 
tashkilotlari o`rtasidagi hamkorlikni keng yo`lga qo`yish;
Beshinchidan, yosh qizlarning ma’ naviy dunyoqarashini shakllantirishda madaniyat obektlari 
(kino, teatr, muzey va h. k. ) bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ularning ishtirokini 
ta’ minlash, ushbu yo`nalishlardagi munozara-debatlardagi faolligini oshirish;
Oltinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning faol ishtirokini 
ta’ minlash, yosh qizlarning jamiyatda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg’ usini 
shakllantirish ham ushbu yo`nalishda olib borilayotgan ishlarimizning asosini tashkil etadi. Xotin-
qizlarning huquq va erkinliklarini ta’ minlash va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati 
institutlarining ham roli katta. Chunki, nodavlat xarakterdagi, turli guruhlar va qatlamlar manfaatlarini 
ifodalaydigan jamoat tashkilotlari bugungi kunda zamonaviy fuqarolik jamiyatining muhim instituti 
e‘ tirof etilgan. Bunday tashkilotlarga xotin-qizlarni keng jalb etish orqali ularning huquq va 
erkinliklarini ta’ minlashga erishiladi, shu bilan birga davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita va 
bilvosita ishtiroki ta’ minlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan, ta’ lim-tarbiya sohalarida mehnat qilayotgan xotin-
qizlar bilan olib borilayotgan ishlarni ikki yo`nalishga ajratish mumkin. Zero, ushbu sohada faoliyat olib 
borayotgan xodimlarning 72 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Birinchi yo`nalish - ta’ lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ijtimoiy siyosiy 
faolligini yanada oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ularning faol ishtirokini 
ta’ minlash ishlarini yanada takomillashtirish bo`lib, ushbu yo`nalish mamlakatimiz taraqqiyotining 
muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani ta’ lim muassasalarida boshlang’ ich tashkilotlar 
faoliyatini yanada kuchaytirish orqali amalga oshirish mumkin.
Xususan, ta’ lim muassasalarida xotin-qizlarning iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirishga 
e’ tibor qaratish, xuquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, o`qituvchilarning kiyinish 
madaniyatiga va odob-ahloq me’ yorlariga rioya etishlarini ta’ minlash ham bugungi kunda 
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.
Ikkinchi yo`nalish – ta’ lim muassasalarida ta’ lim olayotgan qizlar bilan ishlashdan iborat 
bo`lib, ushbu yo`nalish vazifalarni o`z ichiga oladi: 
a) joylarda Ota-onalar universitetlarini faoliyatini kuchaytirish orqali, ta’ lim muassasasi-oila-
mahalla hamkorligini quyidagi tashkil etish, bunda, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash bo`yicha 
mutaxassislar faolligini oshirish: 
b) ―Qizlarjon klublari orqali ta’lim muassasalaridagi o`quvchi
qizlarni faolligini oshirish va ularni turli hil to`garaklarga jalb etgan holda bo`sh vaqtlarini 
mazmunli tashkil etish; 
v) o`quvchilarni huquqiy bilimlarini oshirish, bunda, ularning turmush qurishdagi haq-huquqlari, 
nikoh shartnomasi, er-xotin o`rtasidagi va boshqa
oilaviy munosabat to`g’ risida ko`nikmalarini shakllantirish: 
g) tegishli dars soatlarida yoshlarni hayotga tayyorlash, bunda, hayotiy bilimi, kasb egallashi, 
oilaga tayyorligi masalalariga alohida e’ tibor qaratish: 
d) ta’ lim muassasalarida psixologlar xizmatini sifatli tashkil etish, bunda, kadrlarga e’ tibor 
qaratish, psixologik testlar o`tkazish.
Ma’ lumot uchun shuni ta’ kidlab o`tish joizki, umumiy o`rta va o`rta maxsus
ta’ lim muassasalarida, ulardagi o`quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab: 
250 nafargacha – 1 ta shtat; 
250 nafardan 800 nafargacha – 1, 5 ta shtat; 
800 nafardan 1600 nafargacha – 2 ta shtat; 
1600 nafardan 3000 nafargacha – 2, 5 ta shtat; 
3000 nafar va undan ortiq – 3 ta shtat birligida psixolog shtati joriy etildi.


70 
Bugungi kunda asosan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlarning oqibati bilan ishlab 
qolinayotganligi, yoshlar bilan ishlash, ularni hayotga tayyorlash bo`yicha tizimli ishlar etarli darajada 
tashkil qilinmaganligi echimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir.
Mamlakatimizda bola tug’ ilishidan to oilaviy munosabatga kirishishgacha bo`lgan davrda 
ularning ta’ lim-tarbiyasi bilan ishlaydigan mustahkam tizim yaratilgan. Ya’ ni, tibbiyot xodimlari bola 
tug’ ilganidan uning sog’ ligi borasida qayg’ ursa, bog’ cha, maktab, kollej, oliy ta’ lim muassasalari 
mahalla bilan birga, ularning bilim va tarbiya olishiga hamda kasb egallashiga ko`maklashadi.
Lekin, yoshlarni hayotga tayyorlash bo`yicha yaratilgan ushbu tizim bilan jamoatchilik 
tashkilotlari o`rtasida uzviy hamkorlik, yagona yondashuv tizimining yo`qligi muammoning asosiy 
ildizini tashkil etadi.
Shu sababli, mazkur yo`nalishda, birinchi navbatda, yoshlarni hayotga tayyorlash bo`yicha yagona 
Kontseptsiyani ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish eng asosiy dolzarb vazifalardan biri bo`lsa, 
oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilalardagi ijtimoiy-ma’ naviy muhitni 
sog’ lomlashtirish borasida ham manzilli ishlashni tashkil etish, ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh 
oilalarni aniqlab olish va ularning muammolarini keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda hal 
qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ―Oila‖ markazi bilan hamkorlikda FHDYo organlariga turmush qurish uchun ariza 
bergan yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash borasida qisqa o`quvlar tashkil etishimiz, 
shuningdek ta’ lim vazirliklari bilan hamkorlikda yoshlarni hayotga tayyorlash ishlarini tashkil etish, 
Sog’ liqni saqlash vazirligi va ―Oila markazi bilan hamkorlikda nikohdan o`tuvchi yoshlarni to`liq 
tibbiy ko`rikdan o`tkazilishini ta’minlash va xotin-qizlar o`rtasida reproduktiv salomatlikni 
mustahkamlash, skrining tekshiruvlarining afzalliklarini targ’ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni 
amalga oshirish zarur.
Ta’ lim muassasalaridagi iqtidorli qizlarni ijodiy salohiyatini qo`llab-quvvatlash hamda 
rivojlantirish, ular tomonidan yaratilgan intellektual loyihalarni targ’ ib etish ishlariga ko`maklashish,
o`quvchilarni bilim olishga, kitob mutolaa qilishga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirish, muomala va 
nutq madaniyatini shakllantirish, shuningdek, ta’ lim muassasalaridagi davomat bo`yicha yuzaga 
kelayotgan muammolarni bartaraf etilishida ―Tengdosh tengdoshga o`rnak‖ shiori ostida namunali 
o`quvchilar faoliyatini targ’ib qilish yosh qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish amaliy 
ahamiyatga ega bo`ladi.
O`quvchilarni globallashuv sharoitidagi turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, ularda 
―Ommaviy madaniyat‖ tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash yuzasidan ijtimoiy 
tarmoqlar orqali targ’ibot tashviqot ishlarini kuchaytirish, o`quvchi qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish, ularni ma’ naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash, kasb-hunarga o`rgatish, milliy urf-odat va 
an’ analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida «Qizlarjon» klublari faoliyatini 
yanada takomillashtirish, qizlarda olijanob axloqiy fazilatlar, yuksak ma’ naviyat va keng 
dunyoqarashni shakllantirish, ularni hayotga tayyorlash maqsadida O`zbekiston Xotin-qizlar Qizlar 
qo`mitasi tomonidan yaratilgan «Qizlar kutubxonasi» turkumidagi «Faqat qizlar uchun» nomli 
ommabop risolalarning mobil ilovasini amaliyotga joriy qilish juda katta ahamiyatga egadir.
Ta’ lim muassasalarida ta’ lim va tarbiya uyg’ unligi, yoshlarning iqtidori va ist’ edodini 
to`laqonli namoyon qilishga qaratilgan madaniy-ma’ rifiy tadbirlarni, anjuman va ko`rgazmalarni 
tizimli tashkil etish, yoshlar orasida ma’ naviy-ma’ rifiy faoliyatga doir yangicha yondashuvlarni ishlab 
chiqish, OAVda yoshlar qiziqishlaridan kelib chiqib, yangicha ko`rsatuvlar, eshittirishlar va rubrikalarni 
tashkil etish ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda xotin-qizlar faol ishtirokini 
ta’ minlashning asosiy omillari bo`lib hisoblanadi.
Ma’ lumki, ikki yil muqaddam O`zbekiston Respubli-kasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tashabbusi 
bilan O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil qilindi hamda 30 iyun sanasi mamlakatimizda “ Yoshlar kuni”
deb e’ lon qilindi. Bun-dan tashqari, O`zbekiston amaliyotida butunlay yangi tizim, ya’ ni yoshlarning 
turli dolzarb muammolarini o`rganish bi-lan shug’ ullanadigan maxsus – Yoshlar muammolarini o`rga-
nish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Ushbu muassasaning O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida tashkil etilganligi 
institutning ilmiy-metodik va tah-liliy-tadqiqot faoliyatini zamon talablari asosida sha-kllantirilishi 
uchun asos bo`ldi. Shuningdek, davlat boshqaruvi sohasidagi yosh rahbar kadrlarning o`rnini belgilash, 


71 
ularni tayyorlash va turli mas’ uliyatli lavozimlarga tayinlash masalasiga alohida urg’ u berildi. Bu 
mamlakatimiz rahbari ta’ kidlaganidek, “ sotsial lift” tushunchasida o`z ifodasini topdi. O`tgan 2 yil 
davomida Yoshlar muammolarini o`rganish va istiq-bolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan
4 oylik qayta tayyorlov kurslarida 162 nafar yoshlar tahsil oldi hamda ularning aksariyati vazirlik, idora 
va tashkilot-larning yuqori lavozimlariga tayinlandi.
O`tgan davr mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar-ning huquqiy asoslari ham mustahkamlanib 
bordi. Xusu-san, O`zbekiston Respublikasi prezidentining tashabbusi va amaliy ko`magi asosida yoshlar 
siyosatiga daxldor 40 ta Qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Yoshlar siyosati sohasidagi muhim 
yo`nalishlar-dan biri sifatida muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 19 mart kuni yoshlarga 
e’ tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’ at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda 
axborot texnologiyalaridan foydala-nish ko`nikmalarini shakllantirish, yoshlar o`rtasida kitobxonlikni 
targ’ ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshi-rish masalalariga yangi tizim asosida yondashish bo`yicha 5 
ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu orqali davlati-miz rahbari “ Yoshlarimizni ma’ naviy barkamol 
qilib tar-biyalash, ularni turli zararli va yot g’ oyalar ta’ siridan asrashga alohida e’ tibor qaratish 
lozimligi” ni ta’ kid-lab o`tdi. Qayd etish kerakki, bu kabi ishlar yoshlar siyo-sati sohasida yangicha 
mexanizmlar sirasiga kirib, ularni san’ at, musiqa va sportga jalb qilish borasida katta tar-biyaviy 
ahamiyatga egadir.
Ammo bu boradagi ishlarni yanada takomillashti-rish, zamon talablari asosida yangicha 
mexanizmlarni tadqiq etish, xorijiy davlatlarning ilg’ or tajribalari-ni muntazam o`rganib borish va 
O`zbekiston sharoitiga mos, milliy xususiyatlarimizga javob beradigan metodlarni tadbiq etish dolzarb 
vazifalardan hisoblanadi. Chunki, globallashuv sharoitida, axborot xurujlari tezlashgan, yoshlarning 
ongi va qalbi uchun kurash kechayotgan, eng asosiy-si ularning dunyoqarashi o`zgarib borayotgan 
davrda yoshlar siyosati sohasida ham yangicha uslub va mexanizmlarga ta-biiy ehtiyoj tug’ iladi.
Shu jihatdan olib qaralganda, “ Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish strategiyasi: 
mavjud vaziyat va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro konferentsiya O`zbekiston sharoitida 
yoshlar bilan ishlash, yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksalti-rish, ularni siyosiy 
jarayonlarga faol jalb qilish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga 
oshirishning moliyaviy mexanizmlari-ni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar, uslublarni 
amaliyotga joriy etishning oson yo`llarini ishlab chiqish vazifalarini bajarishi nuqtai nazaridan ham 
muhim sanaladi.
1992— yil 5-fevralda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport 
to`g’ risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
46 mingdan ortiq sport inshootlari — sport sog’ lomlashtirish klublari, bolalaro`smirlar sport maktablari, 
olimpiya o`rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o`yingohlar, sport zallari, 
maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’ mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug’ ullanish imkoniyatiga ega bo`ldi. 
1992— yil yanvarda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi tuzildi va 1993— yil tsentabrda 
xalqaro olimpiya qo`mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’ tirof etildi. Sportning boks turi jadal o`sdi.
17 marta jahon chempioni Artur Grigoryan, Sidney Olimpiadasi chem pioni M uham m adqodir 
Abdullaev kabi bokschilarimiz nomi jahonga mashhur. 1999— yil avgust oyida Amerikaning Xyuston 
shahrida o`tkazilgan X jahon chempionatida o`zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o`rtasida AQSh 
va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o`rinni egalladi. 2016-yilda Brazilyaning Rio-de-Janero 
shahrida o`tgan 
XXXI yozgi olimpiada musobaqalarida esa boks musobaqasida umum jamoa hisobida 
fahirli 1-o`rinni egallashdi.
Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis 
majmui barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002— yillarda O`zbekiston Prezidenti kubogi 
uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o`tkazildi. 1999— yilning iyul oyida Londonda o`tgan tennis 
bo`yicha yoshlar xalqaro tumirida toshkentlik sportchi Iroda To`laganova Uimbldon uchrashuvida 
g’ olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo`lga kiritdi. 1998— yil may oyida 
mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog’ ining eng baland «Everest» cho`qqisiga ko`tarilib, O`zbekiston 
dovrug’ ini dunyoga taratdilar.Mustaqillik sharofati bilan milliy o`zbek kurashi tiklandi. 1992— yilda 


72 
Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo`yicha xalqaro musobaqa o`tkazildi. Milliy 
kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’ tirof 
etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o`rin oldi. 1999— yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan 
ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo`yicha birinchi jahon chempionati bo`lib 
o`tdi. Unda o`zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo`lga kiritdilar. 
Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash 
assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. Buyuk Britaniyada 2000— 
yildan e’ tiboran har yili Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo`lib o`tmoqda. 2002— yil 
oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’ zoligiga qabul qilindi. O`zbek 
milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyoda e’ tirof topdi. Mustaqillik yillarida O`zbekiston 
sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o`yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va boshqa musobaqalarda 
qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallarini qo`lga kiritdilar. Shaxmat bo`yicha jahon 
chempioni Rustam Qosimjonov, boks bo`yicha jahon chempioni Muhammadqodir Abdullaev kabi 
sportchilar O`zbekiston xalqining iftixoridir. Shunday qilib, mustaqillik yillarida O`zbekistonda sport 
rivojlandi, yangi ma’ no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo`shildi va xalqaro maydonda salmoqli 
o`rin egalladi. 
Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, 
aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’ naviy merosini har tomonlama chuqur o`rganish va targ’ ib 
etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’ analari ruhida tarbiyalash 
bo`yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan davlat 
rahbarimiz Sh. Mirziyoevning shaxsan tashabbusi bilan 2017 yil 24 may sanasidagi qaroriga asosan 
katta o`zgarishlarga qo`l urildi. Ayni vaqtda ma’ naviy-ma’ rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish 
zarurati bu yo`nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishni talab etmoqda. Bu borada 
nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida g’ oyat noyob hisoblangan, YuNESKOning Butunjahon 
madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan qo`lyozmalar fondiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, qadimiy yozma 
manbalar fondiga ega bo`lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ayniqsa, ushbu nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qo`lyozmalarni saqlash, ta’ mirlash, mavjud 
fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay 
sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o`rganish, buyuk 
alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va tsivilizatsiyasi rivojiga qo`shgan beqiyos hissasini 
targ’ ib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma’ naviy 
merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning 
natijadorligini tubdan oshirish bo`yicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta’ kidlash lozim. Ana shu 
vazifalarni samarali hal etish maqsadida: O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o`rta 
maxsus ta’ lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining Abu Rayhon 
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini (keyingi o`rinlarda Institut deb ataladi) qadimiy 
qo`lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo`lgan zamonaviy yozma manbalarni saqlash, 
o`rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ’ ib qilish bo`yicha mamlakatimizdagi etakchi ilmiy-tadqiqot 
muassasasi etib belgilash to`g’ risidagi taklifi ma’ qullansin. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari 
etib belgilandi: 
Sharq qo`lyozmalari fondini saqlash, ta’ mirlash, boyitish va muayyan tizimga keltirish, arab 
yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularni asl 
holida hamda o`zbek va xorijiy tillarda ilmiy izohlar, tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga 
kiritish;boy tarixiy, ilmiy, ma’ naviy-intellektual merosimizni saqlash, ilmiy tahlil qilish, uning 
mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soha mutaxassislariga, tegishli ta’ lim yo`nalishlarida tahsil 
olayotgan o`quvchi va talabalarga batafsil ma’ lumot berib borish, buyuk alloma va mutafakkirlarimiz 
asarlarini dunyo hamjamiyati o`rtasida keng targ’ ib etish, zamonaviy ilm-fan, ma’ naviyat va amaliyot 
rivojida undan samarali foydalanish va kelgusi avlodlarga etkazish; 


73 
aholida saqlanayotgan qadimiy noyob qo`lyozmalar, chet el fondlaridagi mavjud asarlar 
nusxalarini ayirboshlash yoki olish hisobidan Institutning qo`lyozma va yozma manbalar fondini boyitib 
borish; 
o`rta asrlarda hozirgi O`rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan alloma va mutafakkirlarning 
matematika, astronomiya, fizika kabi aniq fanlar, meditsina, kimyo, geografiya singari tabiiy fanlar, 
tarix, adabiyot, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar, islom dini va ilohiyotga oid merosini tadqiq qilishni 
kengaytirish va chuqurlashtirish; 
matnshunoslik, adabiy manba shunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy 
madaniy merosimizning hali o`rganilmagan ko`pgina qatlamlarini ochib berishga yo`naltirilgan ilmiy 
tadqiqotlarga alohida e’ tiborqaratish; 
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom 
universiteti kabi mazkur sohada faoliyat ko`rsatadigan oliy ta’ lim muassasalari bilan birgalikda 
qo`lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo`lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli 
tayyorlash va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb 
qilish;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom 
universiteti singari oliy ta’ lim muassasalarining ixtisoslik kafedralari bitiruvchilari hisobidan 
Institutning kadrlar tarkibini yangilab borish, qo`lyozmalar bilan ishlash ko`nikmasiga ega bo`lgan yosh 
kadrlar zaxirasini shakllantirish; 
xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda 
kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O`zbekiston Respublikasi bilan ikki 
tomonlama va ko`p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o`rganish; 
O`zbekiston Respublikasining turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qo`lyozma 
asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlanish va ta’ mirlanish holatini monitoring qilish 
va ularning elektron bazasini yaratish. Yana quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning asosiy 
manbalari etib belgilandi: 
Institutni saqlash bilan bog’ liq xarajatlar uchun ajratiladigan byudjet mablag’ lari;O`zbekiston 
Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o`tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo`yicha 
ajratiladigan grantlar, jumladan, maqsadli grantlar; 
tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablag’ lar, xalqaro 
moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, 
homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari 
bo`yicha qo`mita, Oliy va o`rta maxsus ta’ lim vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy 
kutubxonasining mamlakatimizda turli manbalarda saqlanayotgan noyob va qimmatli qo`lyozma asarlar, 
toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, aholida saqlanayotgan 
shunday kitoblarni sotib olish va Institutda jamlanilishini ta’ minlash maqsadida ekspertlar guruhi 
hamda komissiya tuzish haqidagi takliflarima’ qullandi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
Institutda saqlanayotgan qadimiy qo`lyozmalar eng zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq saqlanishi 
va bosqichma-bosqich restavratsiya qilinishini ta’ minlash uchun 2017 yilda O`zbekiston Respublikasi 
Davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag’ lar doirasida mablag’ ajratsin, 2018 yildan 
boshlab ana shu ishlar uchun zarur mablag’ ni O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida 
nazardatutildi. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Institutdagi foto va restavratsiya 
laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Institutda Sharq 
qo`lyozmalari muzeyini tashkil etish to`g’ risidagi taklif ma’ qullandi. Institut fondida saqlanayotgan 
qadimiy qo`lyozmalarni bosqichma-bosqich restavratsiya qilish uchun zarur reaktivlar va sarflanuvchi 
materiallarni sotib olish hamda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori 
texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun mablag’ lar Ilmiy-texnik faoliyatni qo`llab-
quvvatlash va rivojlantirish jamg’ armasi hisobidan o`rnatilgan tartibda ajratiladi; 


74 
Institutda Sharq qo`lyozmalari muzeyini tashkil etish va uni jihozlash bilan bog’ liq xarajatlar 
O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Institutning byudjetdan tashqari mablag’ lari 
hisobidan qoplanadi.
Davlat komissiyasi Institutda noyob qo`lyozma asarlarni o`rganish bo`yicha ishlarni tashkil etish 
uchun ilmiy jihatdan asoslangan tadqiqotlarga har yillik davlat buyurtmasi o`rnatilgan tartibda 
tasdiqlanishini ta’ minlana boshlandi.
O`zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Davlat komissiyasi tomonidan har yili 
tasdiqlanadigan davlat buyurtmasida belgilangan ilmiy tadqiqotlarga davlat ilmiy-texnika dasturlari 
doirasidagi ilmiy-texnik loyihalarga ajratiladigan byudjet mablag’ lari hisobidan maqsadli grantlar 
ajratilishini ta’ minlash ham yo`lga qo`yildi.
Mustaqillik va davlat suvereniteti yangi ijtimoiy tuzilish, millatning dunyoqarashi, madaniyati 
va san’ atining muhim islohotchi omillariga aylandi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar tsivilizatsiyasi 
yangi madaniy siyosatning asosiy qiymatlari sifatida e’ lon qilindi. Ushbu ikki komponent O`zbekiston 
san’ ati sohasidagi zamonaviy estetik tadqiqotlar uchun o`ziga xos xususiyatga ega bo`ldi. 
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda milliy identifikatsiyani rivojlantirish, tarix va adabiyotni 
o`rganish, ko`p asrlik madaniy an’ analar va urf-odatlar, din, milliy san’ at va madaniyatning turli 
sohalari rivojlanmoqda. O`zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi, mamlakat bo`ylab keng 
tarqalgan ta’ lim muassasalari tarmog’ i 
bo`lgan Rassomlar ijodiy uyushmasi faoliyati 
hunarmandchilikning professional maktabini mustahkamlashga hissa qo`shmoqda. Bugungi kun 
san’ atkorlarining erishgan yutuqlari ishonchli: hamma narsa chiroyli, hayotning chuqur bilimlari, 
o`zbek klassikasida yaratilgan an’ analarning ijodiy rivojlanishi, san’ atning tarixiy rivojlanishidagi 
uzluksizligi asosida tug’ iladi. 
O`zbekiston Respublikasining zamonaviy ijodiy amaliyoti boy va rang-barang. Rassomlar 
A.Ikramjanov, S.Raxmetov, R.Gagloeva, X.Xoliqov kabi zamonaviy ustalarimizning ijodiy yutuqlarida 
vaqt, o`z-o`ziga, plastmassa, qurulish, kompozitsion va boshqa mafkuraviy va badiiy oyatlar haqida 
chindan ham ijodkorona so`zlarni topish mumkin. Mirzaahmedov, V.Enin, A.Alikulov, grafikalar 
M.Sadikov, A.Allabergenov, A.Bobrov, A.Ponomarev, A.Mamajanov, V. Apuxtin va boshqalar. 
Rassomlar A. Mirzaev, F. Ahmadaliev, A.Nura, M.Isanov, J.Usmanov, I.Valiqxo`jaev, I.Shin, 
V.Chuba, J.Salpinkidiy, A.Turin asarlarida dekorativ tendentsiya rivojlanmoqda. Haykal san’ atida 
yuksak mahoratni D.Ruzybaev, M.Mirtadjiev, A.Hatamov, T., Tadjixodjaev, I.Jabborova, B.Muxtarova, 
M.Borodina, L.Nesterovich va boshqalar asarlarida ko`rish mumkin. 
Bugungi kunda respublikamiz 
aholisining qariyb 60 foizi qishloq joylarda istiqomat qilayotganini e’ tiborga olib, ushbu yo`nalishda 
hal qilinishi lozim bo`lgan vazifalarning ko`lami va miqyosini tasavvur etish qiyin emas. Qishloq 
joylarda har yili 150 mingdan ortiq yangi oilalar vujudga kelayotganini, xususan, istiqlol yillarida 
qishloqlarimizda 2 mln. 600 mingdan ziyod yosh oilalar paydo bo`lganini hisobga olsak, ularning o`z 
uylariga ega bo`lishlariga ehtiyoj sezilmoqda. 
Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar aholini uy-joy bilan ta’ minlash, 
ularning turmush tarzini yaxshilash, oilada sog’ lom muhitni shakllantirish, yosh oilalarni har 
tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularga eng kam foiz miqdoridagi kreditlar ajratish masalalari dolzarb 
ahamiyatga ega. Xususan, qishloq joylarida yashaydigan aholining turmushini yanada yaxshilash, 
zamonaviy uy-joylarni barpo etish, maishiy va servis xizmatlarini keng yo`lga qo`yish, yoshlarning ish 
bilan bandlik darajasini oshirish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga jiddiy e’ tibor 
berilmoqda. 
Davlat dasturida qishloqqiyofasini sifat jihatdan yaxshilash, rivojlanish va arxitektura-reja 
asosida qurilish bosh sxemalariga muvofiqqishloq aholi punktlari qurilishi, qishloqdagi turar-joy va 
ijtimoiy soha ob’ ektlari namunaviy loyihalar bo`yicha barpo etilishini nazarda tutuvchi qishloq aholi 
punktlarining arxitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish va qishloqqurilishini loyihalashtirish tizimini 
tubdan takomillashtirish lozimligi belgilab berildi. 
Qishloqqiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlari sifatini yaxshilash, qishloq joylarda 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli 
kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil


75 
30 martdagi «Qishloqqurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to`g’ risida»gi PQ-1083-
sonli Qarori qabul qilindi. Bundan tashqari, qishloq joylarda namunaviy asosda yakka tartibdagi uy-joy 
qurilishiga «Qishloqqurilish bank» aktsiyadorlik-tijorat banki tomonidan imtiyozli kredit berishni 
tartibga solish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 
«Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo`yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun «Qishloqqurilish 
bank» aktsiyadorlik-tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi to`g’ risidagi 
Nizomni tasdiqlash haqida»gi 148-sonli qarori qabul qilindi. 
Ushbu Nizomning asosiy maqsad va vazifasi qishloq joylarda namunaviy asosda qurilayotgan 
yakka tartibdagi uy-joylarni aholiga ipoteka kreditlari hisobidan berish shartlarini, ipoteka kreditini 
rasmiylashtirish, kreditni to`lash tartibini hamda aholiga berilgan ipoteka kreditlari maqsadli ishlatilishi 
ustidan monitoring o`rnatish tartibini belgilashdan iboratdir. Mazkur Nizom bilan qishloq joylarda 
namunaviy asosda yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga «Qishloqqurilish bank» aktsiyadorlik-tijorat banki 
tomonidan aholiga, shu jumladan, yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida ipoteka kreditlari berib 
kelinmoqda. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga 
oshirishdagi ishtiroki. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarni tashkil etishdan maqsad – jismoniy va yuridik shaxslarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy 
va ma’ rifiy maqsadlarga erishish, ma’ naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya 
faoliyatini amalga oshirish hamda boshqa ijtimoiy foydali natijalarga erishishdir. Nodavlat notijorat 
tashkilotlarni tashkil etishdan maqsad – jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’ rifiy 
maqsadlarga erishish, ma’ naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga 
oshirish hamda boshqa ijtimoiy foydali natijalarga erishishdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda yildan yilga nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali faoliyat 
ko`rsatishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada ularning soni yildan yilga o`sish bilan 
birga va faoliyat ko`rsatish sohalari kengayib bormoqda, masalan 1991 yilda respublikada 100 ga yaqin 
NNTlar mavjud bo`lgan bo`lsa, hozirga kelib ularning soni 9 478 tani tashkil etadi (2017 yil 1 iyul 
holatiga 8 801 ta). Ushbu tashkilotlarning 6 561 tasi jamoat birlashmasi, 434 tasi muassasa, 488 tasi 
jamoat fondi va 1 995 tasi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda (shundan 1423 tasi suvdan foydalanish 
uyushmalari) tashkil etilgan. Shuningdek, adliya organlarida 16 ta diniy konfessiyaga mansub jami
2 256 ta diniy tashkilotlar va 235 ta doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudlari hisobi ro`yxatdan 
o`tkazilgan bo`lib, ular tarkibida 715 ta sudya faoliyat ko`rsatmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’ rifiy sohanining turli yo`nalishlarida, xususan, tadbirkorlik 
rivojlantirish sohasida – 2 000 dan ortiq, ekologiyani asrash sohasida – 100 dan ortiq, sportni 
rivojlantirish sohasida – 1200 dan ortiq, imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash 
sohasida – 600 dan ortiq, yoshlarni qo`llab-quvvatlash sohasida – 600 dan ortiq, ayollarni ijtimoiy-
iqtisodiy himoya qilishda – 300 dan ortiq, faxriylarni qo`llab-quvvatlash sohasida – 400 dan ortiq, 
milliy madaniy aloqalarni va millatlaro do`stlikni rivojlantirish sohasida – 200 dan ortiq, xodimlarning 

Assotsiatsiya 
70 ta 

Markazlar 
53 ta 

Qo`mitalar 
5 ta 

Jamiyatlar 
71 ta 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling