Tarix va falsafa


-mavzu. O`zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o`zgarishlar


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

7-mavzu. O`zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o`zgarishlar. 
 
REJA : 


62 
1. 
O`zbekistonda Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va 
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
2. 
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil 
oshirib borish, sog’ liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’ minlash, yo`l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’ lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’ at va sport sohalarini 
rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
3. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni 
amalga oshirishdagi ishtiroki.
4. 
O`zbekiston Respublikasi “ Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g’ risida” gi Qonunning 
mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda 
korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
O`zbekistonda Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va 
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli 
ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan aholi bandligi va 
real daromadlarini izchil oshirib borish, sog’ liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning 
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’ minlash, yo`l-transport muhandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’ lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, 
san’ at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat 
notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
O`zbekiston Respublikasi “ Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g’ risida” gi Qonunning mazmun-
mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga 
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
O`zbekiston taraqqiyotidagi o`ziga xos yo`lning asosiy tamoyillaridan biri kafolatlangan ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirishdan iboratdir. Uning mohiyati jamiyatda kam ta’ minlangan, boquvchisi yo`q, 
bolali oilalarni, nogironlar va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat a’ zolarining o`ta boylar va 
kambag’ allarga tabaqalanib ketishining oldini olishga qaratilgan. Shu maqsadda mustaqillikning 
dastlabki yillarida aholi turmush darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar dasturi 
ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 
ajratilgan mablag’ lar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan 1999 yil davlat byudjetini 
shakllantirishda ob’ ektiv sabablarga ko`ra, yuz bergan ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, 
qisqartirishlar hisobiga, ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag’ larning kamayishiga yo`l quyilmadi. 
1998 yil oxiridagi hisobga ko`ra, mamlakatda 3 mln. 252 mingdan ortiq kishi pensiya va nafaqalar oldi 
va bu maqsad uchun 75 mlrd. 541 mln. so`m mablag’ ajratildi. Shundan faqat ikki yoshgacha bolasi 
bor onalarga 10 mlrd. 448 mln. so`m nafaqa berildi.
Kam ta’ minlangan aholi qatlamlari nafaqa va moddiy yordamdan tashqari turli xil imtiyozlardan 
keng foydalandi. Jumladan, jamoat transportida tekin yoki arzon haq to`lab yurish, turar-joy va 
kommunal xizmatlari uchun haq to`lashda, dori-darmonlar va eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarini 
belgilangan me’ yorda bepul yoki arzon narxda olish va boshqa bir qancha engilliklar berilgan. 
Bulardan tashqari mustaqillik yillarida xalq ta’ limi, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlarining 
professor-o`qituvchilariga, tibbiy xodimlarga elektr energiya, gaz va kommunal xizmatlardan 
foydalanishda qator imtiyozlar berildi. Bozor munosabatlariga o`tish munosabati bilan aholi 
daromadining mohiyati yangilanmoqda. Ularning manbalari o`zgarmoqda. Maosh-ish haqidan tashqari 
tadbirkorlik daromadi, aktsiyadorlik dividendi, mulkdan kelgan daromad, tomorqa mahsulotlarini 
sotishdan olinadigan tushum shakllarida bozor daromadlari paydo bo`ldi. Aholi daromadlarining 


63 
bozorga bog’ liq manbalari yildan-yilga o`sib borishi munosabati bilan ish haqining salmog’ i pasayib 
bormoqda. Masalan, 1992 yili ish haqi aholi daromadining 57% ni tashkil qilsa, 1995 yilda esa 44, 2% 
ni tashkil qildi. 1997 yili aholi barcha daromadlarining qariyb chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan 
tushdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul-kredit tizimi 
shakllantirildi. 1991-1996 yillar davomida O`zbekiston Respublikasi hukumati Milliy bank va Moliya 
tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi. 1995 yil dekabrda Oliy Majlisning navbatdagi 
sessiyasining Markaziy bank va banklar to`g’ risidagi qonunlari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Markaziy 
bankdan tashqari Toshkent shahri va viloyatlarda 30 ta aktsiyador-tijorat, shirkat va xususiy banklar 
faoliyat ko`rsatmoqda (1995). Ularning har qaysisida filiallar mavjud. Masalan, «Paxta bank»da 184, 
«O`ztadbirkor» bankda 254 filial xizmat qilmoqda. 1994ilning 1 iyulidan boshlab iqtisodiy 
mustaqillikning zaruriy sharti tariqasida O`zbekiston Respublikasining pul birligi-so`m muomalaga 
kiritildi. Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirish, korxonalar va 
tarmoqlar moliyaviy ahvolini mustahkamlash, aholi va mamlakat iste’ mol bozorini muhofaza qilishda 
katta o`rin tutdi. Mustaqil O`zbekiston xazinasini to`ldiruvchi, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli 
o`tkazishning asosiy manbai soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki 
kunlardan boshlab katta e’ tibor berildi. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 avgustdagi «O`zbekiston 
Respublikasida davlat soliq organlari haqida»gi qarori asosida davlat soliq tizimi shakllana boshladi. 
Soliq to`lovchilar soni yildan-yilga ko`payib bomoqda. Agar 1994 yilda 91 mingdan ortiq soliq 
to`lovchi yuridik shaxs ro`yxatdan o`tgan bo`lsa, 1997 yili ularning soni 148 mingtaga etdi.
O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo`llagan 
murojaatnomasida kambag’ allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib 
belgilandi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling