Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg’ ilon, Qarshi, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining 
xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Tarixi necha ming yillarga borib taqaladigan ko`hna va hamisha 
navqiron shaharlarimiz yubileyini xalqaro miqyosda nishonlash an’ ana tusini oldi. Samarqand, Xiva, 
Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Marg’ ilon, Toshkent singari qadim va muazzam 
shaharlarimizning to`ylarini nishonlash asnosida tariximizni yanada teran o`rgandik, shaharsozligimiz, 
madaniyatimiz ildizlarini chuqur tadqiq etdik, shunday ulug’ yurt farzandi, shavkatli ajdodlar vorislari 
ekanimizdan cheksiz faxru iftixor tuydik. Xalqimiz dahosining boy madaniy-ma’ naviy qadriyatlaridan 
sanalgan “ Avesto” ning 2700 yilligi, “ Alpomish” ning 1000 yilligi, Xorazm Ma’ mun 
akademiyasining 1000 yilligi katta bayram qilindi. Jumladan: 
▪ 1993 yil 11 dekabr – YuNESKOning qarori bilan Buxoro Umumjahon madaniy merosi 
ro`yxatiga kiritildi. 1997 yil 18-19 oktyabr kunlari Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga 
bag’ ishlangan tantanali marosim o`tkazildi. “ Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi –
uchinchi mingyillikka” mavzuida xalqaro simpozium bo`lib o`tdi. 
▪ 1997 yil 20 oktyabr – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ ishlangan tantanali marosim 
o`tkazildi. 
▪ 2002 yil 2 aprel – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ ishlangan tantanali marosim 
bo`ldi. 


84 
▪ 2003 yil 12 sentyabr – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “ Do`stlik” ordeni 
bilan mukofotlandi. 
▪ 2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ ishlangan tantanali marosim bo`ldi. 
▪ 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma’ mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali 
nishonlandi. 
▪ 2007 yil 24-26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag’ ishlangan “ Samarqand shahrining 
umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o`rni” mavzuida xalqaro ilmiy simpozium 
o`tkazildi. 
▪ 2007 yil 25 avgust – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag’ ishlangan tantanali 
marosim o`tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an’ anaviy tarzda o`tkazib 
kelinayotgan “ Sharq taronalari” VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 
▪ 2007 yil 7 sentyabr – Marg’ ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag’ ishlangan tantanali 
marosim o`tkazildi. 
▪ 2009 yil 26-27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag’ ishlangan “ O`zbekiston 
poytaxti Toshkent – 2200 yoshda” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o`tkazildi. 
▪ 2009 yil 1 sentyabr – O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga 
bag’ ishlangan tantanali marosim o`tkazildi. Bu marosim O`zbekiston Respublikasi 
mustaqilligining 18 yillik tantanalariga ulanib ketdi. 
Toshkent shahrining “ Islom madaniyati poytaxti” deb e’ lon qilinishi va uning ahamiyati. 2007 yil 
– Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’ lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha muassasasi –
ISESSO tomonidan Toshkent shahri Tripoli (Liviya), Fes (Marokash), Dakar (Senegal) shaharlari 
qatorida Islom madaniyatining 2007 yildagi poytaxti deb e’ lon qilinishi O`zbekiston, xususan uning 
poytaxti islom sivilizasiyasi tarixida o`ziga xos o`ringa ega ekanidan yana bir dalolatdir. 
Toshkent — azaldan mintaqamiz tarixida muhim o`rin tutgan qadimiy shahardir. U turli davrlarda 
jahon dinlari tutashgan markaz bo`lib kelgan va islom tamadduni tarixidagi o`rni beqiyosdir. 
Hozir O`zbekistonda ikki mingdan ortiq masjid, o`ndan ziyod oliy va o`rta maxsus bilim yurti faoliyat 
yuritmoqda. Ulardan Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti aynan poytaxtimizda 
joylashgan. YuNESKOning “ Butunjahon ahamiyatiga molik yodgorliklar ro`yxati” ga kiritilgan 
O`zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sharq qo`lyozma asarlari fondi hamda 
“ Usmon Qur’ oni” ning nodir qo`lyozma nusxasi ham Toshkentda saqlanmoqda. 
2007 yil 14-15 avgust – Toshkent va Samarqand shaharlarida Toshkent shahrining 2007 yildagi 
Islom madaniyati poytaxti deb e’ lon qilinishiga bag’ ishlangan “ O`zbekistonning islom sivilizasiyasi 
rivojiga qo`shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya o`tkazilib, unda 30 dan ortiq davlatlardan 
kelgan olimlar qatnashdi. 
2017 yil 12 oktyabrda “ Ta’ lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha islom tashkiloti (ISESSO) 
bilan hamkorlik to`g’ risida” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. 
Mazkur huquqiy hujjat ta’ lim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, 
O`zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targ’ ib qilish, respublikaning qadimgi 
tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish, Ta’ lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Islom 
tashkkiloti (ISESSO) doirasida O`zbekistonning ma’ naviy aloqalarini kengaytirishni maqsad qiladi. 
Maqsadlar ijrosi doirasida mamlakatimizda keng ko`lamli ishlar boshlangan. ISESSO 2019 yilni 
“ Islom madaniy merosi yili” deb e’ lon qildi.
ISESSOning O`zbekistonda to`liq faoliyat yuritishi uchun keng imkkoniyatlar yaratilgan. 
Toshkent Islom uuniversiteti qoshidagi ISESSO maxsus kafedrasi o`z ishini samarali olib bormoqda. 
Mazkur kafedra Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’ zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining 
Toshkentda o`tkazilgan 43-sessiyasi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan.
ISESSO bayonotida qayd etilishicha, Islom dunyosi boy madaniy merosga ega bo`lib, bu musulmon 
mamlakatlarning ochiqligi va ularning boshqa madaniyatlar bilan aloqalarining, shuningdek, olimlar, 
ijodkorlar, me’ morlar va hunarmandlarning samarali mehnati natijasidir. Islom hamkorlik tashkiloti har 
yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb e’ lon qiladi. Ularning biri 
arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulson mamlakatlardagi shaharlardir. 
Yuqorida ta’ kidlanganidek, 2007 yil Toshkent shahri ISESSO ning “ Fan, ta’ lim va madaniyat”
tuzilmasi tomonidan “ Islom madaniyati poytaxti” deb e’ lon qilingan edi. Tashkilotdagi madaniyat 


85 
vazirlari IX Islom konferensiyasi tomonidan 2020 yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) 
shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida tasdiqlangan. 
Islom olamidagi nufuzli tashkilotning bu qarorga kelishi bejiz emas va uning o`ziga xos sabaab va 
asoslari bor. Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti bo`lib kelgan. 
Uning “ Qubbat ul-Islom” deya e’ tirof etilgani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu 
shaharning “ Islom madaniyati poytaxti” deb e’ lon qiliinishi, asrlar davomida qadim kent va bu yerda 
tug’ ilib kamolga yetgan ulug’ allomalarning Islom sivilizasiyasiga qo`shgan hissasini yana bir bor 
tasdig’ i hisoblanadi.
3. Mustaqillik yillarida madaniyat va san’ at sohasining rivojlanishi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’ at sohasini rivojlantirish, jahon 
miqyosidagi ilg’ or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’ at muassasalari barpo etish, 
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash 
masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy 
madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’ naviy yetuk, barkamol 
shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’ dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro`yobga chiqarish borasida 
keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.
Bu avvalo teatr san’ ati, milliy musiqa, me’ morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko`zga 
tashlanadi. 1991 yilda Farg’ onada, 1993 yili Xivada Davlat qo`g’ irchoq teatrlari ish boshladi. 1994 
yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari qoshida qo`g’ irchoq guruhlari ochildi. 1993 yil 
avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan «Turkiston» saroyi nafaqat ma’ morchilikning yorqin 
namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo`ladigan dargohga aylandi.
Respublikada 41 ta professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. 1998 yil 26 martda O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «O`zbekiston teatr san’ atini rivojlantirish to`g’ risida»gi 
Farmoni e’ lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O`zbekiston tomosha san’ atining ko`p asrlik 
an’ analarini o`rganish, boyitish va targ’ ib qilish, teatr san’ atini har tomonlama rivojlantirish, uning 
moddiy-texnika bazasini yanada mustah-kamlash, mamalakatimizda ma’ naviy-ma’ rifiy islohotlarni 
amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta’ minlash maqsadida «O`zbekteatr» ijodiy-
ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. O`zbekistonda raqs san’ atini rivojlantirish maqsadida 
«O`zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa-raqs san’ atini rivojlantirishni 
davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash masalalari ko`zda tutildi. 
Mustaqillik o`zbek badiiy adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi 
bosqichni boshlab berdi. Asarlari zararli, o`zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho`lpon, Otajon 
Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori, Fitrat, Mahmudxo`ja Behbudiy singari millatparvar yozuvchi, 
ma’ rifatparvarlar ijodi xolisona o`rganila boshlandi. Ularning asarlari chop etildi, sahna yuzini ko`rdi. 
Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o`rnini ro`yi-rost ko`rsatish 
boshlandi.
Bir vaqtlar diniy va saroy adabiyoti vakili deb nohaq qoralangan Ahmad Yassaviy, 
Boqirg’ oniy, Imom G’ azolliy, Hoja Ahror, Bahouddin Naqshband, Husayn Boyqaro, Feruz singari 
buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o`rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi. 
Alisher Navoiyning yuksak insoniy g’ oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi «Munojot», 
«Arba’ in», «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg’ ambarlar va hokimlar haqida») kabi asarlari nashrdan 
chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo`tabar Qur’ on va hadislar chop etildi. Iste’ dodli olim Hamidulla 
Karomatovning «Qur’ on va o`zbek adabiyoti» nomli kitobi nashr etildi.
Atoqli olim B.Ahmedovning «Amir Temur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, E.Vohidov, 
O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek, X.Do`stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir 
va adiblarning badiiy barkamol, g’ oyaviy yetuk asarlari tufayli o`zbek milliy istiqlol adabiyoti 
shakllandi. 
Sharq va g’ arb me’ morchiligi uyg’ unlashgan binolar yurtimiz poytaxti va viloyat 
markazlarida qad ko`tarib, shaharlarimiz husniga husn qo`shmoqda Milliy bank, mehmonxona binolari, 
bozorlar qurilishi, ko`priklar va yo`llar, sport saroylari hamda madaniyat va istirohat bog’ larining 
bunyod etilishi buning yorqin misolidir. Haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ ati, tasviriy san’ at, raqs, 


86 
kino san’ atlarida ham an’ anaviy va zamonaviy usullari uyg’ unlashib yetuk asarlar yaratildi va 
yaratilmoqda. 
Xullas, mustaqillik yillarida fan va madaniyat sohasida hukumatimiz rahbarligida qisqa vaqt 
mobaynida ulkan yutuqlar qo`lga kiritildi. 
O`zbekistonning o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi natijasida ma’ naviy madaniyatning muhim 
jabhasi bo`lgan musiqa san’ ati ham juda rivoj topa boshladi, zero tabiatan nozikta’ b, san’ atsevar va 
san’ at ahliga talabchan o`zbek xalqining musiqasi keng ko`lamli ma’ naviyat ko`zgusidir. Sho`rolar 
davrida asosan mafkuraviy hukmronlik qo`liga aylangan mazkur san’ at turi erkinlik yo`liga kirdi. 
Jamiyat a’ zolari milliy qo`shiqchilik san’ atidan bahramand bo`la boshladilar. O`zbekiston hukumati 
xalqimizning milliy qo`shiqchilikka bo`lgan ijtimoiy ehtiyojini e’ tiborga olib milliy ruxdagi, xalqning 
ko`ngliga yaqin musiqa asarlarini yaratishga bo`lgan qiziqishni doimo rag’ batlantirdi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq musiqa san’ ati bo`yicha qator ko`rik-tanlovlar o`tkazila 
boshlandi. Xususan, 1992 yil mart oyida Toshkent shaxrida tanbur, sato, qo`shnay, surnay va boshqa 
milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar» deb nomlangan respublika ko`rik tanlovi, aprel 
oyida Toshkent viloyatida havaskor qo`g’ irchoq teatrlari jamoalarining ko`rik-tanlovi, shuningdek, 
mashhur san’ atkorlar Jo`raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, Nabijon Hasanov, 
Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov, Janaq Shomuratovlarning asarlari ijrochilarining «Boqiy 
ovozlar» deb nomlangan ko`rik-tanlovlari o`tkazildi.
Ayni vaqtda 1992 yil may oyida Xorazm viloyatida folklor jamoalarining, askiya, qiziqchi va 
masxarabozlarning, iyun oyida Qo`qonda o`tkazilgan IX an’ anaviy va lapar, yalla ijroiyalarining 
avgust oyida Toshkent shahrida o`tkazilgan XI an’ anaviy ko`rik tanlovi milliy san’ atimiz rivojiga 
katta hissa bo`lib qo`shildi. Mamlakatimiz hukumati qo`shiqchilik san’ atidan mustaqillikning 
ma’ naviy zaminlarini mustahkamlashda ham unumli foydalanishga e’ tiborni kuchaytirdi. Shu 
maqsadda 1995 yil dekabrda «O`zbekiston-Vatanim manim» mavzuidagi qo`shiqlar ko`rik-tanlovi 
e’ lon qilindi. Mazkur tanlov barcha viloyat, shahar va tumanlarda juda katta ko`tarinkilik ruhida 
o`tkazildi va uning natijasida yuzlab yangi, mustaqillik davri qo`shiqlari yaratildi, ko`plab iste’ dodli 
san’ atkorlarning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. «O`zbekiston — Vatanim manim» qo`shiq ko`rik-
tanlovining 1996 yil mart oyida bo`lib o`tgan birinchi bosqichida mingdan ortiq san’ atkorlar ishtirok 
etdi, 10 mingdan ortiq yangi musiqiy asarlar yaratildi. Qayd etish lozimki, mazkur tanlov istiqlolni, 
Vatanni, o`zlikni anglashda muhim qadam bo`ldi. Xalqimizning bunday tadbirga qiziqishi ortiq bo`ldi.
Bularning barchasini e’ tiborga olib, 1996 yil avgustda «O`zbekiston — Vatanim manim» 
qo`shiq bayrami haqida» maxsus farmon qabul qilindi. Farmonda fuqarolar qalbida muqaddas Vatan 
tuyg’ usini tarbiyalovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo`shiqlarning yaratilishiga keng 
imkoniyat yaratish maqsadida har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi «O`zbekiston — Vatanim 
manim» qo`shiq bayrami kuni, deb belgilab qo`yildi. Ayni paytda, xalqimizning qo`shiqchilik 
san’ atiga bo`lgan buyuk qiziqishini e’ tiborga olib, Madaniyat ishlari vazirligi xuzurida «O`zbeknavo» 
gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa 
festivalini o`tkazish to`g’ risida»ga qarori musiqa san’ atining noyob namunalarini keng targ’ ib qilish, 
rivojlantirishda dasturulamal bo`lib xizmat qildi. Har ikki yilda Samarqandda “ Sharq taronalari”
Xalqaro festivalini o`tkazish an’ anaa tusini oldi. 
O`zbek milliy maqom san’ atining noyob namunalarini keng targ’ ib qqilish, uni asrab-avaylash 
va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’ atimizga hurmat va e’ tibor tuyg’ ularini 
kamol toptirish, utrli xalqlaar o`rtasidagi do`stlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, 
madaniy-ma’ naviy munosabatlar doirasinii xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17-noyabrdagi “ O`zbek milliy maqom san’ atini yayanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’ risida” gi PQ-3391-sonli qarori qabul qilindi va Shahrisabz shahrida 
ham ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ ati anjumanini o`tkazilishi belgilandi. Bu anjuman 
birinchi 
marta
2018 yilning 6-10 seyentyabr kunlarida o`tkazildi.
Ma’ lumki, O`zbekistonda jahon sivilizasiyasida aloxida o`ringa ega bo`lgan buyuk moddiy 
madaniyat yaratildi. Ular xalqaro hamjamiyat tomonidan allaqachon e’ tirof etilgan. Biroq, sovet 
tuzumi davrida O`zbekiston moddiy madaniyatiga katta zarar yetkazildi. Minglab noyob madaniyat 


87 
durdonalari, osori atiqalari xorijga, asosan, Moskva, Sankt Peterburg muzeylariga tashib ketildi. Milliy 
o`zlikni anglashda bunday yodgorliklarning ahamiyati katta ekanligini e’ tiborga olib, mustamlakachilar 
iloji boricha ular ijtimoiy-madaniy ahamiyatni kamaytirishga harakat qildilar. Ammo, mustaqillik 
bunday 
jirkanch 
siyosatga 
barham 
berdi. 
Istiqlolningdastlabki 
davrlaridanoq 
muzeylar, 
qo`riqxonalarning o`rni va rolini belgilab berishga alohida ahamiyat berildi. Ma’ lumki, hozirda birgina 
Madaniyat ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo`yicha 81 ta muzey mavjud bo`lib, bular 23 ta 
o`lkashunoslik,
15 ta tarix, 20 ta memorial, 8 ta adabiy-memorial, 10 ta badiiy, 4 ta tabiiy-ilmiy muzeylardir. Shu bilan 
birga Samarqandda Davlat muzey-qo`riqxonasi, Buxoroda Davlat muzey qo`riqxonasi, Xivada «Ichan-
Qal’ a» davlat muzey-qo`riqxonalari faoliyat ko`rsatmoqda.
1999 yilgi ma’ lumotlarga ko`ra, respublikamizdagi muzeylar fondida 1305786 eksponat 
saqlanmoqda. Birgina 1999 yilda ularning asosiy fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu yilning 
o`zida barcha muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi. O`zbekiston hukumati xalqimizning milliy 
o`zligini anglash jarayonini yanada jadallashtirishni e’ tiborga olib, 1994 yil 23 dekabrda O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari 
to`g’ risida»gi, 1999 yil 5 dekabrda esa «Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalari 
to`g’ risida»gi qarorlarni e’ lon qildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi 
«Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g’ risida»ga farmoni esa muzeylar 
ishida tubdan burilish yasadi. Unga binoan barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, 
qo`llab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam ko`rsatishni ta’ minlash maqsaddda Madaniyat 
ishlari vazirligi qoshida «O`zbekmuzey» jamg’ armasi tashkil etildi, o`zbek, ingliz, rus tillarida chop 
etiladigan ilmiy-amaliy, ma’ naviy-ma’ rifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali ta’ sis etildi. Ko`rilgan 
barcha tadbirlar natijasida muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati ancha ortdi, ularning o`zbek xalqi 
milliy o`zligini anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e’ tibor xorijlik fuqarolarning 
O`zbekistonga, uning boy va qadimiy madaniyatiga bo`ltan qiziqishini oshirdi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2008 yil 12 sentyabrda «Muzeylar to`g’ risida»gi 
qonunni qabul qildi. Qonunda «Milliy muzey fondi», «Milliy muzey fondining davlat katalogi», 
«Muzey», «Muzey ashyosi», «Muzey kolleksiyasi», «Saqlash», «E’ lon qilish» kabi tushunchalarga 
batafsil izoh berilgan.
Mamlakatimizning me’ morial yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro`yxatiga 
kiritilgan. 2500 ta me’ moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’ at asari 
davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo`riqxonalarida 
butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’ moriy obidalar, monumental san’ at asarlari saqlanib 
qolgan. 
2001 yildan buyon, "O`zbekturizm" milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo`limi hamda bir guruh 
hunarmandlar va turistik firmalar rahbarlari tashabbusi bilan Buxoro shahrida "Ipak va ziravorlar" 
an’ anaviy festivali tashkil etiladi. Ushbu tadbirga respublikamizning barcha viloyatlaridan turistik 
tashkilotlar, hunarmandlar, xorijiy va mahalliy sayyohlar qatnashadilar. Festival doirasida ipak va 
ziravorlar savdosi va palov sayllari, milliy o`yinlar, sport musobaqalari va milliy liboslar namoyishi, 
hunarmandlarning mahorat namoyishlari va turli madaniy tadbirlar tashkil etilishi ushbu festivalning 
an’ ana darajasiga ko`tarilishini ta’ minladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling