Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy 
qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Islom Karimov xalqimizning milliy-ma’ naviy qadriyatlariga 
hurmat bilan munosabatda bo`lishni, muqaddas dinimizni, an’ analarimiz va urf-odatlarimizni saqlash 
va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni asrab-avaylashni davlat siyosati darajasiga olib chiqdi. 
Bu hayotiy zarurat edi. Chunki o`z ozodligini, erkini qo`lga kiritgan xalq ko`p asrlar davomida bosib 
o`tgan tarixiy yo`lini aniq bilishi, buyuk ajdodlari merosidan to`la bahramand bo`lishi kerak edi. Bu 
millatimizning o`zligini anglab yetishi, sovet hukmronligi davrida toptalgan g’ ururini tiklashi, 
yuksaltirishi, mamlakatimizning kelajak yo`lini belgilab olishi uchun xizmat qilardi. Ushbu ishlarni 
amalga oshirishda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mustaqillikning ilk 
yillarida taarixchi olimlar bilan uchrashuvda o`rtaga tashlagan “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” degan 
g’ oyaviy konsepsiyasi asos bo`ldi.
Tariximizni haqqoniy yoritishda xalqimizning yaratuvchilik faoliyati bilan bog’ liq bo`lgan 
qadimiy shaharlarimizdagi yodgorliklar, obidalar, inshootlarni qayta qurish, ta’ mirlash, asl holida 
bunyod etish kabi ishlarga alohida e’ tibor berildi. Madaniy boyliklar tariximizning asl manbalari, ilmiy 
asoslari hisoblanadi. Ma’ lumki, mamlakatimizda 7198 ta tarixiy yodgorliklar ro`yxatga olingan bo`lib, 
shunday 2357 tasini me’ moriy obidalar, 3843 tasini arxeologik yodgorliklar, 998 tasini mahobatli 
tarixiy inshootlar tashkil qiladi. Bu raqamlar mamlakatimizni nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda 
tarixiy madaniy yodgorliklarga boy o`lkalardan biri sifatida namoyon etadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishishdan oldin bu me’ moriy yodgorliklar, obidalarning aksariyati 
buzilgan, ta’ mir qilinmagan, yarim vayrona holatlarda edi. Islom Karimov birinchi navbatda, ana 
shunday inshootlarni, yodgorliklarni qayta tiklash, ta’ mirlash, asl tarixiy asosda bunyod etishga 
e’ tiborni qaratdi. Natijada xalqaro jamoatchilik ishtirokida o`tmishda fan, ta’ lim, ma’ naviyat, 
madaniyat markazlari hisoblangan Samarqandning 2750 yilligi, Qarshining 2700 yilligi, Buxoro, Xiva 
va Termizning 2500 yilligi, Marg’ ilonning 2000 yilligi, O`zbekistonning boshqa shaharlar yubileylari 
keng nishonlandi. Allomalarimiz nomlari bilan ataladigan 50 dan oshiq muqaddas ziyoratgohlar ham 
qaytadan bunyod etilib, obod va go`zal maskanlarga aylantirildi.
Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillik yillarida madaniy meros obyektlarini qayta qurish, 
ta’ mirlash va obodonlashtirish bilan birgalikda o`tmishda yashab o`tgan ulug’ allomalar, buyuk 
siymolar merosini o`rganish, nomlarini ulug’ lash, xotiralarini abadiylashtirish borasida ham ulkan 
ishlar qilindi. Amir Temur, Mirzo Ulug’ bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom Buxoriy, Bahouddin 
Naqshbandiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’ oniy, 
Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Alisher Navoiy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi “ Sharq uyg’ onish 
davrini” yaratgan misli ko`rilmagan davlat arboblari va olimlar, mutaffakirlar, shoirlar hamda 


83 
ma’ rifatparvarlarning yubiley sanalari nishonlandi. Jahon hamjamiyati ularning Islom madaniyatiga va 
jahon faniga qo`shgan bebaho hissasini e’ tirof etmoqda. 
Islom Karimov 1998 yil 6 noyabrda YuNESKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan 
taqdirlandi. Bu oliy mukofot xalqimizning umumbashariy sivilizasiya taraqqiyotiga qo`shgan hissasi va 
xizmatining tan olinishi, davlatimiz tomonidan tarixiy, madaniy, ma’ naviy merosni asrab-avaylash 
borasida amalga oshirilgan ishlarning munosib bahosi bo`ldi.
2006 yil 8 sentyabrda YuNESKO Bosh direktori Koichiro Masuura I.Karimovga YuNESKOning 
oltin medalini topshirdi. Birinchi Prezidentimizga bu mukofot xalqlar o`rtasidagi do`stlik va 
hamkorlikni mustahkamlash, madaniyat va dinlararo muloqotni rivojlantirish, ta’ lim tizimiga 
bag’ rikenglik g’ oyalarini joriy qilish yo`lidagi ulkan xizmatlari uchun taqdim etildi. 
2014 yil 15 mayda I.Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “ O`rta asrlar Sharq allomalari va 
mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiya rivojidagi roli va ahamiyati”
mavzusidagi konferensiyada YuNESKO Bosh direktorining o`rinbosari, Osiyo va Tinch okeani 
mintaqaviy byurosi direktori Xubert Gizen mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash, boy tariximizni 
o`rganish, fan va ta’ lim tizimini rivojlantirishga qaratayotgan e’ tibori uchun I.Karimovga 
minnatdorlik bildirdi.
Birinchi Prezident ma’ naviy tiklanish, milliy o`zlikni anglashni mustahkamlash, xalqimizning 
tarixiy xotirasini tiklash, uning ulkan ilmiy va madaniy salohiyatini avaylash jarayonining tashabbuskori 
bo`ldi. Bu O`zbekistonning rivojlanishini ta’ minlab bermoqda. Prezident Sh.Mirziyoyev 
ta’ kidlaganidek, “ O`zining ona xalqi va Vatanini, uning bebaho milliy qadriyat va an’ analarini jonu 
dilidan sevgan va qadrlagan Islom Abdug’ aniyevichning olib borgan izchil siyosati tufayli qadimiy va 
shonli tariximiz, boy ma’ naviyatimiz, muqaddas dinimiz qayta tiklangani yurtdoshlarimiz hayotiga 
yangicha ma’ no-mazmun bag’ ishladi. Shuning uchun hama xalqimiz 25 yillik istiqlol davrida 
erishilgan barcha yutuq va natijalarni haqli ravishda Birinchi Prezidentimizning nomi va faoliyati bilan 
uzviy bog’ liq holda ko`radi” .
2017 yilning 27 noyabr sanasida mustaqil O`zbekiston Respublikasining 25 yil ichida ichki va 
tashqi siyosatda o`z yo`lini tanlab, xalqaro hamjamiyatda munosib o`rin va mavqyega ega bo`lishi, 
dunyo davlatlari bilan tinchlik, barqarorlik, tenglik va o`zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik 
aloqalarini yo`lga qo`yishida bor kuch-g’ ayrati, ongu-tafakkuri, qalb qo`rini bag’ ishlagan, haqiqiy 
fidoiylik, mardlik va vatanparfarlik namunasini ko`rsatgan O`zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Abdug’ aniyevich Karimovning 80 yillik tavalludini nishonlash to`g’ risidagi 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 
Qarorning amaliy ifodasi sifatida 2018 yilning 30 yanvar kuni buyuk davlat va jamoat arbobi tug’ ilib 
o`sgan Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasining 
ochilishi muhim tarixiy va ibratli voqyea bo`ldi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling