Tarix va falsafa


-Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’ iston Respublikasi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

10-Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’ iston Respublikasi 


98 
REJA :
1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’ iston Respublikasi ijtimoiy 
hayotida amalga oshirilgan islohotlar. 
2. Qoraqalpog’ istonda mustaqillik yillarida siyosiy sohasidagi o`zgarishlar.
3. Qoraqalpog’ iston Respublikasining iqtisodiy hayoti 
4. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’ iston Respublikasi hayotida 
ma’ naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. 
5. Qoraqalpog’ iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash 
borasidagi davlat siyosati.
Ijtimoiy hayot. Totalitarizm davrida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
hayotida katta o`zgarishlar yuz berdi. 1924 yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva 
xonligining Xo`jayli hamda Qo`ng’ irot tumanlari hududida Qozog’ iston Avtonom viloyati tashkil 
etildi. U 1930 yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog’ iston Avtonom Respublikasiga 
aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili bo`ldi. Shu yili ular o`z 
taqdirini O`zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi. Qadimiy turkiylarning ikki qavmining yillar 
mobaynida tillari, qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlari, iqtisodiy hamkorligi 
natijasida yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. O`zbekiston respublikasi tarkibida o`tgan 84 yillik 
tarix (2020 yil) qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o`zgarishlar davri bo`ldi. Madaniy va ma’ naviy ravnaq, 
sanat va adabiyotdagi yuksalish, qishloq. xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar 
bevosita o`zbek xalqining yordami va ko`magi bilan dunyoga keldi. Qoraqalpoq va o`zbek xalqi bir 
necha o`n yilliklar mobaynida to`planib qolgan muammolarni mustaqillik yillarida birga hal etishdi.
Qoraqalpog’ iston hududida asosan qoraqalpoq va o`zbeklar shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, 
koreyslar va boshqalar yashaydi. SHahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari o`zbek va 
qoraqalpoq tillari. Etnik tarkibi 32,1 % Qoraqalpoqlar, 32,8 % o`zbeklar, 4,2 % Qozoqlar va boshqa 
millatlardan tashkil topgan 
Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom 
ma’ nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o`zbek xalqi ko`magida erishdi va o`zining kelajagini 
yaratishga erishdi.

O`zbekiston Respublikasi Qoraqalpog’ iston Respublikasini har tomonlama qo`llab - quvvatlab 
kelmoqda. 1996 yili O`zbekiston Davlat byudjetidan Qoraqalpog’ istonni rivojlantirish uchun
10 mlrd.so`m mablag’ ajratildi. Bu Qoraqalpog’ iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qildi. 
Qoraqalpog’ istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori ham o`sib bormoqda. O`zbekiston 
hukumatining amaliy ko`magi tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’ istonda aholining turmush sharoitini 
yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng 
avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Respublikada mulkchilikning yangi shakllari 
paydo bo`la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bormoqda. 
Ayni paytda sanoat, qishloq. xo`jalik va savdoda bu ko`rsatkich 90 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 yanvardagi “ Qoraqalpog’ iston 
Respublikasining Mo`ynoq tumanini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari 
to`g’ risida” gi qarori ijrosi doirasida atigi 32 ming aholisi bor bitta tuman uchun 1 trilion 485 milliard 
176 million so`m mablah ajratildi.
2020-2021 yillarda Qoraqalpog’ iston Respublikasining Bo`zatov tumanini kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari bo`yicha Vazirlar mahkamasining 2020- yil 18-apreldagi
243-son qarori qabul qilindi va moliyalashtirildi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’ istonda ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’ tibor kuchaydi.
1991-1996 yillarda Qoraqalpog’ istonda ma’ lum demografik o`zgarishlar ro`y berdi. Tug’ ilish (ming 
kishi hisobida) 1991 yildagi 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga kamaydi. Demografik o`zgarishning 
asosiy sabablaridan biri ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy yashash sharoitlariga bog’ liq. 1991-1996 
yillarda respublikadan 26,7 ming kishi ko`chib ketdi. 1993 yilda aholisi 1.342,8 ming kishini tashkil 
qilgan
1996 yilda respublika aholisi 143 ming 764 kishiga o`sgan bo`lsa, 2001 yil 1 yanvarga kelib 1.527,0 
ming, 2013 yilda esa 1.711.800 kishiga o`sdi. Nukus shahrida 2001 yil 1 yanvarga kelib 210,5 ming 


99 
kishini tashkil qildi. Qoraqalpog’ iston hududi-166,59 ming kv km.ni egallaydi. Qoraqalpog’ istonda 
15 ta tuman 12 shahar, 16 shaharcha, 107 ovul mavjud. (Amudaryo, Beruniy, Bo`zatov, Kegeyli, 
Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, CHimboy, SHumanay, Ellikqala, Qonliko`l) 12 
shahar (Beruniy, Bo`ston, Mang’ it, Mo`ynoq, Nukus, Taxiatosh, To`rtko`l, Xo`jayli, CHimboy, 
SHumanoy, Qo`ng’ irot, Xalqobod) 16 shaharcha (Vodnik, YOshlik, Kegeyli, Komsomolsk-ustyurt, 
Leninobod, Oltinko`l, Oqmang’ it, Oqsholoh, Pristan, Sumiktov, Taxtako`pir, Qizketken, Qozoqketken, 
Qoratov, Qorao`zak, Qoraqalpog’ iston).
Qoraqalpog’ iston Respublikasi doimiy aholi soni 2018 yil 1-aprel holatiga 1847,6ming kishini 
tashkil etadi. Ushbu ko`rsatgich 2018 yilning yanvar-mart oylarida 5,3 ming kishiga yoki 0,3 % ga 
o`sdi.
2019 yil yanvar-martda tug’ ilganlar soni 8152 kishini tashkil qildi va 2018 yilning shu davriga 
(7933 kishi) nisbatan 219 kishiga ko`p yoki 2,8 % ga oshdi. Tug’ ilish darajasining ko`payishi 
reapublikaning deyarli barcha hududlarida kayd etildi. Bu ko`rsatgichning yuqori darajasi
Taxiatosh (15,0 dan 17,2 promillega), Mo`ynoq (14,6 dan 16,4 ga), Nukus shahri (16,2 dan 17,6ga) va 
Qo`ng’ irot (16,7 dan 17,9 ga) tumanlarida kuzatildi. 
2019 yilning yanvar-martida respublikada o`lganlar soni 1783 kishini tashkil qildi va
2018 yilning shu davriga (1890 kishi) nisbatan 107 kishiga yoki 5,7 % ga kamaydi.
Bundan tashqari, 2017 yilning 1 fevralidan boshlab Qoraqalpog’ iston Respublikasi va Xorazm
viloyatida muhtoj oilalarga, birinchi navbatda, yolg’ iz fuqarolar, pensionerlarga, boquvchisi 
nogiron oilalarga hamda boshqa kam ta’ minlangan toifadagi aholi va oilalarga qishloq (mahalla) 
fuqarolar yig’ inlarining komissiyalari qaroriga binoan tayinlanadigan eng kam ish haqining
2 barobaridan 5 barobarigacha miqdorda bir marta beriladigan moddiy yordam shaklidagi ijtimoiy 
nafaqaning yangi turi joriy etildi. Shu bilan birga, mazkur hududlarda 3 ming kilometrdan ortiq
ichki yo`llar kapital ta’ mirlandi va rekonstruktsiya qilindi. 
Mustaqillik yillarida respublikada ishchi 
va xizmatchilarning o`rtacha ish haqi izchil o`sib bordi. 1996 yilda u 1409 so`mdan, 2761,1 so`mga yoki 
1.96 martaga ko`paydi.
Siyosiy hayot. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog’ iston Respublikasi Oliy Kengashining
IV sessiyasida «O`zbekiston Respublikasi tarixida Qoraqalpog’ iston Respublikasi Davlat suvereniteti 
to`g’ risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Ushbu Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan 
qonunda o`zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog’ istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi 
e’ tirof etildi.
Har ikki Respublika o`rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar 
O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 70-75 moddalarida o`z aksini topdi. Konstitutsiyaga ko`ra 
Qoraqalpog’ iston 
Respublikasi 
O`zbekiston 
tomonidan 
himoya 
qilinadi 
(70 
modda).
Qoraqalpog’ iston fuqarosi ayni paytda O`zbekiston fuqarosi hisoblanadi (21 modda). Bu Qoraqalpoq 
xalqiga O`zbekiston xalqlarining barcha huquqlaridan foydalanish imkonini beradi. 
Konstitutsiyaning 82-moddasida belgilab qo`yilganidek Qoraqalpog’ iston Juqorig’ i Kengesi raisi 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati va Oliy Majlis raisi o`rinbosari hisoblanadi.
98 moddaga binoan Qoraqalpog’ iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo`yicha O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.107 moddasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi 
konstitutsiyaviy,Oliy Xo`jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog’ istonning xuddi shunday sud organlarining 
rahbarlari ham kiradi. 115 moddaga ko`ra sud hujjatlari o`zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham 
olib boriladi.
71 moddada belgilab qo`yilganidek, Qoraqalpog’ istonRespublikasi o`z konstitutsiyasiga ega 
bo`lishi kerak. Shu qonunga ko`ra 1992 yil 14 dekabrda bo`lib o`tgan Qoraqalpog’ iston Respublikasi 
Oliy Kengashining X1 sessiyasida Qoraqalpog’ iston Davlat bayrog’ i, 1993 yil 9 aprelda bo`lib o`tgan
XII sessiyasida Davlat gerbi va Qoraqalpog’ iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul ( 6 bo`lim, 26 
bob, 120 modda) qilindi. 1993 yil 4 dekabrda bo`lib o`tgan X1V sessiyasida Davlat madhiyasini qabul 
qildi.
Qoraqalpog’ iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994 yil 25 dekabrda Oliy 
Kengashning 
tarkibiga 
muqobillik 
asosida 
75 
deputat 
saylandi. 
Respublika 
parlamenti 
Qoraqalpog’ iston Respublikasi Juqorig’ i Kengesi deb ataladi. Juqorig’ i Kengesning Nukus shahrida 
1995 
yil 
11 
yanvarda 
bo`lib 
utgan


100 
I chaqiriq birinchi sessiyasida Juqorg’ i Kenges raisi, uning o`rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta 
qo`mita raislari va uning a’ zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo`mitalar raislari rahbarligida 
respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Qoraqalpog’ iston Respublikasi Juqorig’ i Kengesining xuquqiy makomi Qoraqalpog’ iston 
Respublikasi Konstitutsiyasi (1993 yil, 9 aprel’ ) va «Qoraqalpog’ iston Respublikasi Juqorig’ i 
Kengesi to`g’ risida»gi Qonun (1994 yil sentyabr’ : yangi taxrirda 1998 yil 28 yanvar’ ) da belgilab 
berilgan. 
Qoraqalpog’ iston Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi, uning tarkibiga 
Rais, 2ta birinchi o`rinbosar va to`rtta tarmoqo`rinbosarlari kiradi. SHuningdek, ijroiya hokimiyat 
tarkibiga Vazirliklar va qator tarmoqqo`mitalari rahbarlari ham kiradi. Qoraqalpog’ iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o`zining 
ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega. Qoraqalpog’ iston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan qator 
jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi.
Iqtisodiy hayot.Respublika iqtisodiyotining boshqa sohalarida ham islohotlar izchil amalga 
oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat 
banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar ham faoliyat ko`rsatmoqda. Qoraqalpog’ iston tarixida 
birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpog’ istonda ulgurji va birja 
savdosi bilan shug’ ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko`rsatmoqda. 1996 yili 51 ta 
mayda ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13ta mayda ulgurji savdo do`konlari va omborlar, 
17ta ko`tara savdo bozori hamda O`zbekiston tovar xom ashyo birjasining Qoraqalpog’ iston bo`limiga 
qarashli, 19ta supermarket do`konlari, faoliyat ko`rsatdi. 1997 yilning birinchi yanvarigacha bo`lgan 
ma’ lumotlarga qaraganda, xususiylashtirishdan tushgan mablag’ larning umumiy hajmi 330 mln. 
so`mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga, 50 foizi esa tadbirkorlarni qo`llab - 
quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. 
2019 yili Nukus shahrida “ Nukus siti” majmuasi uchun yer maydoni ajratildi va qurilish 
ishlari boshlab yuborildi, “ Do`stlik” kanalining qirg’ og’ idagi “ Nukus Siti” da hozirgi kunda 16 - 
20 qavatli uylarni ko`rish mumkin. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatlariga 
aylantirish, qimmatbaho qog’ ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o`z 
samaralarini bera boshladi.Respublikada 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi 
mulkchilikning turli shakllariga o`tib ishlay boshladi. Jumladan, 1993 yil «Nukus kabel’ » korxonasi 
ishga tushirilishi bilan kabel’ sanoati vujudga keldi.1993 yilda Qo`ng’ irot un zavodi, 1995 yilda 
Xo`jayli shahrida shisha idishlari zavodi, 1996 yilda Qo`ng’ irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasi, 
1997 yilda «To`rtko`l don» un kombinati, «Nukusun» zavodida spirt ishlab chiqaradigan yangi sex 
qurildi. yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» 
to`qimachilik, 1995 yilda Ellikqala tumanida «Elteks» to`qimachilik korxonalari foydalanishga 
topshirildi. Nukus va Qo`ng’ irot un kombinatlari, To`rtko`lda 3 mln shartli banka konserva 
mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqala tumanida esa shunday quvvatga ega bo`lgan konserva 
sexi foydalanishga topshirildi. 
1995 yilda Qo`ng’ irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna 
kaltsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurila boshlandi va ishga tushirildi. 2003 yili Xo`jayli shahrida 
soatiga 1150 dona shisha yog’ ishlab chiqaradigan qo`shma korxona sexi, 2017 yil avgustda Nukus 
shahrida “ Nukuselektroapparat” qo`shma korxonasi foydalanishga topshirildi. 60 ta ish o`rniga ega 
bo`lgan “ Nukuselektroapparat” qo`shma korxonasida 8-10 kVt quvvatiga ega bo`lgan transformator 
podstantsiyalari ishlab chiqarilmoqda. Bunday podstantsiyalar yurtimiz shahar va qishloqlari uchun suv 
va havodek zarur. 2018 yil 19 dekabrda Qorauzak tumanida qiymati 37-38 mln. AQSH dollariga teng, 
200.000 tonna sement ishlab chiqaradigan “ Titan sement” zavodi qurilib ishga tushirildi.
2011 yilga qadar kredit sarmoyasi asosida 48 ta qo`shma korxona ro`yxatdan o`tdi. Respublikada 
2006 yilda 17402 ta, 2011 yilda 20.000 ta kichik biznes sub’ ektlari faoliyat ko`rsatdi. Agar 2008 yilda 
kichik biznes sub’ ektlari faoliyatini rivojlantirish uchun 37,7 mlrd so`m kredit mablag’ lari ajratilgan 
bo`lsa, bu ko`rsatkich 2010 yilda 106 mlrd so`mga yetdi.
Engil sanoat.2011 yilga kelib Qoraqalpog’ iston Respublikasi yengil sanoatida “ Nukus tekstil” , 
“ To`rtko`l Asaka tekstil” , “ Astera tekstil” va “ Amudaryo tekstil” kabi korxonalarda jami 25 million 


101 
AQSH dollaridan ortiq modernizatsiya ishlari olib borildi. yengil sanoat, oziq-ovqat, yog’ -moy, paxta 
tozalash va don korxonalarida ham yangilanishlar yaqqol ko`zga tashlana boshladi. SHu bilan birga, 
kapital qo`llanmalarning umumiy ko`lamida chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi 13,3 foizni 
tashkil etgan bo`lsa, shundan bevosita chet el investitsiyalari jami 32,6 milliard so`mdan oshib ketdi.
2011 yilning to`rtinchi kvartalida Nukus shahrida Angliya davlati sarmoyadorlari ishtirokida 
“ White Macine Tehnology” (“ Nukus – Samsung” ) qo`shma korxonasi ishga tushirildi. Qo`shma 
korxona loyiha quvvati 1,9 million AQSH dollari bo`lgan korxonada chang yutgichlar ishlab chiqarishni 
yo`lga qo`ydi. Bugungi kunga kelib qo`shma korxona sexida uch yillik kafolat sifati bilan uch xil 
turdagi chang yutgichlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada ishlaydigan har uch xodimdan bittasini kollej 
bitiruvchilari tashkil qilmoqda. 2012 yilning o`tgan besh oyi ichida qo`shma korxona tomonidan 
konveyer usulida jami 2 milliard so`mlik bo`lgan 16 ming dona chang yutkichlar ishlab chiqarildi.
Ushbu qo`shma korxonada 2011 yilning oxirigacha 8178 dona chang yutgich ishlab chiqarilgan 
bo`lsa, 2012 yilda bu ko`rsatkich 43 ming 689 donani tashkil etdi. Boshqacha aytganda, ichki bozorga
5 milliard 236 million so`mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. Bu esa ish hajmining deyarli besh 
barobar oshganligini ko`rsatadi. 2010 – 2012 yillar mobaynida 12 ta yirik yengil sanoatkorxonalari 
faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida 74 milliard so`mdan ziyod mablag’ lar o`zlashtirildi. 2012 yilda 
Qoraqalpog’ iston Respublikasida 9242 nafar kishilar kasanachilikishlariga jalb qilindi.2019 yili Nukus 
Erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) tashkil etildi. 
Qishloq xo`jaligi.Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy 
qayta qurish, bozor munosabatlariga o`tish ro`y berdi. Qishloq xo`jaligi respublika iqtisodiyotining 
yetakchi tarmog’ i hisoblanadi. 1997 yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xo`jalik korxonasi 
faoliyat ko`rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil 
etdi. 
Paxta 
yetishtirishda 
nodavlat 
korxonalarining 
hissasi 
97,9 
foizni, 
donchilikda
98,1, kartoshkachilikda 99,7 sabzavotchilikda 98,7 polizchilikda 95,1 bog’ dorchilikda 98,5 
pillachilikda 100, go`sht yetishtirishda 98,9 sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 qorako`l, teri va jun 
yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. 
Qoraqalpog’ istonda dehqon-fermer xo`jaliklari tashkil etish bo`yicha birmuncha tajriba to`plandi. 
Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. O`zbekiston 
hukumati ana shu tajribani ma’ qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga 
qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Xo`jalik yuritishning bu usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija 
berdi. Respublikada 1991 yilda 1000 nafar, 2006 yilda esa 8884 nafar fermerlar faoliyat yuritdi.
Tashqi iqtisod. Qoraqalpog’ iston tashqi iqtisodiy aloqalarni ham rivojlantirib bormoqda. 1996 yilda 
tashqi savdo oboroti 228,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1996 yildagi savdoda asosiy sheriklarining 
hissasi: Rossiya-11,4 AQSH-14,1 Janubiy Koreya-11,1 SHveytsariya-9,4 Niderlandiya-7,2 foiz bo`ldi. 
Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 mln. AQSH dollariga teng bo`ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi 
ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G’ arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln. AQSH 
dollarini, MDH mamalakatlariga jo`natilganlari esa-9,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xorijga 
asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft maxsulotlari sotildi. Xorijdan esa 
shakar, bug’ doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, 
ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Biroq respublikaning iqtisodiyotni 
rivojlantirishga muhim omil bo`lgan imkoniyatlaridan to`la foydalanilmaganligi sezilmoqda.
Manaviy va madaniy soha. 
Tibbiyot tizimi. Respublika aholisiga 44 ta shifoxona muassasalari, 242 ta ambulotoriya -
poliklinika muassasalari, shu jumladan 184 ta qishloq vrachlik punktlari, 16 ta SHTB, TTB lari, 17 ta 
DSNM va boshqa muassasalar tomonidan tibbiy - profilaktika yordami ko`rsatilib, ushbu muassasalar 
tarkibida 3620 ta vrach, 15944 ta o`rta tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar faoliyat 
ko`rsatmoqda.(2018 y) 
Ushbu muassasalarda doimiy davolash o`rinlar soni 8790 tani tashkil etib, 2009 yilga nisbatan 
(8790 o`rin) o`zgarish ro`y bermadi. Aholining doimiy davolash o`rinlari bilan 10 ming aholiga 
ta’minoti 53,3 ni tashkil etadi (2009 yilda 53,8). 2010 yil davomida shifoxonalar doimiy davolash 
o`rinlarida 269412 ta bemor davolanib, ularning salomatligi tiklandi. Bu ko`rsatkich 2009 yilga nisbatan 
shifoxona muassasalari doimiy davolash o`rinlarining samara bilan ishlashi natijasida davolangan 
bemorlar soni 3,8% ga ko`paydi (10037 taga). Statsionar muassasalarni 2011 yilda optimallashtirish 


102 
rejasi bo`yicha shu jumladan, silga qarshi muassasalar sonini 16 tadan 7 taga, binolar sonini 136 tadan 
66 taga, o`rinlar sonini 1425 tadan 1075 taga kamaytirishga va 4 ta hududda Respublika tumanlararo 
silga qarshi shifoxonalar tashkil qilish taklif qilinmoqda. 
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi onalar o`limi soni kamaydi.
1996 yilda onalar o`limi 1991 yildagiga nisbatan 4,4 martaga, chaqaloqlar o`limi esa 1.8 martaga 
kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug’ ishgacha bo`lgan davolanishdan 
o`tkazildi. Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi. Tibbiy 
xizmat tarmog’ ini moliyalashtirishda davlat mablag’ lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham 
foydalanilmoqda. Xo`jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari 
kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika» va «Tib ta’ minoti» dorixona muassasalari to`la davlat 
tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi.
2010 yil 14 ta tumanlardagi 841237 ta qishloq aholisiga birlamchi tibbiy sanitariya yordam 
(BTSYO) ko`rsatuvchi 184 ta qishloq vrachlik punktlariga o`rtacha 13817 (10011) so`mdan, jami
11 mlrd. 623 mln. 545 ming so`m (2009 yilda 8 mlrd. 195 mln. 546 ming 300 so`m) mablag’ sarflandi 
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3-maydagi “ Nukus-farm” , “ Zomin-farm” , 
“ Kosonsoy-farm” , “ Boysun-farm” , “ Sirdaryo-farm” , “ Parkent -farm” erkin iqtisodiy zonalarini 
tashkil etish to`g’ risida” gi farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpog’ iston Respublikasida farmatsevtika 
sanoatini rivojlantirish yo`nalishida 2018-2019 yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha 
amalga oshirilishi rejalashtirildi.
1992 - 1996 yillarda Tuyamo`yin suv omboridan aholi punktlariga 2 ming 885 km suv quvuri 
tarmog’ i olib kelindi. Respublika aholisini elektr energiyasi bilan 100 foiz, gaz bilan ta’ minlash -
95 foizni, markazlashgan ichimlik suvi bilan taminlash 70,9 foizni (2017 yil) tashkil qildi.
Jahon andozalari darajasida bunyod etilayotgan O`zbekiston milliy avtomagistrali - “ G’ uzor –
Buxoro – Nukus - Beyneu” yo`lining Qoraqalpog’ iston Respublikasidan o`tuvchi 132 kmlik qismida 
bugungi kunda rekonstruktsiya ishlari olib borilib, 2011 yilda avtomagistral qurilishida 193 mlrd. 
so`mlik ishlar bajarildi. Bunday yirik avtotrassaning bunyod etilishi mamlakatimiz iqtisodiy 
salohiyatining yanada yuksalishiga eksport va import imkoniyatlarining ortishiga, xalqaro iqtisodiy 
aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
2019 yili “ Miskin – Nukus - Beynau” poyezdining qatnovi yo`lga qo`yildi.
Talim tizimi.Davlatimiz rahbarining 2018 yil 5-apreldagi “ Maktabgacha talim tizimini yanada 
rahbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’ risida” gi qaroriga asosan O`zsanoatqurilishbank 
ko`magida Qoraqalpog’ istonda tashkil etilishi rejalashtirilgan 179 ta maktabgacha talim 
muassasalaridan 129 tasi bo`yicha uch tomonlama bitimlar tuzilgan. 2020 yilning birinchi choragida
Moliya vazirligi tomonidan 13 ta bog’ chani moliyalashtirish uchun 6 milliard 400 million so`m 
mablag’ jalb qilindi.
1996 yil respublikada 743 ta umumta’ lim maktablari faoliyat ko`rsatdi.
2019 yili Nukus shahrida 168 o`ringa mo`ljallangan Prezident maktabi ochildi. Bu maktabning qurilishi 
uchun mahalliy byudjet hisobidan 83 milliard so`m mablag’ ajratildi.
2017 yilning 1 fevralidan boshlab Qoraqalpog’ iston Respublikasi va Xorazm viloyatida
joylashgan bolalarning maktabgacha ta’ lim muassasalaridagi, ayrim fanlar chuqur o`rgatiladigan
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi ta’ minoti uchun, «Barkamol avlod» markazlaridagi, 
musiqa va san’ at maktablaridagi mashg’ ulotlar uchun ota-onalarning har oylik to`lovi miqdorlari,
shuningdek, aholining madaniyat va dam olish markazlaridagi to`lov miqdorlari respublika
bo`yicha belgilanganidan 2 barobar kam darajada o`rnatildi.
Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish 
masalalariga alohida e’ tibor qaratilib, “ Oliy ta’ lim tizimini yanada takomillashtirish borasida
ham ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’ lim tizimini
kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi” ,-deb ta’ kidlandi. Bevosita davlat rahbarining
tashabbusi bilan Qoraqalpog’ istonning ko`pmillatli xalqining talab va istaklarini inobatga olib
2017-yilda oliy ta’ lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko`plab ishlar amalga oshirildi. 
Respublikada 91 ta kasb-hunar kollejlari (2011 yil) va Berdaq nomidagi Qoraqalpog’ iston 
davlat pedagogika universitetlari faoliyat ko`rsatmoqda. 2011 yilga kelib respublikada oltita, 2020 yil 
boshiga kelib esa sakkizta (2019 yili O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus 


103 
filiali hamda Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali tashkil etildi) oliy o`quv yurtida barcha 
sohalar bo`yicha malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti T.G.SHevchenko nomidagi Qoraqalpoq davlat 
pedagogika instituti asosida 1976 yili tashkil qilindi va keyinchalik universitetga Nukus davlat 
universiteti nomi berildi.
Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Nukus filiali O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1991 yil 1 oktyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali O`zbekiston RespublikasiBirinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi “ Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va 
axborot kommunikattsiya texnologiyalarini joriy etish to`g’ risida” gi Farmoni va 2005 yil 2-iyuldagi 
“ Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g’ risida” gi 
Qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Talim Vazirligining 2005 yil 17-
iyundagi
130-sonli buyrug’ i bilan tashkil etilgan.
O`zbekiston Davlat sanat instituti Nukus filiali Qoraqalpoq xalqining betakror sanati va 
madaniyatini yanada ravnaq toptirish, istetodli yoshlarni milliy va jahon sanatining yuksak namunalari 
ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash va 
ro`yobga chiqarish, zamonaviy teatr va kino, televideniye va radio yo`nalishlari bo`yicha yuqori 
malakali aktyorlar va sanatshunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish 
maqsadida O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karoimovning 2008 yil 28-aprel PQ-845 
sonli “ O`zbekiston Davlat sanat institutining Nukus filialini tashkil etish chora-tadbirlari 
to`g’ risida” gi qarori asosida tashkil etildi.
1992 yilda O`zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog’ iston bo`limiga 
akademiya maqomi berildi. Uning tarkibida 3 ta institut tashkil etildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya 
hamda bioekologiya institutlari ham bo`lim tarkibiga kiritildi. Botanika bog’ i bo`linmasiga bo`lim 
maqomi berildi. 1994 yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O`zbekiston Sog’ liqni saqlash vazirligiga 
qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi. Respublikadagi 60 nafar fan doktorlari va
600 nafar fan nomzodlaridan 30 foizi O`zbekiston mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldi. Ilgari fanlar 
akademiyasining haqiqiy a’ zoligiga saylangan CH.A.Abdirov, S.K.Kamolov hamda muxbir a’ zolar 
A.B.Baxiyevlar qatoriga 1994 -1995 yillarda yana ikki olim T.Eshanov va A.Dauletovlar a’ zolikka 
qabul qilindi. 
Respublikada OAKning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchi 
ixtisoslashgan kengashlarning tashkil etilganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Olimlar chet el 
mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Bioekologiya instituti xodimlari 
Germaniya olimlari bilan birga 1993 yildan beri Orolbo`yi ekologiyasi muammolari bo`yicha 
tadqiqotlar olib borishmoqda.
Manaviyqadriyatlar. Mustaqillikdan so`ng, birinchi masala milliy madaniyatni tiklash masalasiga 
alohida e’ tibor qaratildi. Natijada qoralpoq dostonlari va ertaklari to`planib hozirda uning 100 jildli 
turkum variantlari kitobxonlar qo`liga tegdi. “ Edigey” dostonining 16, “ Qoblan” ning
9, “ Maspatsha” ning 4,” Ersho`ra” ning ham variantlari, Bundan tashqari “ Guliston,” ” Omonboy 
botir,” ” Bo`z yigit,” ” Bozarman,” ” Qurbonbek botir,” ” Izzat qiz,” ” Ilimxon,” “ Hotamtoy,”
“ Salimxon,” “ Ramuz shoh,” “ Aydosbiy,” “ YUsup mergan,” ” O`tash botir,” ” Qorabek” kabi 
avval nashr etilmagan dostonlar ham ushbu turkumga kiritildi. 
1991-1996 yillarda Nukus shahrining 60 yilligi, 2003 yil 12 sentyabrda Prezident Islom Karimov 
«Jayhun sohilidagi gavhar» deb nomlangan mavzuda Nukus shahrining 70 yilligida nutq so`zladi. 1993 
yili To`rtko`l shahrining 120 yilligi, 1995 yil 31 martda Ajiniyoz Qasiboy o`g’ lining
170 yilligi keng nishonlandi. 
Qoraqalpog’ iston Respublikasida arxeologik yodgorliklar o`lkaning qadimiy madaniyatidan 
darak beradi. Arxeologik topilmalar orasida Qo`yqirilgan qal’ a ibodatxona – observatoriyasi (Mil. 
avv. IV asr va mil. IV asr), Tuproqqal’ a ibodatxona majmuasi (mil. II - III asr), Xo`jayli shahri 
yaqinidagi Mizdakxon xarobasi (XIII - XIV asrlar), Qavatqal’ a (mil. avv. IV asr), O`rinboy qal’ a, 
Beruniy tumanidagi Gavr qal’ a (mil. IV asr) ayniqsa mashhurdir. 


104 
Madaniyat. 
Qoraqalpoq 
zaminidan 
yetishib 
chiqqan 
iste’ dodlar 
O`zbekiston 
va 
Qoraqalpog’ iston xalq artisti Suluvxon Mambetova (1933 yil 1 yanvarda tug’ ilgan), Muyassar 
Razzoqova, Eleonora Qutlipo`latova, Anifa Ortiqova, Ziyoda SHaripova, Jenisbek Piyazov 
(O`zbekiston va Qoraqalpog’ istonda xizmat ko`rsatgan artist) lardir. Qoraqalpoq xoreografiyasi 
tarixida birinchi marotaba 1996 yilda «Oyjamol» nomli qorakalpok baleti saxnalashtirildi. 1996 yil 
«O`zbekiston - Vatanim manim» qo`shiq tanlovida Roza Kutekeeva «Mustaqillik gullari» qo`shig’ i 
bilan 2-chi o`rinni oldi. A.Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun tanlovida Berdaq nomidagi drama 
teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashdi. 2011 yilga kelib Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat 
musiqa teatri, Sapar Xo`janiyozov nomidagi yosh tomoshabinlar teatri, Respublika qo`g’ irchoq teatri, 
“ Ayqulash yulduzlari” , “ Amu to`lqini” singari ijodiy jamoalar qoraqalpoq xalqining manaviyatini 
boyitishga xizmat qilib kelmoqda.
Xalq ertakchilari (jirovlari) va qo`shiqchi sozchilari (baxshilar)ning an’ anaviy musiqa san’ ati 
hozirgi kunda ham har tomonlama rivojlanmoqda. Esemurot Jirov, Amet Tariqov va boshqa shu kabi 
xalq ertakchilari o`z san’ atlarini zo`r mahorat bilan namoyish qilishmoqda. SHu bilan bir qatorda
SH. SHomuradov, A.Xalimov, A.Sultanov, K.Turduqulov, A.Xayriddinov, Muhammeddinov,
K. Abdullayev, J.Jismuradov, A.Saparov, T.Omonniyozov, S.Polvonov va boshqa bir necha zamonaviy 
kompozitorlar va musiqachilar yetishib chiqdi. Ular musiqali dramaga musiqa yozib bermoqdalar. 
Qo`shiqlar, xorlar, kantatalar, simfonik poemalar, syujetlar, rabsadiyalar, uvertyuralar va shu kabilarni 
yaratmoqdalar. Qardosh respublikalarning kompozitorlari G. Komanets, V.SHafrennikov, A.Petrosyan, 
M.Burxonov, A. Kozlovskiy va shu kabilar Qoraqalpoq musiqasini rivojlantirishga katta yordam 
berdilar. I.Sovetskiy, K. Soyipov, K.Berdimurodov, A.Erimbetov, R.Motivasyan, F.Matgazin, 
J.Bekanov kabi rassomlarJ.Qutlimurodov, E.Matkarimov, D.Turaniyozov kabi haykaltaroshlar va 
suratkashlarning asarlarini ko`pchilik taniydilar. Ularning san’ ati tobora rivojlanmoqda (masalan, 
Saidnazar va Bekturxon va boshqalarning mohir qo`li bilan yaratilgan dutorlar juda mashhur). 
Qorakalpog’ iston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, og’ ir atletika, voleybol, 
basketbol, ot sporti turlari va boshkalar bo`yicha mamlakat musobakalarida faol ishtirok etib 
kelmokdalar. Qorakalpog’ istonda 14 ta stadion, 467 ta sport zali, 3159 ta sport maydonchasi, 3 ta 
suzish havzasi, tennis kortlari va boshka sport inshootlari ishlab turibdi (2005 y. ma’ l).
Birinchi og’ ir atletika bo`yicha jahon kubogi sovrindori Bavurmon Kozdayev, Muaytay - boks 
bo`yicha besh marta jahon chempioni YOrkin Kugiboyev, milliy kurash buyicha jahon chempioni 
Bahrom yermatov, Osiyo chempioni Baxtiyor Nurillayev, Olimpiada o`yinlari bo`yicha kumush medali 
sovrindori Sergey Sirtsov, 12 - Osiyo o`yinlarida boks bo`yicha Alisher Avazboyev, futbol bo`yicha 
Berdax Allaniyazov, eshkak eshish bo`yicha Baxtiyor Davletyarovlar faxrli o`rinlarni egallab 
kelmokdalar.
Respublikada “ Vesti Karakalpakstana” (1919 yil iyunidan), «Erkin Qaraqalpaqstan»
(1924 yildan), “Karakalpakstan jaslarы” (1931 yildan), “Amudaryo (1932 yil), “Vestnik” (1960 yil), 
“Aral kыzlari” (1991 yil), “Ilim xem jemiyet” (1991 yil), 1992 yil 25 iyuldan chikadigan “Amu tongi” 
(gazeta), Qoraqalpog’iston xabarlari», “Bilim xem ondiris”, “Jipek jolы” (1999 yil), “Karakalpakstan” 
(2002 yil), ”Saniyat” (2003 yil),”Ekogomika xem bank” (2003 yil), Qoraqalpog’iston YOzuvchilar 
uyushmasining yangi nashri - “Karakalpak adabiyatы”(2011 yil yanvaridan boshlab) gazetalari, 
«Amudaryo» jurnali va boshqalar nashr etilib turibdi.2019 yili Qonliko`l tumanida “ YOshlar markazi”
foydalanishga topshirildi 
Qoraqalpog’ iston televideniyesidastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida 
ko`rsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilar edi. Xozirgi kunda esa ertalab 1,5 soat va kechki payt 
soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari teleko`rsatuvlar olib borilmoqda. 2019 yili Nukus 
shahrida zamonaviy kino - kontsert zali foydalanishga topshirildi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling