Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Oliy ta’ lim tizimining takomillashtirilishi. 
 Ta’ lim tizimining keyingi boskichi - oliy ta’ lim sohasida ham ulkan islohotlar olib borildi.
1992 yil fevralda prezident farmoni bilan 8 ta pedagoka institutlarga universitet maqomi berildi.
1992 yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon davlat universiteti, Urganch 
Davlat universiteti, Qarshi davlat universitetlari tashkil qilindi. Shuningdek, Jaxon iqtisodiyoti va 
diplomatiya universiteti, Mudofa vazirligi qoshidagi Harbiy akademiya Bank Moliya akademiyalari 
tashkil etildi.Bir qator chet el universitetlarining fiiallari ochildi. Jumladan, Xalqaro Vestminstr 
universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish 
instituti va boshqa bir qancha oliy o`quv yurtlari ochildi.
1992 yil respublikamizning 6 ta oliy ta’ lim muassasida test sinovi asosida o`qishga qabul qilish 
5
Шавкат Мирзиёев. Миллий тараққиёт ва йулимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга 
кўтарамиз. 1-жилд. - Т.: «Ўзбекистон» НМИУ. 2017, 124-б. 
6
Шавкат Мирзиёев. Билимли авлод - буюк келажакнинг, тадбиркор халқ - фаровон хаётнинг, дўстона 
ҳамкорлик эса тараққиётнинг кафолатидир // «Халқ сузи», 2018 йил 8 декабрь, № 253 (7211). 


96 
tajribadan o`tkazildi. 1994 yilda DTM tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy o`quv yurtlariga kirish test 
orqali joriy etildi. 2013 yilda Yuridik instituti universitet maqomida qayta tashkil etildi. 2014 yilda 
Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’ sis etildi.
IZOH: 2017 yilgi xolatga ko`ra mamlakatimizda 80 dan ortiq oliy o`quv yurti, jumladan, 19 ta 
universitet, 37 ta institut, 6 ta akademiya, 13 ta oliy ta’ lim filiallari, 7 ta xorijiy davlat OTM larining 
filiallari faoliyat ko`rsatmoqda.
2017 yil 7 fevraldagi “ O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar 
strategiyasi to`g’ risida” gi farmoniga muvofiq, 2017-2021 yillarda oliy ta’ lim tizimini tubdan 
takomillashtirish dasturini ishlab chiqish oliy ta’ lim tizimini takomillashtirish bosqichma-bosqich 
rivojlantirib boriladi. 2017 yil 16 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Respublika oliy 
ta’ lim muassasalari bakalavriyatiga kirish test sinovlarini o`tkazish tartibini takomillashtirish 
to`g’ risida” gi qarori qabul qilindi. 2018-2019 o`quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan 
madaniyat, san.at, dizayin, musiqiy ta’ lim,sport sohasidagi ta’ lim yo`nalishlarida test sinovlari 
o`tkazilmaydi. Tibbiyotga oid oliy ta’ lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 
tibbiyot sohasidagi ta’ lim 7 yildan 6 yil va tibbiy proflaktika yo`nalishlarida 6 yildan 5 yil etib 
belgilandi.
Respublikada oliy o`quv yurtidan keyingi ta’ limni yanada takomillashtirish ilmiy – tadqiqot 
faoliyatini tubdan isloh qilish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirildi. 
2017 yilning 1-iyulidan boshlab oliy o`quv yurtidan keyingi ta’ limning ikki pog’ onali tizimi 
joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog’ i bo`yicha falsafa doktori 
PhD) ilmiy darajasini berish nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya 
himoya qilish va
tegishli fan tarmog’ i bo`yicha fan doktori (Doktor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda 
tutuvchi doktorantura tizimidir.
2018 yilda yurtimizda xalkaro talablarga javob beradigan oliy ta’ lim tizimini yaratish buyicha 
keng kamrovli ishlar kilindi. 2018 yilda mam- lakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’ lim muassasasi, 
jumladan, Samarkandda «Ipak yo`li» turizm xalkaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy 
ta’ lim muassasasi «Milliy texnologik tadkikotlar universiteti»ning Olmalik shauridagi filiali, Toshkent 
shaurida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali fao- liyat boshladi. 
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar Maxkamasi uuzurida «El-
yurt umidi» jamg’ armasi tashkil etildi. Ushbu jamg’ arma chet ellarda faoliyat ko`rsatayotgan 
salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng 
kamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek iktidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda 
ta’ lim olishi, etakchi xalkaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga ko`maklashadi. 
2018 yilda ilk bor xalkaro tajribalar asosida oliy ta’ lim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, 
ta’ lim va ilmiy tadkikot jarayonlari tahlil kilindi. Mazkur tahlil sohada kator muammo hamda 
kamchiliklar borligini ko`rsatdi. Xususan, oliy ta’ lim muassasalari kabul kvotasi kamrovi umumta’ lim 
maktablari, akademik litsey va kasb-uunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 7-9 foizni tashkil etadi. 
2018 yil 18-19 oktyabr kunlari birinchi marotaba «Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar» mavzusida 
O`zbekiston - Rossiya ta’ lim forumi o`tkazildi. Unda Rossiyaning etakchi oliy ta’ lim 
muassasalarining 80 dan ortiq rektori ishtirok etishdi. Ushbu forum yakunida rossiyalik xamkorlar bilan 
ta’ lim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma hamda bitimlar imzolandi. Jumladan, O`zbekistonda 
Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy ta’ lim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qo`shma ta’ lim 
dasturi joriy etilishi nazarda tutildi. UzMU, BDU, FarDU, Uz FA va boshqa O`zbekiston oliy o`quv 
yurtlari va ilmiy muassasalari Rossiya oliy ta’ lim muassasalari bilan bitimlar imzoladi. «Vernadskiy –
Ulug’ bek» loyixasi bo`yicha qo`shma ilmiy maktablar yaratildi. Vernadskiy universiteti ilmiy-
ma’ rifiy 
Konsortsiumlari 
bilan
2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi imzolandi. 
Keyingi yillarda oliy ta’ limni yangi bosqichga kutarishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul 
qilindi. Zamonaviy ta’ lim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi. 
Prezidentimizning 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta’ lim muassasalarida ta’ lim sifatini oshirish va ularning 
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’ minlash bo`yicha 
qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’ risida»gi qarori oliy ta’ lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf 


97 
etish, ta’ lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling