Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Ilm-fan yutuqlari — Vatan ravnaqi uchun. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik 
ilm-fanning rolini kuchaytirish, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg’ or ilmiy 
yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustaxkamlash hamda tegishli xududiy va 
tarmoq muammolarini xal qilishda ularning faol ishtirokini ta’ minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy 
faoliyatga jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish masalalariga e’ tibor 
qaratildi. Ma’ lumki, keyingi ikki yilda shu borada ko`p ish qilinmoqda. Xususan, shu maqsadda 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xaqiqiy 
a’ zolarini tasdiqlash tug’ risida»gi Farmoni (2017 yil 29 dekabr) qabul qilindi. 
Fanlar akademiyasi xaqiqiy a’ zoligiga oxirgi saylovlar 1995 yilda o`tkazilgan edi. Shundan 
buyon bu masala e’ tibordan chetda qolib kelgani mazkur Farmonning tarixiy axamiyatini ko`rsatib 
turibdi. O`tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko`proqqisqardi va 2017 yil 
dekabr oyiga kelib akademiyaning atigi 63 nafar xaqiqiy a’ zosi qolgan edi. Davlatimiz raxbarining 
topshiriqlari ijrosi doirasida qisqa vaqt ichida ilmiy tadqiqot faoliyatining normativ-xuquqiy bazasi va 
moliyalashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik saloxiyatini mustaxkamlash 
va samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan maqsadli kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga 
oshirilmoqda. Bu jarayonda Fanlar akademiyasi aloxida o`rin tutadi. 9 ta ilmiy-tadtsitsot muassasi 
Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akade- 
miyasining fan yunalishi buyicha 3 ta bo`limi va Navoiy bo`limi tashkil etildi, O`zbekistonning eng 
yangi tarixi buyicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo`lga quyildi. «2017-2021 yillarda ilmiy tadqiqot 
muassasalari infratuzlmasini mustaxkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo`yicha kompleks 
chora-tadbirlar dasturi» qabul qilinib, bu soxada tizimli ishlar amalga oshrilmoqda. 
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi 
bo`yicha “Harakatlar strategiyasi”da fan va ta’ lim sohalarini rivojlantirishning eng muhim yo`nalishlari 
sifatida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag’ batlantirish, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini 
amaliyotga joriy etishning samarali mexnazimlarini yaratish, oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot 
institutlari xuzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya 
markazlari va texnoparklarni tashkil etishga jiddiy e’ tibor berilmoqda. O`z navbatida, O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilning «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’ oyalar va 
texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili» deb e’ lon qilinishi Harakatlar strategiyasini amalga oshirish 
yo`lida yana bir katta amaliy qadam bo`ldi hamda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida 
innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga katta turtki berdi. Shu munosabat bilan O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xaqiqiy a’ zolarini 
tasdiqlash to`g’ risda»gi Farmoni bilan 22 yillik uzoq tanafusdan so`ng akademiklikka tasdiqlash uchun 
eng munosib olimlar tanlov asosida saralab olindi. Farmonga muvofiq, akademiyaning Xay’ ati va 
faoliyat ko`rsatayotgan xaqiqiy a’ zolari tavsiyasiga ko`ra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi 
xaqiqiy a’ zosi tasdiqlandi. Akademiklar qatoridan fizika-matematika, kimyo, biologiya, texnika, 
qishloq xo`jaligi, tarix, iqtisodiyot, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot fanlari hamda 
san’ atshunoslik sohalarida ko`zga ko`ringan, muhim mezonlar bo`yicha ko`p bosqichli saralashdan
o`tgan olimlar o`rin oldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilda imzolangan “ Innovatsion rivojlanish 
vazirligini tashkil etish to`g’ risida” gi qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligi 
tashkil etildi. Bu vazirlikning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi: 
-davlat va jamiyat qurilishida
-iqtisodiyot tarmoqlarida; 
-qishloq xo`jaligi;atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga ilg’ or 
innovatsin texnologiyalarni joriy etishda tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va rag’ batlantirishdan 
iborat.
2019 yil 8 oktyabrda O`zbekiston Respublikasida oliy ta’ limni 2030 yilgacha rivojlantirish 
kontseptsiyasi bo`yicha Prezident farmoni e’ lon qilindi. 
 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling