Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’ analarning qayta tiklanishi. Dunyoda, xalqni hyech 
shubhasiz, uning ma’ naviyati, madaniyatidek tanituvchi, ibrat etuvchi va asrab qoluvchi omil bo`lmasa 
kerak. Bugun biz iftixor tuyadigan ma’ naviyatimiz daholari — ajdodlarimiz sharofati ila boy o`tmish 
an’ analarimizdan, tarix sinovlariga dosh berib, bizgacha yetib kelgan urf-odat va qadriyatlarimizdan 
har qancha faxrlansak, oz. Istiqlol sharofati bilan qo`lga kiritilgan erkinlik xalqimizga boshqa 
ne’ matlar qatori o`tmish an’ analarimiz, milliy qadriyatlarimizni ham qaytarib berdi, shu bilan birga, 
tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda an’ analarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma’ naviy 
yuksalishidagi o`rni va ahamiyati qayta tiklandi. Quvonarlisi shundaki, ayni vaqtda butunjahon uchun 
global muammoga aylanib ulgurgan ma’ naviy qoloqlik, milliylikni unutish va bu orqali o`zlikni 
unutish kabi illatlar uch ming yillik urf-odatlarini e’ zozlagan bizning xalqimiz uchun yotdir. 
Istiqlolning ilk yillaridanoq O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
“ Yangisini yaratmay turib, eskisini buzmaslik” tamoyilini ilgari surdi. Shuning natijasi o`laroq, 
O`zbekistonning ma’ naviy-ma’ rifiy yangilash va rivojlantirishning o`z yo`li belgilanib, to`rt asosiy 
negizi ko`rsatib o`tilgan edi:
- umuminsoniy qadriyatlargi sodiqlik;
-xalqimizning ma’ naviy me’ rosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-vatanparvarlik. 
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo`lga kiritgach, o`z taqdirining chinakam egasi, o`z 
tarixining ijodkori, o`ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Mustaqillikka erishilganidan 
so`ng O`zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklakrini hisobga olib, azaliy 
bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e’ tibor bera boshladi.
Milliy o`zligimizning ajralmas qismi hisoblangan Navro`z bayrami sho`rolar davrida ta’ qiqqa 
uchragan edi. 1990 yillar boshlarida Navro`z qayta tiklandi va umumxalq bayrami sifatida keng 
nishonlana boshladi. Navro`z bayramida juda ko`pgina milliy o`yinlarimiz bo`y ko`rsatadi. Bu 
shodiyona «Kurash», «Ko`pkari», «Arqon tortish», «Chillak», «Xo`roz urishtirish», «Oq terakmi, ko`k 
terak», «Beshtosh», «Tez aytish», «Kim oladi-yo, shuginani-yo?», «Varrak uchirish» kabi quvnoq 
o`yinlarning bardavomligini ta’ minlaydi. Shu tufayli BMT Bosh assambleyasi 21 mart sanasini 
Xalqaro Navro`z kuni deb belgiladi va barcha mamlakatlarni ushbu qadimiy bayramni butun dunyoda 
ommalashtirishga chorladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilgi Navro`z umumxalq 
bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g’ risidagi 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga muvofiq 
Navro`z bayrami yurtimizda o`zgacha shukuh, ko`tarinki kayfiyat, milliy bayramimizdan faxr va iftixor 
tuyg’ ulariga to`la bo`lib o`tdi. 
Ma’ naviy merosning tiklanishi uning bir bo`lagi bo`lgan diniy qadriyatlarga ham e’ tibor 
kuchaytirildi. 1992 yil Prezident farmoni bilan ramazon va qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb 
e’ lon qilindi. «Movarounnahr» diniy boshqarmasining ham faoliyati respublikamiz hayotida o`z o`rnini 
egalladi.
Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo`lgan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo`qotmagan bir 
paytda 1990-yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov "Musulmonlarning Saudiya 
Arabistoniga Haj qilishi to`g’ risida"gi farmonga imzo chekdi. O`zbekiston hukumatining har 
tomonlama qo`llab-quvvatlashi bilan 1991-yilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo`lgan bo`lsa, 
2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi.
Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “ Mustaqillik kuni” va “ Konstitusiya kuni”
joriy etildi. O`z navbatida, davlatimiz rahbariyati sovetlar davrida paydo bo`lgan barcha bayramlarni 


80 
ta’ qiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g’ oya va qadriyatlarni targ’ ib qiluvchi “ Yangi yil 
bayrami” , “ Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.
Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun – 21 oktyabr tabiiy ravishda “ Til bayrami” ga aylandi. 
Tilimizga Davlat tili maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy 
adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish 
imkoniyatini berdi.
2.Tarixiy merosning tiklanishi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling