Tarix va falsafa
Mavzuning o‘rganilganilish darajasi
Download 130 Kb.
|
Boboraxmatova Dilshoda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsad va vazifalari
- Kurs ishining ilmiy yangiligi
Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. (bu masala birinchi bobda – mavzuning “O’rta Osiyoning ilk o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi” qismida batafsil yoritilgan) Ilk fiodal davltlarning paydo bo’lish davriga oid manbalar ichida O’rta Osiyo tarixining V-VII asrlarini o’z ichiga oluvchi ilk feodalizm davri bir qancha siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy, shuningdek etnik jarayonlarning o’zgarishlari bilan izohlanadi. Bu o’zgarishlar shu vaqtda Markaziy Osiyo hududlariga kirib kelgan ko’chmanchi qabilalar bilan bog’liqdir. Bu qabilalarning kirib kelishi, hukmronligi va kelib chiqishi haqida tarixiy manbalarda bir-biriga zid bo’lgan ma`lumotlar uchraydi. Manba va adabiyotlar bilan bir qatorda mustaqillik yillarida mavzuga oid to‘plamlar nashr qilindi hamda gazeta va jurnallarda bir qator maqolalar chop etildi. Shunday qilib, tadqiqot ob'ekti sifatida tanlangan mavzuga oid manba va adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu muammo alohida ilmiy mavzu sifatida hali to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu jihatlar mavzuning tadqiqot sifatida tanlanishiga sabab bo‘ldi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tarixiy manba va ilmiy adabiyotlarda aks ettirilgan Eftalitlar davlatining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan masalalarni chuqur o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, Arab xalifaligi davrida Movorounnahrning tarixiy gеografiyasi va manbalarni qiyosiy tahlil qilish va O’rta Osiyoning ilk o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi o‘rganish va yangi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish; - Somoniylar davlatining tashkil topishi jarayonida O‘rta Osiyodagi siyosiy hayotni o‘rganish va Arab xalifaligining siyosiy inqiroz sabablarini tahlil qilish; - Somoniylar davlatining markazlashtirish siyosati va boshqaruv tizimini tadqiq qilish va xulosalar berish; Kurs ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda Arab xalifaligi siyosiy zaiflashuvining tarixiy sabablari, Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, xususan Eftalitlar davlatining tashkil topishi va mustaqil bo‘lishi jarayonlari manba va ilmiy adabiyotlar asosida nazariy tadqiq qilindi. Shuningdek, Somoniylar davlatining tashkil topishida alohida ahamiyat kasb etgan hukmdorlar tarixi o‘rganildi. Arab xalifaligining boshqaruv tizimi, xo‘jalik va madaniy hayoti hamda Somoniylar davlatining inqirozi sabablari yangi ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Mustaqillik yillarida e'lon qilingan yangi ma'lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling